Lotincha „Investio



Download 33,52 Kb.
bet3/6
Sana10.02.2022
Hajmi33,52 Kb.
#440722
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tadbirkorlik huquqi Mustaqil ish

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.
Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:

  1. Ichki investitsiyalar.

  2. Tashqi investitsiyalar.

Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
O‘zbekistonda investitsion muhit rivojlanishiga salbiy ta'sir qilayotgan omillar ma'lum qilindi
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun konsepsiyasida ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda investorlar uchun soliq og‘irligini pasaytirishga va soliqqa tortish tizimini soddalashtirishga, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan soliq siyosati va soliq-tarif boshqaruvi islohotlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.
“Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa, joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda”, deyiladi unda.
Hujjatda aytilishicha, vaziyat tahlili va uning investitsiya faoliyat sub'yektlari bilan birga muhokama qilinishi natijasida hozirgi vaqtda investitsiyalash shartlarini yomonlashtiruvchi quyidagi salbiy omillar mavjudligi ma'lum bo‘ldi:
- olingan investitsiya resurslaridan mintaqaviy va korporativ boshqaruv darajalarida samarasiz foydalanish;
- investitsion menejmentning boshqaruvning barcha darajalaridagi past sifati;
- mulkchilik huquqining belgilanmaganligi, investorlarning ham, investitsiyalash obektlari korxonalarining ham moliyaviy ahvolining past darajasi sababli qo‘shilgan mablag‘larni qaytarib berilmaslik ehtimoliga bog‘liq bo‘lgan yuqori investitsiya xatarlari;
- davlatning moliyaviy va soliq siyosatidagi o‘zgarishlarning kutilmagan yuqori darajasi;
- korporativ investitsiya bitimlarining (konsessiyalar, davlat-xususiy hamkorligining) rivojlanmaganligi;
- investorlarga qo‘shimcha majburiyatlar orqali noqonuniy malollik keltirish;
- nazorat organlarini investorlarning xo‘jalik faoliyatiga aralashtirmaslik;
- investorlarga materiallar, uskunalar, ularning butlovchi qismlari hamda ular narxlari va sifati bo‘yicha manfaatdor bo‘lmagan boshqa tovarlarni sotib olish yuzasidan majburiyatlar yuklash;
- yangi tashkil etilayotgan korxonalarda qarzdorlik yuklamalarini oshirish;
- soliq va bojxona soliqlari, shuningdek, davlat kafolatlari berilishining notiniq tizimi.
“Davlat organlarining “milliy manfaatlari” va ko‘rsatmalariga amal qilib sudlar odatda milliy hamkorlik tomonini qabul qilib va oqibatda ko‘pincha keyinchalik xalqaro sudlarda ko‘rib chiqiladigan noqonuniy qarorlar qabul qilganlarida investitsiya nizolari bo‘yicha O‘zbekiston sudlarining huquqni qo‘llash amaliyoti ham investitsion muammolarni yanada kuchaytiradi”, deyiladi hujjatda.
Natijada, O‘zbekistonning investitsiya imijiga to‘ldirib bo‘lmaydigan zarar yetkaziladi.
E'tirof etilishicha, yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar tufayli investitsiyalar sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga binoan, O‘zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni tartibga solish bo‘yicha samarali investitsion siyosatni amalga oshirilishini ta'minlashga qodir bo‘lgan ilg‘or, milliy va xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yagona unifikatsiyalangan qonunchilik hujjat doirasida barcha uyushmagan amaldagi qonunchilik hujjatlarini mustahkamlash imkoniyatini ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ekspert va ilmiy doiralar vakillari bilan hamkorlikda “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun” konsepsiyasini ishlab chiqqani xabar qilingandi.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o’rni

Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatining maqsadi va cheklovlari hisoblanadi. Samarali investitsiyalarni tanlash maqsadini oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib bo’lmaydi. Ushbu holatni har qanday investitsiya boshqaruvchisi uchun o’ta muhim hisoblanadi. “Qaysi qimmatli qog’oz eng foydali?” yoki “Qanday portfel eng samarali?” -degan savollarga javob yo’q;

Vazifani to’g’ri qo’yishni quyidagicha shakllantirish mumkin: maqsadlardan kelib chiqqan holda, rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va boshqa cheklovlarga qarab investitsiya qarori yaxshi bo’ladi. Investitsiya institutlarining (investitsiya fondi, investitsiya kompaniyalari) strategiyasi odatda investitsiya deklaratsiyasi deb nomlanadigan maxsus hujjat bilan shakllantiriladi.

Aslida investitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom fondining bir qismi hisoblanib matbuotda e’lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi lozim. Ammo investorlar mablag’lariga raqobat uchun ob’ektiv sharoit yo’qligi ko’pchilik investitsiya fondlari va kompaniyalari deklaratsiyalari ularni nomigagina ishlashiga sababchi bo’ladi va faqatgina me’yoriy talablarni qondirish maqsadida tuziladi.




Download 33,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish