Kurs ishi mavzu: sinxron tarjimada paralingvistik vositalarni berish usullari tayyorladi



Download 58,27 Kb.
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi58,27 Kb.
#262410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Sardora

Ish tuzilmasining tavsifi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

II. Asosiy qism.

2.1 Paralingvistikaning asosiy tushunchalar

Biz hammamiz kundalik hayotda nafaqat so‘zlar, balki tuyg‘ular yordamida - og‘zaki bo‘lmagan ifoda vositalaridan foydalanamiz. Og‘zaki muloqot boshqa, og‘zaki bo‘lmagan aloqa boshqa narsa deb o‘ylash kerak emas. Bularning barchasi - insonning ichki hayotining yagona ifoda oqimi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, ma’lumotni ikkita kanal tomonidan qabul qiladi (vizual va eshitish), shu o‘rinda eshitib qabul qilish yaxshiroq rivojlangan, shuning uchun og‘zaki bo‘lmagan aloqa turini ham nutq jarayoni bilan yaxlit bir butunlikni tashkil etishini ta’minlash lozim.

Tilshunoslarning og‘zaki bo‘lmagan vositalarga tabiiy qiziqishi vizual ma'lumotlarning ko‘payishiga olib keladi, xususan, virtual aloqa doirasida. Bundan 16tashqari, ularning jarayondagi roli aloqa va uslubiy salohiyat yetarli darajada o‘rganilmagan. Muloqotda paralinguistik komponenti og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan parametrlarni o‘z ichiga olgan turli xil matnlarda muhim ahamiyatga ega. Yuqorida tiga olingan fikrlar tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.

Paralingvistika – lingvistikada yangi fan hisoblanadi. Paralingvistika ilmiy yo‘nalish sifatida nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi 20-asrning 50-yillarida. Biroq, imo-ishoralar va har xil turlari tana harakatlari (ya'ni og‘zaki bo‘lmagan aloqa vositalari) millionlab yillar oldin, odamlar paydo bo‘lgan bir vaqtning o‘zida yuzaga kelgan. Biror kishi hali gapirishni bilmagan zamonlarda gaplashish uchun odamlar imo-ishoralar kabi og‘zaki bo‘lmagan vositalardan foydalanganlar.

Ixtiyoriy va ixtiyorsiz og‘zaki bo‘lmagan namoyishlar, dastlab maqsadga muvofiq mudofaa (rad etish, man etish), hujum (qabul qilish, o‘zlashtirish), kontsentratsiya (kutish, marosimlar va o‘tish davri holatlari) inson evolyutsiyasining og‘zaki davrigacha ham mustaqil aloqa vositasi edi. Ilmiy jihatdan og‘zaki bo‘lmagan muloqotning kelib chiqishi ikki manbaga ega ekanligini tasdiqlangan: biologik evolyutsiya va madaniyat.

"Paralinguistika" atamasining o‘zi 1940 yillarning oxirlarida amerikalik tilshunos A. Xill tomonidan kiritilgan. va kuzatilayotgan paralinguistik hodisalarning til bilan aloqasiga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, bu hodisa sovet tilshunosi Nikolay Vladimirovichning 1930-yillarda "Ekstraormal fonetika" asarida e'tiborini tortdi.

"Paralinguistika" atamasi yunoncha "para" so‘zidan kelib chiqqan va "yaqin, yonida" deb tarjima qilinadi, ya'ni yaqin nutq. Paralinguistika - bu tilshunoslikning nutq xabariga qo‘shilgan va og‘zaki vositalar bilan birgalikda semantik ma'lumotni beruvchi og‘zaki bo‘lmagan vositalarni o‘rganuvchi bo‘lim .

Paralingvistik vositalar - bu yozma tilda ishlatiladigan vositalar (undov belgilari, ellipslar, undov va savol belgilarining birikmalari , rasmlar, chizmalar, grafikalar, matnning grafik segmentatsiyasi va uning qog‘ozga joylashishi, turli va rangli to‘plamlar, g‘ayrioddiy imlo).

Paralinguistika doirasida universal, etnolingvistik va idioletik komponentlar mavjud. Shuning uchun paralinguistik vositalar nafaqat og‘zaki nutqning ma'nolarni to‘ldiradi, balki gapiruvchi (yozuvchi), uning ijtimoiy va yosh xususiyatlari, jinsi, xarakter xususiyatlari va boshqalar haqida ma'lumot manbai hisoblanadi17.

Paralingvistika obyekti - bu muloqot vaqtida foydalaniladigan vositalarning to‘plami sifatidagi para til.18 Para tilidagi vositalarni biologik va semiotiklarga mumkin bo‘ling. Biologik xususiyatlarga yuz ifodalari va ba'zi tana harakatlari va imo-ishoralari kiradi. Ushbu usullar tug‘ma va ularning ko‘plari odamlarda va hayvonlarda keng tarqalgan.

Ma’lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muomalaning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik о‘zaro mosligi, bir-birini tо‘ldirishiga bog‘liq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” 19deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bо‘lishini nazarda tutgan edi.

Sinxron tarjima jarayoni komunikatsiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Paralingvistik vositalar juda xilma-xil bo‘lib, turli vaziyatda rang-barang kommunikativ vazifalar bajaradi. Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun qarshilik qancha ko‘p bo‘lsa, paralingvistik vositalar shunchalik ko‘p ishlatiladi.

Fikr qarshiligi ham ikki xil bo‘ladi. Bu tashqi va ichki faktorlarga bog‘liq. Masalan kommunikatsiya ochiqligida yuz berib, suhbatdoshlarning masofasi uzoq bo‘lsa, yoki o‘zaro masofa yaqin bo‘lib, kuchli shovqin suhbatga xalaqit bersa, qo‘shimcha noverbal vositalarga imo – ishoralar va mimikalarga ehtiyoj kuchli bo‘ladi.

Ichki sabablarga ko‘ra so‘zlovchi va tinglovchining sub’ektiv holatlari bilan bog‘liqdir. Xususan, tinglovchi (mor) yaxshi eshitmasligi mumkin. Bunday paytda ham imo – ishoralarning ishtiroki faollashadi.

2. Imo – ishoralarning nutq stillari bilan ham bog‘liqdir. Tantanali nutq, so‘zga chiqishlarda imo - ishoralarning nutqni kuzatib borishi uning tasirchanligini ta’minlaydi. Verbal va noverbal vositalarning bir – biriga o‘rinli bog‘lab olib borilishi nozik (oratorning) yuksak maxorati belgisi hisoblanadi. Bunda talaffuzdagi oxangorlik, intonotsiya xam muhum rol o‘ynaydi.20

3. Nutq vaziyati ham belgilangan. O‘zaro fikr almash jarayonida yonidai kishilarga, sheriklariga sezdirmaslik yoki xalaqit bermaslik uchun kinetik vositalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi.

4. Kommunikatsiya ochiq bo‘shliqda sodir bo‘lsa va fikr almashadigan kishilar o‘zaro uzoq masofada bo‘lib tovush etkazish imkoniyati qiyinlashishi natijasida ham imo – ishoralardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunda kommunikatsiyaning mazmuni va maqsadi oldindan belgilangan bo‘ladi. Faqat ayrim aniqliklar kiritishi mumkin xalos.

Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, imo - ishoralarning nutq tarkibidagi bajaradigan vazifasi bir xil emas. Ba’zan paralingvistik vositalar nutq bilan birga ishlatilib, uning ekspressiv stilistik ottenkasini kuchaytirish uchun xizmat qilsa, ayrimlari tejamkorlikka uchragan nutq birliklaridan ba’zilarining o‘rnini egallash ( kompensatsiya qilish ) uchun ishlatiladi. Ya’ni bir gruppasi esa o‘zining kuzatib borishi lozim bo‘lgan verbal asosida tamoman uziladi va shu vaziyatda verbal vosita o‘rnida qo‘llaniladi.

Imo – ishoralarning bu uch vazifasi sinchiklab kuzatilganda, bir – biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ko‘rinadi va birinchi ikkinchisidan kelib chiqqan deb hukum chiqarishga imkon beriladi.

Nutq o‘zlariga xos kinetik birliklar bilan kuzatib boriladi. Bunday nutq bilan kinetik birliklarning nutq ichida uzoq bog‘lanishi natijasida birining o‘rniga ikkinchisini qo‘llash imkonini tug‘diradi. Masalan: Biz bir – birimizni afsonaviy muhabbat bilan sevardik. Ana shunday muhabbat bilan turmush qurdik. Oradan o‘n yil o‘tdi. U meni xamon o‘shanday sevadi, men esa ( boshini qimirlatadi ). (CHEXOV).

Yuqoridagi gapda inkor ma’nosini ifodalovchi so‘z bilan boshning gorizontal qimirlashining o‘zaro bog‘liqligi verbal vosita o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishiga imkon beradi.. Natija imo – ishoralarning nutq tarkibida aralash ishlatish holatlari vujudga keladi.

Diologik nutqda kinetik birlik bilan nutq birligining doimiy aloqasi tufayli, tamoman nutq birligining o‘rnini kinetik birlik egallaydi. Kinetik birlik nutq birligi subetitutsiyasi yordamchi bo‘lib keladi. Masalan: ”Nima qilayapsan?”, “Qayerga ketyapsan?” kabi so‘roqlarini kallaning yuqoriga bir marta silkinishi harakati kuzatib borgan. Buning natijasida ular oralig‘ida bog‘lanish hosil bo‘lgan. Ana shu bog‘lanish natijasida bu kinetik belgining o‘zi ham ana shu so‘roqlarning ma’nosini bera olish vazifasini bajarishga o‘tgan.

So‘roq: Kallaning bir marta tepaga silkinishi (“qayerga ketayapsan” ifodasining yordamchi, subsituti).

Javob: uyga ketyapman.

Yoki so‘roq: O‘sha harakat (“Nima qilyapsan” subsituti ).

Javob: Kutubxonada ishlayapman va boshqalar. Demak, imo – ishoralarning yuqoridagi uch vazifalari orasida katta tafovut yo‘q. Ikkinchi, uchinchi vazifa birinchi vazifadan kelib chiqqan. Bu xuddi grammatikadagi konversiya hodisasiga o‘xshaydi. Konversiyadagi subetansivatsiya, odektivatsiya ( vazifasi o‘xshash ), pronominatsizatsiya kabi, bu hodisani ham verbalizatsiya deb, yoki paralingvistik hodisasiga o‘tgan deb hisoblasa bo‘ladi.

Ma’lumki, yuqori sathga doir har qanday til birliklari denetativ tomonidan ob’ektiv borliqdagi ma’lum harakat, narsa va hodisalarni ifodalaydi. Ya’ni ob’ektiv borliqdagi narsa, harakat va hodisalar ( denotat) kishi ongida aks etadi (sinifikat) va ongda aks etgan bu tushunchalar ma’lum tovush qobig‘i (so‘z) yordamida ifodalanadi. Demak, so‘zlar ob’ektiv borliqdagi narsa, hodisa va harakatlarni bevosita emas, balki ong orqali aks ettiradi.

Shuningdek, imo – ishoralar ham ongda ma’lum ma’noga hoslanadi. Ya’ni ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisa ( harakat, holat ham ) ongda aks etadi va imo – ishoralar orqali bayon qilinadi. Demak, bu jihatdan, so‘z ham imo – ishoralar ham bir xil vazifa bajaradi, har ikkalasi ham shartlilikka asoslangan belgidir.

Aniq nutq vaziyatida ma’lum bir ma’no ifodalovchi imo – ishoralar shu nutq vaziyatini qayta hikoya qilib berish jarayonida ma’lum lingvistik birliklar yordamida tasvir qilinadi. Demak, har bir tilda imo – ishoralarni ifodalovchi bir qator fe’llar mavjud. Bu fe’llar semantic tomonidan ishora fe’llari deyilad.

Masalan : ko‘z qisdi, labini burdi va boshqalar.

Insonning mimikalari, qo‘l harakatlari tabiiy va shartli xarakterga ega bo‘ladi. Masalan : labga qo‘ngan pashshani haydash uchun qilingan lab harakati yoki harakati tabiiy harakatdir. Chunki bu harakatlar tinglovchi uchun ham hech qanday axborot bermaydi.

Tinglovchiga qarab turib boshning, ko‘z – qoshlar- yordamida bir marta o‘ngga (ba’zan chapga) silkishi uning bu erdan chiqib ketishi kerakligini bildiradi. Demak, ma’lum axborot beradi. Shuning uchun bu harakat shartli harakatga egadir.

Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45%i kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy Muomalada bо‘ladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga kо‘proq foyda keltirarkan.

Tinglashning ham xuddi gapirishga о‘xshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham kо‘p, lekin biz ikki usulini qо‘llaymiz: sо‘zma-sо‘z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qо‘llab-quvvatlashini bildiradi. Ikkinchi usul-sherikni sо‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar, о‘zimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda , “Yо‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!” luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muomalaga о‘rgatishning muhim yо‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan о‘rinli foydalanishga о‘rgatishdir.

Professor V.Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:

— aktiv holat. Bu-tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;

— suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suhbatdoshni о‘ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda о‘zining har bir sо‘ziga uni ham kundirishning samarali yо‘lidir.

— о‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali о‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yо‘li.

Demak, tinglash madaniyati muomala jarayonining samarali bо‘lishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, unda о‘z-о‘ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilxomlantirishimiz, ruxlantirishimiz kerak. О‘qituvchining ma’ruzasini talabalar tomonidan yaxshi tinglansa dars samarali bо‘ladi.

Ijtimoiy psixologiyada kishilarni samarali Muomalaga ataylab о‘rgatishga katta e’tibor beriladi. Buning о‘z uslubi bо‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deyiladi. IPT kishilarni Muomala jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida kishilarning Muomala borasidagi bilimdonligi ortadi.

Amaliy Muomala treningi - IPTning bir kо‘rinishi bо‘lib, u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bо‘ladigan kommunikativ malaka, kо‘nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda Muomala treningi vositasida mо‘zoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamqorlik qilish yо‘l-yо‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida sо‘zlashga о‘rgatish, majlislar о‘tkazish , nizoli holatlarda о‘zini tо‘g‘ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda asosiy narsa-trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, о‘zini о‘zga о‘rniga qо‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan о‘zinikini о‘yg‘unlashtira olish g‘oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli о‘yinlarning eng qulay variantlari sinab, mashq qilinadi.

Odatda trening shaxsdagi u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilishda jiddiy qiyinchilikka uchragan sharoitlarda о‘tkaziladi. Ya’ni treningning tashabbuskori kо‘p hollarda yolg‘izlik, uyatchanlik, tortinchoqlik yoki turli depressiyalarga uchragan shaxs bо‘ladi. Maxsus tashkil etilgan kommunikativ mashqlar mobaynida u bu holatlardan chiqib ketish yо‘llariga о‘rgatiladi. Masalan, psixologlar tomonidan tashkil etiladigan “Psixologik xizmat”, “Qalb markazlari”, “Ishonch telefonlari” maxsus dasturlar yordamida ishlaydi. Guruhda tashkil etilgan Muomala muhitida odam о‘zidagi ishonchsizlik, tortinchoqlik kabi salbiy sifatlardan halos bо‘lish imkoniyati bо‘ladi va u о‘zini avvalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila boshlaydi.

Yoshlarning trening mashg‘ulotlariga kelishiga sabab bо‘ladigan omillardan eng kо‘p tarqalgani-bu ulardagi qarama-qarshi jins vakillari bilan gaplashishda tortinchoqliklari, о‘zidan kattalarga о‘z fikrini bayon etishga qiynalishlari yoki kо‘pchilik oldida gapirishda о‘zini yо‘qotib qо‘yish kabi holatlardan chiqishdir. Ijtimoiy psixologik trening rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan amaliy ishlardan hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, hayotda shunday kishilar borki, ular odamning kо‘ngliga tezda yо‘l topib olib, ishlarini bitirgandan sо‘ng tezda g‘oyib bо‘ladilar, yoki yaxshilikni unutib yuboradilar. Ular boshqalarda о‘zlariga nisbatan attraksiyani tez hosil qiladilar. Buni ayrim kishilar gipnoz ham deydilar. Lekin bu notо‘g‘ri, bunday kishilar Muomala jarayonida attraksiyani shakllantiruvchi maxsus psixologik usullarni moxirona qо‘llaydilar.




Download 58,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish