Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet136/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Sobir Rahimov tumani—Toshkent shaxrining shimoli-g’arbida 1970 yili tashkil etilgan. Aholisi —279,6 ming kishiga teng (2001 i.).
Ushbu tumanda Toshkent sanoat majmuasining 4,7 foiz mahsuloti yaratiladi. Sanoat mahsuloti xajmi 2000 yili 1999 yilga nisbatan 133,7 foizga o’sgan. Tumanda jami 55 sanoat korxonasi bor: «Mikond», «Agregat», «Podshipnik», «Kom­pressor», tajriba-mexanika, ekskavator ryomonti, chinni zavodlari, «Toshkentmarmar», «Toshkent» mebel ishlab chiqarish birlashmalari, bosh kiyimlar fabrikasi eng yirik korxonalar hisoblanadi.
Tuman hududida 15 ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlari, Mustaqil davlatlar hamdo’stligidagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lgan O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, 2-Toshkent tibbiyot instituti, 6 o’rta maxsus o’quv yurtlari joylashgan.
Hozirgi kunda tumanda 42 ta o’rta maktab, 2 ta akademik litsey, 20 dan ortiq davolash-profilaktika muassasalari ishlab turibdi. Madaniy muassasalardan Yosh tomoshabinlar teatri, Respublika tabiat muzeyi joylashgan.
Akmal Ikromov tumani—Toshkent shaxrining sharqida, 1977 yili tashkil etilgan. Aholisi 225 ming kishi (2001 i,). Maydoni bo’yicha 7,3 foizga, aholi soniga ko’ra 10.5 foizga teng, A.Ikromov tumani sanoat mahsuloti xajmiga ko’ra Toshkent sanoat majmuidagi eng kuchsiz tumanlardan xisoblanadi. Jumladan, 2000 yili barcha sanoat mahsuloti xajmida uning ulushi atigi 2,0 foizni tashkil etgan, holos. 2000 yili sanoat mahsuloti xajmi 1999 yilga nisbatan 118,7 foizga o’sgan.
Tumanda jami 26 ta sanoat korxonasi bor. Shulardan yirik sanoat korxonalariga—«Sredazgazavtomatika», «Sig­nal» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, «Progress», «Chevar» ishlab chiqarish birlashmalari, «Toshinterm» O’zbekiston—Xitoy qo’shma korxonasi, milliy musiqa asboblari fabrikasi, hisoblash texnikasi ryomonti, tajriba-mexanika zavodi, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jixozlari hamda stanoksozlik tajriba-eksperimental mexanika zavodi, yigiruv-to’quv fabrikasi kiradi.
Bu erda oliy o’quv yurtlaridan Jahon tillari universiteti, Yuridik texnikumi, 37 ta o’rta maktab. 2 akade­mik litsey, 6 davolash-profilaktika muassasalari mavjud. Farxod bozori shu tumanda joylashgan.
Hamza tumaniToshkentning janubi-g’arbida joylashgan. Aholisi 209,2 ming kishi (2001 i), maydoni va aholi soniga ko’ra mos ravishda Toshkent shaxrining 10,6 va 9,8 foizini tashkil etadi.
Hamza tumani sanoat mahsuloti ishlab chiqarish xajmi bo’yicha Toshkent shaxrining eng qudratli tumani hisoblanadi. Chunonchi, 2000 yili sanoat mahsuloti xajmi 22,5 foizni tashkil qildi. Mahsulot ishlab chiqarishda og’ir sanoat korxonalarining ulushi katta. Sanoat mahsulotining 96,1 foizi nodavlat sektorida ishlab chiqariladi.
Tumanda 54 sanoat korxonalari mavjud.
Yirik sanoat korxonalari: Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, «Tashselmash» (Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi), «Pod’emnik» zavodi, Pla­stmassa zavodi, asfalt-beton zavodi, vino, yog’-moy kombinatlari, don mahsulotlari ishlab chiqarish birlashmalari korxonalari, qog’oz fabrikasi, uysozlik kombinatlari va hk.
Shuningdek, tuman hududida teplovoz va vagon depolari, «Toshkent yuk ortish-tushirish stantsiyasi», FA Prezidiumi, ilmiy-tadqiqot institutlari, 1-Toshkent tibbiyot instituti, o’rta maxsus o’quv yurtlari, 35 o’rta maktab, akademik litsey, 20 ga yaqin davolash-profilaktika muassasalari ham joylashgan.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish