Konchilik ishi va metallurgiya” fakul`teti “umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi



Download 2,25 Mb.
bet36/237
Sana26.02.2022
Hajmi2,25 Mb.
#465532
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   237
Bog'liq
2 5316904001864733116

Texnologiya – xom-ashyoni qayta ishlash usullari va usullari to‘g‘risidagi fan sifatida yirik mashinasozlik sanoatining rivojlanishi munosabati bilan u bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtga kelib, sanoat ishlab chiqarishni texnologiyasi bilimlarning mustaqil tarmog‘i darajasigacha o‘sdi, juda keng nazariy va amaliy materiallar to‘pladi. Ta’riflovchi fandan u vatanimizdagi va ishchilardagi kashfiyotlar va ixtirolarga, ilg‘or tajribaga asoslangan aniq fanga aylandi.
Texnologiya ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga og‘ir va zerikarli darajada bir xil mehnatni qisqartirishga ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish bilan mana shunday yaqin aloqasi natijasida texnologiya jonli va moddiylashgan mehnat xarajatlariga keskin ta’sir qila boshladi.
Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Texnologik jarayon - bu, mehnat buyumlari o‘zgarishi (shakli, tashki ko‘rinishi, katta-kichikligi, agregatlik xolati, tuzilishi va x.k.)ning natijasi bo‘lib, tabiiy jarayonlarni xam o‘z ichiga oladi. Bunday xolda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, kuritish - kuyma, betonning kurishi, material yoki detallar moylangandan so‘ng atmosfera sharoitida kurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Mehnat jarayoni - bu, jismoniy va akliy energiyaning sarflanishi bo‘lib, iste’mol qiymati yaratishga karatilgandir.
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy va yordamchi jarayonlarga bo‘linadi. SHuningdek, xar qanday asosiy jarayonni xam tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin (maxsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday qismlar asosiy maxsulotni tayyorlash bosqichi deyiladi (xar kaysi bosqich texnologik jixatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). Ishlab chiqarish jarayonining bosqichi bir-biridan qo‘llaniladigan texnologik usullar, uskunalarning xarakteri va xodimlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, sanoat korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig‘uv. Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi.
Operatsiya o‘zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o‘rinlarda ishchilar nazorati ostida o‘zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir.
Ishlab chiqarish jarayoni sanoat maxsulotini tayyorlashdagi roliga karab, asosiy, yordamchi va xizmat kiluvchi jarayonlarga bo‘linadi.
Mehnat buyumlarining asosiy maxsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb ataladi. Bunday jarayonlarga sanoat zavodlarida kuyidagilar kiradi: tayyorlov bosqichida - cho‘yanni vanrankalarda eritish, detallar kuyish uchun kum koliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda - u mexanizmga asoslangan yoki issiklik yo‘li bilan detallarga o‘ziga xos xususiyat, o‘lchov va sirtki tomonga sifatli ishlov berish; payvandlashda - detallarni bir tugunga (uzelga) yig‘ish yoki tamomlangan buyumlar - mashina va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni (podshipnik, elektromotor, asboblar) yig‘ish.
YOrdamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi va maxsulot ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga kuyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbob-uskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar tayyorlash va ularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), ta’mir bo‘yicha xizmat qilish (uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy xizmat qilish), turli xil energiya (elektr energiya, bug‘, xavo va x.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun xizmat qilish. Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti, tayyor maxsulotni sotish, transport bilan xizmat qilish va xokazolar kiradi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish