Labaratoriya ishi -1



Download 20,09 Kb.
bet2/3
Sana01.06.2022
Hajmi20,09 Kb.
#625925
1   2   3
Bog'liq
smm-lab 1

Reklamaning maqsadi. Reklama materiallari ko‘p maqsadlar uchun xizmat
qiladi, hattoki reklama bir maqsadni ko‘zlaydigandek ko‘rinsa ham to‘g‘risini aytganda bu umuman bunday emas.
Reklamaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Potensial xaridorlarning e'tiborini tortish.

  • Xarid qilingan tovar xaridor uchun qanday foydali ekanligini ko‘rsatish.- xaridorga tovarni qo‘shimcha o‘rganishi uchun sharoit yaratish.

  • Tovar yoki xizmat to‘g‘risida iste'molchida aniq bilish darajasinishakllantirish.

  • Sotuvchi yoki ishlab chiqarish firmalarining imidjini yaratish va yanaiste'molchi va ishbilarmon sheriklar uchun savdo va sanoat markalarini tayyorlash.

-Ushbu tovarda, xizmatda ehtiyojni shakllantirish.
-Firmaga ijobiy munosabatni shakllantirish.- Potensial xaridorda aynan shu reklama qilinayotgan tovarni faqat raqibidan emas, balki, shu firmadan xarid qilishga undash.

  • Sotilgan tovar, xizmatlar uchun rag‘batlantirish.

  • Tezkor tovar aylanishiga imkon yaratish.

  • Xaridordan har doimgi mijoz, aynan shu firmaning tovaridan xarid etishgaundan va maqsadga yetish.

  • boshqa firmalarda ishonchli sherik obrazini yaratish.

  • Iste'molchiga firma va uning tovari haqida eslatish.

Tajribada reklama juda kam hollarda bir maqsadni ko‘zlaydi, qonundagidek, bir reklama tadbirida maqsadlar kesishadi.
Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o‘rganishga
asoslanadi. Ma'lum bir maqsadga qaratilgan reklamaning vazifalari quyidagilardan
Reklamaning vazifasi. Reklamaning asosiy vazifasi tovarlar va xizmatlar to‘g‘risida ularni qay tariqa va qaerlarda sotilishi to‘g‘risida maxsus axborot vositalaridan foydalanib turib so‘zlab berishdir. Lekin reklamaning vazifasi birgina axborot berishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning o‘ziga xos tomoni shuki, u axborot berishni targ‘ib va tashviqot qilishni ishontirish bilan birga olib borishi kerak. Reklamaning pirovard maqsadi bozorda taqdim etilayotgan tovarlarga xaridorlar rag‘batini oshirishdan iborat. Bunda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi:

«quvvatlovchi» reklama.

  • Biror qahramon reklamasi (masalan Ruslan Chagaev)

  • Raqibdan qayta tiklanish

  • Reklamachi mahoratini namoyish qilishReklama funksiyalariuning maqsadi va vazifalaridan aniqlanadi. Ularning har xilligidan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • Tovar va uning ishlab chiqaruvchisi yoki sotuvchisini

tenglashtirish
-Tovarni, xizmat ko‘rsatishni yoki g‘oyalarni rivojlantirish

  • Xaridorga axborot berish

  • Talabni shakllantirish va boshqalar.

Reklama o‘zining bunday rollarida albatta naqd tovar to‘g‘risida uning bahosi xususiyatlari haqida axborot berishi shart, biroq asosiysi reklama xaridga undashi shart, reklamaning asosiy maqsadi shunda, bosh funksiyasi ham shu. Reklamaning vazifalaridan biri – tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi maxsus
axborot vositalaridan foydalanib turib so‘zlab berishdir. Lekin reklamaning vazifasi birgina axborot yuberishning o‘zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u axborot berishni targ‘ib va tashviqot qilishni ishontirish bilan birga olib boradi. Demak, ta'sirchan reklama zarur ma'lumotlarni beradigan va shu bilan birga ishontiradigan, ma'lum maqsadga qaratilgan, faol bo‘lishi kerak. Anna shunday reklama talabni ma'lum yo‘nalishda shakllantiradida, tovar va xizmatlarning bir turidan boshqa turiga ko‘chiradi. Xaridorlarning ehtiyojlarini ochib beradi va ularning ahdi va niyatlariga ta'sir o‘tkazadi.
Reklama ishini ishlab chiqaruvchilar ham sotuvchilar ham olib borishlari mumkin. Bunda tovar ishlab chiqaruvchi firmalar o‘z reklamalarini bir tomondan sotuvchilar ikkinchi tomondan iste'molchilarga qaratadilar. Savdo xodimlari o‘zlari sotadigan tovarlarni yaxshi bilishlari kerak. Shu sababli savdo tarmog‘iga qaratilgan reklama jo‘shqinligi jihatidan iste'molchilarga mo‘ljallangan reklamadek bo‘lmasa-da, lekin ko‘proq ma'lumotlarni o‘ziga jo qilganligi bilan undan ajralib turadi. Savdo reklamasi esa xaridorlarga mo‘ljallangan bo‘ladi va tovar to‘g‘risida ma'lumot berishdan tashqari savdoning estetik saviyasi bilan madaniyatini yuksaltirishga yordam beradigan bo‘lishi kerak. Reklamaning asosida shu ikkita element: ishontiruvchi va ma'lumot beruvchi element yotadi. Ishontiruvchi elementlari (ko‘ndirish, rozi bo‘lishga undash) reklamaning motivatsion funksiyasini, ma'lumot beruvchi elementlari esa uning bildiruvchi funksiyasini aks ettiradi. Ikkalasi birga ta'sir o‘tkazadi va reklamani muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning barcha sohasida bo‘lgani kabi mustaqillik davrida bozor iqtisodiyotining muhim sub'ekti hisoblangan reklama faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tartibga solish maqsadi 1998 yil 28 dekabrda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ammo bu davrga qadar mavjud Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlar reklama faoliyatining huquqiy asosi vazifasini bajarib keldi. Masalan, Konstitutsiyaning 12-moddasida hech bir mafkura davlat mafkurasi bo‘lmasligi norma sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa 1 , reklama faoliyatida esa u qoida bozor iqtisodiyoti sharoitida axborot manbai sifatida axborot maydonida hech bir reklama mahsulotining xukmron bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Bu oz navbatida bozor iqtisodiyotida sog’lom raqobat muhitini shakllantiradi. Har bir reklama mahsulot haqidagi eng to‘g‘ri va ishonarli ma'lumotni iste'molchiga yetkazishi lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning umumiy xajmi 30 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida reklama faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Bugungi kunga qadar zamon talablariga ko‘ra mazkur reklama faoliyatining huquqiy asosida qator o‘zgarishlar kiritildi. Masalan 2011 yilda kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra tamaki mahsulotlari reklamasini tashkil tish ta'qiqlandi. Bu o‘z navbatida milliy an'ana va qadriyatlarga sodiq holda milliy qonunchilikning shakllanayotgani va u asosida jamiyatda demokratik islohotlar milliy manfaatlarga tayangan holda olib borilayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 7moddasida voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan reklamaga oid cheklashlar ko‘rsatilgan. Jumladan, faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi yoxud iste'mol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar iste'mol qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama, voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da'vat qiluvchi reklama, haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklamalarni tashkil etish ta'qiqlanadi. Bu o‘z navbatida jamiyatning kichik yoshli a'zolari ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi.

Download 20,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish