Kurs ishi mavzu: sinxron tarjimada paralingvistik vositalarni berish usullari tayyorladi


Sinxron tarjimada verbal va noverbal ta’sir vositalarining aks etishi



Download 58,27 Kb.
bet8/12
Sana31.12.2021
Hajmi58,27 Kb.
#262410
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Sardora

2.2 Sinxron tarjimada verbal va noverbal ta’sir vositalarining aks etishi

Sinxron tarjimada verbal va noverbal ta’sir vositalarining aks etishi haqida gap borar ekan sinxron tarjima jarayonidagi psixologik ta’sir bilan chambarchas bog‘liqdir. Sinxron tarjima jarayonidagi psixologik ta’sir bu - turli vositalar yordamida tinglovchilarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir kо‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi:

Verbal ta’sir – bu sо‘z va nutqimiz orqali kо‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar sо‘zlar hisoblanadi. Nutq sо‘zlashuv о‘zaro Muomala jarayoni bо‘lib, uning vositasi sо‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi.

Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, tо‘xtashlar, duduqlanish, yо‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, dо‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bо‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.

Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan о‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi Muomala jarayonini yanada kо‘chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formо‘lasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.21

Muomalaning qanday kechishi va kimning kо‘proq ta’sirga ega bо‘lishi sheriklarning rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir kо‘rsatish maqsadi bо‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini о‘rnidan turib kutib oladi, quyuq sо‘rashadi, keyin maqsadga о‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yо‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bо‘lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bо‘lsa, u tashabbusni о‘z qо‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bо‘ladi.

Kishilar bilan normal munosabatlarni о‘rnata olmaslik, ayniqsa, sinxron tarjima va biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, о‘z nuqtai nazariga о‘zgalarni professional tarzda kо‘ndira olmaslik, “birovni” uning ichki kechinmalari va о‘ziga bо‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ о‘quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan chо‘zilib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka о‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san’atiga ega bо‘lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va Muomala etikasiga о‘rgatishni har qachongidan dolzarb qilib kо‘ymoqda.

Sinxron tarjima og‘zaki tarjimaning eshitib amalga oshiriladigan muhim turi bo‘lib, bunda asliyat tilidagi matn notiq bilan bir vaqtning o‘zida tarjima tiliga o‘giriladi. Bu esa tarjimondan alohida mahorat, ko‘nikma va tajribani talab qiladi. Barcha sohalarda bo‘lganidek, professional sinxron tarjimon faoliyatini muvofaqqiyatli amalga oshira olishiga ishonch hosil qilish maqsadida zarur imtihonlardan o‘tishi va kerakli guvohnomaga ega bo‘lishi lozim. Sinxron tarjimondan qo‘yiladigan talablar ko‘p bo‘lib, ushbu kursh ishida doirasida eng muhim bo‘lganlari yoritishga harakat qilinadi.

Nutqni tarjima tiliga imkon darajasida aniq va tushunarli holatda yetkazib bera olishi uchun eng avvalo lingvistik mahoratga ega bo‘lishi, ya’ni, tarjimon manba va tarjima tilini chuqur bilishi zarur. Buning uchun tarjimon ikkala tilda chuqur so‘z boyligi, har bir so‘zning ma’nosi, talafuzi, sintaktik hususiyatlarini idrok qila olishi kerak. Mutaxassis barcha yo‘nalishlarda birdek muvofaqqiyatli faoliyat olib bora olmasligini hisobga olinsa, o‘zi faoliyat olib boradigan sohaga doir terminologiyani mukammal bilishi talab qilinadi. Masalan, sud-huquq tizimida muvofaqqiyatli faoliyat olib borayotgan tarjimon tibbiyot, siyosiy-iqtisodiy sohalarda ham huddi shunday ishlay olishini anglatmaydi. Yetarli terminologik bilimga ega bo‘lmagan sohada tarjimonlikni qabul qilish sinxron tarjimonga qo‘yilgan odob-axloq me’yorlarini ham buzilishiga olib keladi.

Tarjimon yaxshi shaxsiy xarakter ega bo‘lishi lozim va bunga quyidagilarni kiritish mumkin: muloqot qobiliyati, odob-axloq, hurmat va xushmomilalik, insonlarga bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, mulohaza yurita olish, yumorni his qilish. Bundan tashqari ishga nisbatan aniqlik (пунктуальность), mustaqil ishlay olish qobiliyati, ish jarayonida betaraflik rolini saqlab qolish, tartibli bo‘lish, to‘g‘ri talafuz qobiliyatga ega bo‘lish, ishda qat’iyatli bo‘lish va o‘ziga ortiqcha ishonib yubormaslik, fidoiy bo‘lishni tarjimonda bo‘lishi zarur bo‘lgan hislatlar qatoriga kiritishimiz mumkin.




Download 58,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish