Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi



Download 34,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi34,5 Kb.
#243306
Bog'liq
52.53.54


52-53.Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi.

Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, sememaso‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy

tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. MasalanLeksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi. Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat

dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalankitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir. Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, leksema ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo‘lmasligi lozim. Chunki u to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladigan deya jo‘nlashtirilmasligi lozim. Yoki shakl deganda moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi.Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi.

Semema grekcha σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksema so‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema –leksemaning ichki jihati.Shakl va mazmunning dialektik birligi hamda bu dialektik birlikning namoyon bo‘lish tabiati masalasi har qanday fanning ham eng markaziy masalalaridandir.Voqealarning namoyon bo‘lish formasi bilan mohiyati bevosita mos kelsa edi, u holda har qanday fan ham ortiqcha bo‘lib qolar edi..

Zero har qanday fanning, shu jumladan, tilshunoslikning ham, bosh maqsadi hodisaning shakli va mazmuni o‘rtasidagi munosabatni hamda bu munosabatning o‘ziga xos qonuniyatlarini aniqlashdan. iborat. Shuning uchun ham tilshunoslikda «shakliy va mazmuniy tahlilning bir-biri bilan dialektik ravishda bog‘langanligi» ko‘p ta’kidlanadi.

Chunki U.Veynreyx to‘g‘ri ko‘rsatganiday, ma’no va uning ifodasi o‘rtasidagi qat’iy moslik faqat ideallashtirilgan semiotik belgilargagina xosdir. Tilda esa, xususan, uning sintaktik sathida gapning shakliy va mazmuniy tarkiblari o‘rtasidagi aloqa behad murakkab va ko‘pincha ziddiyatli bo‘lib, ular bir-birlari bilan to‘liq muvofiq kelmaydi, ko‘pincha mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik (asimmetriya) mavjud bo‘ladi. Ana shunday nomuvofiqlik bo‘lmasa, tilshunoslikning oldida muammoning o‘zi ham bo‘lmas edi. Lekin gaplarning aksariyatida ana shunday nomuvofiqlik bor. Shakl va mazmunning bunday ziddiyatli tabiati tilning o‘ziga xos xususiyatidir. Muhimi shuki, til birliklarining shakli va mazmuni o‘rtasidagi dialektik ziddiyat ularning uzviy birligiga to‘sqinlik qilmaydigan emas, balki bu ziddiyat ana shunday birlik mavjud bo‘lgandagin mumkin bo‘ladi, bu tildagi qonuniy va ob’ektiv hodisadir.Til va uning birliklari fikrni shakllantirish, ifodalash vositasi bo’lganl igi sababli bizning ongimizda ular ikki tomonning — shakl va mazmun (ma’no, vazifa) tomonlarining birikmasi sifatida mavjuddir. Masalan, [kitob] lug’aviy birligi ongimizda moddiy tomondan [k], [i]), [t], [o], [b] kabi fonemalar tizmasidan iborat. Bu fonemalar tizmasi [daftar], [oynoma], [ro’znoma] va h. k. kabi lug’aviy birliklar bilan o’xshashlik munosabatlariga ega. [o’qi-], [yoz] kabi lug’aviy birliklar bilan, [-gaz], [-lar], [-im va h. q], [-ni], [ning] va h. q morfemalari bilan esa qo’shnichilik munosabatlariga kirisha oladigan ma’no bilan bog’langandir. Bu ma’no ongimizdagi «kitob» tushunchasi bilan, tushuncha esa hayotdagi, voqelikdagi (kitob) predmet bilan bog’liqdir.Sistem tilshunoslikda bularning har birining o’z nomi bor:

Moddiy tomon — substansiya, ifodalovchi, shakl, moddiy tomon, tashqi tomon, signal, nomema atamalari bilan;

Ma’no tomoni — ma’no, mazmun, ichki tomon, ifodalanmish, signifikat, funksiya, vazifa, qiymat, semema atamalari bilan ataladi.

Ob’ektiv borliqda (voqelikda) atab kelinayotgan predmet, narsa, buyum, belgi, xususiyat, harakat — holat, munosabat, miqdor va h. k. denotat (atalmish), designat atamalari bilan nomlanadi.

Shakl va mazmun haqidagi tasavvurlarning birikishi til birliklarining, jumladan, lug’aviy birliklarning tuzilish xususiyatlari ichida eng asosiysi hisoblanadi. Shakl va mazmun orasidagi bog’lanish tabiiy va shartli (ijtimoiy) bo’ladi. Masalan, odamning rangi so’lg’in, harakat va aks harakat kuchi pasaygan ko’rinishda (shaklida) bo’lsa, bu — uning betobligidan, zaifligidan xabar beradi. Shakl va mazmun orasidagi bunday bog’lanish tabiiy bog’lanishdir. Ayni vaqtda ushbu (a) harfini «a» sifatida talaffuz etish, bu belgini ( + )qo’shish alomati, buni (:) bo’lish alomati, quyidagi raqaml arni (1, 2, 3, 21) bir, ikki, uch, yigirma bir deb tushunish jarayonidagi shakl va mazmun bog’lanishi esa ijtimoiy (shartli) bog’lanishdir. Ushbu bog’lanishlar jamiyat tomonidan shu holatda qabul qilingan. Binobarin, jamiyat a’zolari ayni bog’lanishlarni jamiyatdan tayyor holda oladi, o’rganadi. Ularni qanday holda olgan bo’lsalar, shunday holda ishlatadi, aks hol da jamiyat uni qabul qilmaydi va unga tushunmaydi. Demak, shakl va mazmun orasidagi bog’lanishda —shakl va mazmun orasida hech qanday tabiiy bog ’lanish yo’q.Shunga ko’ra ijtimoiy bog’lanishlarni — shakl va mazmun munosabatlarini jamiyat qulayligini ko’zlab, o’zgartirish mumkin.

54——


Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi:

a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);

b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga). O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema,

ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:Semema va tushuncha munosabati. Lisoniy mohiyat sifatida sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki tushuncha, ikkinchidan, semema tushunchada qay tarzda aks etadi degan munozarada ko‘zga tashlanadi. Tilshunoslikda sememaga munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi:

a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga);

b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga).

O‘zbek tilshunosligida semema va tushuncha munosabati turlicha talqin qilinadi. Masalan, ayrim mutaxassislar semema, ko‘pincha, ongimizdagi ma’lum bir tushuncha bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblaydi. Tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa, tilga, leksemaga xos birlik. Кo‘p hollarda bir semema bir necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi:

a)ho‘l mevaning bir turi;

b)shu mevaning quritilgani;

d)shu mevani beradigan daraxt.

Shunga ko‘ra, tushuncha va semema o‘zaro hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Bu hodisa, ayniqsa, ma’nodosh leksemalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Кo‘rinadiki, lingvistik belgilardagi asimmetriya (nomutanosiblik) hodisasi semema va tushuncha munosabatida ham ko‘rinadi.

Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud.Birinchidan, semema ko‘pincha emas, balki har doim ham ongdagi tushuncha bilan bog‘langan. Semema tushunchaning ifodasidir. Olimlar tavsifda ko‘pincha so‘zini qo‘llashda sememaning har doim ham ma’lum bir tushuncha bilan bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha ifodalanadi: “Shuni ham aytish kerakki, yordamchi leksema sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki yordamchi

leksema, aytilganidek, qo‘shimcha va leksema ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘taydi. Ular shaklan leksema, mazmuni (vazifasi), sememasiga ko‘ra esa qo‘shimcha” (H.Ne’matov,

R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet).



Biroq yordamchi leksemalar morfema va mustaqil leksemalar ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini o‘tar ekan, ular nomustaqil leksemalar sifatida shaklan mustaqil leksemaga uyg‘un. Mazmun mundarijasi asosida grammatik morfema bilan bir qatorda turadi. Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq. Yordamchi leksema ma’nosi bilan qo‘shimchaga yaqinlashsa, nomemaga egaligi asosida leksema bilan uyg‘unlashadi. Bundankelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, leksema ta’riflanar ekan, ta’rif ta’riflanayotgan hodisalarni to‘liq

qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim.Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq bo‘lmasligi, unda, baribir, ayrim hodisalar “ta’rifga sig‘may qolishi” ta’kidlanadi. Bir necha tushunchani o‘zida mujassamlashtirgan leksemaning mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi.
Download 34,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish