Korxona hududida transport vositalari qatnaydigan joylarda juda ehtiyoi blish, tovush va yoralik signalizatsiyasiga e'tibor berish, harakal qoidalari krsatilgan plakatlardagi talablarni aniq bajarish zarur



Download 0,53 Mb.
bet1/3
Sana20.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#829029
  1   2   3
Bog'liq
elektr xavfsizlik


UMUMIY XAVFSIZLIK QOIDALARI


Korxona hududida transport vositalari qatnaydigan joylarda juda ehtiyoi bo’lish, tovush va yorug’lik signalizatsiyasiga e’tibor berish, harakal qoidalari ko’rsatilgan plakatlardagi talablarni aniq bajarish zarur. Yo’lning transport vositalari qatnaydigan qismini yoki temiryo’lni kesib o’tishda harakatdagi transportni o’tkazib yuborish kerak. Temiryo’llardan yurish man etiladi. Poyezdlar qisqa vaqt mobaynida to’xtab turganida vagonkn ostidan o’tish mumkin emas, chunki lokomotivning to’satdan yurib ketishi og’ir falokatlarga olib kelishi mumkin.
Avtomashinalar, temiryo’1 vagonlari, ko’tarma kranlar va boshq;i tashish-ko’tarish mexanizmlari yonidagi tor joylardan o’tish mumkin emas, aks holda og’ir jarohat olish mumkin.
Ko’tarish-tashish vositalari ishlayotgan hududda taqiqlovchi plakatlardagi barcha ko’rsatmalarni aniq bajarish, yuklarni ko’tarish, ko’chirish va tushirishda beriladigan signallarni e’tibor bilan kuzatish zarur. Ana shunday signal bo’lganda yuklar ko’chirilayotgan joydan zudlik bilan chiqib ketish kerak. Ko’chirilayotgan, ko’tarilayotgan va tushirilayotgan yuk ostidn turish yoki chopib o’tish mumkin emas. Yuk to’satdan siltanib tushih ketganda ko’ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin. Yuk ag’darilayotgan joylarda o’ta ehtiyot bo’lish kerak.
Sanoat korxonasi hududida turli xil elektrdan shikastlanishlar sodir bo’lishi mumkin. Hududda ko’p miqdorda elektrotexnika qurilmalari transformatorlar, ulab-uzgichlar, taqsimlash shchitlari, elektr mashinalar, kabellar o’rnatilgan bo’lib, ularning yonidan o’tayotganda ehtiyot bo’lisli kerak. Elektr izolatsiyasining teshilishi va namiqib qolishi oqibatida bu qurilmalarning metall korpuslarida kuchlanish paydo bo’lishi mumkin.
Sexlarda yuqorida bayon etilgan barcha xavfsizlik qoidalarini bajarish zarur. Bundan tashqari, ayni sexdagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha qoidalarga ham amal qilish kerak. Elektr o’tkazgichlarning nosozligi, stanok va mexanizmlarning aylanuvchi qismlari kiyimni tortib ketishi, payvandlash va kavsharlash uchastkalarida qaynoq metall tomchilari kuydirishi, elektr jihozlarning tok o’tkazuvchi qismlariga tegib ketganda elektr toki urishi natijasida sexlarda ko’ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin. Ko’tarish-tashish vositalari ishlayotgan zonada ham juda ehtiyot bo’lish, maxsus ruxsatsiz sinov stansiyalari hamda pultlariga kirmaslik kerak.
Korxonaga ishga kirayotgan har bir ishchi mehnat xavfsizligi bo’limida albatta instruktaj olishi zarur. Ishchining instruktaj olganligi nazorat varaqasi bilan tasdiqlanib, sex ma’muriyatiga topshiriladi. Ana shunday varaqasi bo’lmagan hech bir yangi ishchi sexda ishlashga qo’yilmaydi.
Ishni boshlashdan oldin har bir ishchi, shu jumladan, o’quvchilar ham, tajribasi, ish staji va mashg’ulotlar hamda bundan oldingi instruktajlar vaqtida olgan xavfsizlik texnikasiga doir bilimlaridan qafi nazar, ish o’rnida instruktaj olishi kerak.
Boshqa ish o’rniga o’tganda mehnat xavfsizligidan qo’shimcha instruktaj olmasdan turib ishga kirishish mumkin emas. Ishlarning xavflilik kategoriyasiga qarab ma’lum vaqt o’tgandan so’ng davriy instruktaj takror o’tkaziladi. Instruktaj o’tkazilganligi to’g’risida ma’muriyat maxsus jurnal yoki kartaga yozib qo’yadi, buni ishchi hamda instruktajni o’tkazgan kishi (odatda ishlab chiqarish uchastkasi masterlari) imzolab tasdiqlashadi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish