Laboratoriya mashg’ulotlari tuzuvchilar


Qilingan ish haqida hisobot



Download 3,57 Mb.
bet48/62
Sana10.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#767464
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Bog'liq
Fizik kimyo uslubiy tavsiyanoma

Qilingan ish haqida hisobot.



  1. Tajribadan olingan ma’lumotlardan foydalanib, grafik chiziladi, buning uchun temperaturaning qiymati absissa o’qiga va sirt tarangligining erg/sm2 hisobidagi ordinata o’qiga qo’yib chiqish.

  2. Sirt tarangligini Rebinder metodi bilan o’lchash ustanovkasi sxemasini chizish.

Kontrol savol.

Suyuqlikning sirt tarangligi temperatura ko’tarilishi bilan nima uchun kamayishini izohlab bering.


LABORATORIYA MASHG’ULOTI № 14




KORROZIYA VA METALLRNI KORROZIYADAN SAQLASH

Metalarga havo, turli gazlar, suv, kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari tashqaridan ta’sir etishi natijasida ular yemiriladi. Metallarga muhit kimyoviy yoki elektrokimyoviy ta’sir etishi natijasida metallarning yemirilishi korroziya deb ataladi. Metallarning zanglashi korroziyaning eng ko`p tarqalgan xiliga misol bo`la oladi.


Korroziya ikki xil, ya’ni kimyoviy korroziya hamda elektrokimyoviy korroziya bo`ldi. Metallarga turli gazlar, suv bug`i (yuqori temperaturada), shuningdek, elektr toki o`tkazmaydigan suyuqliklar ta’ir etganda kimyoviy korroziya yuz beradi. Metallarga turli elektrolitlar ta’sir etishi natijasida elektrokimyoviy korroziya yuz beradi.
Metallar sirti havoda o`zgaradi, bunga sabab shuki, metallar sirti juda nafis oksid parda, ya’ni metal bilan havo kislorodi o`zaro ta’sir etishi natijasida hosil bo`lgan maxsulot bilan qoplanib qoladi. Odatda, temperatura oshirilganda bu protsess tezlashadi. Agar metall sirtida hosil bo`ladigan oksid parda, masalan, alyuminiy yoki rux sirtida paydo bo`ladigan oksid parda kabi juda zich bo`lsa, bunday parda metallni yana oksidlanishdan saqlaydi. Bu holda korroziya mahsulotlari shu metallni yemirilishdan saqlaydi. Boshqa metallar jumladan temir sirtida juda g`ovak parda hosil bo`ladi, shu sababli havo kislorodi pardadan o`tib ketadi; bunday parda metallni keyingi yemirilishdan saqlay olmaydi. Metallga (faqat kislorod emas) havoda bo`ladigan boshqa gazlar ta’sir etishi naijasida ham uning sirtida parda hosil bo`lishi mumkin.
Temir yoki temir qotishmalari ba’zi mineral kislotalar, masalan, konsentrlangan sulfat kislota yoki nitrat kislata bilan o’zaro ta’sir etishi natijasida ham ularning sirtida oksid pardalar hosil bo`ladi. Ammo shu usulda hosil qilingan oksid parda, temir bilan havo kislorodi o`zaro ta’sir etishi natijasida hosil bo`lgan pardaning aksincha, metallni keyingi yemirilishdan saqlaydi. Masalan, sirti yaxshi tozalangan temir plastinka konsentrlangan nitrat kislotaga botirib olinsa, metal sirtida zich parda hosil bo`ladi, bu parda metallni keyingi yemirilishdan saqlaydi. Bu holda nitrat kislota temirni passivlashtiradi. Konsentrlangan sulfat kislota ham temir sirtini huddi shu kabi passivlashtiradi.
Agar metal sirtiga elektrolitlar (kislotalar, ishqorlar va tuz eritmalari) tegsa, korroziya protsessi elektrokimyoviy mexanizm asosida boradi. Kimyoviy korroziya bilan elektrokimyoviy korroziyani bir-biridan chegaralash juda qiyin. Masalan, metall sirtida deyarli doim bo`ladigan suv pardasida



gazlar erib, elektrokimyoviy korroziya mazmunan qaralganda galvanik element ishini eslatadi, chunki texnikada ishlatiladigan metallarning deyarli hammasi bir jinsli bo`lmaydi. Metallga aralashgan har xil moddalar va bekorchi qo`shimchalar elektrodlar ro`lini, ya’ni ba’zi qo`shimchar – anod, ba’zilari – katod ro`lini bajarishi mumkin. Anod uchastkalar kislota eritmalari bilan duch kelganda eriydi, katodlarda esa vadarod ajralib chiqadi.
Masalan, po`lat plastinka xlorid kislotaga botirilganda har xil qo`shimchalar metallga nisbatan katod uchastkalar ro`lini o`taydi, vaholanki metallning o`zi qo`himcha moddalarga nisbatan anod vazifasini bajaradi. Xlor ionlari anod uchastkalariga qarab xarakatlanib, temir (III)-xlorid hosil qiladi, vadarod ionlari esa katod uchastkalariga qarab siljiydi. Bunda katod uchastkalarda vadarod ionlari zaryadsizlanadi va vadarod atomlaridan vadarod molekulalari hosil bo`ladi. Molekular vodorod gaz pufakchalari shaklida eritmadan ajralib chiqadi. Agar katodlarga kislorod berilmasa, adsorbsiya bo`lgani sababli, metall sekin-asta vodorodga to`yinib boradi, buning natijasida katod potensiallar hamda anod potensiallar tenglashib qoladi va metallning erishi sekinlashadi yoki batamom to`xtaydi.
Metallarning elektrolit eritmalarida erishini (korroziyasini ) qisqa tutashtirilgan g`oyat ko`p miqdor mikroskopik galvanik elementlarning ishlashi natijasidir, deb sxematik ravishda tasavvur qilish mumkin. Bunday elementlarga aralshgan qo`shimchalar, ko`pincha katod ro`lini, metallning o`zi esa anod ro`lini bajaradi.
Shuni takidlab o`tish kerakki, metallar sirti elktrokimyoviy jixatdan bir jinsli bo`lishiga yo`l qo`ymaydigan bekorchi qo`shimchalar aralashgani uchun emas, balki metall har xil tuzilgani, metall sirtining har joyda eritma tarkibi har xil bo`lishi va hakazolar ham shu metallning korroziyalanib, yemirilishiga sabab bo`ladi. Metallarning erishi bir-biriga bog`liq bo`lgan ikki protsessning natijasidir, deb sxema tarzida quyidagicha tasavvur etish mumkin: anod uchastkalarida

M + nH2O   M+   nH2O + e


Metall Atomlari metallning gidratlangn ioni elektron
Katod uchastkalarda

e + K+   nH2O   K + nH2O


electron gidratlangan katod

Agar metallar kkslota eritmalarida eritiladigan bo`lsa, manfiy zaryadlanadi, ya’ni ortiqcha elektronlar bo`lgan katod uchastkalarga vodorod ionlari yaqinlashib keladi. Vodorod ionlari katodda zaryadsizlanib vodorod atomlariga aylanadi, shundan keyin ular gaz (H2) pufakchalari shaklida eritmadan ajralib chiqadi. Katod uchastkalarda bo`ladigan bu protsess sxema tarzida quyidagicha yoziladi.





  1. 2H+ + 2e   2H   H2 

Agar metall kislorod ishtirokida eriydigan bo`lsa, protsess quyidagi sxema tarzida tasavvur etilishi mumkin:
Anod uchastkalarda

4M + nH2O   4M+   nH2O + 4e


Katod uchastkalarda



  1. 4e + 2H2O + O2   4OH-

Birinchi holdagi kabi, bunda ham, anod uchastkalarda metall ionlari eritmag o`tadi, ya’ni metall eriydi, ozod bo`ladigan elektronlar esa katod uchastkalarga qarab oqadi va kislorodni ionlab gidroksil ionlari hosil qiladi. Katodda boshqa protsesslar bo`lishi ham mumkin. Masalan, mis ionlari bor eritmalarda korroziya bo`lganda, mis ionlari zaryadsizlanib metall sirtiga yopishib qoladi.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish