Kredit-iqtisod



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/585
Sana03.01.2022
Hajmi8,74 Mb.
#315939
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   585
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Hikoya  –  suhbat.

  O‗qituvchi-pedagoglar  va  tarbiyachilarning  jonli  so‗zi 

asosida o‗quvchi-talabalar shaxsini g‗oyaviy va ma‘naviy-axloqiy shakllantirishning 

ta‘sirchan  metodi  hisoblanadi.  Hikoya  qilinadigan  mavzu  o‗quvchi-talabalar  uchun 

dolzarb,  shaxsni  ma‘naviy  ishonch,  ijobiy  his-tuyg‗ular  vujudga  keltirishga  olib 

kelishi  kerak.  Masalan,  o‗qituvchi-pedagog  boshqa  sinf  yoki  guruh  jamoasi  barcha 

fanlardan  ―a‘lo‖  baholarga  o‗qiyotganligini  va  tartib-intizomi  yaxshiligini  maroq 

bilan  gapirib  bersa,  buning  samaradorligini  o‗quvchi-talabalarning  qanday 




224 

tinglayotganiga  qarab,  tekshirish  mumkin.  Agar  o‗quvchi-talabalar  ―Biz  ham 

o‗qishda  va  intizomda  namuna-ibrat  bo‗lamiz!‖  –  degan  umumiy  istak  bildirsa, 

demak,  o‗qituvchi-pedagogning  hikoyasi  o‗quvchi-talabalar  ongiga  yetib  borgan  va 

bunga javoban o‗qish va intizomda maqsad yo‗lida faoliyat ko‗rsatishga tayyorgarlik 

tuyg‗usini keltirib chiqaradi.  



Suhbat 

–  o‗quvchi-talabalarni  ma‘naviy-axloqiy  ruhda  tarbiyalashda  keng 

qo‗llanib  kelinmoqda.  Suhbat  vaqtida  o‗quvchi-talabalar  passiv  tinglovchilar  emas, 

balki  muhokama  qilinayotgan  mavzular  bo‗yicha  faol  ishtirokchilarga  aylanadi. 

Suhbat  vaqtida  o‗qituvchi-pedagoglar,  tarbiyachilar  tarbiyalanuvchilarning  shaxsiga 

xos  xususiyatiga,  tajribasiga,  ularning  bilimiga  tayanishi  lozim.  O‗tkazilayotgan 

suhbat  o‗quvchi-talabalar  uchun  ahamiyatliligi  hisobga  olinishi  zarurdir.  Yangi 

materiallarni  tanlash,  tarbiyalanuvchilarni  o‗ylashga,  mazkur  masala  bo‗yicha  o‗z 

bilimlarini  orttirishga  yordam  beradi.  O‗qituvchi-pedagogning  o‗zi  qanchalik  kam 

gapirsa,  o‗quvchi-talabalar  dunyosiga  shunchalik  yaxshiroq  kirib  borishi,  ular  bilan 

barobar ajablanishi, quvonishi lozim, shunda suhbat muvaffaqiyatli olib boriladi. 

Suhbat natijasida qabul qilingan axloqiy me‘yor keyinchalik o‗quvchi-talabalar 

xulq-atvori va faoliyatida amalga oshirilishi lozim. Va keyingi davrga mo‗ljallangan 

o‗z  xulq-atvorini  kuzatishlar  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  topshiriqlar  berish  imkoniyati 

tug‗iladi. 

O‗quvchi-talabalarda yaxshi odob-axloq ko‗nikmalarini shakllantirishda mashq 

qildirish  metodining  ahamiyati  katta.  Bunda  o‗quvchi-talabalar  ma‘lum  bir  faoliyat 

bo‗yicha biron bir vaziyatga qo‗yilib, ayrim harakatlarni takroran bajaradilar. Mashq 

harakatlari  takrorlash  bo‗lib,  axloqiy  ko‗nikma,  malaka  va  odat  hosil  qilish 

maqsadida o‗quvchi-talabalarning maxsus uyushtirilgan faoliyatidir. Mashq qildirish 

metodi  ta‘lim  jarayonida  ham  ishlatiladi,  ammo  tarbiyadagi  mashq  ta‘limdagi 

mashqdan biroz farq qiladi. Tarbiyadagi mashqda o‗quvchi-talabalar bir xil mashqni 

turli  sharoitlarda  qo‗llaydi.  Masalan,  ma‘naviy-axloqiy  mashqlar  hayotning  turli 

vaziyatlarida  qo‗llaniladi,  intizomlilar  dars  paytida  ham,  tanaffusda  ham,  ijtimoiy 

axloqni shakllantirishda ham bir xilda talab etiladi. 

Ma‘naviy-axloqiy  mashqlar  keng  ma‘noda  turmushni  baholash  faoliyatini 

oqilona,  maqsadga  muvofiq  ravishda  va  har  tomonlama  tashkil  etish  jarayonidir. 

Mashq  va  odatlantirish  tarbiyalanuvchilar  uchun  ongli,  ijodiy  jarayondir.  Mashq 

qildirish  natijasida  o‗quvchi-talabalarning  o‗quv  malaka  va  ko‗nikmalari,  aqliy 

qobiliyati rivojlanadi, ma‘naviy-axloqiy qarashlari boyiydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



O‗qituvchi-pedagog  o‗quvchi-talabalarni  o‗qitilayotgan  fan  bo‗yicha  birinchi 

darsdanoq  yangi  fan  olamiga  olib  kiradi.  O‗quv  faoliyati  fan  to‗g‗risidagi 

Mashq 

qildirishning 



asosiy 

metodi 


faoliyatda 

mashq 


qildirishdir.  Bunday  mashqlarning  mohiyati,  o‗quvchi-talabalar 

uchun  aniq  o‗quv  faoliyatini  tashkillashtiradi  va  shu  faoliyatda 

ishtirok  etish  orqali  o‗quvchi-talabalarda  xulq-atvor  normalari  va 

qoidalariga muvofiq ravishda odob-axloq normalari shakllana boradi 




225 

tushunchadan  boshlab  asosiy  qonuniyatlar,  iqtisod  va  ishlab  chiqarish  jarayoni 

to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan asta-sekin kengayib boradi. Bu faoliyat ularning o‗sib 

boruvchi  qiziqishlarini  qanoatlantirishi,  ijtimoiy  foydali  xarakterda  bo‗lishi  bilan 

tarbiya vazifalarini bajarish uchun vosita bo‗lib xizmat qiladi. 

Mashq  qilishning  yana  bir  ko‗rinishi  bu  muntazam  ravishda  o‗quvchi-

talabalarni  tarbiyaga  o‗rgatish  mashqlari  hisoblanadi.  Tarbiya  o‗quvchi-talabalarni 

faqatgina  o‗quv  mehnatini  bajarishgagina  qaratilmay,  balki  ularda  uyushqoqlik, 

intizom,  sabot,  iroda,  odat  ko‗nikmalarini  hosil  qilishga  ko‗maklashadi.  O‗quv-

tarbiya  jarayonida  topshiriqlar  tizimi  alohida  o‗rin  tutadi.  Topshiriqlar  tarbiyaviy 

ahamiyatga  ega  bo‗lishi  uchun  o‗quvchi-talabalar  topshiriqlarning  ijtimoiy 

ahamiyatini, muhimligini, zarurligini tushunishlari kerak. 

Shunday  qilib,  o‗quvchi-talabalarda  ijtimoiy  ongni  va  ijtimoiy  axloqni 

shakllantirish  maqsadida  ularning  ongi,  his-tuyg‗ulari  va  irodasiga  har  tomonlama 

ta‘sir ko‗rsatishda qo‗llaniladigan tarbiya metodlarining roli kattadir. 

 


Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish