Lingvistikada so’z belgiligi nazariyasining vujudga kelishi va taraqqiyoti



Download 16,82 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi16,82 Kb.
#655917
Bog'liq
Xurshid taqriz


Fazliddinov Xurhid Abduvafo O’g’lining Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
Lingvistikada so’z belgiligi nazariyasining vujudga kelishi va taraqqiyoti”
Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
T A Q R I Z
An’anaga ko’ra, belgi deyilganda biror narsaning odam yoki jonivor ongiga ta’sir etishi va shu orqali boshqa bir narsa haqida xabar berishi, ma’lumot yetkazishi tushuniladi. Belgi besh sezgi a’zosi yordamida bilish mumkin bo’lgan narsa yoki so’z bo’lishi mumkin.
Belgi jarayoni o’z tarkibiga ong, ongga ta’sir etuvchi narsa va shu narsa asosida hosil qilinadigan boshqa bir narsa haqidagi xabar kabilarni qamrab oladi.
So’zga belgi sifatida qarash antik falsafa davrida vujudga kelgan. Ma’lumki, bu falsafa o’z tarkibiga barcha xususiy fanlarning ilk muammolarini qamrab olgan naturalistik falsafa edi. Unda so’zning borliqqa, so’z tovush tomonining o’z predmetiga munosabati, borliqning so’zda in’ikos etishi masalalari muhokama etilgan. Bu o’rinda shuni eslatish o’rinliki, yunon faylasuflari “so’z” atamasini har xil ma’nolarda, ya’ni so’zning faqat tovush tomoni uchun ham, yaxlit (tovush tomon + ma’no) so’z uchun ham, faqat ma’nosi uchun ham qo’llayverganlar.
Mazkur dissertatsiya mavzusining dolzarbligi so’zning belgilik muammolarini leksikosemiotik jihatdan tadqiq etishning o’ziga xosligidadir, unda lisoniy belgi bilan bog’liq bo’lgan inson omiliga, xususan, til belgisini qo’llashga bo’lgan ehtiyoj, nutq tovushlaridan leksik belgi hosil qilish, belgi yuborish va uni qabul qilish imkoniyatlari, talablari kabi ekstralingvistik omillarga katta e’tibor beriladi.
Dissertatsiyaning maqsadi so’zning ifodalovchi va ifodalanmish tomonlarida belgilikning voqelanish xususiyatlarini aniqlash va shu asosda so’zning belgili tabiati haqidagi mavjud konsepsiyalarga yangiliklar kiritishdan iborat.
Dissertatsiyaning ob’ektini ong (tafakkur) faoliyati bilan bog’liq bo’lgan belgi turlari tizimi tashkil etadi.
Dissertatsiyaning predmeti belgilik xususiyatiga ega bo’lgan mustaqil va oraliq (taqlid, undov, modal) so’zlardir.
Dissertatsiyaning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati dissertatsiya materiallari va xulosalaridan til nazariyasi bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarda, umumiy tilshunoslik, leksikologiya va leksik semantika, lingvosemiotika bo’yicha darslik, qo’llanmalar yaratishda, so’zning belgili tabiati bo’yicha maxsus kurs va seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, umumiy hajmi 90 sahifani tashkil etadi.
Taqrizchi:
Filologiya fanlari bo’yicha
falsafa doktori (PhD) Mardiyev T.
FAZLIDDINOV XURHID ABDUVAFO O’G’LINING MAGISTR AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN
LINGVISTIKADA SO’Z BELGILIGI NAZARIYASINING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOTI”
MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA
MULOHAZA
Ma’lumki, ong asosidagi bilish shartli ravishda ikki, ya’ni hissiy (empirik) va aqliy (rasional) bilishga ajratiladi . Hissiy bilish barcha turdagi jonivorlarga, aqliy bilish esa insonlargagina xosligi bilan farq qiladi. Har ikki bilish bosqichida ham belgilar asosida ish ko’riladi.
So’zga belgi sifatida qarash antik falsafa davrida vujudga kelgan. Ma’lumki, bu falsafa o’z tarkibiga barcha xususiy fanlarning ilk muammolarini qamrab olgan naturalistik falsafa edi. Unda so’zning borliqqa, so’z tovush tomonining o’z predmetiga munosabati, borliqning so’zda in’ikos etishi masalalari muhokama etilgan. Bu o’rinda shuni eslatish o’rinliki, yunon faylasuflari “so’z” atamasini har xil ma’nolarda, ya’ni so’zning faqat tovush tomoni uchun ham, yaxlit (tovush tomon + ma’no) so’z uchun ham, faqat ma’nosi uchun ham qo’llayverganlar. Ular so’z ma’nosi, tushunchasi va predmeti (denotati) orasiga chegara qo’ymaganlar. Ko’pincha so’zning “tovush” tomoni uchun “nom”, “ot”, “ism” atamalaridan foydalanishgan.
Hozirgi davr lingvistikasida til birliklari yoki uning tashkil etuvchilariga fonema, morfema, leksema, so’z birikmasi (qolipi), gap (qolipi), matn (qolipi) kiritilmoqda. Bulardan fonema bir tomonli (ifodalovchi), boshqa birliklar esa ikki tomonli (ifodalovchi va ifodalanmish) hisoblanadi.
Har bir tilda mavjud bo’lgan antonimiya, sinonimiya, graduonimiya, partonimiya, giponimiya, funksionimiya kabi leksik-semantik paradigmalarda so’zlar o’zaro arxisema va integral semalar asosida bog’langan bo’ladi. Bu ifodalanmishlararo bog’lanishlar paradigma a’zolaridan birining boshqasi uchun belgi bo’lishiga xizmat qiladi.
Tushuncha obrazning boshqa obrazlar bilan taqqoslanishi natijasida ajratilgan muhim belgilardan tashkil topgan mantiqiy birlikdir. Tushuncha tafakkur jarayoni, uning birliklari bo’lgan hukm va xulosa bilan aloqadadir. Tushunchalar nutq jumlalarida o’zaro o’xshashlik, farqlilik munosabatlariga ega bo’lganliklari uchun bir-birlariga nisbatan belgi bo’la oladi. Nutqdagi gap (jumla)ning tema-rematik strukturasi ham tushunchalarning o’zaro bog’liqligi, bir-birini ko’rsata olishi asosida shakllanadi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati salmoqli ekanligi, bizningcha, izoh talab qilmaydi. Tadqiqot tugallangan ishni taqozo qiladi. Dissertasiyani yozishda muallifning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalari to‘liq bajarilganligini qayd etamiz. Ana shulardan kelib chiqib, ishni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Ilmiy rahbar:
Filologiya fanlari bo’yicha
falsafa doktori (PhD) dots. N.M.Suleymanova
Download 16,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish