Konsentratsion stollarda boyitish


Og’ir muhitda boyitish jarayoni nazariyasi



Download 264,33 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi264,33 Kb.
#495040
1   2   3
Bog'liq
KONSENTRATSION STOLLARDA BOYITISH

Og’ir muhitda boyitish jarayoni nazariyasi.

Og’ir muhitda boyitish jarayoni zarrachalar aralashmasini zichligi bo’yicha gravitatsiya yoki markazdan qochma maydonda ajratishga asoslangan bo’lib, muhitning zichligi ajratilayotgan zarrachalar zichliklari oralig’ida bo’lishi kerak. Zichligi muhit zchiligidan kichik bo’lgan minerallar muhit yuzasiga suzib chiqadi, og’irlari esa cho’kadi. Og’ir muhit sifatida og’ir organik suyuqliklar, og’ir tuzlarning suvli eritmalari va og’ir aralashmalar – ya'ni og’ir minerallarning o’ta mayda zarrachalarining suv bilan aralashmasi qo’llanilishi mumkin.

Tuzlar aralashmasi va og’ir organik suyuqliklar narxining qimmatligi va ish faoliyatini qayta tiklashning qiyinligi tufayli sanoatda qo’llanilmaydi. Og’ir aralashmalarda boyitish keng qo’llaniladi.

Aralashmaning barqarorligi uning asosiy xususiyatlaridan bo’lib, boyitish jarayonida mineral zarralarning ajralish tozaligiga ta'sir qiladi. Aralashmaning barqarorligi deganda vaqt birligida qatlam bo’yicha berilgan zichligini saqlab turish qobiliyati tushuniladi.

Aralashmaning barqarorligi qattiq zarrachalarning cho’kish tezligi bilan aniqlanadi va og’ir suyuqlikning zarrachalari o’lchamiga, haroratiga va uning zichligiga bog’liq.

Aralashmaning barqarorligiga og’ir suyuqlikning tarkibini to’g’ri tanlash, aralashmani mexanik aralashtirish va unga normallashtiruvchi moddalar qo’shish orqali erishiladi.

Aralashmaning barqarorligini oshirish uchun unga tuproq, juda mayda zarrachali og’irlatgichlar, yoki suyuq shisha, oltingugurt alyuminatlar (0,001-0,5%) qo'shiladi.

Aralashmaning qovushqoqligiga ta'sir etuvchi omillar – og’ir muhit zarrachalarining o’lchami (qumoqlilik tarkibi) va ularning aralashmadagi hajmiy kontsentratsiyasi. Og’ir muhit zarrachalarining o’lchami qancha katta bo’lsa, uning qovushqoqligi shuncha kamayadi.

Og’ir muhit aralashmasini tayyorlash quyidagicha olib boriladi: aralashma zarrachalarini maydalash, yanchish, tasniflash va maxsus aralashtirgichda suv bilan aralashtirish hamda og’ir muhitda saralash uskunasiga yuborish.

Og’ir muhit aralashmasini uzoq muddat ishlatish uning tarkibini boyitilayotgan mahsulot zarrachalari bilan ifloslanishiga olib keladi. Aralashmaning dastlabki xususiyatini tiklash uchun regeneratsiya qilinadi va jarayonga qaytariladi. Regeneratsiya jarayonida aralashmani boyitish mahsulotlaridan ajratiladi va zarrachalar yuzasidan aralashmani yuvib tushuriladi. Agar og’ir muhit aralashmasi magnit xususiyatiga ega bo’lsa, boyitish stolida yoki flotatsiya mashinasida tozalanadi.

Foydali qazilmalarni moddiy tarkibining har xilligi va aralashmaning fizika-mexanik xossalari, yuqori sifatli ajralishga ega bo’lish zaruriyati va boshqa omillar ko’p turdagi og’ir muhit saralagichlarini yaratishga sabab bo’ldi. Ular quyidagi asosiy belgilari bilan farqlanadi:

1) qo’llaniladigan og’ir muhit aralashmasi bilan: suv aralashmali va havo aralashmali;

2) minerallarning ajralish sharoiti bilan: statik va markazdan qochma;

3) og’ir fraktsiyani bo’shatish usuli bilan: gidravlik va mexanik;

4) ajraladigan boyitish mahsulotlari soni bilan: ikki mahsulotli va uch mahsulotli.

Yirik donador (o’lchami 6 mm dan katta) mahsulotlarni boyitishda statik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar qo’llaniladi.

Mayda donador (o’lchami 6-1 mm) mahsulotlarni boyitishda dinamik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar – siklon va sentrifugalar qo’llaniladi.

Mahsulotlarni spiral orqali bo’shatadigan barabanli saralagich rangli va qora metall rudalarini va nometall foydali qazilmalarni boyitishda qo’llaniladi.

Saralagichning barabani tashqi joylashgan roliklarda turadi va yurituvchi yordamida bir daqiqada 3; 4 va 6 marta tezlikda aylanadi.

Barabanga yon tomonda joylashgan qopqoqlarning biri orqali aralashma yuklanadi. Bosh mahsulot yuklanadigan va yengil zarralar bo’shatiladigan tomon tuynugi diametri og’ir fraktsiya bo’shatiladigan tomon tuynugi diametridan kata bo’ladi.





Chizma- 9. Mahsulotni spiral yordamida bo’shatuvchi barabanli saralagich.

1 - baraban; 2 –mahsulotni yuklash uchun tuynuk; 3 - mahsulotni yuklash tuynugini ushlab turuvchi tirgak; 4 - yengil mahsulotni bo’shatuvchi ariqcha; 5 - kichik harakatlantiruvchi shesterna bo’g’ini; 6 - reduktor; 7 - tayanch gildiraklar; 8 - saralagich ramasi; 9 – og’ir mahsulotni bo’shatuvchi ariqcha; 10 – og’ir mahsulotni bo’shatuvchi ariqchani tayanch bo’g’ini; 11 - elevator; 12 – spiral.

Barabanning ichki yuzasida qo’sh spiral mahkamlangan bo’lib, cho’kkan mahsulotni elevator qurilmasi tomon tashishga xizmat qiladi.

Mahsulotlarni spiral orqali bo’shatadigan barabanli saralagichlar uch xil o’lchamda ishlab chiqariladi: D = 1800, D = 2500 va D = 3000 mm.

Barabanning uzunligi uning diametridan ikki barobar uzun. Ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulot yirikligiga va saralagichning o’lchamiga qarab 20 dan 250 t/soat gacha bo’lishi mumkin.




Download 264,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish