Kristall panjara va ularning turlari.
Moddalar agregat holatiga ko’ra 3 xil bo’ladi.
Molekulyar
atom
Ion
Metall
Amorf moddalar – modda zarrachalari tartibsiz joylashgan,aniq suyuqlanish temperaturasiga bo’lmaydi.Parchalaganda aniq bir shaklda parchalanmaydi.M;shisha, smola, kesak, g’isht.
Kristal panjara – moddaning qattiq xoltda zarrachalardan xayoliy to’gri chiziqlar bilan birlashtirilsa hosil bo’lgan sistema kristal panjara deyiladi.
Kristal panjarada chiziqlar tutashgan joy kristal panjara tugunlari deyiladi.shu tugunlarda modda zarrachalari joylashgan bo’ladi.zarrachalar tabiatiga qarab kristallar 4 xil bo’ladi. Molekulyar, atom, ion, metall
Shu kristallar kimyoviy bog’ tabiatiga ko’ra 3 ga bo’linadi.
I. kovalent bog’lanishli kristall panjara hosil qiladi
Atom va molekulyar kristall panjara
II. ion bog’lanishli kristall panjara hosil qiladi
Ion kristall panjara
III.metall bog’lanishli kristall panjara hosil qiladi
Metall kristall panjara
1) molekulya kristal panjara –kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashadi.
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida molekula tutadi, Bog’lanishi kovalent, Suyuqlanish va qaynash t0 lari past, Diaelektrik -elektr tokini o’tkazmaydi, Suvda yomon eriydi, Mo’rt bo’ladi, Sublimatlanish — qizdirilganda suyuqlanmasdan gaz xolatga o’tadigan fizik xodisa.
Vakillari – past temperaturada qattiq xolatga o’tishi mumkin bo’lgan organik birikmalar, gazlar [H2, Gal2, CO2 (Quruq muz),C6H6, O3, oq P, O2, N2, ...] suyuq, kukun, organik spirtlar, CO(NH2)2, nodir gazlar, H2O, J2, naftalin, inert gazlar, S allatropiyalari.
2) Atomli kristall panjara - kristall panjara tugunlarida atomlar joylashadi.
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida atomlar tutadi. Bog’lanishi puxta kovalent. Suyuqlanish va qaynash t0 lari eng yuqori. Elektr tokini o’tkazmaydi (diaelektrik yoki yarim o’tkazgich). suvda eriymaydi, Qutbsiz erituvchilarda erimaydi. Eng qattiq.
Vakillari - C(Olmos), Be, B, Si, qizil P, qora P, C(Grafit), kvars(SiO2), qum(SiO2), karbin karborund(SiC), Ge, TiO2
3) Ion kristall panjara - kristall panjara tugunlarida ionlar joylashadi. M; osh tuzi NaCl da 1 ta Na ni 6 ta xlor 1 ta xlorni 6 ta Na ionlari o’rab turadi.
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida ionlar tutadi. Bog’lanishi ionli. Suyuqlanish va qaynash t0 lari yuqori, tokni yaxshi o’tkazadi.Qattiq xolatda tokni o’tkazmaydi, lekin suyuqlanmasi eritmalari tokni yaxshi o’tkazadi. Suvda yaxshi eriydi.Qutbsiz erituvchilarda erimaydi.Qattiqligi yuqori.
Vakillari - MeO, MeH, tuzlar, asoslar, oksidlar, CaO, LiH, KOH, NaCl, Ba(HCO3)2, [Ba(OH)]2S, MexO2, K4[Fe(CN)6]
4) Metall kristall panjara - kristall panjara tugunlarida metall joylashadi.
Xossalari - Kristall panjara tugunlarida metal kationlari tutadi. Metal bog’lanishli.
Suyuqlanish va qaynash t0 lari yuqori. Elektr tokini suyuqlanmasi va qattiq xolati juda yaxshi o’tkazadi. Suvda eriymaydi. Qutbsiz erituvchilarda erimaydi
qattiqligi mustahkam, Delokallashgan. Plastik, bolg’alanuvchan
Vakillari - sof metall va metall qotishmalari(Na va K qotishmasi),Ca,Ba,Fr, Fe,Cu
Do'stlaringiz bilan baham: |