Xo’jaligi. Jizzax viloyatining xo’jaligi mamlakatimiz aksariyat hududlari kabi agrar-industrial taraqqiyot yo’lidan borayotganligini ta’kidlash zarur. Mirzacho’l xududiy-ishlab chiqarish majmuida viloyat xo’jalik ixtisosi paxtachilik bilan bog’liq tarmoqlarning jadal rivojlanayotganligi bilan asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari, bu erning tabiiy iqlim sharoiti g’allachilik, lalmikor g’allachilik, bog’dorchilik, pillachilik, meva-sabzavot etishtirish, chorvachilik kabi qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay.
Sanoatda rangli metall ruldalarini qazib olish, oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlari alohida ahamiyatga ega. Ushbu tarmoqlarni rivojlantirish hududda mulkchilikning turli shakllariga molik korxonalarni vujudga keltirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish asosida olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |