Kurs ishi Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanidan tayyorlagan


II BOB. Ma’naviy tahdidlarning turlari. Ma’naviy tahdidlarni oldini olishda milliy g‘oyaning roli 2.1



Download 45,07 Kb.
bet5/6
Sana18.07.2022
Hajmi45,07 Kb.
#819803
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nasiba kurs iwi

II BOB. Ma’naviy tahdidlarning turlari. Ma’naviy tahdidlarni oldini olishda milliy g‘oyaning roli
2.1. Ma’naviy tahdidlarning turlari
Ma’naviy tahdidlarning oldini olishda bir necha yo‘nalishlar, usullar va asoslar mavjud. Ularni amalga oshirish esa bir yoki ikki tashkilotning emas, balki butun bir davlat va jamiyatning ishidir. Davlatning vazifalarini davlat tashkilotlari, jamiyatning vazifalarini jamoat tashkilotlari bajaradilar. Tarbiya, ma’naviyat va mafkura masalasida, turli xil ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarning oldini olish borasida tashkilotlarning yuridik maqomi katta ahamiyatga ega emas. Eng asosiysi, maqsadga erishish. Ya’ni davlat tashkilotlari bu ishni bajaradi-yu, bunisini bajarmaydi, yoki jamoat tashkilotlariga mana bunday vazifalarni amalga oshirish yuklatiladi-yu, boshqasini bajarish mumkin emas, degan qat’iy taqiqlar yo‘q. Har bir tashkilot o‘zining nizomi va dasturida ko‘rsatilgan funksional vazifalaridan kelib chiqib ish olib boraveradi. Chunki bu – yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovonligi masalasi hammamiz uchun birdek qadrli va muhim vazifadir.
Ma’anaviy tahdidlarni bartaraf qilib borishga doir bir qator qarashlar tizimi mavjud. Albatta, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy adabiyotlarda ma’naviy tahdidlar tushunchasi davr taqozosi va tarixiylik nuqtai nazardan “tahdid”, “xavf-xatar”, “qo‘rquv” kabi bir necha atamalar bilan tilga olingan. Buni e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilishga doir eng muhim qarashlarni tahlil qilish bilan cheklanamiz.
Ma’naviy tahdidlarni bartaraf qilish muammosi Birinchi Prezidentning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. U kishining konsepsiyasiga ko‘ra, ma’naviy tahdidlarni “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya va jaholatga qarshi ma’rifat bilan” bartaraf qilish mumkin14. Bu muhim qarash bo‘lib, hozirgi ma’naviy-mafkuraviy foliyatimizda metodologiya vazifasini o‘tamoqda.
1. Fikrga qarshi fikr.Har bir kishida haqqoniy va asosli mustaqil fikr hamda dunyoqarashni shakllantirish kerak. Buning uchun uning bilim va malumotdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Inson internet xabarlarini o‘qish, DVD, CD ko‘rish bilan bilimli va zamonaviy madaniyatli bo‘lib qolmaydi. Aksincha, ilmiy-nazariy bilimlarni egallash insonni sharaflaydi. Shu sababli qadimiy obidamiz “Avesto”da “Bilim – ko‘zning chirog‘i,” – deb uqtirilgan15. Buning ma’nosi shuki, faqat bilim vositasida insonning ko‘zi ochilishi, ya’ni mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil fikrga va dunyoqarashga ega odam biryoqlama, g‘arazli va zararli fikrlarni farqlay oladi. Bu “fikrga qarshi fikr” tamoyilining mazmunidir.
2. G‘oyaga qarshi g‘oya. Inson ongida uning o‘zi va o‘zgalarga manfaat keltiradigan tushunchalar tarkib topishi kerak. Biror shaxs insonda ezulikka nisbatan yovuzlikning ustuvor bo‘lishini isbotlab berolgan emas. Aksincha, insonning beg‘ubor bolalik davrini boshdan kechirishi uning ongida ezgulik ustuvor ekanliini ko‘rsatadi. Shu ma’noda inson ongi yovuz va johil g‘oyalardan himoya qilinishi kerak. Jamiyatimizda bu ish milliy g‘oya asosida amalga oshirilmoqda. Demak, milliy g‘oya asosida inson ongida ezgulik, adolat, haqiqat va mas’uliyat g‘oyalarini shakllantirish bilan uni yovuzlik, jaholat, nodonlik va befarqlik kabi illatlardan himoya qilish mumkin. Milliy g‘oyaga ega inson yovuz g‘oyalarni farqlay oladi, bu “g‘oyaga qarshi g‘oya” tamoyilining mazmunidir.
3. Jaholatga qarshi ma’rifat. Inson bu dunyoning sir-asrorlarini o‘ziga etarli darajada anglashi, o‘zining kim ekanligini bilishi va hayot mazmunini tushunishi kerak. Bugungi kunda buning yagona yo‘li professional shaxs sifatida voyaga etish bo‘lib qoldi. Professional shaxs bo‘lish uchun o‘z nafsini tiya bilish, kasb mahoratini egallash va odam bo‘lib yashash ko‘nikmasini hosil qilish kerak. Bularning barchasi bir so‘z – bilmoq (ma’rifat) zamirida jo bo‘lgan. Shu ma’noda bilgan kishi jaholat, nodonlik va yovuzlikka qo‘l urolmaydi. Bu “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyilining mazmunidir.
Zero, I.Karimov ma’naviy tahdidlarni asosli Fikr, G‘oya va Ma’rifat bilan bartaraf etish masalasini ilgari suradi. CHunki Fikr, G‘oya va Ma’rifat har qanday shaxsni, jamiyatni himoya qila oladi. SHu sababli Prezident ma’naviy qadriyatlar masalasiga alohida diqqatni qaratadi. Unga ko‘ra, ma’naviy qadriyatlarga tayanib milliy o‘zlikni saqlab qolish mumkin16. Negaki “biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarni, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qoidalarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi17”. Voqean, xalqimiz ma’naviy va axloqiy qadriyatlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy iftixor, bag‘rikenglik kabi xususiyatlar ustuvordir. Ularni izchil targ‘ib qilib borish bilan ma’naviy tahdidlarga g‘oyaviy zarba berish mumkin. Chunki “o‘zbek xalqi Ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bog‘liq bo‘lgan hodisadir. O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar o‘ziga xoslikni yo‘qotmagan holda, umumiy ruhiyatga, xulq-atvor falsafasiga ega bo‘lmoqdalar18”.
2.2. Ma’naviyatga tahdid - o‘zligimizga tahdid
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014 yilda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida bugungi kunning biz bilgan va bilmagan murakkabliklari yaqqol ochib, tushuntirib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida ham bu masalaga alohida urg‘u berilib, “Bugun biz boshimizdan kechirayotgan o‘ta tahlikali va qaltis zamonda, yon-atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoitda eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlash, millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega”ligi alohida uqtirildi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ana shu masalani chuqur aks ettirish vazifasi yuklatildi. Demak, mana shu zamon va sharoit Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Adolat va ozodlik dasturingiz va rahbaringiz bo‘lsin. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir”, degan da’vati aynan hozir aytilishini taqozo qilmoqda. Bu da’vat bugun nafaqat jurnalistlarga, balki har bir ziyoliga, har bir bog‘cha tarbiyachisiga, maktab, kollej, institut, universitetning professor-o‘qituvchisiga, “Kamolot” etakchisiga, mahalla maslahatchisiga, faoliga, internet provayderiga, san’atkorga, nuroniyga, har bir ota-onaga – barcha daxldorlarga qaratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarining «Ma’naviyatga tahdid - o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid» deb nomlangan bobida globallashuv jarayoni, uning mazmun-mohiyati, va ijobiy salbiy jihatlari, xususan, bugungi kunda mafkuraviy ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida ayrim siyosiy kuchlar mafkurasiga xizmat qilayotgani, ushbu jarayon orqali milliy qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar
yopirilib kirayotgani va ular ertaga qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi bayon etilgan. 
Hozirgi davrda ma’naviy tahdid, deganda aholining ayrim qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbiga ta’sir qilib, ularning qarashlarini o‘zlariga ma’qul yo‘nalishda o‘zgartirish, diniy ekstremizm, vayronkorlik, buzg‘unchilik, axloqsizlik g‘oyalarini zimdan targ‘ib-tashviq etib, singdirish kabi g‘arazli maqsadlar anglanadi. Madaniyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, jismonan va 
ma’nan sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy 
xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin. Ma’naviy tajovuzkorlar ko‘pincha, jozibali shior va g‘oyalar niqobi ortida ish ko‘radi. Bunday kuchlar ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular puxta o‘ylangan davomli maqsadlarga xizmat qilmoqda. Hozirgi 
davrda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar 
natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz bermoqda, millatlarning 
ma’naviy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan 
chiqmoqda, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi 
jiddiy xavf ostida qolmoqda. Eng yomoni, bunday ma’naviy xuruj-
larning pirovard maqsadi odamni o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurti va 
xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va 
hamma narsaga loqayd bo‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilgan.

Xulosa 
Ma’naviyat insonning ruhiy kamolot vositasi hisoblanadi. Ma’naviyatli inson hech qachon hayotda qoqilmaydi, lekin bugungi kunda bizning ma’naviyatimizga, ayniqsa, yoshlarning ongiga ta’sir qilivchi kuchlar ham oz emas. Qaysi bir insonning ongida bo‘shliq bo‘lsa uni to‘ldiruvchi g‘ayri kuchlar ham bor. Shu sababli mamlakatimizda yashayotgan har bir inson: u xoh yoshi kichik, xoh o‘rta yosh, yoki keksa avlod ham kitob mutoalasi bilan mashg‘ul bo`lishi darkor. Kitob inson ma’naviyatini oshiruvchi eng yaxshi vositadir. Muntazam kitob o‘qish bilan shug‘ullanadigan odamlar yomon yo‘lda yurishi fisq-fasod ishlar qilish juda ham kam bo‘ladi, ongida ma’naviy bo‘shliq bo‘lmaydi.Ongida ma’naviy bo‘shliq bo‘lmagan insonga ma’naviy tahdid hamda ma’naviy tazyiq o‘tkazish mushkul. Har bir xalq yo har bir millat o‘zining ma’naviyati va qadriyatiga egadir. Shu ma’naviyatni kelajak avlodga qoldirish uchun har bir xalq o‘zi harakat qilmog‘i kerak.


Muxtasar qilib aytganda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongi va qalbida Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashimiz uchun har birimiz jon-jahdimiz bilan harakat qilmog‘imiz kerak. “Kelajak yoshlar qo‘lida” , agar qaysi bir millatning yoshlari yod g‘oyalarga aldanib ongini zararli g‘oyalar bilan zaharlasa ana o‘sha millat bora-bora tanazzulga yuz tutadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun yoshlarni ma’naviyatiga juda ham katta e’tibor berish kerak. Buning uchun esa o‘sib kelayotgan yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berib, ularning har bir harakatini nazorat qilib borish kerak, hamda ularninig ma’naviyatini oshirish uchun esa intelektual o‘yinlar hamda ular orasida kitobxonlikni rivojlantirish kerak.


Download 45,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish