Korrupsiya taraqqiyot kushandasi Korrupsiya bu


oylik mehnatga haq to’lashning



Download 16,45 Kb.
bet2/2
Sana19.02.2022
Hajmi16,45 Kb.
#459889
1   2
Bog'liq
Uralov F maqola

oylik mehnatga haq to’lashning miqdor darjasi bilan bog’liq. Joriy faktr ko’pgina mutaxasislar tomonidan tahlil qilingan. Misol uchun Shvetsiyalik iqtisotchi olim Assar Lindbeck o’z tahlillari natijasida Shvetsiya davlatchiligida korrupsion jinoyatlarni keskin kamayishining asl sababini davlat organ hamda tashkilotlaridagi yuqori lavozimli shaxslarning shuningdek davlat lavozimlarida faoliyat ko’rsatuvchi xodimlarining oylik maoshlarini 12-13 baravarga oshirilishi bilan izohlaydi. U o’z qarashlarida korrupsion harakatlarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil sifatida muhtojlik hamda ehtiyojni ilgari suradi. Mazkur ikki omilning ta’siri jamiyat hayotida ayniqsa davlat organ hamda tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarda kuchsiz darajada bo’lishi korrupsion harakatlar omilini qisqartiradi deb ta’kidlagan. Ayrim bir davlatlarda (Argintina, Peru, v.b) bojxona hamda soliq organlarida oylik to’lanadigan mehnat haqlari oshirildi. Bundan tashqari ushbu davlatlarda xodimning aqliy salohiyati, sermahsulligi hamda vijdonliyligiga qarab turli xil maoshlar tayinlandi. Hozirgi davrda rivojlangan davlatlardan biri bo’lmish Singapur davlatida esa oylik maosh bilan bog’liq siyosati yuqori lavozimda faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslarning korrupsion harakatlarni amalga oshirishga bo’lgan ehtiyojlarini kamaytirishga qaratildi va tez fursatda Singapur dunyo bo’yicha yuqori lavozimda faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslar eng ko’p maosh to’lanadigan davlatlardan biriga aylandi. Bu orqali hukumat yuqori lavozimlarda faoliyat ko’rsatuvchi shaxslarning o’z lavozimi hamda obro’ e’tiborini xavf ostiga qo’yib korrupsion harakatlarni amalga oshirish tavakkalchiligini sezilarli darajada qisqartirdi. Albatta oylik mehnatga haq to’lashning miqdorining oshirilishining o’zi muammoning yechimi hisoblanmaydi, ushbu omil faqatgina jamiyatda korrupsion jinoyatlarga qarshi adolatli hamda qat’iy javobgarlik belgilangan qonunchilik tizmi bilan o’zaro mutanosiblik hosil qilgandagina o’z ahamiyatini ko’rsatadi. korrupsion jinoyatlarga qarshi adolatli hamda qat’iy javobgarlik belgilangan qonunchilik tizmining mavjudligi keyingi muhim faktrlardan biri hisoblanadi.
Barcha davlatlar singari mamlakatimizda ham korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan 2020-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
2021-yilda Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi. Joriy farmon asosida korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari kengaytirildi hamda korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashishning kompleks tizimi ishlab chiqildi. Shuni ham qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida 2020 yil 4 fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etish maqsadida Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat yuritmoqda.
Davlat boshqaruvida hayotida shaffoflikni ta’minlash hamda davlat xizmatchilari orasida korrupsion jinoyatlarni kamaytirish maqsadida mazkur farmoning 4-bandiga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etildi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko’rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etildi. Korrupsion jinoyatlarga qarshi kurashish tizimida yana bir usul bu ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlash orqali jamoatchilik ongida korrupsion jinoyatlarga qarshi qarashlar hamda g’oyalarni shakllantirish hisoblanadi.
Download 16,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish