Kurs ishining mazmuni



Download 144 Kb.
bet2/4
Sana14.07.2022
Hajmi144 Kb.
#799588
1   2   3   4
Bog'liq
yer kadastri

Tuproq bonitirovkasi.
Tuproq bonitirovkasi qishloq xo’jalik agrotexnikasi o’rtacha darajada bo’lganida tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beradigan qiyosiy baxosi.Tuproq bonitirovkasi ma’lumotlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarining keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, yer tuzishni amalga oshirish va yerlardan oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantirish uchun asos bo‘ladi.Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xo‘jaligi maydonlari uchun yuz balli shkala bo‘yicha o‘tkaziladi. Tuproq bonitirovkasi ishlari huquqiy holati tegishli hujjat (vakolatli organning qarori) asosida belgilangan yoki tumanning yer kadastri daftarida tegishli yozuv bilan qayd etilgan barcha sug‘oriladigan va lalmi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida o‘tkaziladi.  Davyergeodezkadastr agentligi tuproq bonitirovkasi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy rahbarlik qiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi rejasiga muvofiq, sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yer maydonlarida har besh yilda va lalmi yer maydonlarida har o‘n yilda bir marta o‘tkaziladi hamda tuman hududini to‘liq qamrab oladi.Tabiiy talofatlar, texnogen ta’sirlar, tegishli hududda tuproq-meliorativ ishlarning bajarilishi natijasida, tuproqning unumdorlik darajasi o‘zgargan taqdirda, ayrim yer maydonlarida tuproq bonitirovkasi ishlari fermer xo‘jaliklari va yerdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning murojaatiga yoki tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qaroriga muvofiq qayta o‘tkazilishi mumkin.
Tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi:
tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish rejalarini tuzishi;
tegishli viloyat hokimligini tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish rejasidan xabardor qilishi;
tuproq bonitirovkasi ishlarini bajarish bo‘yicha tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi bilan shartnoma tuzishi;
tuproq bonitirovkasi ishlarini bajarish dasturini tasdiqlash;
tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish muddati hamda nazorat qilish tizimini belgilashi;
Tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda tuman hokimliklari:
tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish bo‘yicha tegishli farmoyish qabul qiladi;
tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisiga taqdim etadi;
yakuniy ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari yakuniy ma’lumotlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining o‘rinbosari (rais), tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i (rais o‘rinbosari), tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisining vakili kiritiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari yakuniy ma’lumotlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya: tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi, tuproqning ball boniteti ilgarigiga nisbatan pasayganligi aniqlangan taqdirda, tuproqning ball boniteti pasayganligi sabablarini o‘rganadi va ball bonitetini saqlash va oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;

tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarning ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi.


Tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi:
tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazadi;
yer maydonlarining o‘rtacha bonitet ballari va klasslar bo‘yicha guruhlashtirilgan ma’lumot tayyorlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan, tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish uchun tegishli shartnoma tayyorlaydi va tasdiqlash uchun tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisiga taqdim etadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tuproq tadqiqotlari ma’lumotlarini, yer kadastri hujjatlari va kartalarini yig‘ish, o‘rganish hamda tahlil qilish;
texnik topshiriqqa asosan, tuproq bonitirovkasi ishlarini bajarish dasturini ishlab chiqish;
yer maydonlari chegaralariga o‘sha joyning o‘zida aniqlik kiritish va dala kartalariga belgilash;
yer maydonlarida tuproq bonitirovkasi ishlari o‘tkaziladigan fermer xo‘jaliklari va yerdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning tasdiqlangan ro‘yxatini tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limidan olish.
Tuproq bonitirovkasi ishlarida tuproqlarning asosiy xossalari va tabiiy sharoitlari (tuproqlarning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, gumus miqdori, ozuqa elementlari bilan ta’minlanganligi, sho‘rlanish darajasi, eroziyalanganligi, toshloqliligi, gipsliligi, termik resurslar bilan ta’minlanganligi va boshqa tabiiy omillari) hisobga olinadi.
Tuman hududini to‘liq qamrab olgan tuproq bonitirovkasi ishlari asosida texnik hisobot, tumandagi sug‘oriladigan va lalmi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining o‘rtacha bonitet ballari va klasslari bo‘yicha guruhlashtirilgan jadvali mazkur Nizomning muvofiq shaklda tuziladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tuproq bonitirovkasi ishlarining aniqligi, to‘liqligi va sifati uchun mas’ul hisoblanadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi. Tuproq bonitirovkasi ishlarini nazorat qilishda yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tuproq bonitirovkasi va tuproq kartalarini tuzish ishlari o‘rganiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini nazorat qilish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi yoki uning vakiliga (viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi) topshiriladi. Tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi yoki uning vakili tomonidan ko‘rib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim etiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar ikki hafta ichida tuman komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tuman komissiyasi tomonidan tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish vaqtida e’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda, e’tirozlar sabablarini yozma ravishda ko‘rsatgan holda tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisiga murojaat qilinadi. Tuman komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida e’tirozlar bildirilmagan taqdirda, tuproq bonitirovkasi ishlari qabul qilingan hisoblanadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan yakuniy ma’lumotlar tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Mazkur qarorga yer maydonlarining o‘rtacha bonitet ballari va klasslari bo‘yicha guruhlashtirilgan ma’lumotlari ilova qilinadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash vaqtida e’tirozlar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur ma’lumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi yoki buyurtmachisi tashabbusi bilan muhokama qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi ilmiy texnik kengashiga taqdim etilishi mumkin. Tabiiy talofatlar, texnogen ta’sirlar, hududda tuproq-meliorativ ishlar bajarilishi natijasida, tuproqning unumdorlik darajasi o‘zgarganda, shuningdek fermer xo‘jaliklari va yerdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning murojaatiga asosan yoki tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qarori bo‘yicha ayrim yer maydonlarida tuproq bonitirovkasi ishlari qayta o‘tkazilganda, tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar belgilangan tartibda tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Tuproq bonitirovkasi ishlari tugagandan so‘ng, tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tomonidan har bir tuman bo‘yicha quyidagi hujjatlardan iborat yig‘majild shakllantiriladi:
tushuntirish xati (texnik hisobot) va uning ilovalari;
tuman hokimining tuproq bonitirovkasi ishlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi;
tuman komissiyasining tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha yakuniy ma’lumotlarni ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomasi;
tuman hokimining tuproq bonitirovkasi ishlari natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qarori.
Rasmiylashtirilgan hujjatlar texnik topshiriqqa muvofiq manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tomonidan tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi yoki uning vakiliga taqdim etiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bo‘yicha ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi yoki uning hududiy boshqarma (bo‘lim)lari tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralarga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ularning yozma so‘rovlari asosida beriladi.


Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish