Korzinka uz tarixi va chakana savdo sirlari. Zafar Hoshimov bilan katta suhbat



Download 1,16 Mb.
Sana07.10.2022
Hajmi1,16 Mb.
#851827
Bog'liq
Korzinka

Korzinka.uz tarixi va chakana savdo sirlari. Zafar Hoshimov bilan katta suhbat

  • Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov biznes, ilk do‘konining ochilishi va chakana savdoda muvaffaqiyat sirlari haqida gapirib berdi. U Kun.uz'ga bergan intervyusida 20 yildan ortiq vaqt davomida savdo sohasida kuzatganlari bilan o‘rtoqlashgan
  • Xususan, Zafar Hoshimov biznesga kirib kelishi tasodif bo‘lganini aytadi. U universitetda tahsil olgandan so‘ng, ilmiy izlanishni maqsad qilgani, keyinchalik rejalari o‘zgarib chakana savdoga kirib kelishi haqida so‘zlab bergan.
  • «92 yillarga kelib, o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Yosh oilali odamman, tirikchilik mas'uliyati paydo bo‘ldi. Shunday qilib, biznes qila boshladim. Bir-ikki yil ishlaganimdan so‘ng, otamning «biznes ham ilm, uni ham o‘rgan», degan maslahati bilan Angliyaga borib o‘qidim. O‘qishni 94 yili bitirib kelib, oziq-ovqat mahsulotlarni tarqatish ishi bilan shug‘ullana boshladim. Masalan, shakar, o‘simlik yog‘i, Qozog‘istondan un, Unilever kompaniyasi mahsulotlarini olib kelib, savdo qila boshladim.
  • Sovet tizimidagi markazlashgan taqsimot qulagandan so‘ng, an'anaviy do‘konlar yangi bozor iqtisodiyotiga tez moslasha olmadi. Shuning uchun, butun chakana savdo bozorlarga chiqib ketdi. Toshkent shahrida Otchopar, Askiya va boshqa bozorlarda nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, balki hamma narsa savdo qilinadigan nuqtaga aylandi. Mening tushunchamda, bu o‘tish davri, keyinchalik hamma chakana savdo rivojlanadi, deb o‘ylardim. Shu xayollar bilan mahallalarda qolgan do‘konlarga tovar yetkazib berib, ishlay boshladim.
  • Shu paytda xususiylashtirish ishi shunday bo‘ldiki, do‘kon aktivlarini aynan shu do‘kon jamoa a'zolari xususiylashtirib olishi kerak edi. Tizim shunday bo‘ldiki, jamoa xususiylashtirish o‘rniga, do‘kon mudiri xususiylashtirib oldi. Masalan, mudir va uning oila a'zolari 90-97 foiz aktivlarga egalik qilib, 1-2 foizi jamoaning boshqa a'zolariga tegishli bo‘lgan. Do‘kon mudiri u paytda so‘zi o‘tkir odam bo‘lgan. Jamoa orasida bu narsa mulk sifatida adolatli taqsimlanmagan.
  • Sovet savdo tizimida ishlagan odamlar faqat bazadan tovar olib kelib, sotishni bilardi. Kim rejani bajarsa, uddaburon bo‘lsa, mukofot olardi. Endi bularning barchasi to‘xtadi. Ular endi xususiy tadbirkor sifatida chakana savdoni yuritishi kerak. Lekin eski formatsiyaning odamlari bo‘lgani tufayli, yangilikka tez moslashib ketmagan. Masalan, mahsulot topshirib ketsak, qarzga ber, deydi. Aylanma mablag‘lari bo‘lmay, ertasiga kelsangiz, mahsulot sotilgan-u, pulini «soliqchi olib ketdi», «qizimning to‘yi edi», deydi. Chakana savdoda mol tarqatuvchi bo‘lib, rosa qiynaldim.
  • Chakana savdoning imkoniyatlarini tushunmayapti, deya 96 yilda amaldagi Angelsey Food korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdik», – dedi u.
  • Tadbirkor supermarketlar tarmog‘i o‘tgan davr ichida bozorda mustahkam o‘rin egallashi, naqdsiz va onlayn savdodagi tajribasini eslab, hayotiy voqealarni gapirib bergan. Shuningdek, u marketlar qurilishida madaniyatlarning farqi, qiyinchilik va reklamadan foydalanish tajribasini eslagan.
  • Zafar Hoshimovga ko‘ra, valutaning o‘zbek so‘miga erkin konvertatsiyasi bo‘lmagan paytlarda chakana savdosining muammolari birmuncha farqli edi. Bundan tashqari, suhbat davomida tadbirkor ko‘p muhokamaga sabab bo‘ladigan riteyl va ishlab chiqaruvchi munosabatlariga izoh berdi.

Intervyuni Youtube orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat

Tuzuvchi: Saparboyeva muhayyo


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish