Ko‘zi b qalin taxta c bolalarning yugurishi



Download 14,37 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi14,37 Kb.
#722833
Bog'liq
Ko‘zi b qalin taxta c bolalarning yugurishi


1.variant
1. Otli so‘z birikmasi berilgan javobni aniqlang. A) akamni ko‘rmoq B)bajarilgan ish C)chiroyli kiyingan D)ishni tezlatish
2. Qaysi javobda ot va sifat turkumiga oid juftlik berilgan? A)chiroyli– iforli B) chiroy − ko‘rk C) chiziq – qiliq D) sevgi – kuzgi
3. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A)xususiyat, tafsilot B)daromad, sabzovot C) saxovot, zokovat D) halovat, forosat
4. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
A) Og‘ir yukdan zo‘riqqan qo‘llariga biroz dam berdi.
B) Boshing ko‘kga yetgan bo‘lsa ham, Ustozlar ilmiga quloq sol har dam.
C) Yuziga urilgan salqin shabada uni yana ham tetiklashtirdi.
D) Boqqaning ikkita echki, O‘shqirganing yer tebratar.
5. Qaysi gapda chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud emas?
A) Gulzordagi och-sariq, qizil gullar nafis tebranib turibdi.
B) Senchi, sen bugun bormaysan-mi?
C) Bu ishlarni bugun-oq bitiring.
D) Sen-la baxtiyorman, aziz Vatanim, Senga fido bo‘lsin shu jon-u tanim.
6. Qaysi gapda vergul qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi bilan qarshi chiqadi.
B) Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi.
C) Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba qozonamiz. D) Bizga kitob, daftar, qalamlar, kerak.
7. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) buloqning ko‘zi B) qalin taxta C)bolalarning yugurishi D) tog‘ cho‘qqisi
8. Qaysi javobda ikki ma'nosi ham ot turkumi doirasida o‘zaro shakldoshlik hosil qila oladigan so‘z berilgan?
A) qor B) afzal C) shoh D) ot
9. Qaysi javobda zid ma’noli so‘zlar juftligi berilgan?
A) tor − keng B) qalin − yo‘g‘on C) hiyla − xiyla D) xotirjam – bemalol
10. Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri berilgan?
A) o‘rmon qiroli − sher B) kumush tola − makkajo‘xori
C) dala malikasi − paxta D) mo‘yqalam ustalari – shoirlar
11. Qaysi javobdagi yomon so‘zi gunoh, ayb ma’nolarida qo‘llangan?
A) Bolalikda o‘tgan yomon kunlari esiga tushib xo‘rligi keldi.
B) Yarasi juda yomon, juda qiynalib yotibdi.
C) Hay, Xadichaxon, o‘ylab gapiring-a, birovga tuhmat qilish yomon-a!
D) Yomon xabarning qanoti yengil bo‘ladi, tez tarqaladi.
12.Sifatdosh bilan ifodalangan kesim qaysi so'z turkumi bilan ifodalanishiga ko'ra qanday kesim?
A) sodda B) murakkab C) ot kesim D) fe'l kesim
13.Bir zumda gullarning iforli va xushbo'y hidi atrofni tutib ketdi. Ushbu gapdagi qo'shma so'z qaysi so'z turkumi hisoblanadi?
A) fe'l, ravish C) ravish, sifat C) sifat, fe'l D) hammasi sodda yasama so'z
15.Bitishuvli birikmani toping A)undan so'ramoq B) ona mehri C)to'satdan kelmoq D)kitob haqida so'zlamoq
15.O'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir. Gapda nechta so'z yasovchi bor?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
2-variant
1.So'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilganda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi?
A) tovush tushishi, almashinishi
B) tovush tushishi, almashinishi, ortishi
C) tovush almashinishi, ortishi
D) tovush ikkilanishi, metateza
2.Uning dodini hech kim eshitmadi. Qaysi so'z turkumi otlashib kelgan?
A) olmosh B) taqlid soz C) undov so'z D) otlashmagan
3.Singlimga ham, opamga ham rosa yordam berganman. Ushbu gapda sintaktik shakl yasovchilar nechta? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta
4.Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra necha xil?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
5.Vazifadosh bog’lovchi qatnashgan gapni toping
A) Osmon uzra uchar xayollarim
B) Vatan va onam uchun doim xizmatdaman
C) Bu ishni sendan avval bajarganman
D) Avval ular bizga yetib olishsin
6.Nilufarning bu gapdan zaldagilar jimib qoldilar. Ushbu gap tuzilishiga ko'ra qanday gap?
A) darak gap B) istak gap C) sodda gap D) istak gap
7.Ona unga faqat yedirish, kiydirish uchun ona edi, xolos. Gapda atash ma'noga ega bo'lmagan so'zlar nechta?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6ta
8. Berilgan qaysi so’zlarning barchasi imloviy
jihatdan to’g’ri yozilgan?
A) hushyor, hushaxloq, hunarsiz B) hiylagar, xumoyun, halifa
C) havas, hashamat, hangoma D) hasrat, xavola, hargiz
9. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan
to‘g‘ri yozilgan?
A) xususiyat, tafsilot B) daromad, sabzovot
C) saxovot, zokovat D) halovat, forosat
10. Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri berilgan?
A) mo‘yqalam ustalari – shoirlar B) kumush tola −makkajo‘xori
C) dala malikasi – paxta D)o‘rmon qiroli – sher
11. Bugungi o‘zbek she’riyati bilan tanishish uchun o‘quvchining qulog‘i va ko‘zigina emas, tafakkuri va she’rdan zavq olish, lazzat tuyish uchun mehnat qilishi lozimdir. Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A)3 B)1 C)2 D)5
12.Bir zumda gullarning iforli va xushbo'y hidi atrofni tutib ketdi. Ushbu gapdagi qo'shma so'z qaysi so'z turkumi hisoblanadi?
A) fe'l, ravish C) ravish, sifat C) sifat, fe'l D) hammasi sodda yasama so'z
13. Shuni bilinki, hasharotlar chirindilar orasida qishlaydi. Ushbu gapda asosi ismlar guruhiga mansub nechtasoda yasama so’z qatnashgan? A)3ta B)4ta C)2ta bD)1ta
14. Qaysi qatordagi so‘zlarning barchasi shakldoshlariga ega?
A) ko‘chma, yozma, kelma B) qarg‘a, qozon, qalin
C) tor, keng, uzun D) joy, kuya, safar
15. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) taalluqli, navbat, tamom B) taaluqli, tomon, baxr
C) manfaat, tomom, badiy D) taasurot, tamon, badiiy

3-variant


1.Qaysi javobdagi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
A) Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, diqqat bilan tenglang.
B) Omon laganning tagini non surtib yalab turganda, ko‘cha ko‘yni to‘ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi.
C) Yaxshi fikr tiniq uslibni talab qiladi, uslib esa fikr libosidir.
D) Zarafshon vodiysida yetishtiriladigan ho‘l-i quruq noz-ne’matlar bari shu yerda.
2. Ruhimda to‘xtovsiz, iznsiz oqib yotgan hayajonlarimni, orzumaqsadlarimni, tuyg'ularimni san’atga aylantirib, rang-tasvirga ko‘chirib, odamlar qalbiga singdira oldimmi?Yuqoridagi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z orqali qanday ma’no ko‘chishi hosil bo‘lgan?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
3. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Akbarali mingboshi, mana, o‘n uch yildan beri shu mansabida o‘tiradi, davlati, obro‘si, nufuzi tobora oshsa oshadiki, kamimaydi.
B) Bir soat adl qilgonning savobi odamlarning va farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuqturur.
C) Ammo jannattalab shoh va amr o‘z mablag‘idin bir so‘m xarajat qilmas.
D) Nogoh orqasiga boqdi, ko‘rdiki yo‘ldoshi yo‘lda horgan... nayzasini
kiftiga tik ushlab, yuqori-quyi yuribdur.
4. Bugungi o‘zbek she’riyati bilan tanishish uchun o‘quvchining qulog‘i va ko‘zigina emas, tafakkuri va she’rdan zavq olish, lazzat tuyish uchun mehnat qilishi lozimdir.
Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A)3 B)1 C)2 bD)5
5. Qaysi gap tarkibida o‘z paronimi bilan turli turkumga mansub bo‘la oladigan so‘z qatnashgan?
A) Asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tezlashgan holatlarda esa, yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalaniladi.
B) Shox butoqlari eng ko‘p bo‘lgan bug‘uni kim otarga garov bog‘lashardi.
C) Burj – qadimgi astronomiyada quyoshning yillik doirasidagi o‘n ikki nuqtaning har biri.
D) Adl qulog‘ila eshit holimi
Zulm qilur, baski, menga zolimi...
6. Go‘yo butun qishloqqa atlas poyandoz solinganday.
Ostiga chizilgan so’zda urg’u nechanchi bo’g’inga tushgan?
A) 1 B) 2 C) urg’u olmaydi D) 3
7. Xudoyberdi ota qishloqqa o‘nlab orden va medallar bilan qaytib keldi.
Yopiq bo’g’inlar soni nechta? A)8 B)10 C)11 D) 14
8.. Shunda dastlab haligi hovliqma bo‘ri qochishga tushibdi, orqasidan bunisi ergashibdi. Ushbu gapda fonetik o’zgarishlar soni nechta?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
9. Berilgan so’zlardan qaysi biri ajratib yozilishi kerak?
A) qayroqtosh B) shirinso’z C) salko’k D) qiymataxta
10. Qaysi qatorda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. B) Odamzod xasad qilmasligi kerak.
C) Kichkina bolakay yo’lda yiqilib tushdi. D) Vatan tuyg’usi eng ulug’, eng mo’tabar tuyg’ulardan biridir.
11. Tarkibida ibora qo’llangan gapni aniqlang.
A) O’zingni er bilsang, o’zgani sher bil. B) Qurvonbibi fotiha to’yidan keyin biroz o’ziga keldi.
C) Bu ishlarni qilgan sen. D) Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz?
12. Qaysi gapda otli so’z birikmasi mavjud emas?
A) No’rin aytilgan so’z boshga kulfat keltiradi.
B) Ezgulik uchun kurashmoq umrga sayqal beradi.
C) Mevasiz daraxt faqat o’tinlikka yaraydi.
D) Darhaqiqat, shoirning qalbi bu hislardan oziqlanadi.
13. Bog’da oily navli, asil olmalar, xilma-xil olchalar, yumshoq, xo’shbo’y noklar, achchiq anoqlar va bsohqa mevali daraxtlar ko’p. Mazkur gapda narsa otlari necha o’rinda qatnashgan? A) 7 B) 5 C) 6 D) 4
14. hijjalamoq, bosh-boshdoqlik, haspo’shlamoq, doshnom, nisholda. Noto’g’ri yozilgan so’zlar soni nechta? A)1 B)3 C)5 D)2
4. Bsoh harflar imlosi tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi? A) fonetika B) orfografiya C) stilistika D) grafika
15. Gunohi ne edi, bu tilla boshning. Misradagi ma’no ko’chish usul(lar)i qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) sinekdoxa B) vazifadoshlik C) metonimiya, sinekdoxa D) metafora, sinekdoxa
Download 14,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish