Kurs ishi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O’zbek tilshunosligi kafedrasida bajarilgan



Download 71,01 Kb.
bet6/13
Sana09.07.2022
Hajmi71,01 Kb.
#766327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mirzayeva Gulnozaning O\'zbek tilini o\'qitish metodikasidan kurs

Tezis, dalil, sitata va xatboshi Tezis inshoda bayon qilinadigan asosiy fikrdan iborat. Tajribali o’qituvchilar o’z o’quvchilarida inshoning tezisini tuzish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor bilan qaraydilar. Odatda, rejada keltirilgan moddalar biroz sharhlanganda insho tezisiga aylanadi. Yani, tezis inshoda aytmoqchi bo’lgan fikrlar yig’indisi, ishning tayanch suyagidir.
Keyinchalik ana shu tezisdagi fikr kengaytiriladi va dalillanadi. Natijada inshoning matni rejada qayd qilingan moddalar, moddalar sharhlangan tezislar, ularning kengaytirilgan izohi, dalillar va xulosalardan iborat bo’ladi. Go’yo, tezis uyning devorlari bo’lsa, dalillar uning bezagi va jihozlaridir.
O’quvchilar o’z fikrlarini dalillashni og’zaki savol-javob jarayonida o’rganadilar. O’quvchining o’tilgan mavzu haqidagi fikri albatta adabiy materialdan misol keltirilgan holda dalillanadi. Dalil keltirishning zarurligi o’quvchida bevosita birinchi manbaga murojaat qilish majburiyatini yuklaydi. O’qituvchi ish faoliyatida dalillash san’atini yaxshi egallagan bo’lsa, o’quvchilarni dalillash usullari bilan tanishtirib borsa, yozma ishni yozishga o’rgatish ancha osonlashadi. Masalan, G’.G’ulomning “Sen yetim emassan” she’ri haqida gap borganda, 2 – jahon urushi bilan bog’liq hodisalar ko’z oldimizda gavdalanadi. Bu jarayon insho yozishda ham muhim hisoblanadi: o’quvchi ma’lum mavzu yuzasidan kengroq mulohaza yuritishi va dalillashni o’rgana boradi. Inshoda dalillash ayniqsa lirik yoki liro-epik asarlar haqida mulohaza yuritilganda zarur hisoblanadi. O’quvchi biron shoirning ijodi haqidagi fikrlarini sahifa-sahifa yozgani holda uning qalamiga mansub she’riy parchalardan namuna keltirmasa, insho mazmunan qashshoq chiqadi.
Yozuvchi, shoir, adabiyotshunoslarning asarlaridan aniq keltirilgan dalil sitata deyiladi. Afsuski, hamma o’quvchilar ham sitatada muallif so’zlarini sira o’zgartirmasdan, aynan keltirish kerakligini yaxshi bilmaydilar. O’qituvchi sitata yozma ishni bajarayotgan shaxs tomonidan juda aniq keltirilgandagina qo’shtirnoq orasiga olinib, ko’chirma gap tarzida berilishi lozimligini uqtirishi kerak. Ba’zan she’rning mazmunini ifodalovchi jumlalar o’quvchi tomonidan noto’g’ri ravishda qo’shtirnoq orasiga olinadi. Masalan, G’. G’ulomning ‘Sen yetim emassan’ she’ri tahlilida G’. G’ulom ‘Haqiqiy yetimlikni men boshimdan kechirganman’ deb aytadi’ kabi jumlalarni o’qiymiz.
Vaholanki, shoir: Men yetim o ’tganman, Oh, u yetimlik... Voy bechora jonim, desam arziydi, —degan edi. Bunday hollarda biz shoirning biron so’z yoki iborasini aniq keltirolmagan o’quvchi o’z dalilini o’zlashtirma gap shaklida yozishi mumkinligini aytishimiz kerak. O’zlashtirma gap inshodagi dalilning qimmatini mutlaqo tushirmaydi, muallifning fikriga deyarli teng turadi.


Download 71,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish