Logistika ” fanidan kurs ishi mavzu: Tijorat va servis logistikasida xalqaro sertifikatlarning ahamyati. Bajardi


O’rta Sharq mintaqasida Xalqaro savdo va servisni rivojlantirishda transport logistikasining istiqbollari



Download 50,07 Kb.
bet5/6
Sana14.02.2023
Hajmi50,07 Kb.
#911261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Logistika ” fanidan kurs ishi mavzu Tijorat va servis logistika

4. O’rta Sharq mintaqasida Xalqaro savdo va servisni rivojlantirishda transport logistikasining istiqbollari.
XXI asrga kelib globalizatsiya jarayoni natijasida transport logistika tizimi hamda xalqaro tranzit savdo yo’llari muhim geostrategik ahamiyat kasb eta boshladi. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqaro tranzit koridorlarini O’rta Sharq mintaqasidagi savdo yo’llari bilan bog’lash so’nggi yillarda tobora ustuvor masalaga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyo va O’rta sharq mintaqasini bog’lovchi yagona tranzit koridorini tashkil qilish va ushbu strategik savdo yo’lining istiqbollarini ko’rsatib berish uchun O’rta Sharq mintaqasida joylashgan Ummon, Qatar, BAA, Quvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning transport logistika tizimini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Hozirda Markzaiy Osiyo mintaqasida Afg’oniston va Xitoy ishtirokida yangi transport kommunikatsiyasi yo’lga qo’yish rejalashtirilgan. Bunga ko’ra, Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston va Xitoy-Qozog’iston-O’zbekiston temir yo’l liniyalarini Xitoy-Pokiston-Afg’oniston-O’zbekiston temir yo’l xalqasi bilan birlashtirish ko’zda tutilgan. Ushbu yangi transport koridori tuzilmasiga ko’ra, nafaqat Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan tranzit yo’lga ega bo’ladi, balki Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasining g’arbiy qismi, Markaziy Osiyo mintaqasi O’rta Sharq mintaqasi bilan bog’lanadi. Natijada, yuqoridagi mintaqalar bilan Fors Ko’rfazidagi mamlakatlar to’siqsiz va kamxarajatli transport yo’liga asoslangan savdo munosabatlarini yo’lga qo’yadi. O’rta Sharq mintaqasida joylashgan Ummon, Qatar, BAA, Quvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar mintaqada tashqi savdosi yuqori rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xususan, ushbu davlatlar tashqi savdo aylanmalarining umumiy hajmi $ 1,44 trln ni tashkil qiladi. Ushbu savdo hajmi tarkibida yuqorida ta’kidlab o’tilgan Xitoy-Qozog’iston-O’zbekiston-Turkmaniston-Eron tranzit yo’lining ulushi yuqori hisoblanadi. Hozirda ushbu tranzit yo’lining muqobili hisoblangan Xitoy-Qozog’iston-O’zbekiston-Afg’oniston-Eron tranzit yo’lini Quvayt, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, BAA va Ummon tranzit yo’li bilan bog’lash orqali yanada kamxarajat hisoblangan yagona savdo yo’lini barpo qilish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Bu tranzit yo’li Fors Ko’rfazi mamlakatlari uchun yuqori ahamiyat kasb etadi. Shu sababli hozirda bu borada amalda sezilarli ishlar olib borilmoqda. Ushbu savdo yo’lining istiqbllariga to’xtalishdan oldin Fors ko’rfazidagi davlatlar transport logistika tizimiga atroflicha to’xtalib o’tamiz.
Quvayt transport logistika tizimi. Quvayt mintaqada transport tizimi yaxshi shakllangan davlat bo’lib, bevosita ochiq dengizga chiqish imkoniyatiga ega. Dengiz qirg’oq qismi 499 km ni tashkil qiladi. Suv transporti mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Mamlakatda 30 dan ortiq savdo floti mavjud bo’lib, yirik dengiz portlari Ash Shuaybah, Az Zavr , Ash Shuvayh, , Mina-Abdulloh, Mino-al Ahmad kabilardir.
Havo transporti ham yaxshi rivojlangan bo’lib, mamlakatda jami 7 ta aeroport mavjud. Shulardan 4 tasi qattiq qoplamali, 3 tasi esa qoplamasiz aeroportlar hisoblanadi. Shu bilan birga 4 ta vertolyot qo’nuvchi maydonchalar ham mavjud.
Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 5749 km bo’lib, shundan 4887 km i qattiq qoplamali, 862 km i esa qoplamasiz yo’llar hisoblanadi. Yo’llar uzunligi jihatidan yetakchi o’rinlarni egallamagan bo’lsa ham, Quvayt jahonda transport logistika tizimi yaxshi rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Quvayt jahonda neft zahirlari bo’yicha oltinchi o’rinda turadi (104 mlrd barrel) va har kuni 2,45 mln barrel neft qazib olinadi. Mamlakat milliy daromadining 95 % ga yaqin qismi neft mahsulotlariga to’g’ri keladi. Gaz zaxiralari esa 1,79 trln kub metr ni tashkil qiladi. Shu sababli, quvur transporti yaxshi rivojlangan. Mamlakatda jami 269 km gaz, 540 km neft va 57 km qayta ishlangan mahsulotlar tashiladigan quvurlar tizimi mavjud.
Quvayt Fors Ko’rfazi Kengashi a’zosi sifatida yagona transport tranzit yo’lidan farqli ravishda qirg’oq mamlakatlari (BAA, Qatar, Ummon,Bahrayn va Saudiya Arabistoni) bilan o’zaro yengillashtirilgan bojxona tizimiga va transport yo’liga ega. Lekin ushbu transport tizimi uni Markaziy Osiyo bilan bog’lovchi yangi xalqaro tranzit koridoriga qo’shilmaslikka asos bo’la olmaydi. Shu sababli, Quvayt yaqin kelajakda yuqoridagi tranzit koridori loyihasiga qo’shilishi mumkin.
Bahrayn transport logistika tizimi. Bahrayn hududi kichik bo’lishiga qaramasdan transport va kommunikatsiya tizimi juda yuqori rivojlanganligi sababli Fors Qo’ltig’idagi eng diversifikatsiyalashgan iqtisodiyotli davlat hisoblanadi.
Dengiz bilan chegarasi 161 km ni tashkil qiladi. Dengiz transporti ham yaxshi rivojlanagan bo’lib, yirik savdo flotlari jami 7 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari, mamlakatda 5 ta Quvayt xorij savdo flotlari faoliyat yuritadi. Eng yirik portlari Mino Salmon va Sitroh hisoblanadi.
Havo transporti boshqa transport turlari qatorida katta ahamiyatga ega. Mamlakatda jami 4 ta aeroport mavjud va ularning barchasi qattiq qoplamali uchish maydonchalariga ega.
Avtomobil yo’llarining jami uzunligi 3851 km ni tashkil qiladi. Shundan 3121 km i qattiq qoplamali, 730 km i esa qoplamasiz yo’llar hisoblanadi.Ushbu transport tizimi havo va suv transporti kabi yaxshi rivojlangan.
Bahrayn neft va gaz zaxiralariga boy mamlakat bo’lsa ham, quvur transport yaxshi rivojlanmagan. Umumiy gaz zaxiralari 92,03 mlrd kub metr, neft zaxiralari esa 124,6 mln barrel ni tashkil qiladi (2010-yil). Bahrayn eksportining 60 % i, mamlakat daromadlarining 70 % i va YAIMning 11 % dan ortiq qismi neft va gaz mahsulotlariga to’g’ri keladi. Jami gaz quvurlari uzunligi atigi 20 km ni, neft quvurlari esa 29 km ni tashkil qiladi.Hududining kichikligi sababli umumiy transport yo’llarining uzunligi ham qisqa, lekin ushbu ko’rsatkich har doim ham transport salohiyatini belgilab bermaydi.
Bahrayn ham yuqoridagi Fors Ko’rfazi Kengashi doirasida yagona transport yo’li loyihasiga qo’shilgan. Tranzit yo’li mamlakatning iqtisodiy katalizatori vazifasini bajaradi. Shunday bo’lsada, yuqoridagi O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar xalqaro tranzit koridori loyihasiga qo’shilish borasida o’z pozitsiyani bildirgani yo’q.
Qatar transport logistika tizimi. Qatar Fors ko’rfazidagi tabiiy resurslarga eng boy va iqtisodiy salohiyati yuqori mamlakat hisoblanadi. Jahonda aholi jon boshiga YAIMning taqsimlanishi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Shu sababli, transport logistika tizimi ham yuqori darajada rivojlanagan.
Qatarning dengiz qirg’oq qismi 563 km bo’lib, mamlakatda yuqori suv transporti tizimi mavjud. Mamlakat ichida jami 29 ta va xorijda esa 30 ta savdo flotlari mavjud. Bundan tashqari, mamlakatda 7 ta Quvayt savdo floti faoliyat yuritadi. Engi yirik portlari Doha, Mesayid va Ra’s Laffan hisoblanadi.
Havo transporti ham yaxshi rivojlangan bo’lib, mamlakatda 4 ta qattiq qoplamali, 2 ta qoplamasiz, jami 6 ta yirik aeroportlar mavjud. Yagona vertolyot qo’nish maydonchasi ham havo transportining ajralmas qismi hisoblanadi.
Avtomobil yo’llarining jami uzunligi 7790 km bo’lib, ko’plab logistika kompaniyalari hisobiga mamlakatda yirik transport logistika sanoati vujudga kelgan.
Qatar neft va gaz zaxiralariga boy mamlakat hisoblanadi. Xususan, neft zaxiralari 25,38 mlrd barrel ni tashkil qiladi va hozirgi qazib olish sur’atini saqlab qolgan holda yana 57 yilga yetishi mumkin. Gaz zaxiralari 25,37 tln kub metr ni tashkil qiladi va ushbu ko’rsatkich bo’yicha dunyoda uchinchi o’rinda turadi. Bu jahon gaz zaxirasining 14 % i demakdir. Shu sababli, mamlakatda quvur transporti juda yuqori darajada rivojlangan. Jami 145 km kondensat, 132 km gaz-kondensat, 980 km gaz, 90 km suyuq yonilg’i gazi va 382 km neft quvurlari mavjud.
Qatar yuqoridagi loyihaga eng ohirgi bo’lib qo’shilgan besh davlatning biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo bozorini ochib beruvchi ushbu tranzit koridori Qatar uchun neft-gaz mahsulotlari sohasida yangi iste’mol bozorini ochib beradi. Chunki, Qozog’istondan tashqari barcha Markaziy Osiyo mamlakatlari neft mahsulotlarini chetdan import qilib oladi. Bu borada Qatarning Eron bilan manfaatlari kesishadi. Ya’ni, 2011-yilda Eron O’zbekiston va bir nechta Markaziy Osiyo mamlakatlariga neft mahsulotlari eksport qilish rejasini e’lon qilgan. Ushbu omil ham tranzit yo’lining ahamiyatini oshiradi.
Birlashgan Arab Amirliklari transport logistika tizimi. Neft resurslari va moliyaviy markazlashish orqali jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylangan Birlshgan Arab Amirliklari (BAA) Fors qo’ltig’idagi eng boy mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Dengiz bilan chegarasi uzunligi 1318 km ni tashkil qiladi. Fors ko’rfazidagi dengiz transporti eng rivojlangan mamlakat bo’lib, mamlakat ichida 57 ta, xorijda esa 278 ta dengiz savdo floti mavjud. Bundan tashqari, mamlakatda 13 ta xorij savdo flotlari faoliyat yuritadi. Eng yirik portlari Al Fujayrah, Mina’ Jabal Ali (Dubai), Xavr Fakkan (Xor Fakkan), Mubarraz oroli, Mino Rashid (Dubai) va Mino Saqr (Ra’s al Xaymah) hisoblanadi.

Jahon moliyaviy markazlaridan biri bo’lganligi sababli mamlakatda havo transporti yaxshi rivojlangan. Jami 41 ta aeroport mavjud bo’lib, shulardan 25 tasi qattiq qoplamali, 16 tasi esa qoplamasiz aerportlar hisoblanadi. Shu bilan birga, BAA da 5 ta vertolyot qo’nuvchp maydonchalar mavjud.


Yuqori iqtisodiy rivojlanish avtomobil transportiga ham ijobiy ta’siri o’tkazgan. Xususan, avtomobil yo’llarinig jami uzunligi 4080 km bo’lib, ularning barchasi qattiq qoplamali yo’llar hisoblanadi. Yirik ekspress yo’llar va shox ko’chalar ulkan transport logistika tizimiga asos bo’lgan.
BAA neft va gaz resurslariga juda boy mamlakat bo’lib, neft zaxiralari 97,8 mlrd barrel ni tashkil qiladi va dunyoda yettinchi o’rinda turadi. Gaz zaxiralari esa 6,453 trln kub metrni tashkil qiladi va bu ko’rsatkich bo’yicha ham jahonda yettinchi o’rinda turadi. Shu sababli, quvur transporti yaxshi rivojlangan. Lekin so’nggi yillarda o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida YAIMdagi neft va gaz mahsulotlarining ulushi 25 % gacha qisqartirildi. Xususan, 458 km kondensat, 212 km qayta ishlov berilgan mahsulotlar, 2352 km gaz, 220 km suyuq yonilg’i gazi va 1437 km neft quvurlari mavjud bo’lib, ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha Fors Ko’rfazida Saudiya Arabistonidan keyin yetakchi davlat hisoblanadi.
BAA o’z iqtisodiy infrastrukturasining yuqoriligi va dunyo moliyaviy markaziga aylangan Dubai iqtisodiy integratsiyasi tufayli qo’shni mamlakatlar iqtisodiyotiga va transport-logistika salohiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan.
2000-yilda Rossiya, Eron va Hindiston o’rtasida “Shimol-Janub” transit koridorini tashkil qilish bo’yicha shartnoma imzolandi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, ushbu yangi marshrut Rossiya va unga qo’shni mamlakatlardan Fors Ko’rfazi va unga yondosh mintaqalarga kirib kelayotgan tovarlar eltib berish muddatini 40 sutkadan 10-12 sutkagacha qisqartiradi. Ya’ni Suvaysh kanali orqali o’tuvchi tovarlar endi Eronning Bandar Abbas, Bandar Amirobod va Anzeli portlari orqali Fors Qo’ltig’idagi mamlakatlarga yetkazib beriladi. Bu o’z navbatida transport xarajatlarini 20 % ga kamaytiradi. Bundan BAA, Ummon, Qatar va Bahrayn kabi ko’rfaz mamlakatlari ulkan savdo-transport ustunligiga ega bo’ladi.
Ummon transport logistika tizimi. Ummon Fors Ko’rfazidagi iqtisodiyoti o’rta darajada rivojlangan mamlakatlardan biri bo’lib, iqtisodiyotining asosiy qismini boshqa qo’shnilari kabi neft-gaz va turizm tashkil qiladi.
Fors Qo’ltig’idagi dengiz qirg’oq qismi eng uzun mamlakat hisoblanadi (2092 km). Mamlakat ichidagi dengiz savdo flotlari 4 ta, xorijda esa 9 ta ni tashkil qiladi. Eng yirik portlari Mino Qabus, Salalah va Suhar hisoblanadi. Xususan, Mino Qabus porti qo’shni mamlakatdagi Dubai erkin iqtisodiy hududi va Jabal Ali porti ta’sirida yirik savdo portiga aylangan va yiliga 44 mln tonna yuk savdo qilinadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Ummonning yirik portlari qo’shni mamlakatlar savdo portlari ta’sirida rivojlangan.So’nggi yillarda Ummon quruq portlar tashkil qilish borasida ham sezilarli chora-tadbirlar ko’rmoqda. Xususan, Al Duqm va Draidok porti buning misolidir.
Havo transport qo’shni mamlakatlarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Jami 130 ta aeroport mavjud bo’lib, shundan 11 tasi qattiq qoplamali va 119 tasi esa qoplamasiz maydonlar hisoblanadi . Shuningdek, 3 ta vertolyot qo’nish maydonchalari ham mavjud. Mamlakatning eng yirik aeroporti Maskat xalqaro aeroporti bo’lib, poytaxt Maskat shahrida va Ruvi bizness shaharchasi yonida joylashgan.
Avtomobil yo’llarining jami uzunligi 52430 km bo’lib, shundan 23223 km i qoplamali, 30207 km i esa qoplamasiz yo’llar hisoblanadi. Qoplamali yo’llarning 1384 km i ekspress yo’llardir. Yo’llarning asosiy qismi bir tomonlama bo’lib, unda xizmatlar sohasi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Jamoat transporti Ummon Milliy Transport kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Lekin, Ummon jamoat transportida poezd va tramvay-trolleybus mavjud emas. Bundan tashqari, yo’llarda yo’lovchi avtobus qatnovi ham yetarli emasligi jamoat transportining zaif ekanligini ko’rsatadi. Mamlakatda BAA, Saudiya Arabistoni va Yaman kabi qo’shni mamlakatlar bilan bog’langan transport yo’llari mavjud.
Ummon neft va gaz zaxiralari kamayib borayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Binobarin, neft zaxiralari 5,5 mlrd barrel ni hamda gaz zaxiralari esa 849,5 mlrd kub metr ni tashkil qiladi. Shu sababli, quvur transporti ham yaxshi rivojlanagan. Xususan, 107 km kondensat, 263 km qayta ishlov berilgan mahsulotlar, 40209 km gaz, va 3558 km neft quvurlari mavjud.
Ummonda asosan neft mahsulotlariga asoslangan transport sanoat vujudga kelgan. Lekin shunga qaramasdan mamlakatda port-yuklash tizimi ham yaxshi rivojlangan. Mamlakatda ushbu tizimdagi eng yirik transport kompaniyasi Maersk hisoblanadi. Ummon transport tizimining ta’minlovchi asoslaridan biri neft maxsulotlari bo’lsa, ikkinchisi turizmdir. Mamlakatning boy tarixi va tabiati chet ellik sayyohlarni e’tiborini jalb qiladi. Shu sababli, mamlakatda xususiy transport yaxshi rivojlangan.

Xulosa
O’zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon–Qatar xalqaro transport koridori. O’zbekiston tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar transport koridori Ummon uchun O’rta Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalarini kuchaytirish imkoniyatini yaratadi . Shu bilan birga, Markaziy Osiyo neft mahsulotlari diversifikatisyasi kengayadi. Ushbu xalqaro tranzit koridori loyihasi to’g’risidagi Bitim 2011-yil 25 aprelda Turkmanistonda O’zbekiston, Turkmaniston, Eron, Qatar va Ummon Tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangan bo’lib, koridor Markaziy Osiyoni Fors va Ummon qo’ltig’idagi mamlakatlar bilan bog’laydi va yangi bozorlarni tutashtiradi. Ya’ni, Turkmanistonning Forob hamda Eronning Sarxs shaharlaridan o’tuvchi ushbu xalqaro koridor O’zbekiston uchun yangi geoiqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochadi. Bundan tashqari, ushbu tranzit koridori ustida joylashgan boshqa mamlakatlar uchun ham transport logistika sohasida yangi imkoniyatlar mavjud. Koridorni tashkil qilish va unga investitsion loyihalarni yo’naltirish bo’yicha maxsus Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilingan bo’lib, ushbu kengash 2011-yil 30 aprelda Qatarda bo’lib o’tgan transport koridorini tashkil qilishga bag’ishlangan yig’ilishdan so’ng o’z faoliyatini boshladi. Hozirgi kunga qadar yuqoridagi besh davlat o’rtasida bojxona, transport va yangi yo’llar qurilishi boyicha bir nechta shartnomalar imzolandi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, hozirda Markaziy Osiyoning Fors Ko’rfazi bozoridan yillik importi miqdori $ 335 mlrd dan ortadi. Ushbu yangi koridorning ishga tushirilishi nafaqat import, balki eksport hajmini ham ortishiga sabab bo’ladi. Ushbu tranzit korrodori Markaziy Osiyo xalqaro tranzit xaritasida revolyutsiyaga sabab bo’lishi mumkin. Lekin ushbu transit koridorining yana bir muqobil varianti ham mavjud. Bu O’zbekiston-Afg’oniston-Pokiston-Ummon-Qatartranzit koridori bo’lib, yuqoridagi yo’lga nisbatan yaqinroq hisoblanadi. Hozircha ushbu transit yo’lining istiqboli Afg’onistondagi notinch vaziyat hisobiga to’xtab turibdi.
Bundan tashaqari, Qozog’iston, Turkmaniston va Eron Qozog’iston-Turkmaniston-Eron tranzit savdo yo’li loyihasi Shimol-Janub koridorining Fors Ko’rfaziga chiquvchi janubi-sharqiy qismi bo’lib, hozirda loyiha Turkmaniston va Eron tomonidan faol qo’llab quvvatlanmoqda. Ushbu tranzit koridori O’zbekistonni aylanib o’tuvchi Markaziy Osiyo xalqaro tranzit savdo yo’li bo’lib, Qozog’iston-O’zbekiston-Turkmaniston-Eron tranzit yo’lining muqobili hisoblanadi. Ushbu tranzit savdo yo’li o’z muqobilidan 600 km ga qisqaroq va Qozog’iston uchun yangi tranzit koridoriga chiqish imkoniyatini beradi. Ushbu tranzit yo’lining salbiy ta’siriga tushib qolmaslik uchun hozirda O’zbekiston o’z transport logistika salohiyatini mustahkamlamoqda. Xususan, “Navoiy” xalqaro multimodal logistika markazining tashkil qilinishi buning isbotidir. Binobarin, O’zbekiston qulay geografik joyda joylashganligi hamda Markaziy Osiyoda nisbatan rivojlanagan iqtisodiy va transport logistika salohiyatiga ega ekanligi sababli Markaziy Osiyodan o’tuvchi deyarli barcha xalqaro tranzit koridorlari ichiga kiritiladi.
Saudiya Arabistoni transport logistika tizimi. Saudiya Arabistoni Fors Ko’rfazidagi eng iqtisodiy rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Iqtisodiyotini neft va gaz sohasiga bog’likligini qisqartirish maqsadida so’nggi yillarda jadal diversifikatsiya siyosatini olib bormoqda.
Fors Qo’ltig’ida dengiz bilan chegara qismi eng uzun mamlakat hisoblanadi, ya’ni qizil dengiz va Fors Ko’rfazi bilan hisoblaganda 2640 km ni tashkil qiladi. Dengiz savdo floti mamlakat ichida 74 ta va xorijda esa 55 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari, mamlakatda 15 ta xorij savdo flotlari faoliyat yuritadi.Yirik portlari Ad Dammam, Al Jubayl, Jedda va Yanbu al Bahr hisoblanadi.
Havo transporti yaxshi rivojlangan. Mamlakatda jami 217 ta aeroport mavjud bo’lib, shundan 81 tasi qattiq qoplamali va 136 tasi esa qoplamasiz aeroportlardir. Shu bilan birga, 9 ta vertolyot qo’nish maydonchalari ham mavjud.
Boshqa Fors Ko’rfazidagi mamlakatlardan farqli ravishda Saudiya Arabistonida temir yo’l tizimi yo’lga qo’yilgan. Xususan, temir yo’llarning umumiy uzunligi 1378 km bo’lib, ularning barchasi standard relsli yo’l hisoblanadi.
Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 221372 km bo’lib, shundan 47529 km i qattiq qoplamali va 173843 km i esa qoplamasiz yo’llar hisoblanadi. Shuningdek, 3891 km uzunlikdagi ekspress yo’llar mavjud.
Saudiya Arabistoni neft zaxiralari bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turadi. Xususan, jahon neft zaxiralarining qariyb 20 % ga yaqin qismi 262,6 mlrd barrel mamlakat hissasiga to’g’ri keladi. Gaz zaxiralari bo’yicha jahonda to’rtinchi o’rinni band etadi va umumiy gaz zaxirasi 7,8 trln kub metr ni tashkil qiladi. Shuning uchun mamlakatda quvur transporti yaxshi rivojlangan. Xususan, 212 km kondensat, 2846 km gaz, 1183 km suyuq yonilg’i gazi, 4232 km neft va 1151 km qayta ishlov berilgan mahsulotlar quvurlari mavjud bo’lib, ushbu ko’rsatkich bo’yicha Fors Qo’ltig’ida eng yetakchi davlat hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni yuqoridagi tranzit koridoriga qo’shilish bo’yicha ijobiy fikr bildirgan. Ushbu mamlakat uchun ham boshqa Fors Ko’rfazi mamlakatlari kabi yangi neft iste’mol qiluvchi bozorlarga olib chiquvchi yangi kamxarajat tranzit yo’li ochiladi. Lekin ushb imkoniyat boshqa neft eksport qiluvchi mamlakatlarning o’zaro raqobatga kirishishiga sabab bo’ladi. Buning natijasida, Markaziy Osiyoga Eron va Fors Qo’ltig’ida joylashgan mamlakatlar tomonidan yekazib berilishi ko’zda tutilayotgan neft va neft mahsulotlari narhining arzonlashishi kuzatiladi. Bu omil O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar xalqaro tranzit yo’lining muhim geostrategic jihatini ko’rsatib beradi.



Download 50,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish