Loyiha titul «Tasdiqlayman»


-§. Matematik ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmani shakllantirish



Download 1,41 Mb.
bet13/153
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#271791
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153
Bog'liq
Uzviy matematika 30.04.2021

3-§. Matematik ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmani shakllantirish
Matematik ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

barcha ta’lim tizimlarida o‘qitish jarayonlarini tezlashtirish hamda ularning samaradorligini oshirish uchun yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni yaratish va jalb etish;

axborot telekommunikatsion texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini hamda dasturiy vositalarini ta’lim sohasiga joriy etish orqali uning mukammaligi, unumdorligi, sifati va samaradorligini oshirish;

axborot telekommunikatsion texnologiyalar yordamida fanlararo aloqalarni chuqurlashtirish, shu bilan birga zamonaviy texnologiyalarni barcha sohalarga tatbiq etish;

zamonaviy raqamli texnologiyalar va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish;

ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish;

matematik ta’lim bo‘yicha elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida o‘quv- metodik majmualar (darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasi) haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish;

nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi platformalardan (Edu Market interfaol-virtual ta’lim dasturi) hamda ta’lim jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish;

masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimiga matematik ta’lim tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualarni, elektron ta’lim rusurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

ta’lim jarayonida elektron resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;

matematik ta’limning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;


Matematik ta’limning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

o‘quvchi-yoshlar tomonidan yaratilgan ijodiy loyiha ishlari natijalarini tijoratlashtirish ishlarini bosqichma-bosqich joriy etish;

pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akseleratorlarni tashkil etish hamda ularni faoliyat olib borishlarini ta’minlash;

startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori iqtidorli o‘quvchi-yoshlarning ilm-fanga keng jalb etilishini rag‘batlantirish;

iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, chuqurlashtirilgan (variativ) ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, “Ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish;

matematik modellashtirish va loyihalash bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim tizimida yangi fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli o‘quvchi- yoshlar ishtirokini oshirish;

innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlari orasidagi uzviylikni ta’minlash.

4-§. Matematik ta’limni tashkil etishda maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarining o‘zaro integratsiyasi

Matematik ta’lim fanlarining umumta’lim fanlari bilan o‘zaro integratsiyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

jadal rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda integratsiyalash tizimini ishlab chiqish va yo‘nalishlarini belgilash;

globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart masalalarni ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan o‘quvchilarni tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari zarur, o‘quvchi-yoshlarda bunday fikrlash modellarini shakllantirishda integratsiyalash funksiyalarini belgilash;

yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalash tendensiyalarini aniqlash;

matematik ta’limni rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar, kasblar dunyosi bilan tanishish, o‘quvchi-yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil ravishda mehnat qiladigan yo‘nalishini topish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini ishlab chiqish.
Matematik ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

Matematik ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini harakatlantiruvchi kuch, O‘zbekiston iqtisodiyotining tayanchi hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasidagi globallashuv, ijtimoiy madaniy o‘zgarishlar transformatsiyasi kadrlar tayyorlashda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, matematik ta’lim maqomi va nufuzini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijodkorlik muhitini shakllantirish, “Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash”, tuman, viloyat, respublika miqyosida intellektual yetuk o‘quvchi- yoshlar seleksiyasini tashkil etish tizimini shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizim:

ta’lim muassasasi axborot muhitida o‘quvchi-yoshlar tomonidan bajarilgan loyihalar, ularning natijalarini qayd etish uchun sharoit yaratish;

ochiq taqdimotlar (jumladan, ixtisoslashgan portal va ijtimoiy tarmoqlar), musobaqalar, konkurslar orqali o‘quvchi-yoshlarga innovatsion loyihalarni taqdim etish;

matematik ta’limni ommalashtirish uchun mashhur olimlar, biznesmenlar ishtirokida muntazam tanlovlar o‘tkazish;

ta’limning barcha bosqichlarida matematik modellashtirish va loyihalashtirish bo‘yicha respublika tanlovlarni tashkil etish;

musobaqalarni mehnat taqsimoti asoslari, jamoa bo‘lib ishlash tamoyillari, shaxslararo munosabatlarga imkon beruvchi shakllarda tashkil etish.


5-§. Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish



Jahon bozorida tovarlar va xizmatlar o‘rtasida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish texnologik jihatdan ortda qolishni imkon qadar qisqartirish va raqobatbardoshlikni ta’minlashning deyarli yagona yo‘li hisoblanadi. Har qanday davlatning innovatsion taraqqiyotdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning innovatsiyalar sohasida davlat siyosatini nechog‘liq samarali olib borishi hamda inson kapitalini sifatli shakllantirishiga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining bosh maqsadi – inson kapitalini taraqqiy ettirishdir. Mazkur hujjatda 2030-yilga kelib O‘zbekistonni Global innovatsion indeks reytingida jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kiritish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi.

2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, ta’lim sohasiga doir bir qator qaror va farmonlar, boshqa islohotlar mamlakatning inson kapitali borasidagi pozitsiyasi qandayligini ko‘rsatib turibdi. O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan mutaxassislar qatlami yuzaga kelmagunicha inson kapitali rivojlanmaydi. 

Kadrlarni tayyorlash va inson potensialidan samarali foydalanish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:



Matematika, texnika va injeneriya, iqtisodiyot, tabiiy fanlarga oid ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat darajasi uchun ta’lim dasturlarini maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlari davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda tubdan yangilash;

    • matematik ta’lim doirasida o‘quv fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilarni masofadan va aralash usulda integratsiyalashgan malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

    • maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim tizimlari bitiruvchilarining zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yuqori salohiyat darajalarini aniqlash, uni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida milliy, xalqaro va hududiy ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun ta’lim muassasalarini grant asosida qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish;



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish