Miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o`lchov funksiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo`lmaydilar deganlaridadir.