Ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar mansabdor



Download 44,55 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2023
Hajmi44,55 Kb.
#948206
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mamuriy


Mavzu: Ma`muriy sud ishtirokchilari


Reja:

  1. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
    ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor
    shaxslar) va ishlarning taalluqliligi.

  2. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni
    yuritishda qatnashuvchi shaxslar.

Kirish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning XVIII bobi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish va ularni ko‘rib chiqadigan organlarning (mansabdor shaxslar) vakolatlari belgilab qo‘yilgan. Taalluqlilikni aniqlash organlar o‘rtasidagi vakolat doirasini chegaralashdir. Bu tushuncha O‘zbekiston Respublikasida har bir davlat muassasasi yoki jamoat tashkiloti o‘zigagina tegishli bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish va


hal etishga haqli ekanligini bildiradi.
Taalluqlilikni aniqlash huquq doirasini belgilash usuli hamdir. Huquq doirasiga organlarning (mansabdor shaxslarning) vakolatlari (huquq va burchlari) kiradi. Bunda organ (mansabdor shaxs) qanday choralar qo‘llashga haqli ekanligini belgilaydi, taalluqlilik esa vakolatlar doirasini hudud hamda vaqt bo‘yicha aniqlab beradi. Masalan, ichki ishlar organlarining boshlig‘i ko‘pgina g‘ayriqonuniy ishlar bo‘yicha jarima solishga haqli (MJTK 248-m.). Ayni paytda, oz miqdordagi tolon-torojlik ishlari unga taalluqli emas.
Bu ishlarni ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha sudyalar ko‘rib chiqadi.
Taalluqlilik qonunchilik hujjatlari bilan mustahkamlanadi. Taalluqlilik normalari tekshiruv bosqichida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar kim tomonidan tekshirilishini, bayonnomani tuzishga kim haqli ekanligini belgilaydi. Qarorlarni qayta ko‘rib chiqish bosqichida esa, tushgan shikoyatlarni kimga yuborish masalasi normativ tartibga solinadi, ya’ni qarorni qayta ko‘rib chiqishga kim haqli ekanligi hal etiladi. Taalluqlilikni aniqlash ishni ko‘rib chiqish bosqichida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda ishni hal etishga, jarima solishga haqli bo‘lgan organlarning ko‘pchiligi,
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning xilma-xilligi taalluqlilik masalasini aniq hal etish imkonini bermaydi.
Taalluqlilikni predmetli va hududiy taalluqlilik turlariga ajratish
mumkin. Predmetli (huquqbuzarlik turlari bo‘yicha) taalluqlilik tegishli toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun qaysi organga topshirish masalasini qonuniy hal etish demakdir. Yuqorida eslatib o‘tilgan bobning har bir moddasida ishlarning u yoki bu organga taalluqliligi belgilangan. Masalan, 245-modda ma’muriy komissiyalarga, 246-modda ichki ishlar organlariga taalluqli ishlarni belgilaydi.
Predmetli taalluqlilikni aniqlovchi bosh mezon ma’muriy huquqbuzarliklar toifasi (turlari)dir. Masalan, qonunda mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni buzishga aloqador ishlarni mehnat bo‘yicha huquq nozirlari ko‘rib chiqishi belgilangan. Ishlarning predmetli taalluqliligini aniqlash uchun vakolatli organ tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgan joy, huquqbuzarlarning yoshi kabi qo‘shimcha belgilardan foydalaniladi (masalan: pasport tizimi qoidalarini buzishga doir ishlarni ichki ishlar organlari, voyaga yetmagan
shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga oid ishlarni esa voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar ko‘rib chiqadi).
Ko‘rib chiqiladigan ishlarning turlari bo‘yicha predmetli taalluqlilikning aniq belgilanishi hududiy taalluqlilikni aniqlash uchun dastlabki zaruriy shartdir.
Hududiy taalluqlilik deganda, muayyan ishning qayerda ko‘rilishi kerakligini normativ hal etish tushuniladi. (MJTK 304- m.). Hududiy taalluqlilikning bosh qoidasi ishning huquqbuzarlik sodir etilgan joy bo‘yicha ko‘rilishidir (masalan, viloyatda istiqomat qiluvchi shaxs Toshkent shahrida huquqbuzarlik sodir etib, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat o‘tayotgan ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun
kerakli hujjatlar tuziladi).
Bunda hujjatlarni avvalo, predmetli taalluqlilik bo‘yicha (MJTK 245-m.) ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya ko‘rib chiqishi belgilangan. So‘ngra ishni hududiy taalluqlilik bo‘yicha Toshkent shahridagi tegishli tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi ko‘rib chiqadi, chunki ma’muriy xatti-harakat shu hududda sodir etilgan.
Ammo ma’muriy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi hamma ishlar ham ular sodir etiladigan joyda ko‘rilavermaydi. Bu umumiy qoidalarda qator istisnolar ham bor.
Ma’muriy komissiyalar va voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga taalluqli ishlar huquqbuzarlik sodir etilgan joy bo‘yicha emas, balki javobgarlikka tortilayotgan fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mansabdor shaxslar tomonidan ularning xizmat faoliyati bilan bog‘liq holda sodir etilgan huquqbuzarliklar korxona, muassasa va tashkilotlar joylashgan ma’muriy komissiyalar tomonidan, ya’ni mazkur huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda ko‘rib chiqiladi.
Ayrim turdagi ishlar bo‘yicha ikkilamchi (muqobil) hududiy
taalluqlilik belgilangan. Fuqarolarga o‘tkir xonaki spirtli ichimliklarni sotish, ruxsat etilmagan jamoat joylarida spirtli ichimliklarni ichish to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik sodir etilgan joy bo‘yicha yoki aybdorning yashash joyi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganligiga oid ishlar o‘sha transport vositasi hisobga olingan joy bo‘yicha ham, huquqbuzarlik sodir etilgan joy bo‘yicha ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Biroq yo‘l harakati qoidalarini buzishga doir jiddiy ishlar
(transport vositasini mast holda boshqarish, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish), odatda, transport vositasi hisobida turgan joy bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Bu ishlarni tez va to‘g‘ri hal etishni ta’minlash maqsadida qilinadi. Chunki xatti-harakat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, o‘sha yerda tezroq ko‘rib chiqiladi. Guvohlarni so‘roq qilish va dalillarni olish bilan bog‘liq boshqa masalalarni ham o‘sha joyda tezlik bilan hal etish mumkin.

Download 44,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish