Ko'rish va eshitishning chuqur jarohatlanishida bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar Mundarija Kirish



Download 60 Kb.
bet3/9
Sana21.12.2022
Hajmi60 Kb.
#893243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko\'rish va eshitishning chuqur jarohatlanishida bolalar bilan olib boriladigan korreksion pedagogik ishlar

Birinchisi. Sog‘lom Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning aqliy rivojlanish imkoniyatlari eshitadigan bolanikidan aslo kam emas. Yuqori darajada talabchanlik va malakali ta’lim bilan uyg‘unlashgan muhabbat - shu imkoniyatlarni realizatsiyalash imkonini beradigan shart-sharoit shundan iborat. Muvaffaqiyatga ishonish, shu ishonchni bolada tarbiyalash olish – Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani baxtli qilish va о‘z nuqsonini his qilmaslik, hech bо‘lmaganda undan aziyat chekmaslikka yordam berishning muhim omili.
Ikkinchisi. Tarbiyaning umumiy masalalari, uning hissiyoti, xulqini tarbiyalash maxsus tarbiyaga qaraganda ikkinchi darajali emas, balki maxsus tarbiyaning asosini tashkil qiladi. Zero farzand, avvalo farzand, keyin esa Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bola. Buni unutmaslik lozim. uning ma’naviy qiyofasi, uning shaxsini tarbiyalash – maxsus о‘qitishning har bir vaziyatini belgilaydigan asosiy jihat shu. Bunda eshitishida nuqsoni bо‘lgan bola xulqini tarbiyalashga uning eshitadigan tengdoshining xulqini tarbiyalashga kabi yondashish zarur.
Uchinchisi. Bolani soqovlikdan asrab qolish, atrofdagilar bilan muloqotga о‘rgatish uchun barcha vositalardan foydalanish kerak. Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani о‘qitishning (ota-onalar uchun) tobora samarali va qulay vositalardan biri daktil (barmoqlar) nutqi sanaladi. kichik yoshdagi Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan
bolalarni о‘qitishda undan keng foydalaniladi.
Daktil nutq nima va uning ta’limdagi roli nimadan iborat? Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni nutqning bu noodatiy shaklidan о‘qitishda foydalanish zarurati kо‘pincha ota-onalarning e’tirozi va qarshiligiga sabab bо‘ladi. Daktil nutq – Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni о‘qitishning qudratli vositasi, u lug‘at boyligi va nutqni о‘zlashtirish sifatini, shuningdek Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning umumiy rivojlanish darajasini bir necha barobar oshirishi mumkin. Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar va boshqa kishilar uni bola bilan muloqotda tо‘g‘ri qо‘llash uchungina emas, balki fikrlari, aniqrog‘i, bilib-bilmay chiqaradigan hukmlari bolaning tо‘la qonli tarbiyasiga halal beradigan kishilarga uning ahamiyatini tushuntirib berish uchun ham daktil nutqning ahamiyatini tushunib yetishlari kerak. Daktil nutq nima? Daktil nutqni ba’zilar mimika (mimina yoki imoishora nutqi) bilan qorishtirishadi, mutaxassislar esa daktil nutqni savodi chiqmagan Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda og‘zaki nutq о‘rniga mimika nutqining intensiv rivojlanishining oldini olish uchun keng qо‘llashni tavsiya qilishadi.
Daktil nutqni bizga ma’lum bо‘lgan og‘zaki nutqnining boshqa shakllari bilan taqqoslasak, u yozma nutqqa kо‘proq yaqin keladi. Xuddi yozuv kabi undan faqat savodli odam foydalana oladi. Qolaversa, daktil nutqni о‘zlashtirish bilan inson savod о‘rganadi, zero daktil nutq, xuddi yozma nutq kabi lisoniy nutq shaklidir. Daktil nutqning yozuvdan farqi shundaki, yozuv belgilari о‘rniga sо‘zlovchi barmoqlari yordamida makonda (bо‘shliqda) aks ettiriladigan belgilardan foydalanadi.
Eshitmaydigan, biroq labdan о‘qiydigan va gapira oladigan kishilar uchun mimika – tezroq va osonroq о‘ziga qaratilgan sо‘zni idrok etish va boshqalarga fikrini yetkazish vositasi. Nutqni egallagan Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga imo-ishora ularga qaratilgan nutqni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Imo-ishoralar og‘zaki sо‘z bilan birga qо‘llanilganda, ular gо‘yo kattalashtiruvchi oyna vazifasini о‘taydi. Mimikali nutq qurilishi bu holda og‘zaki nutq qurilishiga bо‘ysundiriladi, sо‘zni idrok etishga kо‘maklashadi.
Lisoniy nutqni о‘zlashtirmagan kishilarning mimikasi о‘zgachadir. Ularning imo-ishoralari kо‘pincha sо‘z emas, balki alohida tasavvurlar, ba’zan fikrni ifoda etadi. Ularning nutqi juda sodda. Imo-ishoralari jо‘n. Aynan bir ishora vaziyatga kо‘ra turli tushunchalarni ifoda qiladi. Bu kabi mimikali nutqda gaplar mutlaqo boshqacha quriladi.
Kuzatishlar kо‘rsatadiki, Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan ota-onalarning bolalari maktabgacha ta’lim muassasasiga kelganida odatda yaxshiroq rivojlangan bо‘ladi, ular bilan aloqaga kirishish osonroq. Ular tushuntirish va ularga qо‘yiladigan talablarni eshitadigan ota-onalarning, muloqotda imo-ishoralardan keng foydalanishga odatlanmagan, bolalariga qaraganda tezroq ilg‘ab oladi. Shu sababli mutaxassislar о‘qitishning ilk davrida mimikadan mohirlik bilan foydalanish foydadan xoli bо‘lmasligini uqtiradi. Lisoniy muloqot о‘rnini bosadigan mimikaning xavfi bola lisoniy nutqni egallagani sari kamayib boradi.
Daktil belgini nafaqat idrok etish, balki tovushga qaraganda qayta yaratish ham ancha oson. Hatto ikki yarim yoshli bola ham daktil alifboni о‘zlashtira oladi. Uch yoshli bolalar uni 15-30 kunda о‘zlashtiradi. Bu juda muhim, chunki bu tarzda bolaga sо‘z yordamida murojaat qilish, eshitadigan bolaga kabi istalgan predmetni aytish mumkin. Buni sо‘zni ovoz chiqaribgina emas, balki barmoqlar yordamida ham «talaffuz qilish» kerak. Bunda bola har bir sо‘zning harf tarkibi va grammatik qurilishini aniq idrok etadi. Shu tariqa uni nutqqa va muloqotga о‘rgatish boshlanadi. Bunda xuddi eshitadigan boladagiga о‘xshash jarayon kechadi. Vaqt о‘tishi bilan, tovushlarni talaffuz qilishga о‘rgangan bola barmoqlari yordamida «ayta oladigan» sо‘zlarini va iboralarini og‘zaki shaklda ham qо‘llaydi.
Demak, daktil nutq mimikadan prinsipial farq qiladi: uning yordamida sо‘zni aniq yetkazib berish mumkin, gaplar xuddi yozilgani yo aytilgani kabi quriladi. Yana bir farq shundaki, mimikadan bolalar ularni о‘rgatishmasa ham, xatto buni ta’qiqlashsa ham, foydalanaveradi. Mimika – sо‘zni bilmaganlar uchun muloqotning yagona usuli. Daktil nutq bilan muloqot lisoniy muloqotga tenglashtiriladi, unga maxsus о‘rgatish kerak.Daktil shakl – lisoniy nutqni о‘zlashtirishda kо‘makchi vosita xolos.
Odatda, daktil nutqqa qarshi fikrlar bildiriladi. Bolalarni daktil nutqqa o‘rgatmaslik kerak, chunki, og‘zaki nutqqa о‘rgangan kar bolalar qilganidek, undan eshitadiganlar bilan muloqotda foydalanish mumkin emas. Bu e’tiroz ikki yoqlama anglashilmovchilik natijasida yuzaga keladi. Birinchidan, daktil nutq maqsad emas, balki bolalarda og‘zaki va yozma shakldagi umum tomonidan qabul qilingan lisoniy nutqni shakllantirish vositasi. Ikkinchidan, karlarni о‘qitish tizimi ularni lisoniy nutqqa о‘rgatish maqsadini kо‘zlaydi, bunga tayyorgarlik bolalar bog‘chaga kelgan birinchi kundan boshlanadi. Daktil nutqdan о‘qitishda, lisoniy nutq rivojlanishini tezlashtirish, mimika rivojini cheklash ufoydalaniladi. Bunga eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar daktil belgilarni qanchalik erta о‘zlashtirsa va daktil nutqdan foydalana boshlasa, shunchalik yaxshiroq erishiladi. Qolaversa, mohirlik bilan foydalanilgan daktil nutq og‘zaki nutqning rivojlanishi, labdan о‘qishga yordamlashadi.
Bir qarashda g‘alati tuyuladi: qanday qilib sо‘zlarni labdan о‘qib olish va uni daktil shaklda avvaldan о‘zlashtirish о‘rtasida aloqadorlik bо‘lishi mumkin? Ma’lum bо‘lishicha, bolaning lug‘at zahirasi qanchalik katta va umumiy rivojlanishi yuqori bо‘lsa (bunga daktil nutq kо‘maklashadi), bolaning labdan о‘qishi shunchalik osonlashadi, u noma’lum yoki labdan notо‘gri о‘qilgan sо‘zning ma’nosini faxmlashi imkoni ortadi.
Taniqli surdopedagog F.A. Rauning kuzatishlariga kо‘ra, bolalarni daktilologiyadan foydalanish bilan parallel tarzda talaffuzga tо‘g‘ri, malakali о‘rgatilganda, labdan о‘qishni muntazam mashq qildirilganda, bolalarning og‘zaki nutqi ularning individual imkoniyatlariga mos tarzda rivojlanadi. Bolaning og‘zaki nutqi qanchalik tushunarli bо‘lsa, bola daktilologiyadan о‘zini tiyib, og‘zaki nutqdan shunchalik tez foydalana boshlaydi.bundan tashqari, bolaning nutqda yaxshi о‘zlashtirilmagan tovushlardan foydalanishi (bolalar shunday qilishga majbur, sо‘zni boshqacha ifoda qilish imkoni yо‘q) talaffuzni buzadi, hali aniqlashmagan talaffuzni mustahkamlaydi. Daktil belgilar tovushlarni qо‘yishni tezlashtirish zaruratini yо‘qqa chiqaradi, talaffuz ustida batafsil ishlash imkonini beradi. Boshqa sharoitlar bir xil bо‘lgani holda bolaning yomon og‘zaki nutqi uning talaffuziga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bо‘lish, kattalar tomonidan har kunlik e’tibor va nazoratning yо‘qligi natijasi sanaladi. Bunda yozish va о‘qishdagi jarayon bilan ma’lum umumiylik kо‘zga tashlanadi: sо‘zlarni daktillab, yozuv jarayoni о‘ziga xos tarza takrorlanadi, uni idrok qilayotgan bola esa о‘qish jarayonini takrorlaydi. Yozuvda bо‘lgani kabi sо‘zlarda harflar alohida belgilar sifatida emas, balki yaxlit joylashadi (buning uchun harfni kо‘rsatayotib, qо‘lni xayolan keyingi belgi holatiga tayyorlash kerak bо‘ladi). sо‘zlar orasida sukut qilinadi, u yozuvda bir sо‘zni boshqasidan ajratib turadigan bо‘sh makonga mos keladi. Yozuvda harflar chiziqda tekis yozilgani kabi, bu о‘rinda ham kо‘l bir xil darajada (balandlikda) bо‘lishi, belgilar aniq va ravshan kо‘rsatilishi kerak, biroq yozuvdagidan farqli о‘laroq, qо‘l harakatsiz qoladi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish ishlari bola hayotining birinchi yilida boshlangan bо‘lsa, ikkinchi va uchinchi yillarida yuqoriroq sur’atlarga ega bо‘ladi. Predmetli faoliyat yoki о‘yin jarayonida bola bilan tо‘g‘ri tashkil etilgan muloqot katta odamning nutqini tushunish va bolaning о‘z nutqi shakllanishi uchun stimul (rag‘bat) sanaladi.bu davr hoh eshitadigan, hoh eshitmaydigan bolaning nutqi rivojlanishi uchun senzitiv sanaladi. Garchi eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda bu bosqichda faol nutq kо‘rinishidagi natijalar kо‘zga tashlanmasa-da, ota-onalar bundan ranjisada, bu davr eshitmaydigan bola nutqi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Turli predmet va hodisalar bilan tanishish munosabati bilan bolada ularning nomlari, ular bilan harakatlar lug‘ati shakllanadi. Strukturasiga kо‘ra sodda jumlalarni doimiy qо‘llash ularning ayrimlari tushunilishini osonlashtiradi. Bolani fe’llarning, avvalo, buyruq maylidagi (ol, ber, kiy, ye, yugur va b.) fe’llarning ma’nolarini tushunishga о‘rgatish juda muhim. Bu jumlalarni tushunish va qо‘llash uchun zarur. Mashg‘ulotlarda predmet va о‘yinchoqlar bilan о‘ynash, bola uchun tushunarli rasmlarni kо‘rish, kichik hikoyalarni aytib berish va sahnalashtirish jarayonida sо‘z va jumlalar soni ortib boradi3.
Sistemali korreksiya va rivojlantirish ishlari olib borilgani taqdirda bola hayotining ikkinchi yilida eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasida nutqning og‘zaki ham yozma shakllaridan foydalanish boshlanadi. U og‘zaki nutqni yanada aniq mustahkamlash, ertaroq о‘qishga о‘rgatish, uchun zarur. Bu eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolaga о‘z nutq zahirasini sо‘z va jumlalarning katta miqdori bilan boyitishda kо‘maklashadi. О‘qishga о‘rgatishga kirishishdan oldin ota-onalar surdopedagogdan batafsil maslahat olishi kerak. U bolaning global о‘qishga tayyorligini aniqlab beradi, tablichkalarni bezashga talablar, ulardan turmushda va о‘yinda foydalanish haqida gapirib beradi, global о‘qishga о‘rgatish bо‘yicha maxsus mashqlarni о‘tkazish metodikasini yoritib beradi. О‘qishga erta о‘rgatish bolada bosma harflar bilan yozilgan sо‘z va jumlalarni farqlash, ularni tegishli predmet, о‘yinchoq, harakat yoki tasvirlar bilan nisbatlash malakasi shakllanishi bilan bog‘liq. O’yin va mashg‘ulotlarda bola asta-sekinliik bilan tablichkada yozilgan sо‘zlarni taniy boshlaydi. Global о‘kishni о‘rganish sur’atlari bolaning yoshi, sensor rivojlanishi darajasi, eshitishining holati, individual xususiyatlariga bog‘liq.
О‘qishga о‘rgatish ishlari maktabgacha yosh davrida jadal davom ettiriladi. Nutqni shakllantirish kо‘p qirrali jarayon sanaladi. Uning turli shakllarini, avvalo muloqot asosini tashkil etadigan og‘zaki nutqni rivojlantirish zarur. Kar va zaif eshituvchi bolalarda talaffuz kо‘nikmalarini shakllantirish avvalo katta odamga taqlid shaklida, eshitish apparatlaridan foydalanilgani holda amalga oshiriladi. Gо‘dakning ovoz reaksiyalarini faollashtirish bu reaksiyalarni qо‘llab-quvvatlash va yangi tovushlar hosil qilishga qaratilgan mashqlarni о‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Bu mashqlar muloqot jarayonida, katta odam bola bilan turli tovush va tovush birikmalaridan foydalanib, ularni gimnastika elementlari bilan birga qо‘llab "gaplashganida" amalga oshiriladi. Bir yarim -ikki yoshli bolaning og‘zaki nutqi ustida ishlashning muhim vazifasi bolada og‘zaki nutq ehtiyojini shakllantirish sanaladi. Shu sababli о‘yin va maishiy harakatlar paytida katta yoshli odam predmet, hodisa, о‘yinchoq, harakatlar nomini ataydi, bolalar ularni uddalagani darajada ularning nomini taqlidan aytishga (atashga) undaydi. Eng muhimi - bolaning katta odamga ergashib tovush, bо‘g‘in, sо‘zlarni talaffuz qilishga urinishi. Nutqqa taqlid harakatlarga taqlid bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli gavda harakatlariga taqlidga о‘rgatishga alohida e’tibor qaratish lozim bо‘ladi. Kattalarga bu kabi taqlidni о‘zlashtirgani sari bola harakatlarni tovushlar, bо‘g‘inlar, sо‘zlarni gо‘ldirab talaffuz kilish bilan tо‘ldirib boradi. Shu davrdan fonetik ritmika mashg‘ulotlari boshlanadi. Fonetik ritmika - maktabgacha yosh oldidan va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ularning talaffuzi ustida olib boriladigan ishlarning asosiy usullaridan biri.
Fonetik ritmikani olib borishda tovush, bо‘g‘in, sо‘z, jumlalarni talaffuz qilish ma’lum harakatlar bilan birga bajariladi. Fonetik ritmikadan foydalanish metodikasi turli kо‘llanma, dasturlarda (E.I.Leongard, 1991; T.A.Vlasova, A.N.Prafenrodt, 1989, 1998; N.D.Shmatko, T.V.Pelimskaya, 1991, 1993, 1995) bayon qilingan. Ota-onalar va adabiyotlardan fonetik ritmikaning vazifasi va uni amalga oshirish metodikasi bilan tanishish uchun foydalanishlari mumkin4.
Bola hayotining ikkinchi yilida yanada sistemali ish boshlanadi. Uni tanish predmetlar nomini bildiradigan g‘о‘ldirash va tо‘liq sо‘zlarni farqlashga о‘rgatishadi. Kichkintoyni eshitish apparati bilan va usiz eshitishga о‘rgatishadi. Sо‘zlar tadlaffuz qilinadigan masofani asta-sekin orttirib borish kerak. Eshitish idrokini rivojlantirish bо‘yicha ishlar nutqning talaffuz tomoni bilan bog‘liq: kichkintoyni eshitgan sо‘zlarini takrorlashga о‘rgatishadi. Eshitishga taqdim etiladigan sо‘z va jumlalar soni ortadi. Parallel ravishda bolalarni musiqali о‘yinchoqlar bilan tanishtiriladi, ularning tovushini farqlashga о‘rgatishadi.
Eshitish idrokini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar bilan bir paytda bolalarni reaksiya qilish va turli maishiy shovqinlar, tabiiy tovushlar, transport signallarini tushunishga о‘rgatishadi. Audioyozuvlarni eshitish ham eshitish idrokining rivojlanishiga kо‘maklashadi. Katta yoshli kishi bola bilan birga musiqa taktiga mos harakat qiladi, bolaning о‘zini raqs harakatlarini bajarishga undaydi.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish