Kon mashinalari va komplekslari haqida ma’lumotlar reja: Ruda va jinslarni maydalash uchun jihozlar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana22.10.2022
Hajmi3,89 Mb.
#855450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza-8

(8.23-rasm).
Konlarda davriy harakatli etkazish jihozlari: o‘ziyurar kon vagonlari va 
avtosamosvallar keng qo‘llanilishga ega. 
Elektrli yoki dizel yuritmali g‘ildiraklarda uzun bunkerlar ko‘rinishli VS 
turidagi o‘ziyurar vagonlar
(8.15, 8.17-rasmlar) 
PNB turidagi yuklash 
mashinalari yoki konning kovlab boruvchi kombaynlari bilan birga ishlaydi. 
Vagon ostiga kurakli konveyer joylashgan, uning vositasida kon massasi 
yuklashda vagon uzunligi bo‘ylab taqsimlanadi va tushiriladi. O‘ziyurar 
vagonlar yuk ko‘tarishi 5-30 t tashkil etadi, yukli harakatlanish tezligi - 6-8 km/s, 
etkazish uzunligi – ko‘pi bilan 150-200 m, o‘ta oladigan qiyalik - 8-10° gacha. 
 
8.14-rasm. CHo‘michli yuklash mashinasi ( «Kiruna» koni, SHvetsiya). 
8.15-rasm. O‘ziyurar vagon, yuk ko‘tarishi 15 t. ( ICHB «Belarusыsaliy», Soligorsk sh.): a 
– 
yon tomondan ko‘rinish; b 
– 
bunker osti bo‘ylab joylashgan konveyer ko‘rinishi. 
YUklash-etkazish mashinalari konlarda keng qo‘llanilishga ega, chunki 


u yuklash mashinalaridan foydalanishni talab qilmaydi, universal va turli xil 
sharoitlarda yaxshi ishlaydi. YUklash-etkazish jihozlariga skreperli qurilmalar, 
cho‘michli yuklash-etkazish va yuklash-tashish mashinalari kiradi. 
CHo‘michli yuklash-etkazish mashinalari – cho‘michi oldinda 
joylashgan, shinali yurishdagi dizelli yoki elektrli o‘ziyurar mashinalar 
(8.16, 
8.17-rasmlar). 
Ular ko‘pgina qora va rangli metallurgiya konlarida qo‘llaniladi.
Gidravlik yuritmali cho‘mich ko‘tarilishi, tushishi va ag‘darishi mumkin. 
YUklashda mashina tushirilgan cho‘mich bilan lahim asosidagi uyumdan 
rudani oladi. So‘ngra cho‘mich ko‘tariladi, buriladi va mashina rudani 
tushirish joyiga olib boradi, cho‘mich ko‘tariladi va rudani ag‘daradi. 
Ishlash qulay bo‘lishi uchun mashina burilmasdan oldinga va orqaga oson 
harakatlanadi. Tor lahimlarda yaxshi harakatlanish va burilish radiusi kamayishi 
uchun yuklash-etkazish mashinasi korpusi ikkita sharnirli biriktirilgan 
qismlardan tayyorlanadi 
(8.18-rasm).
YUEM cho‘michi sig‘imi 12 
m
3
 
gacha etadi, yuk ko‘tarishi 20 t.gacha, 
etkazish uzunligi - 50-300 m, oshib o‘tadigan qiyaligi - 12-18° gacha. YUklash-
etkazish mashinalarining asosiy modellari: TORO («Tamrok», Finlyandiya) 
(8.20-rasm), 
ST («Atlas Kopko», SHvetsiya), R («Katerpillar-Elfinstoun», 
SSHA), LK («Bumar», Polsha), PD (Rossiya) va boshqalar. 
Bir necha o‘n yilllar oldin YUEM tuzilishlarida katta o‘zgarishlar sodir 
bo‘ldi: cho‘mich, yuk ko‘tarish hajmi oshdi, gabaritlar o‘zgardi: cho‘mich keng 
bo‘ldi, mashina balandligi esa kichik bo‘ldi.
Rudali massani yuklashda quvvatli YUEM ruda uyumlariga kirib va 
cho‘michni ko‘tarib, chiqariladigan ustunni silkitishni amalga oshiradi, bu bilan 
chiqarishning qo‘shni punktlarida bo‘laklarning ishqalanib uzilishlarini keltirib 
chiqaradi, ruda bo‘laklarining qandaydir osilib qolganlari va qotib qolganlari 
to‘liq yo‘qotiladi.
 
8.16-rasm. YUklash-etkazish mashinasi lahimlar tutashuvi burilishida («Tamrok»kompaniyasi 
poligoni,. Tampore sh., Finlyandiya). 


8.17-rasm. ST 14 cho‘michli yuklash-etkazish mashinasi, kompaniya «Atlas Kopko» 
(«Katsenberg» koni kompaniya «Ratshek», Germaniya).
Etkazishda muammolar mavjud bo‘lgan yoki ochiq qazish bo‘shlig‘iga 
chiqish lozim bo‘lgan konlarda etkazishda katta xavfsizlik uchun masofali 
boshqaruvdan foydalaniladi. Bu loyli yorib o‘tishlar mavjud «Friiport»konida, 
«Nortsparks», «Finch», «Norilskogo nikelya» konlarida va boshqalarda yaxshi 
o‘zlashtirilgan (8
.20-rasm).


 
8.18-rasm. ST-1030 yuklash-etkazish mashinasi gabaritlari, «Atlas Kopko», SHvetsiya: a – 
to‘g‘ri chiziqli uchastka; b – burilish. 


13.19-rasm. YUklash-etkazish va tashish mashinalari evolyusiyasi 
 8.20-rasm. YUklash-etkazish mashinasini masofali boshqarish ( «Friiport» koni, Indoneziya): a 

yuklash-etkazish mashinasi xavfli uchastkada; 6 

yuklash-etkazish mashinalarini 
boshqarishning ko‘chmas punkti.
 8.18-rasmda 
zamonaviy YUEM gabaritlari asosiy texnik o‘lchamlari bilan 
keltirilgan, lekin ular xilma-xil shakllari hozirda juda ko‘p. 
8.1-jadvalda 
er osti konlarida qo‘llaniladigan asosiy yuklash-etkazish 
mashinalarining namuna o‘lchamlari qatori keltirilgan. 
CHo‘michli yuklash-etkazish mashinalari farqi shundaki, ularning 
cho‘michi bunkerning (kuzovning) o‘zini yuklash uchun mo‘ljallangan. Bu 
mashinalar, odatda, 600 m. gacha etkazish uzunligida ko‘ndalang kesimi 
nisbatan kichik lahimlarda qo‘llaniladi. CHo‘mich sig‘imi - 0,12-1,6 mZ, 
bunkerniki - 1 -10 m
3
, oshib o‘tadigan qiyaligi - 12-15° gacha. Bunker ag‘darib 
to‘kiladi. PT turidagi mashina yuritmasi – pnevmatik yoki dizelli. 


 8.1-jadval. 



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish