Kundalik hayot tushunchasi kundalik mantiqi reja: 2



Download 87 Kb.
bet3/3
Sana26.02.2022
Hajmi87 Kb.
#469627
1   2   3
Bog'liq
KUNDALIK HAYOT TUSHUNCHASI KUNDALIK MANTIQI

Yettinchi qoida. Qiyinroq ishlarni kunning boshida qilish haqida gapirgan edik, agarda buni uddalay olsangiz, masalan bugungi ikta eng muhim ishni bajara olsangiz, o’zingizni birorta yangi narsa bilan hursand qilishni unutmang va rejalashtirib yozib qo’ying, ahir bu zo’rku! Agarda Siz kundalikka faqat ishga oid narsalarni yozaversangiz, uni tutishni yig’ishtirib qo’yishingiz mumkin. O’zingizni hursand qiling va buni rejaga qo’shib qo’ying.

Elektron yoki cho’ntak kundaligini tutish kerakmi?


Ko’pchilikda ushbu savol tug’iladi, lekin bunga javob yo’q. Masalan, men elektron variantga qaraganda ruchkada sekin yozaman, demak menga elektron kundalik qulay. Uning yana bir qulayligi, hohlagan payti o’chirib, qaytadan yozish mumkin, qog’ozga yozsangiz esa uni ustida bo’yab qo’yish kerak, bu noqulay. Lekin nimanidir tezda yozib olish uchun oddiy qog’oz va ruchkadan yahshisi yo’q.
Mana ko’rib turganingizdek bizning qoidalar shulardan iborat, bularni oddiy maktab bolasi ham bajara olsa kerak. Ularni o’z ishlaringizni bajarishda qo’llasangiz, kuningiz yanada sermazmun o’tishiga ishonamiz. Lekin unutmang, bu umumiy qoidalar, kundalik tutishning aniq bir boshqa sir-sinoati yo’q. Qoidalarimizni qo’llab ko’ring, o’zingiz yangi qoidalar o’ylab toping, qulayroq sxemalar tuzing. Omad yor bo’lsin!
Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan davrda yashayapmiz. Albatta, amaliyotga joriy qilingan har bir yangilik, innovatsion loyihalar zamirida insonlar ish-faoliyatini yengillashtirish, mavjud muammolarni kamaytirish va zamon bilan hamnafas yashash maq­sad qilinadi. Yakunlanayotgan yilda Xalq ta’limi sohasida o‘ziga xos burilish yasagan yangiliklardan biri elektron jurnal va kundalik tizimi joriy etilishi bo‘ldi.

Joriy yil 17-mart kuni “Toshkentda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi. Unga ko‘ra poytaxtimizda onlayn axborot tizimi keng joriy etiladi. Xususan, 2020-yil 1-sentabrdan boshlab, Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarida jurnal va o‘quv­chilarning kundaliklarini qog‘oz shaklida yuritishni bekor qilish hamda ularni elektron tarzda yuritishga mo‘ljallangan yagona axborot tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda “Kundalik” raqamli ta’lim platformasi Toshkent shahridagi barcha maktablarda va viloyatlardagi sifatli axborot resurs bazasiga ega bo‘lgan umumta’lim muassasalarida joriy qilingan. Shuningdek, platforma 22 ta nodavlat ta’lim muassasalarida ham amalga oshirildi. Nafaqat maktablar, balki o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, ya’ni Ichki ishlar vazirligining 14 ta litseyi ham “Kundalik” platformasiga o‘tdi. Ushbu tizimda jami 1581 maktab ish boshladi, ulardan 1482 tasi qog‘oz jurnallar va kundaliklardan butunlay voz kechdi.

Yangi tizimning afzalliklari va… Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarni majburiy mehnat, majburiy obuna, ortiqcha qog‘ozbozlik ishlaridan ozod etishga kirishganiga ancha bo‘ldi. “Kundalik” lo­yihasi mana shu ishlarning amaldagi ifodasi bo‘ldi desak, adashmaymiz. Mazkur tizim o‘qituv­chi, o‘quvchi, ota-onalar, ta’lim muassa­salari ma’muriyatlari hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun ya­gona elektron ta’lim muhitini yaratadi. U orqali o‘qituv­chilar jurnal to‘ldirish, hisobot ishlarida qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ota-onalar istagan vaqtda farzandlarining baholari bilan tanishib borish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda jarayonda ishtirok etayotgan pedagoglarning fikrlari bilan qiziqdik.

— Elektron jurnal biz o‘qituvchilar ishini ikki barobar yengillashtirdi. Qog‘oz jurnalni to‘ldirib, undagi baholarni o‘quv­chi kundaligiga qo‘yish, tekshiruvchilar kelganda baho va mavzular bir xilligini solishtirish osonlashdi. Vaqt masalasida ham yutyapmiz, — deydi Sirg‘ali tumanidagi 277-IDUMning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Guli Olloquliyeva. — Yangilikni barcha birday tushunib, foydalanishi uchun vaqt ko‘p ketadi. Lekin harakat qilinsa, buning qiyin joyi yo‘q deb o‘ylayman. Ota-onalar ham to‘liq elektron kundalikdan foydalanishni o‘rganib olguniga qadar tushun­movchiliklar bo‘ladi, biroq ishtiyoq bilan o‘rganishsa, tizim o‘zini oqlaydi.

Tizim afzalliklaridan yana biri o‘quv­chilarga qo‘yilayotgan baholarni o‘zgarti­rish holatlariga barham beri­lishidir. Bundan tashqari, jurnal bilan to‘liq va o‘z vaqtida ishlaydigan yoki ishlamaydigan o‘qituv­chilar ham yuzaga chiqadi. Albatta, jara­yon ishtirokchilarining fikrlari doim bir xil bo‘lmaydi.

— Elektron jurnalning o‘qituvchilar uchun qulay tomonlari bisyor, masalan, bir o‘quvchi boshqa maktabga ko‘chayotganda reyting daftarchasini to‘ldirish, choraklik baholari va boshqa hujjatlarini hech qiyinchiliksiz topish imkoni bor. Chorak oxirida direktor o‘rinbosarlariga hisobot topshirish jarayonida sinf rahbarlarining ishi ham ancha yengillashdi, — deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 286-maktabning ona tili va ada­biyot fani o‘qituvchisi Sanobar Berdiyeva. — Shu bilan birga, o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lmagan ayrim holatlar borki, bizni noqulay vaziyatga solmoqda. Talabga ko‘ra, biz o‘quvchilarni darsning o‘zidayoq baho­lashimiz kerak. Yo‘qsa, ko‘rsatkichlari­miz pasayib ketadi. Ba’zida buning imkoni bo‘lmay qoladi. Dars jarayonida telefonni olib internetga kirish o‘quvchilar oldida noqulay. Bizda bu borada hali madaniyat shakl­lanmagan. Telefonga qarasangiz, noto‘g‘ri xayolga borishadi. Internet tezligi ham qoniqarli emas. Agarda har bir sinfda internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar bo‘lsa, o‘qituvchilarga bu borada ancha yengil. O‘tgan haftada internetga kirish muammo bo‘lib jurnalni vaqtida yurita olmadim, tabiiyki, ko‘rsatkich tushib ketdi, rahbarlardan gap eshitdim. Yoki ota-ona­lar faolligi degan grafada ularning tarmoq­qa kirgani ko‘rinadi, agar kirishmasa ham o‘qituvchi javobgar. Ota-ona kuzatmasa, maktabning umumiy faollik foizi ham tushib ketadi.

Darhaqiqat, o‘qituvchilar faqat baholash va jurnalni vaqtida yuritish kabilarni baja­rishdan tashqari ota-onalarga ham mas’ullik qilishi ortiqcha vaqt talab etadi. Ishdan charchab kelgan ba’zi ota-onalar­ning kundalik.comga kirishga toqati yo‘q. Ayrim maktab direktorlari o‘qituvchilarga agar ota-ona kirmasa, o‘rniga o‘zingiz kirasizlar deb talab qo‘yayotgani ham bor gap.

Qog‘oz kundalik — rag‘bat belgisi Har birimiz maktabda qanday o‘qiganimiz, kundalikdagi baholarimiz yodimizdan chiqmaydi. Oy oxirida yoki har chorakda kundalikka qo‘yilgan “4”, “5” baholarni sanash, kimda ko‘p bo‘lsa, g‘olibday g‘ururlanish kabi xotiralar inson ongida bir umr saqlanib qolsa kerak. Haqiqatan ham, qog‘oz kundalikdagi baholar o‘quvchilar o‘rtasida bilim olishga bo‘lgan raqobatni shakllantiradi, motivatsiya beradi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar darsda o‘quvchini faollashtirish, fanga qiziqishini oshirish maqsadida kundalik bilan bog‘liq ta’limiy metodlardan foydalanadi. Elektron kundalikning joriy etilishi bilim olishga bo‘lgan rag‘batni susaytirishi mumkin. — O‘quvchilik yillarimizda “besh”la­rimizni sanab borardik. Bir yilda 500 taga yetsa, velosipedli bo‘lardik, — deydi Zarafshon shahridagi 13-IDUMIning fizika fani o‘qituvchisi Erkin Yarashev. — Qog‘oz kundalikda baholar ko‘rinib turadi. O‘quv­chilar bir-biriga, ota-onasi, bobo-buvisiga ko‘rsatgisi, ulardan maqtov eshitgisi keladi. Elektron kundalikda esa hammasi yopiq. O‘quvchilarning aksariyati kuzatmaydi, buning uchun o‘quvchi qo‘lida zamonaviy smartfon bo‘lishi ke­rak. Yana bir muammoli masala. Bahola­rini ko‘rish uchun internetga kirgan o‘quv­chi boshqa narsalarni ko‘rmaydi deb kim kafolat beradi?! Qolaversa, o‘quvchilar­ning aksariyati kundalikka qarab dars jadvalini o‘zgartirib boradi. Endi “esimdan chiqibdi” degan gaplar ko‘payishi ham tayin. Hech bo‘lmaganda, boshlang‘ich sinf o‘quv­chilari uchun qog‘oz kundalikni saqlab qolish kerak deb o‘ylayman. Maktabda kundalik yuritish o‘quvchini darsga mas’uliyat bilan qarashga, uni doim to‘ldirib, a’lo baholar bilan boyitib borish esa kelajakda tartibli ishlashga o‘rgatadi. Bola kundalikka o‘z qo‘li bilan yozsa, xatosiz va chiroyli yozishni o‘rganadi. Elektronlashish — davr talabi. Lekin masala­ning bu tomonlari ham kishini o‘ylantiradi. — Ta’limga biror yangilikni joriy etishdan oldin maktablarning imkoniyatlari, o‘qituvchilarning AKT savodxonligi, ota-onalarning bunga tayyorligi hisobga olinishi kerak emasmi? To‘g‘ri, qachondir baribir elektron tizimga o‘tish kerak dersizlar, lekin yetarli sharoit bo‘lmasa, qanday amalga tatbiq qilish mumkin, — deydi Yangiyo‘l tumanidagi 42-maktab o‘qituv­chisi Dilfuza Suvonova. — Kundalik.com hozirda imkoniyati bor ta’lim muassasalarida joriy qilindi, keyinchalik butun respublikada foydalanish reja qilinmoqda. Shu kabi yangi, zamonaviy loyihalar haqida gap ketsa, chekka hududlardagi maktablar xa­yolimga keladi. Axir, internet yo‘q hududlar bu kabi yangilikni qanday qabul qiladi? Jiddiy muammolar bo‘laturib, ish boshlash to‘g‘rimikan? Farzan­dining qog‘oz kundaligiga haftada bir marotaba erinib imzo qo‘yadigan ota-onaning elektron kundalikni har kuni kuzatishiga ko‘zingiz yetadimi? Bu ham kamday pul to‘lab obuna bo‘lishiga-chi? Kundalikka obuna bo‘lish kerak! O‘tgan yili Toshkent shahridagi ayrim maktablarda elektron kundalikdan foydalanish borasida tajriba-sinov ishlari olib borilgandi. O‘zini oqlagan shekilli boshqa ta’lim muassasalari jarayonga jalb etildi. Yana bir kutilmagan yangilik — elektron kundalikka yilda bir marotaba pul to‘lab obuna bo‘lish. Eslatib o‘tamiz, o‘qituvchilar bundan mustasno. Ota-onalar farzandlari uchun to‘lovni amalga oshiradi. Obuna narxi — bir yilga 9200 so‘m. Ushbu masala­da ham ko‘plab munozaralar bo‘ldi. Xalq ta’limi vazirligi axborot xiz­mati rahbari Laylo Rustamova brifingda shunday dedi: “Xalq ta’limi vazirligi va “Kundalik” (Rossiya­ning “Дневник.ру”) kompaniyasi o‘rtasida davlat xususiy sherikligi asosida shartnoma imzolangan bo‘lib, buning natijasida xususiy sarmoya jalb etilgan holda, davlat mablag‘lari tejaladi. Tejalgan mablag‘lar maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ya’ni kompyuter va internet bilan ta’minlashga ishlatiladi. “Kundalik” kompaniyasiga tushgan mablag‘lar esa platforma­ning texnik infratuzilmasini saqlash, uni rivojlantirish va kengaytirishga sarflanadi. Loyiha to‘liq “Kundalik” kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi”.

Ma’lum bo‘lishicha, tejab qolingan davlat mablag‘lari orqali maktablarda yetarli sharoitlar yaratilar ekan. Respublikadagi barcha umuamta’lim muassasalari komp­yuter va internet tarmog‘i bilan ta’minlansa ajab emas. To‘lov masalasidagi savollarga “Maktabda o‘quv qurollari doim ota-ona tomonidan sotib olingan, xususan, kundalik ham. Elektron kundalikka a’zo bo‘lish qog‘oz kundalikning o‘rtacha bahosiga teng, deya javob beriladi. O‘rganishimizcha, bozorda oddiy, lekin bir yil uchun yetadigan kundalikning bahosi 3-4 ming so‘mdan boshlanar ekan. Qolganlari­ning narxi sifatiga qarab oshib boraveradi. Bizningcha, elektron kundalik uchun obuna narxi o‘rtachadan balandroq baholangan. — Bugungi kunda markazimizga keladigan eng ko‘p savollar to‘lov ma­salasi bilan bog‘liq, — deydi “Kundalik” qo‘llab-quvvatlash markazi matbuot kotibi Malika Reymboyeva. — Sinov muddati tugagach, tizimga kirishda foydalanuv­chilarda “To‘lash” tugmasi paydo bo‘ladi, u bosilganda “Uzcard” kartasi yoki to‘lov tizimi orqali to‘lovning ikkita usuli ochiladi. Obuna uchun to‘lovni amalga oshirishda qo‘shimcha foizlar olinmaydi. “Kundalik” tizimi foydalanuvchi kartasi ma’lumotlari­ni o‘zida saqlamaydi. To‘lovlar xavfsizligi uchun “Click” kompaniyasi va Yagona Umumrespublika Prot­sessing Markazi — “Uzcard” javobgardir. Ammo biz ota-onalardan asosiy xavfsiz­lik qoidalariga rioya qilishni va karta ma’lumotlarini begonalarga bermaslikni, to‘lovni boshqa yo‘l bilan amalga oshirishni so‘rayotganlar bilan muloqotga kirishmaslikni so‘raymiz. Ma’lum bo‘ladiki, to‘lovni amalga ­oshirish uchun ota-onada oylik maosh uchun plastik kartalar bo‘lishi kerak. Plastik kartasi bo‘lmaganlar qay tartibda to‘lovni amalga oshirishi noma’lum. Balki o‘qituv­chilardan naqd pul shaklda yig‘ib olish talab qilinar. To‘lov masalasi ko‘plab ota-onalarni esankiratib qo‘ygani ijtimoiy tarmoqlar­dagi muhokamalardan ma’lum. Ko‘pchilik qanday to‘lanadi, nega menda ishlamayapti, keyin qaysi amalni bajarish kerak, nimani bosishni bilmayapman, clikka ulangan bo‘lish shartmi kabi savollar bilan o‘zaro fikr almashmoqda. Xabarlarga ko‘ra, uch yoki undan ortiq maktab o‘quvchisi bo‘lgan oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud(ya’ni 10 foiz kamaysa, 8280 so‘mga aylanadi). Kirish bir yilga taqdim etiladi, ya’ni elektron kundalik 2020-yil noyabrda sotib olinadigan bo‘lsa, u holda 2021-yil noyabrgacha amal qiladi.

“Bir oyda 15 Gigabayt internet trafik ishlatdim” Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sayt­lari va telegram kanallaridagi xabarlarda kundalik.com TAS-IX zonasida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlaganda barcha operatorlar, jumladan, mobil operatorlar tomonidan internet-trafik sarflanmaydi deyil­gan. Ya’ni, o‘qituvchi kundalik.comga kirganda telefonidan faqat internet tugmasini yoqadi va bemalol internetdan foydalanishi mumkin. Aslida ham shundaymi? — Masofaviy ta’lim olayotgan o‘quv­chilar bilan ishlashda “Kundalik” platformasining qulay tomonlari ko‘p, — deydi Jamila Qayumova (o‘qituvchining ism-familiyasi o‘zgartirildi). — Endi ota-ona­lar va o‘quv­chilar bilan boshqa messenjerlarda emas, aynan ta’limga oid saytda shug‘ullana­miz. Lekin dars uchun vi­de­o­rolik va boshqa yirikroq hajmli narsa joy­lamoqchi bo‘lsak, muammo tug‘iladi. Hajmi 10 megabaytdan oshmasligi ke­rak. Ba’zida rasm jo‘natish ham murakkab kechadi. Qo‘yilgan baholar o‘chib ketish holatlari ham kuzatildi. Ertadan kechgacha onlayn bo‘lib qoldik. Dars payti ham qo‘limizdan telefon tushmaydi. Doim onlayn bo‘lish uchun esa yaxshigina internet trafik kerak. “Kundalik” markazi­ning xabarida o‘qituvchilar uchun trafik sarf­lanmaydi, deyilganda xursand bo‘lgandim. Lekin buni amalda ko‘rmadim, hozircha o‘z hisobimdan trafik sarflayapman. Oldinlari oyiga ko‘p to‘lov qilmasdim. Bu gal bir oyga 15 Gigabayt ham yetmadi.

Demak, o‘qituvchilar o‘z hisobidan megabayt sotib olmoqda. Buning uchun har oyda o‘rtacha 50–60 ming so‘m xarajat qilish kerak. To‘g‘ri, ayrim ta’lim muassasalari Wi-Fi bilan ta’minlangan. Ammo o‘qituvchilarning har biri undan foydalana olmaydi. Maktablarning ko‘pida faqat kompyuter xonalaridagina Wi-Fidan foydalanish imkoni borligi ma’lum bo‘ldi. Ham maktabda dars berib, ham onlayn dars o‘tayotgan, qolaversa, uyiga kelgach, kundalik.comga kirib baholayotgan o‘qituv­chining holini tasavvur qiling. Asosiy vaqtini ishga sarflab, oilasi, farzandlari bilan bemalol o‘tirishga, suhbatla­shishga vaqti yetmayotgan ustozning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Ha, zamonaviy o‘qituvchi bo‘lish naqadar qiyinligini tu­shunayotgandirsiz.

Kundalik.com — ta’limga AKT va kompyuter texnologiyalari shiddat bilan kirib kelayotgan davrda kelajak uchun buyuk kashfiyot bo‘ldi, desak adashmaymiz. “Tizim bilan ishlash uchun internetga ulangan kompyuter kifoya” degan edi “Kundalik” kompaniyasi vakili Yuriy Boyko. Agar yurtimizning har bir hududida internet bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasa, o‘qituvchilar va ota-onalarda elektron tizimda ishlash uchun zamonaviy texnologiya va moddiy ta’minot yetarli bo‘lsa, demak, Xalq ta’limi vazirligi o‘z oldi­ga qo‘ygan maqsadiga erishadi. Shunday bo‘lmas ekan, avvalgi yangiliklar kabi o‘zini oqlamaydi.
Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish