Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 217 Kb.
bet2/6
Sana12.05.2022
Hajmi217 Kb.
#602326
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi dav

Kurs ishining maqsad va vazifalari:Mazkur kurs ishidan maqsad quydagilar:

  • Jamoalashtirishgacha bo’lgan davrda O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlarini o’rganish.

  • Sovetlarning yer – suv islohotlari siyosatining maqsadini o’rganish

  • Jamoalashtirish siyosatining oqibatlarini o’rganish va tahlil qilish.

  • Sotsialistik qayta qurish va jamoalshtirish masalalarining hujjatlardagi tavsifini yoritish.

Kurs ishining obiyekti: Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati va uning og‘ir oqibatlari.
Kurs ishining predmti: Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati va uning og‘ir oqibatlarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishi kirish, ikki bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I Bob. O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari

    1. Sovetlarning yer – suv islohotlari

Azaldan sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mutlaq ko'pchiligi qishloq xo'jaligida band bo'lgan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o'lka aholisining anchagina qismi yersiz edi. Bir parcha yerga muhtoj bo'lganlar boylar, zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga ko'plab serhosil, unumdor yerlar Rossiyadan ko'chirib kelinganlar rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkistondagi bu mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham, mahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining "Yer dehqonlarga" degan va'dalari, da'vatlariga umid bog'lab, uning yer to'g'risidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga ko'z tikib kelayotgandi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko‘zlangan bosh maqsadi va asosiy yo‘nalishlarini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshein shunday ifodalagan: «Bu markaziy masalada uch ko‘rinish mavjud. Agar birinchisida yarqirat turgan yozuv «Paxta» boisa, ikkinchisida «Sug‘orish» va nihoyat, uchinchisida uncha ko‘zga tashlanib turmagan boisa ham, aslida hammasidan muhimi - «ruslami ko‘chirib keltirib o‘mashtirish>; yozuvi turibdi»1. Podshohning vaziri markazning Turkistondagi mustamlaka siyosatining asosiy yo‘nalishlarini juda lo‘nda, muxtasar tarzda, ya’ni «paxta», «sug‘orish», «ruslami ko‘chirib keltirish» kabi uch so‘zda ifodaladi. A.V.Krivoshein o‘z fikrlarini aniq dalillashga urinib, masalaning dastlab iqtisodiy tomoniga urg‘u beradi. «Bizning ichki bozorimizga, so‘nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida 700 million mbl toiashga to‘g‘ri keldi. 1900 yildan esa yiliga 40 million mbldan to iab kelmoqdamiz»2. Turkistonning Rossiya saltanati uchun bebaho tabiiy boyliklai makoni ekanligi masalasiga, ya’ni mavzuning sof iqtisodiy tomoniga Sankt-Peterburg alohida e ’tibor qaratgan edi. Oliy lavozimli yana bir arbob M.Brodovskiy Turkiston oikasining Rossiya manfaati bobidagi o‘mi va ahamiyatini yanada ixchamroq qilib ifodalaydi. «Imperiyaga qo‘shib olingan bu hududga, - deb yozgan edi u, - imperiya bilan chambarchas bogiangan mustamlaka sifatida qaralishi lozim... Bu joy Yevropa Rossiyasi manufaktura sanoati ehtiyoj sezayotgan janubiy iqlim mahsulotlarini yetishtirishga qodir. Qisman ko‘chmanchi chorvador va qisman o‘troq, asosan dehqon aholi yashaydigan bu mustamlakada manufaktura sanoati juda past rivojlangan. Shuning uchun ham u tabiiy ravishda Yevropa Rossiyasi manufaktura mahsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi»3. Podshoh amaldori Turkistonning mustamlaka sifatidagi ahamiyatini davom ettirib «istilo etilgan bu yerlardagi bo‘sh yerlarga hukumat xo‘jayin ekanligini hisobga olsak, O‘rta Osiyodagi mulklarimiz ichki gubemiyalardagi ortiqcha aholini ko‘chirib keltirishga imkon bemvchi mustamlaka ahamiyatini kasb etadi», degan xulosaga keladi. 1886 yilgi «Nizom» oikaga ms aholisini ko‘chirib keltirish yo‘li bilan oikani mslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab,unga siyosiy tus berdi. К о‘chib keluvchilarga 10 tanobdan kam bo‘lmagan yer ajratish belgilandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Turkistonga kelib o‘mashish va yer-mulkka ega bo‘lish huquqi faqat nasroniy dinining pravoslav mazhabidagilargagina berildi. 1886 yilgi qonunga ko‘ra o‘lkaga ko‘chib keluvchilarni tanlash va joylashtirish tartiblari belgilandi. «Bo‘sh davlat yerlari»ga birinchi navbatda xizmatdan bo‘shagan zaxiradagi zobit, quyi unvondagi harbiy xizmatchilar joylashtirilishi alohida ko‘rsatildi. Ammo qonunda «Bo‘sh davlat yeri» atamasida qanday yerlar nazarda tutilganligiga izoh berilmagan. Holbuki, ana shu masala o‘lkadagi yer-suv munosabatlariga bevosita aloqador bo‘lib, u keyinchalik o‘tkir muammoga aylandi. Er-suv munosabatlarida chorizm ikki maqsadni ko‘zlab ish tutgan. U 0 ‘rta Osiyoda o‘z hukmronligini mustahkamlash va uning iqtisodiy imkoniyatlaridan mustabid Rossiyaning hukmron tabaqalari manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilgan. Shu maqsadlar uchun mahalliy hukmron doiralaming qarshiligini sindirish, o‘lkada amalda bo‘lgan qadimiy munosabatlami saqlab qolish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga imkon bermaslik kerak edi. Uzoqni ko‘zlagan maqsaddan kelib chiqqan holda Rossiya Turkistonda olib borgan yer-suv munosabatlarida quyidagi siyosatni o‘gkazdi: 1. O ikadagi barcha yerlar davlat xazinasiga tegishli, deb e’lon qilindi. 0 ‘troq mahalliy aholiga yer merosiy yakka jamoa egaligi tariqasida, ko‘chmanchi aholiga esa muddati cheklanmagan tarzda jamoa boiib foydalanish uchun topshirildi. 2. 0‘troq joylarda yer undan amalda foydalanayotganlarga biriktirildi. Bu tartibga binoan sud organlariga yer-suvga oid munozarali masalalami hal etishda qozilar tomonidan berilgan yerga egalik qilish haqidagi hujjatlariga - vasiqalarga tayanmay, aksincha, yerdan kim amalda foydalanayotganiga qarabish tutish lozimligi haqida ko‘rsatma berildi. 0 ‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta yer egalari dehqonlarga ijaraga bergan yerlar endilikda ijarachilarga merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. Chorizmning yer-suv sohasidagi bunday «tantiligi»ning sababi, birinchidan, Rossiyaning dastlabki yillarda qo'chirish ehtiyojlari uchun zarur yer jam g‘armasiga muhtoj bolm agani, ikkinchidan, bu sohada o‘ziga raqib boigan mahalliy zodagonlar bilan kurashda keng mehnatkashlar ommasini betaraf qilib qo‘yish edi. 3. Ko‘p hollarda vaqflar avvalgi tarzida qoldirildi, ammo ayrim hollarda vaqf yerlarini davlat ixtiyoriga olish ham mumkinligi belgilandi. 4. Sobiq imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga boshqalar qatori soliq solindi. Ular endi xususiy mulk emas, balki davlat yerlari deb ataldi va dehqonlarga merosiy ravishda egalik qilish va foydalanishga topshirilgani m a’lum qilindi. 5. Shahar tashqarisida rus aholisiga yer ajratish ham taqiqlandi. 6. Evropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholiga qarashli yerlami sotib olish mutlaq man etildi. Bu ta’qiq 90-yillar oxiriga qadar o‘z kuchini saqlagan. 1886 yilgi «Nizom»da mahalliy aholining yerga egalik qilishi «odat bo‘yicha» deb belgilangani holda, uning yerga qonunan xo‘jayin, yo xo‘jayin emasligiga doir aniq ta’rif kiritilmadi. Rus qonunlari podshohlik yerlariga nisbatan xonliklar davridagi huquqni rasmiylashtirdi, lekin ular tub aholi ko‘pchiligining yerlarini ularga shaxsiy mulk sifatida biriktirmadi. Chorizmning 1867-1916 yillar davomida yer-suvga egalik masalasidagi hujjatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, rus amaldorlari o‘rtasida Turkistondagi yerlarga egalik masalasida ikki xil nuqtai nazar hukmronlik qilgan. Birinchisi, Turkiston o‘lkasini rus mustamlakasi sifatida o‘zlashtirishda dvoryan-pomeshchiklaming fikri. Rus dvoryanlari Turkiston dehqonlarini 1861 yil islohotiga qadar davlat dehqonlari, ya’ni huquqsiz dehqonlar sifatida ishlagan rus krepostnoylari ahvoliga tushirishni istashgan. Ikkinchisi, Rossiya burjuaziyasining fikri. Ular Turkiston dehqonlarini erkin yer egalari deb e ’lon qilishni, ulaming o‘z yerlaridan shaxsiy mulk sifatida foydalanishlarini istab, shu yo‘1 bilan Turkiston qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarga keng yo‘1 ochishn ko‘zlagan Rus amaldorlari tuzgan va joriy etgan qonunlarda ana shu ikki qudratli sinflar manfaatlari to‘qnashuvi o‘z aksini topdi. Rossiya Turkiston uchun chiqargan qonunlarida rus mustamlaka qulligi makkorona niqoblanib, ulaming moddalari bir-birlaridan battar beburd va beqaror bo‘lgan. Aslida, Turkistonni ezish hamda talashda rus dvoryanlari va burjuaziyasi yakdil bo‘lgan. Lekin uning yo‘llari, shakl va uslublari o‘rtasida kuchli ixtiloflar bor edi. 1882-1884 yillarda o‘lkada taftish o‘tkazgan imperatoming haqiqiy maxfiy maslahatchisi Girs o‘z hisoboti va podshohga taqdim etgan qonun loyihasida ms burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan edi. U Turkiston dehqonlari o‘z yerlarining to‘la xo‘jayinlari bo'lgan holda imperiya sanoatiga xom ashyo yetishtirish uchun shartsharoitga ega boiishlarini yoklab chiqdi. Girs tayyorlagan qonun loyihasida barcha yerlar, yaylovlar dehqonlarga, qishloq ahliga mavjud «odat bo‘yicha har biriga alohida ravishda va to‘la xususiy mulk sifatida biriktirilishi zarur»4 ekanligini ta’kidladi. Maxfiy maslahatchi Girs o‘zining taftish yakunlarini ifodalagan taqdimnomasida yer-suv munosabatlariga to‘xtalib shunday deb yozgan: «Turkiston oikasidagi har bir qishloq uchastkalarga bo’linadi, ulaming egalari undan odat va meros yoki hujjatlarga ko‘ra to‘la xo‘jayin sifatida foydalanadilar. Ana shu yerga egalik shaklidan xalq mamnun ekan, bu shaklni saqlab, uni qonunan tasdiqlash kerak»5.
Ammo dvoryan-pomeshchiklar, burjuaziya fikriga qarama-qarshi o‘laroq Turkiston yerlarini talon-toroj qilishni istaganlar. Bu esa ms burjuaziyasi uchun xom ashyo manbalarini kamaytirar va oqibatda ras mollari bozori doirasini cheklashga olib kelgan. Dvoryanlar va burjuaziya fikrlaridagi qarama-qarshilik Sankt-Peterburgning hukmdor tabaqalari doirasida o‘z ifodasini topib, ular ham qonun loyihalarida ham bir-biriga zid moddalami o‘ylab topganlar. Podsholik Rossiyasi bu ikki qutbni o‘zaro yaqinlashtirish va murosaga keltirishga uringan. Ammo, ko‘pincha imperator hukumati, Davlat Kengashi va Vazirlar qo‘mitasi dvoryanlarga yon bosgan. Podsho hukumati Turkiston o‘lkasidagi o‘troq aholining yerlarini qishloq jamoalari va qishloqlarga berkitib soliq yig‘ishda «doiraviy javobgarlik»ni joriy etdi. Bunda soliq birligi sifatida awalgidek yakka hovli - xo‘jalik emas, balki butun qishloq, yo jamoa olindi. Rus amaldorlari kambag‘allar uchun ulaming boy qarindoshlari yoki hamqishloqlari uning solig‘ini to‘lab yuborishlarini bilib, shu odatni qonunlashtirdilar. Ko‘pineha soliq yig‘uvchilaming o‘zlari kambag‘allaming solig‘ini toiab, keyin uni ortig‘i bilan undirib olishgan. Sankt-Peterburg kiborlar doirasi vakili, Turkiston oikasini 1908-1910 yillarda taftish qilgan senator graf K.K.Palen ana shu odat haqida o‘z fikrini shunday ifodalagan: «Rus ma’muriy organlari butun omma bilan emas, balki uning manaplari, sultonlari va boylari bilan muomalada boiishni afzal ko‘radilar, xuddi shular turmushning bir maromda tinch o‘tishi va hukumat farmoyishlari bajarilishini bekamu-ko‘st ta’minlashga qodirlar»6. Soliq yig‘ishda odamlaming qanday yo‘l tutganligini tumanboshilar yig‘inida (1898) Kattaqo‘rg‘on vakili shunday ifodalagan edi: «Soliqlar kambag‘allarga ko‘p, boylarga esa kam tushadi»7. Chorizmning bunday siyosati mahalliy dehqonchilikning kapitalistik asosda rivojlanishiga xalal bergan. Eski munosabatlaming saqlanib qolishiga imkon beruvchi tartib-qoidalari esa o‘lka qishloqlarida sudxo‘rlikning keng ildiz otib, qishloq xo‘jaligining taraqqiyot yo‘lini bo‘g ‘ib qo‘ygan.
Turkistonda qonun kuchini olgan 1886 yilgi «Nizom»da tilga olingan «bo‘sh davlat yerlari» atamasi ruslar tomonidan mahalliy dehqonlaming yerlarini tortib olishda dastak bo‘Idi. Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlaridan yer taqchilligidan qutulish siyosati oqibatida mustamlaka Turkistonda boyish uchun ms mujiklari beto‘xtov oqib kelaboshladi. Ular ma’muriyatning ijozatisiz ham o‘lkaga kelib o‘zboshimchalik bilan tub aholiga qarashli yerlami egallay boshlashdi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkistonga 1300 oila ko‘chib kelib joylashib, 19 ta ms qishlog‘i tashkil topdi. Ayniqsa, 1891-1892 yillarda Rossiyada ocharchilik boshlanganda Turkistonga ko‘chib keluvchilar nihoyatda ko‘payib ketdi. Ana shu ikki yil davomida 25 ta yangi ms qishlog‘i (posyolkasi) paydo bo‘lib, ms dehqonlari soni ikki barobarga ko‘paydi. Mahalliy aholi bilan ms dehqonlari o‘rtasida yer-suv masalasida, sug‘orish inshootlaridan foydalanish xususida o‘zaro to‘qnashuvlar kuchaydi. Bu to‘qnashuvlarda ms m a’muriyati ms dehqonlari tarafida bo‘ldi. Masalani odilona tinch yo‘1 bilan bartaraf qilishga uringan ayrim amaldorlar quvg‘inga uchradi. Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘I soldatchasiga 1882 yilda shunday deb yozgan: «Baribir, ochiqchasini gaplashadigan va tan oladigan payt keladiku, axir! Bizning ishimiz avvalo ruslamiki, milliy ms ishi... qirg‘izlar joylashgan yer ulamiki emas, balki davlatnikidir. 0 ‘troq ms nufusi ulami o‘lkadan siqib chiqarishi yoki butkul qirib tashlashi darkor»1. Xuddi ana shunday ruhda ishlab chiqilgan 1889 yil 13 iyuddagi qonun ko‘chib kelgan mslarga imtiyozlar va moddiy yordam berishni belgilab berdi. Turkistonni mslashtirish siyosatida keskin burilish 1892 yilda boshlandi. Xuddi shu yili Rossiyadan o'zboshimcha ko‘chib kelgan minglab «kelgindilar» m a’muriyat nazorati bilan kelganlar qatori ularga berilgan huquqlardan foydalanishlari mumkinligi joriy qilindi. 0‘z yerlaridan dehqonlaming chekka o‘lkalarga ketib qolishiga qarshilik qilgan ms pomeshchiklari ham mamlakatda kuchayib borayotgan dehqonlar harakatidan xavotirlanib, «to‘polonchi unsurlar»ning Turkistonga ketishiga xayrixohlik ko‘rsata boshladi. Mustamlaka o‘lkasiga mslami ko‘chirish masalasi bilan shug‘ullanuvchi maxsus idora - «Ko‘chirib keltirish boshqarmasi» tashkil qilindi8. Chor hukumati 90-yillar oxiridan ms dehqonlaridan kam yerli va yersizlarga «Osiyo Rossiyasida bo‘sh yotgan erkin yerlardan» foydalanishga keng imkoniyat yaratdi. Shunday qilib, podsho hukumati Rossiya dvoryan-pomeshchiklari manfaatini ko‘zlab, ulami «ichki balo» boim ish kambag‘al dehqonlar xumjidan saqlash aiyatida, Turkiston yerlarini ularga ehson qildi. Ichki norozilikni esa mustamlaka xalqini ezish, ulami yanada kambag‘al va nochor ahvolga tushirish hisobidan bosishga urindi. Chorizm joriy etgan qonunlar majmuasi boTmish 1886 yilgi «Nizom»da o‘troq mahalliy aholiga yerga egalik qilishda «yarim mulkchilik» o‘matilgani dvoryanlami qoniqtirmagan edi. Bu qonunning 270-moddasiga ko‘ra, o‘troq aholiga yer avloddan-avlodga meros tarzida foydalanishga, azaliy udum bo‘yicha taqsimlanishga berilgan, ko‘chmanchi aholiga tegishli yerlari esa davlatniki deb e’lon qilinib, ular ko‘chmanchilarga foydalanishga berilishi qayd qilingan edi. Imperiyadagi katta yer egalari - pomeshchiklar hukmron dvoryanlar sinfi vakillari sifatida Nizomdagi bu moddaga qarshi chiqdilar. Ulaming talabi bilan Davlat Kengashida bir qancha oliy amaldorlardan iborat komissiyalar ish ko'rishdi. Ammo buijuaziya vakillari ham qarab turmay, o‘z manfaatlarini himoya qildilar. Rossiyaning savdo-sanoat doiralariga Turkiston paxtakori va pillakori kerak edi. Shuning uchun ham 1886 yilgi «Nizom»ning 270-moddasini qayta ko‘rib chiqqan maxfiy maslahatchi Kobeko raisligidagi oliy vakolatli komissiya dvoryanlar talabini e’tiborsiz qoldirib, bu moddaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishni rad qildi. 1896 yili shu tariqa Turkiston yerlari taqdiri masalasida ms burjuaziyasining qo'li baland keldi. Pomeshchiklar 1910 yildagina o‘z niyatlariga etdilar. To'qimachilik sanoati uchun Turkiston paxtasining hal qiluvchi roli haqida podshoh vazirlaridan Krivoshein imperatorga yoilagan axborotida lo‘nda qilib shunday degan: «Turkistonning har bir pud g‘allasi ms va Sibir g‘allasiga raqobatbardordir. Turkiston paxtasi esa Amerika paxtasiga raqobatbardordir. Shuning uchun o‘lkaga qimmatga tushsa ham, g'alla keltirib berish lozim»9. Paxta yakkahokimligini o‘rnatish haqidagi bunday g‘oyani Turkiston generalgubematori qoilab-quvvatlab, bu tadbir hukumatga yiliga 70 million oltin rublni tejashga imkoniyat yaratishini uqtiradi. Uning fikricha, «ko'p millionli vatan paxta tolasini qayta ishlash sanoatini Kutubxonasi xonavayron bo‘lishdan saqlovchi kafolat rolini o‘ynashi - mana shu Turkistonning Rossiyaga koisatadigan buyuk iqtisodiy xizmatidir»10. Paxta yakkahokimligini o‘matish maqsadida Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan paxtadan butunlay boj olinmaydigan boidi. 1879 yildan esa boj yigim i har pud paxtadan 40-50 tiyin miqdorida belgilandi. Soliq olishda ham paxtakorlarga ayrim imtiyozlar berildi. Moliya vazirligi rus burjuaziyasining Turkiston paxtachiligini rivojlantirishdagi harakatlarini faol quw atlab turdi. Rus shovinistlari qarashini o‘zida ifodalagan Rossiya matbuoti ana shu sohada fikr bildirib, «Turkiston amaldori doimo qirgiz va sartning tarafini olib, ruslarga qarshi boradi, chunki qo‘ymijoz tuzemeslar ulaming aldashiga laqqa tushadi. Ruslami esa bunday laqillatib boim aydi, shuning uchun «yo‘qolsin mslar, yashasin tuzemeslar!» deb xitob qilishmoqda»11, degan xulosaga kelgan edi. Mustabid saltanat markazi talabi bilan 1905 yilda ziroat va dav-lat mulklari vazirligi tarkibida «Ko‘chiruvchilik boshqarmasi» tuzildi. Turkistonda esa 1906 yilda «Sirdaryo ko'chiruvchilik rayoni» tashkil etilib, mahalliy aholi yerlarini ms mujiklari uchun tortib olib berish rejali tus oldi. Turkistondagi mustamlaka ma’muriyati bundan aw al bu sohada o ‘z holicha ish tutgan boisa, endilikda mahalliy aholi yerlarini tortib olish bevosita markaz tomonidan boshqariladigan va izchil amalga oshiriladigan boidi. Natijada XX asr boshida ms kelgindilarining soni 175 mingdan oshib ketdi. Turkiston aholisining atigi 5 foizini tashkil etuvchi ms mustamlakachilari qoiiga ekin ekiladigan hosildor yerlaming 60 foizi berib qo‘yilgan edi12.



Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish