Kurs ishi mavzu: “ishlab chiqarishning muvozanat darajasini aniqlash usullari. Keynscha va klassik modellar” Ilmiy rahbari: dots. Tursunov A. M


-rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)7



Download 370,77 Kb.
bet11/14
Sana01.06.2023
Hajmi370,77 Kb.
#947561
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“ISHLAB CHIQARISHNING MUVOZANAT HAJMINI ANIQLASH USULLARI KEYNSCHA(1)

2.2-rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)7
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste‘mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig`ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Avtonom xarajatlarning har qanday o`sishi, ya‘ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn) mul‘tiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko`proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar mul‘tiplikatori muvozanatli YaIM o`zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o`zgarishiga nisbatini ko`rsatadi: m = ΔY /ΔA:
Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mul‘tiplikatori;
ΔY – muvozanatli YaIMning o`zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan o`zgarishi.
Mul‘tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o`sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o`sganligini (kamayganligi) ko`rsatadi.
Avtonom iste‘mol ΔCA miqdorga o`ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y) ning o`sha miqdorda o`sishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida iste‘molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MRC x ΔCA miqdorda o`sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRCxΔCA miqdorda yana o`sadi. Shunday qilib, «daromad-xarajat» ko`rinishidagi doiraviy aylanish bo`yicha jarayon davom etaveradi.
ΔCA↑[ >AD↑[Y↑[C↑[AD↑[Y↑[C↑[AD↑[Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko`rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste‘molning dastlabki o`zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha marta ko`p o`zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp miqdorlardagi oddiy o`zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning budjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo`lib, o`rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste‘molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko`rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so`mga ko`paysin. Bu, o`z navbatida ish haqi, renta, foyda ko`rinishda uy xo`jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste‘molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo`jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya‘ni 3,75 mlrd. so`mni iste‘mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so`mni jamg`aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so`m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O`z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so`mning 75 foizini iste‘mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg`aradilar. Bu jarayon oxirgi so`m jamg`arilmaguncha davom etadi.
Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1 m = --------- = -----------
ΔA 1- MPC
Demak iste‘molga chegaralangan moyillik qancha katta bo`lsa multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo`ladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya‘ni m=1+b+b1+b2+b3+b4+…+bn, bu yerda b=MPC.
Tenglikning ikki tomonini b ga ko`paytiramiz: mb=b+b2+b3+b4+…+bn+1 Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:

Download 370,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish