bosim bilan ishlash uchun ular xiliga, markalariga qarab to'la qayta kristallanish kechadigan
temperaturada qizdirilishi kerak.
Metallarni bosim bilan ishlashdan avval ularning plastikligini oshirish uchun ular malum
temperaturada qizdiriladi. Uglerodli konstruksion po'latlarning qizdirish temperaturasini
belgilashda Fe-Fe
3
C holat diagrammasidan yoki spravochniklardan foydalaniladi. Akademik
S.I.Gubkin bu temperaturani metallning absolyut suyuqlanish temperaturasining 0,70-0,95
qiymatidan olishni tavsiya etadi. Malumki, qizdirish temperaturasi zarur temperaturadan past
bo'lsa, metall plastikligi ham past bo'ladi. O'ta qizdirilsa, donlari yiriklashadi, sirt yuzasi
uglerodining kuyishi oksid pardalar hosil bo'lishiga olib keladi. Qizdirish tezligining haddan
tashqari ortishi sirt yuzalari bilan ichki qatlamlar temperaturalari tafovuti hisobiga termik
kuchlanishlar,qayta kristallanish temperaturalarida fazalar o'zgarganda strukturaviy kuchlanishlar
ham hosil bo'ladi.
Bu kuchlanishlarning qo'shilishi natijasida zagotovkaning deformasiyalanishida bazan darz
ketishga olib kelishi mumkin.
Ayniqsa bu hol issiqlikni yomon o'tkazadigan, murakkab shaklli yirik zagotovkalarni
qizdirishda katta xavf tug'diradi. Shu sababli bunday zagotovkalarni fazalar o'zgarish
temperaturasiga sekin bir tekisda qizdirish kerak. Keyin esa tezroq qizdirish mumkin, chunki bu
temperatura sharoitida metall plastikligining ortishi xavf tug'dirmaydi.
16-rasmda metallarni qizdirib bosim bilan ishlashda ishlash temperaturasiga ko'ra donlar
o'lchamining o'zgarishi grafik ravishda sxematik ko'rsatilgan. Ishlov berishdan avval zagotovka
donlar o'lchami a bo'lgan deylik. Bu zagotovkani zarur temperaturagacha qizdirib, uni shtamp
bo'shlig'iga o'tkazamiz. Malumki, bu vaqt ichida zagotovka bir oz soviydi. Uni egri chiziq
bo'yicha belgilaymiz. Bu temperaturada donlar o'lchami hali birmuncha qattiqligicha qoladi.
Dastlabki ishlovdagi zarb zagotovka donlarini maydalaydi. Lekin bunda sarflangan kinetik
energiyaning bir qismi issiqlikka o'tishi sababli zagotovka temperaturasi pasaymay, bir oz
ko'tariladi va buni d- chiziq bo'yicha belgilaymiz. Keyingi zarbgacha uning temperaturasi bir oz
pasayadi va uni Сu egri chiziq bo'yicha belgilaymiz. Agar bosim bilan ishlov berish ж
temperaturada tugallansa, uning donlari з o'lchamli bo'ladi. Biroq, ishlov berish davom
ettirilganda har bir zarb ishlovdan keyin donlar o'lchami temperatura o'zgarishida IK, LM, NO
egri chiziqlar bo'yicha o'zgara boradi. Binobarin, donlar o'lchami ham o'zgara boradi.
Demak, zagotovkalarni yuqori temperaturada bosim bilan ishlansa, uni kutilgan shaklga keltirish
uchun kamroq mehnat saroflansa-da, lekin donlar yirikroq bo'ladi va aksincha.
Shuning uchun metallarni bosim bilan qizdirib ishlashda ularni qizdirish temperaturasi, qizdirish
tezligi, shu temperaturada tutish vaqtini belgilashda yuqorida qayd etilgan masalalarga etibor
berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: