Kurashning texnikasi va taktikasi reja: Kurashning texnikasi va taktikasi Belbog`li kurashning texnikasi va taktikasi


Taktik tayyorgarlik maqsadi va vazifalari



Download 39,55 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2022
Hajmi39,55 Kb.
#525014
1   2   3
Bog'liq
1-10-13

Taktik tayyorgarlik maqsadi va vazifalari
Kurash taktikasi - bu musobaqalarda eng yaxshi natijaga erishish uchun yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardan
maksadga muvofiq holda foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik sportchilarda taktika sohasidagi zarur bilimlarni egallash, sport kurashini to’g’ri olib borishda ma’lum malaka hamda bilimlarni shakllantirish, shuningdek taktik mahoratni takomillashtirishga qaratilgan.

Belbog`li kurashning texnikasi va taktikasi

Turli xilda oyoq uchida ko`tarilish, qo`llarni yuqoriga, yon tomonlarga, pastga uzatish va gavdani engashtirib, qo`l uchini yoki kaftni polga tegizish.


Gavdani chpga engashtirish va chp qo`l bilan o`ng qo`lni shu tomonga tortish, shu mashqni teskari tomonga bajarish, so`ngra oldinga chuqur odim tashlash va boshqa qo`lni tortish. Mashqni har ikki tomonga bajarish.
Qo`llarni bo`shttirgan holda turtib, gavdani o`nga-rqaga va chpga-orqaga 8-10 martadan burish, so`ngra ikita purjinasimon harakat bilan gavdani o`ng va chap oyoq tomon engashtirish.
Gavdani o`ngdan chapga va chapdan o`nga aylantirish.
Har ikki oyoq bilan turli xildagi cho`qqayish-oyoqlar orasini torroq ochish, kengroq ochish, mashqni oyoq uchida, oyoq kaftini to`la yerga tegirib bajarish, cho`qqayib turgan holda turgan choyda sakrash.
Yerga qo`llar bilan tayanib yotgan holdan-qo`llarga tayanib ko`tarilish, qo`llarni bukish, yozish va keyinchalik poldan itarilib chapak chalish.
Polga chalqanchi yotgan holda ikki oyoqni to`g`ri burchak hosil bo`lguncha ko`tarish, keyin esa oyoqlarni boshidan o`tkarib bukilish va yana dastlabgi holatga qaytish. Shuning o`zini ikki uch marta qaytarish.
Tizzalarga tayanib o`tirgan holatdan qo`llarni oldinga siltab va oyoqlar bilan depsinib cho`qqayib o`tirgan holatga sakrab turish, 6-10 marta takrorlash.
Navbati bilan o`ng va chp qo`lni boshidan o`tkazib, gavdani o`ng va chap tomonga engashtirish, har bir engashish vaqtida engashgan tomonga ikki marta siltanish.
Cho`qqayib o`tirgan holatdan (oyoqlar keng qilib qo`yilgan) gavda og`irligini o`ng oyoqdan chap oyoqqa o`tkazish va aksincha. Asosiy tik turgan holatdan (oyoqlar yelka kengligida) oldinga engashi gavdani o`ng va chap tomonlarga burish.
Oyoqlarni keng ochib o`tirgan holatdan gavdani o`nga va chapga burish hamda har ikki qo`lni oyoq uchiga tegizishga harakat qilib, gavdani burilgan tomonga engashtirish.
Qo`l-oyoqda turgan holatda, qo`llarni to`lqinsimon bukish va gavdani gorizontal holatga tushirish hamda qaytadan dastlabki holatga qaytish.
Chalqanchi yotish, qo`llari va boshi bilan tayanib, ko`prik holatini olish. Qo`llari va boshiga tayanib turib tebranish, oyoqlari bilan o`nga va chapga egilish, qo`llarini qo`yib yuborib boshi va oyoqlariga tayonib turish va tebranish. Bu mashqlarning juda ko`p variantlari ham bo`lishi mumkin.
Ko`prik bo`lib turgan holatda qo`llarni qo`yib yuborish va boshiga tayanib, qo`llari bilan oyoqlarini ushlab olish, oyoqlarini qo`yib yubormay yon tomonga yotish va qoringa aylanib olish.
Qo`llarga va oyoq uchiga tayanib yotgan holatdan navbati bilan oyoqlar uchini orqaga surib borib, oyoq yuzini yerga tegizish.
Asosiy tik turgan holatdan qo`llarni ko`krak oldida kaftini oldinga qaratib bukish, oyoqlar bilan itarilish va odinga yiqilayotib, qo`llar bilan yerga tushish va so`ngra oyog`ini chalishtib tosga va yonboshga aylanish. Mashq kurash to`shagi yoki matda, dastlab turgan joydan-oyoqlar bilan itarilmay, keyin esa itarilib bajariladi.
Qo`l muskullarini aktiv bo`shashtirish mashqlari. Qo`l panjalarini mahkam siqish-musht hosil qilish. Qo`l panjalarini yozish, panjalarni bo`shashtirish va silkitish. Shundau ischillikda-muskullarni qisqartirish, cho`zish, bo`shashtirish va silkitish. Kurashchilarga boshqa muskul guruppalarini ham aktiv bo`shashtirish tavsiya etiladi. Bu muskullarning to`g`ri rivojlanishi va ishchanligini ta’minlaydi.
Turli muskul guruppalarning kuchi va chaqqonlikni rivojlantirish uchun sherigi va og`rliklari bilan juft-juft bo`lib mashqlar bajarish.
To`ldirma to`plar yoki qop bilan bajariladigan mashqlar: to`ldirma to`pni tik turga va o`tirgan holatda bir biriga tashlash; to`ldirma qopni boshi orqasida yelkada tutib turish, gavdani o`nga va chapga engashtirish; to`ldirma to`pni boshidan oshirib va oyoqlari orasida o`tkazib tashlash.
O`zi yasaga shtanga bilan bajaroladigan mashqlar-shtangani ko`kragidan ko`tarish; shtangani yelkasid ako`tarib turib, o`nga va chapga katta qadam tashlash. To`ldirma to`pni oyoq uchida ushlab, chalqanchi yotgan holatda uni boshidan o`tkazib ko`tarish.
Dastasi bo`lgan to`ldirma qop bilan mashq bajarish-turli og`rlikdagi to`ldirma qopni ikki va bir qo`llab ushlab, boshi uzra aylantirish. To`ldirma to`p yoki qopni oyoqlari orasidan orqaga uloqtirish va aylantirib uni ushlab olish.
Sherigini qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar-qo`llarini yon tomonga yozish, pastga tushirish, o`ng va chap qo`l bilan bir qo`lni orqaga itarish, cho`qqayib o`tirgan holarda oyoqlarini bukish va yozish. Sherigining qo`lidan ushlab turib bir oyoqda turli xil cho`qqayish. Asta-sekin va tez cho`qqayish hamda turishni oyoqlarni almashtirib bajarish. Qo`llarini sherigining yelkasiga qo`ygan holatdan, pastga purijinasimon tebranish.
Sherigining bir qo`lidan ushlagan holada yelkada ko`tarib yurish, sherigini ko`kragi oldida ikki qo`lida ko`tarib yurish, sherrigini yelkaga ko`tarib olik va uni bir qo`li vaoyog`dan ushlab harakatlanish. Sherigini ko`tarib, bir joydan ikkinchi joyga yurishda taxminan bir xil vazndagi sherik tanlashga harakat qilish kerak. Bunda trenerning topshirig`iga binoan sheriklar navbati bilan almashnib turadi.
Sheriklardan biri o`z sherigining oyoqlaridan ushlab turadi, u bo`lsa qo`llarida harakatlanib yuradi, keyin ular o`rin almashadilar.
Yiqilish mashlari-sheriklardan biri pastga yiqiladi, ikkinchisi esa uning yelkasidan yoki qo`llaridan tutib qoladi. Cho`zilish mashqlari-sheriklardan biri qorni bilan yotadi, ikkinchisi esa uning beliga o`tirib oladi, sherigining oyog`ini yuqoriga ko`taradi.
Bo`shatish mashqlari.
1. Tik turgan yoki erkin turgan holarda pastga erkin tushirilgan qo`llarni bo`shashtirish va silkitish, qo`llarni yuqoriga ko`tarish-bo`shashtirish va silkitish.
2. Qo`llarni yon tomonga uzatish, so`ngra gavdani oldinga engashtirib, yelka muskullarini bo`shashtirish va qo`llarni silkitish.
Kuchli mashqlardan keyin bo`shashtirish mashqlari zanjirini bajarish foydalidir. Masalan, qo`llarni yuqoriga ko`tarish, qo`l panjalarini, bilak, yelka, gavda muskullarini bo`shashtirish, qo`llarni silkitish va gavdani bo`shashtirib cho`qqayish.
3. Qo`l muskullarini bo`shashtirish va avval bir, keyin ikkinchi tomonga aylanma harakat qilish.
4. Oyoqlarni kengroq qo`yib tik turish, bo`shashtirilgan qo`llarni belga tegizib, gavdani chpga va o`nga burish.
5. Bilak va yelka muskullarini bo`shashtirish, silkitish va oldinga uzatish, o`ng qo`l bilan chap qo`lni uqalash va aksincha.
6. Bo`shashtirilgan har ikki oyoq muskullarini qo`l bilan silkitish va uqalash. Intensiv nagruskali mashq bajargandan keyin oyo`larni 45o burchak ostida ko`tarib, biror narsaga tirab yotish foydalidir.
7. Sherigining bo`shashtirilgan qo`llarini silkitish va qo`l hamda yelka muskullarini uqalash.
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar.
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar asosan qo`lning panja muskullari kuchini rivojlantirish, harakatlar surati va ritmini oshirish maqsadida qo`llaniladi. Ularni yakka holda va sherigi bilan bajarish mumkin. Mashqni bajarishda qo`llaniladigan tayoqlar (gimnastika tayoqchasi; yog`och, metall va sintetik materiallardan tayyorlangan tayoqlar)ning diametri 2-2,5 sm, uzunligi 80-90 sm bo`ladi.
Yakka holda bajariladigan mashqlar-o`ng va chap qo`l panjalari bilan tayoqni yuqoriga-pastga siljitish; tayoqni yuqoriga otib, bir qo`llab ilib olish, tayoqni bir qo`ldan ikkinchi qo`lga tashlab, uni ma’lum bir joyidan ushlab olish.
Juft-juft bo`lib bajariladigan mashqlar-tayog`i bilan sherigining tayog`iga-o`ng tomondan yoqoriga, chap tomondan yuqoriga; o`ng tomondan pastga, chap tomondan pastga oldin sekin asta muayyan kuch bilan, keyin esa tez va maksimal tezlik bilan uriladi. Mashq bir-ikki minut uzliksiz, navbati bilan bajariladi, keyin esa qo`llar bo`shashtiriladi.
Sportning yordamchi turlari
Diqqatni chetga tortish yoki boshqa yoki boshqa faoliyat harakteriga o`tish uchun mashg`ulotlarda sport va harakatli o`yinlar-basketbol, kichraytiradiga maydonda o`ynaladigan futboldan keng qo`llanish mumkin. Zalda basketbol o`yinini tashkil etish ham mumkin. Bu o`yinlar chaqqonlikni, tezlikni, tashabbuskorlikni, topqirlikni rivojlantiradi va eng asosiysi, kolliktivni musobaqalashuviga, unda o`rtoqlik musobaqalarini tarkib topishiga, komanda azolari o`rtasida do`stona aloqalarni o`rnatilishiga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda basketbol o`quvchi va yoshlarning sevimli o`yini bo`lib, o`quvchilarni jismoniy tarbiyalashda asosiy visitalardan biri sifatida tan olingan.
Bolalar va o`smirlar organizimining umumiy rivojlanish kompleksida basketbil o`yini muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, uni ota-onalar orasida har tomonlama targ`ib qilish kerak. O`yin maydonlarining tuzilishi murakkab emas, shuning uchun ota-onalar va bolalarning o`zlari bilan bigalikda bunday maydoncha barpo etish mumkin.
Basketbol o`ynagandan tashqari, bunday maydonchalarda ota-onalr bolalari bilan turli estafetalar o`tkazishni, komanda xarakterida to`siqlar maydonidan o`tishni tashkil etish mumkin.

Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi


Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi yangi samarali usullar bilan boyib, rivojlanib, о‘rgatish metodikasi mukammallashtirishini talab etmoqda. Hozirgi kunda musobaqa qoidalari va о‘quv-mashg‘ulot ishlari takomillashdi, jismoniy tarbiya kollektivlarining seksiyalari uchun metodik qо‘llanmalar bosmadan chiqmoqda. Ammo о‘rgatish metodikasi va kо‘pgina metodlarni tanlashdagi samarali usullarni qо‘llashda hali kо‘pchilikning bu fikrga qо‘shilmayotganligi tufayli, bu masala ravshan bо‘lganicha yо‘q. О‘quv mashgulotlarida texnik xolatlarning taktikasini о‘rgatishga hamma trenerlar ham e’tibor berayotgani yо‘q. Buning sababi – birinchidan, о‘rgatish metodikasining kerakligicha yoritilmaganligi va taktik о‘rgatish kuchlariga sportchilar va murabbiylarning ishonchsizligi.


Dzyudo mutaxassislarning fikricha, xozirgi kungacha dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarligi yechilmagan bо‘lib qolmoqda. Bunga misol, hozirgi kunda dzyudochilar texnik-taktik vositalardagi kо‘pgina diapazonlardan mukammal foydalana olmasligidir.
Buning sababini о‘smirlarga berib borilayotgan mashqlarda kо‘rish mumkin. Ya’ni, ayrim elementlarning juda ohistalik bilan berib borilishi qiyin elementlarni о‘rgatish vakti bir necha yilga chо‘zilib ketmoqda. Yuqorida aytib о‘tilganiday, yuqori klassdagi mahoratli sportchilarni tayyorlashda, albatta, о‘rgatish metodikasini mukammallashtirish zarurdir. Buning uchun esa о‘rgatish metodikasining umumiy didaktik qonunlarini bilmoq lozimdir. О‘rgatish shug‘ullanuvchilarga nazariy, amaliy, izchil talab va malakalarni berib borishdir.
Dzyudoga о‘rgatish metodikasi jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalariga bо‘ysundirilgan bо‘lib, u dialektik materializm, о‘zbek pedagogikasi didaktik prinsiplari va harakatning kо‘nikma hamda malakalarini takomillashtirish asosida qо‘llaniladi. Murabbiylar dzyudochilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotini uyushtirish hamda о‘tkazishda mashg‘ulot rejimi va sharoiti sanitariya-gigiyena talablariga javob berishini qat’iy nazorat qilishlari lozim.
Shuningdek, mashg‘ulotni tashkil qilish, uni о‘tkazish metodikasi asosiy maqsadga yо‘naltirilmog‘i, u shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va shaxsiy xususiyatlari, umumjismoniy va kurashdagi tayyorgarligini hisobga olgan xolda tanlanmog‘i kerak. Zamonaviy dzyudoda sport mahoratining о‘sishi texnik-taktik harakatlarning о‘rgatish metodikasiga bog‘liqdir. Shuning uchun dzyudodagi usullariga oida ilmiy-metodik adabiyotlarda berilgan texnik-taktik о‘rgatish metodikalari va kо‘pgina mutaxassis olimlarning fikr-mulohazalari bilan ham tanishib chiqishimiz lozimdir
Dzyudodagi ilmiy-tekshirish ishlarini olib borib, bellashuv davomidagi texnikasini tahlil etib, uni о‘rgatish metodikasini ishlab chiqish va turli usullarini qо‘llanilishi zarurdir. Musobaqalarda raqibni muvozanat xolatidan toydirishning texnik-taktik faoliyatini shakllantiruvchi qonuniyatni ochishga harakat etgan. Ammo muallif о‘z ishida ba’zi о‘rinlarda, ya’ni ayrim usullar yaxshilab о‘rgatilgach, shundagina texnik harakatlarni butunligicha о‘rgatib, raqibning ma’lum himoyaga tayyorlanish harakatining qonuniyatini о‘lchov mezoni deb olish haqidagi muloxazalarida ikkilanadi.
Yuqori malakali dzyudochilar musobaqasi faoliyatining analizida va harakat faoliyatini о‘zlashtirishning boshlang‘ich davrida har bir usulini о‘zlashtirish uchun mashqlarni bо‘laklarga ajratib bajarib, bо‘laklarni birbiriga qо‘sha borib, bir butun holda birlashtirish hamda mashqlarni tо‘liq bajarib bitta asosiy usulni qо‘llash kerak. Bu harakatlar amalda murabbiy rahbarligida kо‘rsatib berish metodi orqali о‘tiladi. Mashg‘ulot jarayonida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga mahkam qо‘shib olib boriladi. Mashg‘ulot jarayonida о‘tilgan malaka va mahoratlar, ijobiy о‘zgarishlar (fiziologik, bioximik va morfologik) kurashchining musobaqa faoliyatiga ta’sir etib о‘stirib boriladi. Demak musobaqa oldi mashg‘ulot mashg‘ulotlari orasidagi intervallarning о‘zlashtirilishiga yо‘l qо‘ymaslik, о‘sish uchun shart-sharoit yaratish lozim. Mashg‘ulotda yuklama va dam olishni almashtirib turish jarayoni ham о‘zicha ahamiyatga egadir.
Mashg‘ulot jarayonida jismoniy yuklamalar, texnik-taktik va iroda tayyorgarligi kurashning usullarini о‘zlashtirishda katta ahamiyatga egadir. Boshlang‘ich ixtisoslashish yillarida mashg‘ulot jarayoni dzyudochilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotsining barcha xarakterli belgilarini faqat asta-sekin egallab borishga xizmat qiladi. Dastlabki paytlarda maxsus tayyorgarlikning salmog‘i nisbatan katta bо‘lmaydi. Mashg‘ulot nagruzkalarining hajmi va intensivligi kelajakdagiga qaraganda ancha kam sur’atda о‘sib boradi.
Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda, asosan, texnik-taktik tayyorgarlik va har xil xujum harakatlariga oid kombinatsiyalar bilan bog‘liqdir, deb tekshirish natijasida olingan materiallarda izoh berilgan.
Dzyudochilar bilan olib boriladigan kо‘p yillik tayyorgarligi - sportchilarni tayyorlashga qaratilgan murakkab xamda uzoq davom etadigan pedagogik jarayondir. Terener, musobaqa faoliyatidagi mashg‘ulot rejasini tuzayotib musobaqa nagruzkalari xajmi, yо‘nalishi qay tarzda о‘zgarib borishini, bu о‘zgarishlar sportchilarning jismoniy, texnika-taktik va nazariy tayyorgarligiga qanday ta’sir kо‘rsatishini hamda u sport yutuqlarining dinamikasida aks etishini tasavvur kila olishi lozim.
Yuqori malakali dzyudochilarning musobaqa faoliyatini tahlilida mashg‘ulot nagruzkalari yо‘nalishi hamda hajmi о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tayyorgarlik bosqichida umumiy va yordamchi tayyorgarlik asosiy о‘rinni egallaydi.
Erishilgan yutuqlarni saqlab qolish kо‘p yillik mashg‘ulot jarayonida umumiy , yordamchi va maxsus tayyorgarlikning taxminiy nisbatlari foizda hisoblanadi. Ixtisoslashgan bazaviy tayyorgarlik bosqichida maxsus tayyorgarlik ulushi muhim darajada oshadi va umumiy tayyorgarlik ulushi kamayadi. Alohida imkoniyatlarni maksimal amalga oshirish bosqichida maxsus tayyorgarlik umumiy ish xajmidan 60% gacha yetishi va undan kо‘p bо‘lishi mumkin.
Musobaqalarda yutuqlarni ushlab turishda maxsus tayyorgarlik ulushi qat’iy yuqori bо‘ladi va umumiy tayyorgarlik ulushi minimumgacha kamaytiriladi. Har xil tayyorgarlik turlari nisbatlarining bunday sxemasi hamma sport turlari uchun umumiy hisoblanadi, lekin dzyudoda u mashg‘ulot tо‘g‘risida umumiy tasavvurlarni beradi. Dzyudochilarning yutuqlar kо‘p jihatdan dzyudochining oqilona texnik-taktik tayyorgarligiga bog‘liq.
Dzyudochilarning mukammal texnika - bu eng yuqori natijaga erishish maksadida sport mashqlarini bajarishning samarali usullari yig‘indisidir. О‘rgatish jarayonida texnikani egallash darajasi о‘zgarib turadi. Musobaqalardagi oqilona texnika kurashchiga xarakatlarni tejamkorlik bilan bajarish uchun imkon yaratadi.
Texnik-taktik tayyorgarlikning har bir bosqichida “о‘sish о‘lchamini” aniqlash va musobaqalarda kayd qilingan texnik-taktik harakatlarini baholash tizimidan foydalanish lozim. Sport kurashi bо‘yicha maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarni har tomonlama tahlil qilish natijasida kurashchining texnik-taktik tayyorgarligini kо‘p yillik rejalashtirishni ishlab chiqdi. Dzyudochilarning bellashuvdagi texnik elementlari va taktik tayyorgarlik usullari, asosan, 10-15 yoshda о‘rganilishi lozim. Texniktaktik mahoratni kelgusida takomillashtirish о‘smirlik hamda о‘spirinlik yoshlarida amalga oshiriladi.
Dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarlikka vaqtning umumiy sarflanishi kurashchilar malakasi ortib borishi bilan о‘sadi, lekin mashg‘ulotning umumiy hajmiga nisbatan foizlarda kamayib boradi. Bunday nisbat kuch tayyorgarligi va tezkorlik chidamliligi darajasini oshirish zaruriyatiga bog‘liq.
Dzyudochilarning texnik-taktik harakatlarni tuzilmasi Dzyudo kurash taktikasi texnika rivojalanishi, musobaqa qoidalari va hakamlik tizimining о‘zgarishiga muvofiq holda muntazam rivojlanib kelmoqda. Hozirgi paytda dzyudochi tomonidan tо‘xtovsiz hujum bajariladigan texnik-taktika harakatlari afzal hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u ballar bilan baholanadigan hech qanday hujum uyushtirmagan, uning raqibi esa faqat himoyalangan bulsa ham, unga ustunlik beriladi, raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi.
Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash ham usullar jamg‘armasiga bog‘liq. Kо‘pincha u dzyudochining jismoniy qobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chaqqonligi bilan aniqlanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yuqori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urg‘u bergan holda (hal etuvchi harakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
Musobaqalarda bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, raqib tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Bellashuv taktikasini tо‘g‘ri tuzish uchun, birinchi navbatda, raqibning qanday hujum harakatlarini qо‘llashi, qanday himoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi qandayligini bilish lozim. Musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichlarida taktikani о‘z tayyorgarligining kuchli tomonlari va muayyan raqibning bо‘sh tomonlarini hisobga olgan holda rejalashtirish shart.
, agar kurashchi katta kuchga ega bо‘lsa, unda hal qiluvchi hujumni kuch usulida qurish lozim. Agar raqib harakatlarni tez bajara olsa, unda uning harakatlarini ushlab olishlar bilan bо‘g‘ish va kuch bilan bostirish zarur. Agar u jismonan kuchli bо‘lsa, uning harakatlaridan ilgari harkatlanish va murakkab hujumlar bilan ustunlikka erishish lozim. Raqibning yaxshi kо‘rgan hujumlarini bilgan holda qarshi hujum harakatlarini tanlash zarur.
Taktik reja quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Bellashuv maqsadi va unga erishish uslublari. Maqsad kurashchi va raqibning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Nisbatan bо‘sh raqib bilan bо‘ladigan kurashda kurashchining maqsadi - sof g‘alabaga; kuchli raqib bilan esa - ochkolar bо‘yicha g‘alabaga erishishdan iborat.
2. Texnik harakatlarni tanlashda о‘z tayyorgarligini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga tо‘liq mos keladigan va muayyan raqib bilan kurashishda samarali bо‘lgan texnik harakatlar hamda ularni tayyorlash usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH raqibning bо‘sh tomonlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
3. Bellashuvni tuzishning umumiy yо‘nalishi bellashuvning birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega bо‘lishga qaratiladi.
4. Bellashuv sur’ati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bо‘lgan kurashchi yetarlicha chidamlilikka ega bо‘lmagan, lekin kuch va texnikada undan ustun bо‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori sur’atda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli raqib bilan bо‘ladigan bellashuvda о‘z energiyasini tejab sarflash lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur’atda olib borishga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab quyish, о‘zi esa qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib qolishga tayyor turishi lozim.
Dzyudochi bellashuvda yutqaza turib, oxirgi sekundga qadar hal qiluvchi hujumni tayyorlashi lozim. Dzyudochi, о‘z harakatlari bilan mag‘lubiyatni tan olgandek kо‘rsatib, raqib uchun kutilmagan vaziyatda “portlashi” va bellashuv taqdirini о‘z foydasiga hal qiluvchi murakkab xujumni amalga oshirishi zarur. О‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida birinchi marta kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi va muayyan vazifalarni hal etishning turli usullari hamda vositalarini tavsiflovchi taktik harakatlar ajratildi: - razvedka qilish - harakat kurashchilarning katta “aldamchi” faolligi bilan tavsiflanadi.
Bellashuvning birinchi minutlarida manevr olib borish aldamchi haraktalar, siltashlar, chorlash hisobiga amalga oshiriladi. Sifat tavsiflari (rо‘yobga chiqish yoki chiqmaslik) keyingi harakatning amalga oshirilish darajasi bо‘yicha aniqlanadi; - hujumni amalga oshirish - ushbu harakat uchun oldindan aniq tayyorgarlik kо‘rmasdan hujumning texnik usulini о‘tkazish xosdir. Usulni bajarish vaqti, aks holda - shunday tayyorgarlik vaqti ham qayd qilinadi. Ikkala holda ham usulning tugash vaqti yoki maqsadli kо‘rsatmaning о‘zgarish vaqti qayd etiladi; - qarshi hujumni amalga oshirish - maqsad bellashuvda raqibning xujum harakatlari paytida singari maxsus yaratiladigan sharoitlar vaqtida yuzaga keladi.
Sambo kurashining texnikasi va taktikasi
Sambochilarning texnikasi, taktikasi va metodikasini bayon qilishda materiallar о‘zaro bog‘liq holda yuritiladi. Bunda о‘qitish va tarbiyalash metodikasida uzoq masofadan о‘rta, yaqin masofaga kirish, chiqish harakatlar va manyovrlarni shug‘ullanuvchilarning ijodiy mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlar sistemasi asosida tuziladi .

1. Shug‘ullanuvchilar oldiga xususiy vazifa qо‘yish.


2. Sambochilarni uyushtirish va harakatlar tо‘g‘risida axborot berish.
3. Harakatlar va ularni bajarishga doir topshiriqlar.
Murabbiy sambochilarda og‘ritma usullarni о‘rgatishda nimalarga e’tibor berishini, kamchiliklarni va xatolarni yо‘qotishga oid bergan metodik kо‘rsatmalari, texnik harakatlarni shaxsan baholash.
Mashg‘ulotni о‘tkazish metodikasida mashg‘ulotning asosiy formasi sifatida mashg‘ulotning strukturasini, vazifasi va mashg‘ulot qismlarining mazmunini hamda uni amalga oshirishning uch vazifasini -mashg‘ulotga tayyorgarlik, uni о‘tkazish va yakunlash vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir.
Mashg‘ulotning tuzilmasi mashg‘ulotning tuzilish mazmuni о‘quvchilar kontingentini va ularning ishchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishiga asoslanadi.
Mashg‘ulotning tuzilishi deganda, muayyan tartibda, ancha maqsadga muvofih izchillikda joylashtirilgan mashg‘ulotning о‘zaro bog‘langan qismlari tushuniladi. Mashg‘ulot strukturasida murabbiy hatti harakatlarining izchilligi, о‘zaro bog‘liqligi bayon qilinadi va ochib beriladi, shuningdek, shug‘ullanuvchilar bajaradigan hamda ishlar aytib о‘tiladi.
Mashg‘ulot vazifalarining muvoffaqiyatli hal etilishi mashg‘ulotda murabbiy bilan sportchilar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning tо‘g‘ri qо‘yilishiga bog‘liq.
Sambochilar bilan olib boriladigan о‘quv-mashg‘ulotini uch qism tuzilishda shug‘ullanuvchilar organizmning ishga normal kirishini, asosiy yuklamalarning bajarilishi va nisbatan tinchlanishini ta’minlaydi. Mashg‘ulot strukturasi quyidagi 3 qismdan tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan tashkil topgan.
Mashg‘ulot ishi plani har bir mashg‘ulot uchun tuzilgan plan yoki grafik plan asosida о‘tkaziladi. Mashg‘ulotning vazifasi va mazmuni shug‘ullanuvchilar kontingenti, ularning soni, sharoitlar tayyorgarlik davri va qо‘llaniladigan metodlariga qarab tuziladi.
Mashg‘ulotning tayrgarlik kismi 25-40 minut vaqtni egallayli. Bu vaqtda mashg‘ulotning asosiy qismi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Vazifalar: Boshlang‘ich tashkiliy ishlar, shug‘ullanuvchilar e’tiborini qozonish, ularni mashg‘ulot vazifalari bilan tanishtirish va mashg‘ulotga ijobiy yо‘nalish berish.
Harakat apparatini va organizmning barcha sistemalarini asta-sekin oshirilgan yuklamalarga funksional jihatdan tayyorlash organizmni qizitish va spetsifik ishga tayyorlash.
Texnikani shug‘ullanuvchilar о‘zlashtirib olgan yoki tez о‘zlashtiriladigan yengil mashqlar: signal, belgilar bо‘yicha turli xilda sarflanish va qayta saflanish: turli xilda yurish, yugurish, umumiy tayyorgarlik va maxsus xarakterdagi gimnastika mashqlari: kuchlilik, egiluvchanlik, chо‘zilish va muskullarni bо‘shashtirish mashqlari, harakatlar sofligiga oid mashqlar,yuklamalarni asta-sekin oshira borish. Mashg‘ulotning asosiy qismi 60-100 minut davom etadi. Bu vaqt ichida talim-tarbiya berish, sog‘lomlashtirish vazifalari, kurash sohasidagi umumiy va maxsus vazifalar hal etiladi.
Sambo texnikasi va taktikasini о‘rgatish hamda uni shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarlik darajasini oshirish bilan qо‘shib olib borgan holda takomillashtirish;
Sambochilar bilin olib boriladigan mashg‘ulotlarning asosiy qismida, uning boshqa qismlaridagi kabi, sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham hal etiladi. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, mashg‘ulot esa organizmni nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi.
Birinchi faza-mashg‘ulotga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda mashg‘ulotning puxta о‘ylangan plani. Mashg‘ulot planida yaxshi tayyorgarlik kо‘rgan gruppa rahbarlari, hakamlar, razryadchi sportchilar, axborotchilar va hokazolarning mavjudligini hisobga olish muhimdir. Ikkinchi faza - mashg‘ulotni о‘tkazish hisobiga-mashg‘ulotni о‘z vaqtida boshlash va shug‘ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‘ulot temasini qisqacha bayon qilish, xususiy vazifalarni va sportchilarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish. Bularning hammasi umumiy va shaxsiy metodik kо‘rsatmalar berish kerakligini va kamchiliklarni qanday yо‘qotish zarurligini aytish, hatti-harakatlarni baholash bilan qо‘shib olib boriladi. Bu esa mashg‘ulotning muvaffaqiyatli о‘tishga yordam beradi va bunday mashg‘ulot о‘quvchilarning ijodiy mustaqilligini oshiradi:
Uchinchi faza-mashg‘ulotni yakunlash mashg‘ulotning yakunlovchi qismida murabbiy о‘zi uchun ham, sportchilar uchun ham yakun chiqaradi. Bayon qilingan materialni tahlil qiladi va kelgusi mashg‘ulotlarni belgilaydi. Buning uchun u mashg‘ulot planida material qanday о‘zlashtirilganligini, yuklama sportchilarga qanday ta’sir etganligini, qanday yangi metod yoki usullar foydalanilganligini, tarbiya, mustaqil ishlar, uy vazifalari va hokazolarda nimaga e’tibor berish kerakligini qayd qiladi. Sambochilarning musobaqa davrining strukturasi oddiy va murakkab bо‘lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikrotsikllardan -musobaqa va yuklama tashlash mikrotsikllaridan iborat bо‘ladi. Ikkinchi holda esa, 4-6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham kо‘p) musobaqa bosqichlaridan iborat bо‘ladi. U yoki bu strukturadan foydalanish sport turlarining xususiyatlariga, mazkur sport turida qabul qilingan musobaqalar taqvimiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq, bunda boshqa hamma sharoitlar
teng bо‘lsa, davrning uzunligi hal qiluvchi rol о‘ynaydi: oddiy struktura nisbatan uncha uzoq davom etmaydigan davrga (2-3 oygacha), murakkab struktura esa uzoq davrga (4-5 oylar chamasi) tо‘g‘ri keladi.

Adabiyotlar


1. K.Yusupov. “Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasi”. Toshkent. G’ofur G’ulom 2005 y.


2. F.A.Kerimov. “Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar". Toshkent. Zar qalam 2004 y.
3. F.A.Kerimov. “Sport kurashi nazariyasi va usuliyati”. Toshkent. O’zDJTI 2005 y.
4. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» T-1992 y.
5. T.S.Usmonxujayev, X.Meliyev “Milliy harakatli o’yinlar” T. ‘O’qituvchi” 2000 y.
6. O’.Ibrohimov, H.Rafiyev «Sport va qadriyat» T-2009 y.
7. J.E.Eshnazarov «Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish» Toshkent 2008-yil.
8. Salamov R.S. “Sport mashg’ulotining nazariy asoslari”. o’quv qo’llanma Toshkent. 2005 y.
9. Kerimov.F.A, Umarov.M. “Sportda prognozlashtirish va modellashtirish”. Toshkent. 2005 y
10. Raximov.M “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati”. Toshkent 2005 y.
11 Raximov.M.M “Sport mashg’ulotlarining nazariyasi va usuliyati asoslari” Toshkent.2005
12. Sport gazetalari.
13. Internet materiallari.
Download 39,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish