M a V z u. Sug'urta mahsulotini yaratish va sotish injineringi


Sug‘urta mahsuloti dinamikasi va uning amal qilish davriyligi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.03.2022
Hajmi2 Mb.
#520885
1   2   3
Bog'liq
Sugurta mahsulotlarini yaratish va sotish

28.2. Sug‘urta mahsuloti dinamikasi va uning amal qilish davriyligi
Sug'urta qiluvchilaming sug'urta mahsulotiga doir siyosatida eng muhim 
muvaffaqiyat kaliti bo'lib sug'urta mahsulotlariga bo'lgan talab va taklifning dinamik 
mutanosibligi xizmat qiladi.
Sug'urta qiluvchi doimiy ravishda o'zi tomonidan taklif etilayotgan sug'urta 
mahsulotlari mijozlaming talabiga mos kelishini tekshirib turishi; shuningdek o'zi 
tomonidan ishlab chiqilgan vajoriy etilishi rejalashtirilayotgan sug'urta mahsulotlari 
bozoming kelajak ehtivojlariga qav darajada mos kelishini kuzatib borishi zarur.
Shu maqsadda sug'urta qiluvchi muntazam o'ziga quvidagi savollami berib 
turishi darkor.
1. Mijoz muayyan toifadagi sug'urta qoplamasini sotib olar ekan, o'zi uchun 
qanday imtiyoz va manfaatlami ko'zlamoqda (sug'urta himoyasining ishonchliligi, 
sarmoyalashdan yuqori daromad olish mumkinligi, ta'minlangan keksalik kafolati va 
h.k.)?
2. Mazkur sug'urta malisulotini mijoz uchun jozibador qilib turgan maftunkorlik 
omillarini (narxining arzonligi, sug'urta mahsulotining yuksak sifatliligi, kafolatlar 
sug'urtalanuvchining shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlab olinganliginij 
tasniflash (ahamiyatining pasayishi tartibida jovlashtirish) mumkinmi?
3. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan sug'urta mahsulotlari jamlanmasi 
mijozlaming kompleks sug'urta ehtiyojlariga mos keladimi?
4. Sug'urta amaliyotlari aylanmalaming (tuzilgan shartnomalar soni) yuksak 
darajada bo'lishini va yigmajildning maqbul rentabelligini ta’minlaydimi, va'ni 
sug'urta mahsulotini tabaqalashtirish to'g'ri o'tkazilganmi?
5. Bozor evolyutsiyasi va unda taklif etilayotgan raqobatchilar mahsuloti 
evolyutsiyasi qay darajada?
6. Bozorda qanday yangi sug'urta mahsulotlari paydo bo'lishligini bashorat qilish 
mumkin?
7. Sug'urta bozori evolyutsiyasiga va uning talablariga qanday tashqi omillar ta’sir 
ko'rsatadi 
(majburiy sug'urtalash to'g'risdagi yangi qonunchilik hujjatlari,
345


kontragentlaming sug‘urtaga oid u yoki bu turdagi majburiyatlarini sug'urtalash 
to'g'risidagi norasmiy talabning iqtisodiy turmushga joriy etilishi va h.k.)?
8. Har bir sug‘urta mahsulotlari jamlanmasi vaqt o'tishi bilan o'zgaradi.
Ulaming dinamikasi sug'urta qiluvchining u yoki bu marketing strategiyasining 
namoyon bo‘lishi bilan bog'liq. Jamlanma kengayishi. torayishi, butunlay yo'q boiib 
ketishi yoki boshqa jamlanma bilan birikishi mumkin. Jamlanmaning kengayishi 
bozor segmentining o‘sishiga, sug'urtalanuvchi uchun uning ahamiyati oshganligiga, 
sug'urta xizmatlarining u yoki bu turiga nisbatan bozordagi talabning o'zgarishiga bir 
qadar moslanuvchan vosita bo'lib hisoblanadi.
Qaysidir jamlanma mahsulotlari sonining ko'payishi yoki sifatining oshishi 
sug'urta qiluvchi bozoming muayyan segmentida o‘z ulushini ko'paytirish uchun faol 
harakat qilishga chog'lanayotganini bildiradi.
Jamlanmaning yig'ishtirib olinishi mazkur segment sug'urta qiluvehida 
endilikda u yangi bozomi yoki sotuv usullarini o'zlashtirayotganligi, bozor 
segmentining torayganligi, uning daromadliligi sug'urtaianuvchilaming o'rtacha 
daromadi pasayishi yoki raqobatning ko'payib ketganligi sababli qiziqish 
uyg'otmayotganini bildiradi. Yuqorida sanab o'tilgan vaziyatlarda sug'urta 
jamlanmasi yo butunlay yig'ishtirib olinadi, yoki sug'urta mahsulotlai-i sonini 
kamaytirish va soddalashtirish orqali eng kam darajaga tushirib qo'yiladi.
Shubhasiz, sug'urta mahsulotlari 
paydo 
bo'ladi 
va yangi 
sug'urta 
mahsulotlariga yo'l bo'shatib berib, yo'q bo'lib ketadi. Bu jarayon sug'urta 
mahsulotining amal qilish davriyligida o'z ifodasini topadi.
Sug’urta mahsulotining amal qilish davriyligi boshqa turdagi keng iste'mol 
tovarlari davrivligidan keskin farq qiladi.
Birinchidan, sug'urta davriyligi ancha uzoq muddatlidir, sug'urta polislari katta 
o'zgarishlarga uchramagan o'nlab yillar davomida sotilishi mumkin, buni esa tovar 
mahsulotlari uchun mutlaqo qo'llab bo'lmavdi.
Ikkinchidan, sug'urta mahsulotining amal qilish davriyligining dastlabki 
bosqichida qilingan xarajatlar, keng iste'mol mollari uchun qilinadigan xarajatlardan 
ancha kam.
Uchinchidan, sug'urta shartnomasining amal qilish muddati uning amal qilish 
davriyligi muddatidan ko'proq bulishi mumkin, ya’ni shunday holat bo'lishi 
mumkinki, sug'urta qiluvchi allaqachon muayyan turdagi sug'urta mahsulotini 
tijoratlashtirishdan voz kechgan bo'lsa-da, uning yig'majildida bu mahsulot hozircha 
mavjud bo'lib turadi251. Sug'urta mahsulotlarini yaratilishi bosqichlari:
1. 
Sug'urta mahsulotini tadqiq etish va loyihalashtirish. Bu bosqichda bozor 
segmenti, ya'ni sug'urta mahsuloti mo'ljallangan mijozlar tanlab olinadi; sug'urta 
shartlari va tariflar sug'urta qiluvchi o'z oldiga qo'ygan maqsaddan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi; bozorda mahsulotning o'tishi sinaladi. Xizmat ko'rsatish sohasiga 
oid sug'urta mahsulotining o'ziga xosligi uni ishlab chiqrish bosqichining 
yo'qligidadir. Bu sug'urtalashni, masalan, avtomobilsozlikdan farqlantirib turadi. 
Ishlanma yakunlanishi bilanoq, sug'urta mahsulotini bozorga joriy etish boshlanib 
ketadi.
251 Successful Insuranse Sales. Jack K inder,Jr. Garry K inder.Tne N apoleon N ill Foundation, 2012. 15p.
3 4 6


2. Sug‘urta mahsulotini bozorga joriy etish. Bu bosqichda sug‘urta qiluvchining 
maqsadi — mahsulotga ehtiyojni tashkil etishdan iborat. Sotuv hajmi oz darajada. 
mahsulot sug’urtalanuvchilar uchun hali yaxshi tanish emas. Odatda bu davrda 
reklamaga katta qo’vilmalar ajratish. agentlik tarmog‘ini rag’batlantirish. yangi 
sug’urta dasturining maqsadi va sifati to‘g ‘risida iste’molchilami boxabar etish talab 
qilinadi.
3. O’sish pallasi. Sug’urta qiluvchining marketing bo‘yicha saralagan kuch- 
g ‘ayrati mahsulot uchun bozomi ochib beradi. Unga bo'lgan talab ortib boradi. tariflar 
va o‘tkazish tizimining xususivatlari bozor sharoitlariga hamda iste'molchilaming bu 
mahsulotga bildirayotgan munosabatiga moslashadi, reklama va og’izdan-og’izga 
ko’chib yuruvchi shov-shuvlar mazkur sug‘urta xizmatlariga ehtiyoj tug’diradi, shu 
hisobdan u bozoming katta qismini egallab oladi.
4. Etuklik pallasi. Bu bosqichda sotuvlar sur’ati pasayadi, mahsulot bozoming 
odatdagi vositalari qatoriga o’tadi. Mazkur sug’urta xizmati xususiyatlari bilan 
qiziqishi mumkin bo’lgan mijozlar soni tugab boradi va shu sababli sotuvlar miqdori 
to'liq qamrab olingan pog’onaga yetadi.
5. Pasayish pog’onasi. Sug‘urta mahsuloti iste’molchilaming katta qismining 
ehtiyojlarini qondirmay qoladi va sotuvlar miqdori kamayib ketadi. Bu bosqichda 
sug’urta qiluvchilar ko‘pincha sug’urtalanyotgan xatarlami, sug’urtalash shartlarini, 
vajlami, franshizlami iste’molchilaming yangi talablariga muvofiqlashtirish orqali 
sug’urta mahsulotini takomillashtirishga harakat qiladilar. Agar mazkur ishlar 
muvaffaqiyatli chiqsa, mahsulot yangi yuksalish bosqichiga kiradi. Aks holda, 
sug'urta qiluvchi uni tijoratlashtirishdan voz kechib, avval tuzilgan shartnomalaming 
o’zi bilan cheklanadi.
Mijozlar ayniqsa uzoq muddatli sug'urta shartnomalari bo'yicha uning amal 
qilish muddati tugamasdanoq, shartnoma shartlaridan qanaoatlanmay qolish hollari 
bo’lib turadi. ya’ni shartnoma o’zi amal qilib turgan rnuddat ichida ma’nan eskirib 
qolishi mumkin. Xususan, bozoming rivojlanishi hayotni uzoq muddatli sug'urtalash 
tajribasiga sug’urta hodisasi vujudga kelganda kompaniya tomonidan bir qator yangi 
xizmatlar taqdim etilishini taqazo etdi. Masalan, bundan yigirma yil aw al, hozir amal 
qilib turgan shartnomalar tuzilgan vaqtda, sug’urta qiluvchilar yuridik xizmatdan 
foydalanish kerakligini xayollariga ham keltirmaganlar. Bunday holatlarda sug’urta 
qiluvchi shartnomani qayta tuzadi, ya’ni uni sug’urtalanuvchining yangi talablari 
asosida takomillashtiradi.
Sug’urta mahsulotlarining amal qilish davriyligi dinamikasi ikkita asosiy omil:
■ ehtiyojlami to’liq qondira olishi, ya’ni mahsulot sifatining mijozlaming 
umidiga mos kelishligi,
■bozor segmentining keng qamrovligi va taraqqiy etishi bilan bog’liqdir.
Mahsulot 
bozor 
talablariga mosligi 
darajasiga 
bog’liq 
ravishda
takomillashtirilib va muvofiqlashtirib borilishi shart. O’sib borayotgan bozor 
segmentida sotuvlar tizimi va sug’urta mahsuloti tarkibiga kiritilgan qo'shimcha 
xizmatlar taraqqiy topib borishi lozim. Bulaming hammasi qo’shimcha moliyaviy 
qo’yilmalami talab etadi. Qo’shimcha sarmoyalash zaruratini «Boston Konsalting 
Gmp» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Boston matritsasi» yordamida aniqlash 
mumkin. Unda sug’urta mahsulotlari dinamikasi umumiy tarzda ifoda topgan.
347


Odatga ko'ra, bozor segmenti yiliga kamida 10 foizga oshib borsa. uni tez 
taraqqiy 
etayotgan deb 
hisoblanadi. 
Hozirgi 
paytda 
sanoati 
rivojlangan 
mamiakatlardagi sug'urta bozorining bunday segmenti sil'atida hayot sug'urtasini 
ko‘rsatish mumkin.
Shubhasiz, qo'shimcha resur qo'yilmalari birinchi 
navbatda intensiv 
rivojlanayotgan bozorlar uchun xizmat qilayotgan 
sug‘urta mahsulotlariga 
yo'naltirlishi zarur. Bu mablag'lami «sog'in sigirlar», ya’ni bozorning barqaror va 
yirik qismiga xizmat qilayotgan sug‘uita mahsulotlari yetkazib beradi va yetarli 
darajada yuksak daromadlilikni ta'min etadi.
Marketing strategiyasiga bag'ishlangan boiimda sug'urta mahsulotining to'g'ri 
tabaqalashtirilishi, bu mahsulot uchun bozorning maqsadli segmentlarini tanlash 
nechog‘lik muhimligi to'g'risida gapirib o'tgan edik. Biroq bozor dinamikasi va 
sug‘urta mahsulotlarining ma’nan eskirishi munosabati bilan mahsulotlarni bir 
segmentdan boshqasiga ko'chirib o'tkazish tobora ko'proq ahamiyat kasb etib 
bormoqda.
Bu ish mahsulotlaming takomillashtirilishi va maqsad yo'nalishi o'zgartirilishi 
bilan, shuningdek mavjud segmentlar uchun hamda istiqboldagi segmcntlar uchun 
yangi mahsulotlar ishlab chiqilishi bilan birgalikda olib boriladi. Bunday yondashuv 
sug'urta qiluvchiga o‘z sug'urta yig'ma jildida dinamik muvozanatni saqlab turish 
imkonini beradi.
Sug'urta mahsulotlari jamlanmasini bozorning muayyan segmentlari bo'yicha 
takomillashtirib borilishiga undan eskirib qolgan mahsulotlarni chiqarib tashlash, 
ulami takomillashtirish orqali, sug'urta xizmatlari nomenklaturasini kengaytirish 
orqali va boshqa segmentlardagi maqsadli sug'urta mahsulotlarini «qayta 
tabaqalashtirish» hisobiga mazkur segmentga yo'naltirish orqali erishiladi.
Sug'urta mahsulotini tabaqalashtirish o'z ichiga, masalan, kafolatlar va 
tariflaming o'zgartirilishini olishi mumkin. Xususan, turar-joy bo'yicha kompleks 
sug'urta shartnomasiga qo'shimcha ravishda oila a’zolarining qimmatbaho buyumlari, 
yoki bolaning maktabda taqadigan ko'zoynagiga oid sug'urta kafolatlari kiritilishi 
mumkin.
«Qayta tabaqalashtirilgan sug'urta mahsuloti asosiy qoidalari, kafolatlari, 
sug'urta summalari, franshizlar va tariflami (ya’ni barcha texnik xususiyatlarini) 
saqlab qoladi.
Biroq uning «reklama qutisi» va izohlovchi qo'shimcha hujjatlari o'zgarishga 
uchraydi.
Masalan, oiladagi ikkinchi mashinani sug'urtalash avtomobilni bir villik bosib 
o'tilgan yo'ligaqarab, moslashuvchan tarif bilan sug'urtalash shaklini olishi mumkin.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish