Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Aholisi va mehnat resurslari



Download 2,96 Mb.
bet142/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Aholisi va mehnat resurslari. Jizzax viloyatining aholisi 2001 yil yanvar ma’lumotiga ko’ra, 991 ming kishi uning aksariyat qismi qishloq joylarda yashaydi.
Zichlik 1 km2 ga 48,5 kishi (2001 yil). Aholisining soni buyiga Respublikada Xorazm viloyatidan keyin 10-o’rinda turadi.
Viloyatda mamlakatning boshqa hududlariga xos aholi o’sishining yuqori darajada saqlanib qolayotganligini kuzatish mumkin. Qolaversa, 70-yillardagi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy qayta taqsimlanishi nafaqat Jizzax viloyati aholi sonining o’zgarishida, balki uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ham katta ahamiyat kasb etgan. O’sha paytda aholining shakllanishida tabiiy ko’payish bilan bir qatorda aholining mexanik xarakati ham asosiy manbalardan biri bo’lgan.
Jizzax viloyati aholisining hududiy joylashuvidagi holat Respublika o’rtacha ko’rsatkichidan pastroq aholi xudud bo’yicha notekis taqsimlangan. Jumladan, Nurota tizma tog’larining shimoliy yon bag’rida joylashgan Forish rayonida 1 km2 joyga 7,3 kishidan to’g’ri kelsa, Paxtakor rayonida aholining zichligi eng yuqoridir (147,5).
Mintaqada aholi asosan tabiiy ko’payish hisobiga oshib borayapti. Uning eng yuqori ko’rsatkichi 1985—1986 yillarda kuzatiladi. Xuddi shu yillari tug’ilish xar ming kishiga 43,6 tadan to’g’ri kelgan va bu jarayon 1990 yillargacha saqlanib qolgan.
Geodemografik jarayonlardan hududiy farqlarni quyidagicha ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Tabiiy o’sish sur’ati eng yuqori bo’lgan tumanlar - Baxmal, Zomin, Jizzax;
2. O’rtacha ko’rsatkichga ega tumanlar - Zarbdor, Forish, Yangiobod, Do’stlik;
3. Tabiiy o’sish sur’ati nisbatan past bo’lgan tumanlar: Arnasoy, Zafarobod, Paxtakor, Mirzacho’l va Jizzax shaxri.
Tabiiy o’sish sur’ati baland bo’lgan rayonlardagi axolining milliy tarkibida O’zbeklar ko’pchilikni tashkil etadi (90 — 96 foiz).
Demografik vaziyatning yana bir omili bo’lgan aholi o’limi darajasi tug’ilish singari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunonchi, 1982—1983 yillarda o’lim 7,5 promillega teng bo’lgan bo’lsa, 2000 yilda esa uning darajasi 4,4 promillega tushganligini kayd etish mumkin. Viloyatning tog’ va tog’ oldi, adir mintaqalarida joylashgan Baxmal, G’allaorol, Zomin rayonlarida aholi o’limi mintaqa umumiy ko’rsatkichdan biroz yuqori (24-jadval). Sababi, ushbu hududlardagi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash past darajada. Natijada turli yuqumli kasalliklarning paydo bo’lishi, tug’ilishning ko’pligi, yosh bolalar va 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida o’limning nisbatan ko’pligi umumiy o’lim darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi.
Aholi tarkibida mahalliy millatlar ko’p sonli bo’lib, uning 85 foizga yaqinini O’zbeklar tashkil etadi. 1979 — 1989 yilgi aholi ruyxati ma’lumotlariga binoan O’zbekistonda yashovchi O’zbeklarning 3,6—4,0 foizi Jizzax viloyatiga to’g’ri kelgan.
Ikkinchi tub aholi — qozoqlar asosan Forish, Arnasoy, Mirzacho’l, Zafarobod rayonlarida yashashadi. Mintaqada, bundan tashqari, kirgizlar (Do’stlik, Baxmal, Arnasoy), tojik, rus, tatar kabi boshqa millat vakillari ham istiqomat qilishadi.
Jizzax viloyati jami aholisining 47,2 foizi (2001 yil) mehnat resurslaridan iborat va ular yiliga 24,2 ming kishiga ko’payib bormoqda. Iqtisodiy faol aholi 295 ming, shundan 64,3 foizi iqtisodiyotda band. Rasman ruyxatga olingan ishsizlar soni 1,2 mingni tashkil qiladi. Oxirgi yillarda, barcha mintaqalarda bo’lgani singari, aholini ish bilan ta’minlash muammosi bu erda ham mavjud.
Jizzax Respublikada urbanizatsiya darajasi past bo’lgan viloyat hisoblanadi. Ammo, bu erda mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari borligini ko’rish mumkin. Buning uchun mavjud qazilma konlari asosida sanoatni rivojlantirish, viloyat ichida mehnat resurslarini qayta taqsimlash talab etiladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish