M a V z u. Sug'urta mahsulotini yaratish va sotish injineringi


S ug'u rta m ahsulotlarini sotish u sullari



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana31.03.2022
Hajmi2 Mb.
#520885
1   2   3
Bog'liq
Sugurta mahsulotlarini yaratish va sotish

28.3. S ug'u rta m ahsulotlarini sotish u sullari
Sug'urta mahsuloti sotuvi - mijozlar ehtiyojini, ulaming iste’molchilik xatti- 
harakatlarini aniqlash, sug'urta shartlarining, mukofot va qo'shimcha xizmatlar 
miqdorining maqbulligi va jozibadorligini ta’minlash uchun ilgari o'tkazilgan 
marketing xatti-harakatlarini yakunlovchi bosqichdir.
348


Sotuv jarayoni — sug'urta qiluvchi va sug'urtalanuvchi o'rtasidagi o'ziga xos 
marketing ko'prigi hisoblanadi. 
Sug‘urta qiluvchining agentlari mijozni u 
sug'urtalanishi lozim ekanligiga, mazkur sug'urta qiluvchining xizmatlari uning 
sug'urtaga bo'lgan talabini to'liq qondira olishiga. to'lanadigan sug'urta mukofoti esa
- sug'urta qoplamasi uchun unchalik qimmat bo'lmagan to'lov ekanligiga ishontirish 
uchun ancha kuch-g'avrat sarflashlari darkor.
Sug'urta mahsulotlari sotuvini takshil etish bo'yicha bir necha umumiy talablar 
mavjud. Mijoz sug’urta qoplamasini qayerdan sotib olishi mumkinligini bilishi, savdo 
shahobchasiga kirish oson va erkin bo'lishi, mijozlarga diqqat-e’tibor va 
xushmuomalalik bilan xizmat ko'rsatilishi zarur.252
G'arbda (Fransiya. Germaniya va boshqa mamlakatlarda) iste'molchilar quyidagi- 
lardan sug'urta xizmatlarini sotib olishlari mumkin:
D ixtisoslashgan sug'urta vositachilari — brokerlar orqali;
■ sug'urta mahsulotlarini sotish asosiy faoliyat turiga kirmaydigan vositachilar
- banklar. supenriarketlar, garajlar. avtoustaxonalar va h.k.;
■ sug'urta qiluvchining bosh agentliklardagi xolis agentlari orqali;
■ sug'urta qiluvchining xodimlari (agentlari) hisoblanmish vakillari orqali;
■ sug'urta qiluvchining bosh ofisining boiinmalarida yoki uning telefon
pochta yoki kompyuter tarmog'i orqali bevosita sotish bilan shug'ullanuvchi sho'ba 
korxonalaridan.
Ulaming hammasini bir nom ostida - sug'urta mahsulotini sotish (o'tkazish) 
tizimi nomi bilan birlashtirish mumkin. Asosiy faolivati bo'lmish sug'urta 
mahsulotini sotishdan tashqari, yuqorida sanab o'tilgan tizimlar bozor to'g'risidagi 
raqobatchi firmalar to'g'risidagi ma’lumotlami to'plash, bozor istiqbollarini tahlil 
qilish bilan ham shug'ullanadilar.
O'tkazishning sanab o'tilgan shakllari aksiyador sug'urta kompaniyalari uchun 
xos bo'lib, ular o'z mahsulotini sotish uchun bir yoki bir necha usuldan foydlanishi 
mumkin. Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispanivada o'tkazishning asosiy shakli — bosh 
agentliklardan tashkil topgan tarmoqlardan iborat boiib, ular sug'urta qiluvchi 
tomonidan shartnoma asosida jalb etiladi.
Buyuk Britaniya, Gollandiya va Belgiyada tarixida shunday holat vujudga 
kelganki, mijozlar bilan ishni asosan sug'urta brokerlari vositasida olib boriladi.
Ulardan tashqari bozorda o'zaro sug'urta kompaniyalari ham mavjud. Ulaming 
aksionerlik kompaniyalaridan fai'qi shuki, ular daromadsiz xususiyatga ega bo'lib, 
ko'rilgan zarar sug'urtalanuvchilar o'rtasida taxlanma asosida taqimlash orqali 
qoplanadi.
Shu sababli, barcha sug'urtalanuvchilar sug'urtalar bo'yicha zaxira fondini 
boshqarish ishida ishtirok etadilar, sug'urta mahsulotini o'tkazish tizimi esa bu holda
25: Insurance: P rin cip les and Practice. C om piled b y David Bland, The C hartered Insurance Institut, Great 
B ritain , 1993. 3 1 8 p.
349


o'zaro sug'urta fondiga qo‘shimcha qatnashchilami jalb etish 
ishi bilan 
shug'ullanuvchi tizim shakliga ega bo'ladi. Bundan tashqari. o'zaro sug'urta 
kompaniyalari, qoidaga ko'ra, brokerlar yoki boshqa vositachilar xizmatidan 
foydalanmaydi va sug'urtalanuvchilar sonini ko'paytirishda agcnllarning kuch- 
g'ayratidan foydalanishni afzal biladi.
Aksivadorlik kompaniyalari tomonidan ko'rsatilavotgan sug'urta xizmatlari 
qiymati o'zaro sug'urta jamiyatlaridagi shu turdagi xizmatlarga nisbatan ancha baland 
bo'ladi. Bu narsa daromad olish zarurati va agentlik tarmoqlarini saqlash ancha 
qimmat ekanligi bilan izohlanadi. O'zaro sug'urtalash jamiyatlari esa fovda 
ko;rmaydigan va sug'urta mahsulotlarini sotish bo'yicha yirik tarmoqlarga ega 
bo'lmagan jamivatlardir.
Fovda olish maqsadi aksivadorlik kompaniyalarini ancha faol ishlashga majbur 
qiladi, sug'urta xizmatlarini targ'ibot-tashviqotini olib borishga, ulami bevosita 
mijozga yetkazib berishga undaydi. Shu sababli, qiymatining bir muncha balandligiga 
qaramay, 
ulaming sug'urta mahsulotlari ancha raqobatbardoshli bo'ladi.
O'zaro sug'urtalash jamiyatlarining fovda ko'rmay ishlash xususiyati yangi 
a'zolami izab topish va jalb etishni etarli darajada rag'batlantinnaydi. Holbuki. 
sug'urta bozoridagi ahvol ana shunday jamiyatning har bir a'zosi o'z sug'urta 
ehtiyojlarini ham, sug'urta biznesi masalalarini ham yaxshi tushunishi zarurligini 
taqozo etadi.
Shu bois, sug'urta vositalari murakkablashib borayotgan hozirgi zamon 
sharoitida o'zaro sug'urta jamiyatlari sug'urta bozorining bir chekkasiga siqib 
chiqarilgan.
Biroq keyingi vaqtda G'arbiy Eevropada o'zaro sug'urta jamiyatlari kapitalistik 
aksivadorlik sug'urtalashga «qarshi hujum» uvushtira boshladilar. Bu narsa asosan 
keng iste'mol sug'urta mahsulotlari, masalan, avtotransportni majburiy sug'urtalash, 
turar-joy sug'urtasi kabi sug'urta bozoridayaqqol namoyon bo'lmoqda.
Sug'urta bozorlaridagi ayovsiz raqobat sharoitida sug'urta mahsulotini sotish 
tizimiga ega bo'lmagan (voki juda kichik tarmoqqa ega bo'lgan) o'zaro sug'urtalash 
jamiyatlari agentlami rag'batlantirish xarajatlarini tejash orqali mahsulot bahosi 
bo'yicha durustgina ustivorlikka erishdilar. Chunki bu xarajatlar yirik kompaniyalarda 
sug'urta mukofotining 1 5 -3 0 % ni tashkil etadi.
Hududiy, kasbiy yoki boshqa bir xususiyatiga (masalan, sug'urta turi, xususan 
avtotransport sug'urtasi) ko'ra shakllantiriladigan o'zaro sug'urta jamiyatlari o'z 
sug'urta xizmatlarining oddiyligi va arzonligi bilan, shuningdek aholining muayyan 
qatlamlari yoxud kasbdoshlar o'rtasida sug'urtalanishning zarurivatini ongli ravishda 
tushunilishi orqali qo'shimcha mijozlami jalb etadilar. Bundan tashqari, o'z 
mijozlarini yaxshi bilish o'zaro sug'urtalash kompaniyalari xatami aniqroq baholay 
bilish imkonini beradi.
350


Sug'urta bozorida shuningdek o'tkazishning kamroq tarqalgan turi -
sug'urtlanuvchilar assotsiyatsiyalari, birlashmalari. Masalan, Fransiyada bunday 
tashkilotlar hozirgi kunda ikki yuzdar ortiq bo'lib. ulardagi a’zlarining soni esa ikki 
vuz ellikdan uch yuz minggacha boradi.
Sug'urlalanuvchikir sug'urta kompaniyasiga nisbatan o‘z manfaatlarini 
birgalikda himoya qilish. shuningdek kompaniyadan sug'urta qoplamasiga ulgurji 
chegirmalar olish uchun guaihlarga birlashadilar. Har bir guruh sug'urta qiluvchi 
bilan munosabatlarda o ‘z manfaatlarini namoyon etuvchi broker bilan shartnoma 
tuzadi, yoki shu maqsadlar uchun mustaqil ravishda tashabbuskor ishchi guruhini 
takshil etadi.
Ko'pgina assotsiatsiyalar (ayniqsa yiriklari) o'zlarining yuridik xizmatlariga va 
ogohlantirish tadbirlarini amalga oshiruvchi. ya'ni sug'urta hodisalarining oldini olish 
organlarga ega bo'ladilar. Bunday guruhlar asosan jismoniy shaxslarga xos xatarlar- 
avtosug'urta. turar-joy sug'urtasi, hayotni sug'urtalash, pensiya va jamg'arma 
sug'urtalar bo'yicha ixtisoslashgan bo'ladi.
Faoliyatining o'ziga xosligi sababli, sug'urtalanuvchilar assotsiatsiyalari o‘z 
a’zolariga cheklangan sug'urta qoplamasini taklif eta olmavdi. Bu turga keng 
tarqalgan 1 5 - 2 0 dan ko'proq sug'urta mahsulotlari kiradi. Ulami sotuv miqdori 
nihoyatda kattaligi hisobidan assotsiatsiyalar sug'urta qiluvchidan sotuv qiymatining 
35%iga teng miqdorda chegirma olishlari mumkin, boz ustiga assotsiatsiyalarga kirish 
badali unchalik katta em as— 15 dan 40 dollargacha xolos.
Assotsiatsiyalar mazkur assotsiatsiya a'zolari va mutaxassis vositachilardan 
tashkil topgan o'z agentlik tarmog'iga ega bo'lib. ulaming vazifasi qo'shimcha 
a’zolami jalb etishdan iborat.
Ayrim 
assotsiatsiyalar sug'urta brokerlari tomonidan o'z mijozlarini 
to'ldirishning qo'shimcha usuli sifatida maxsus tuziladi. Bunda broker o'z-o'zidan 
sug'urta bozorida assotsiatsiya manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga aylanib qolishi 
shubhasiz. Sug'urtalanuvchilar assotsiatsiyasiga a'zo bo'lishga da'vat etishda reklama 
uchun asosiy vaj bo'lib — qo'shimcha chegirmalarga ega bo'lish imkoniyati va 
sug'urtalanuvchi manfaatlarining birgalikda himoyalanishigaxizmat qiladi.
Biroq sug'urtalanuvchilar assotsiatsiyalari mohiyatan sug'urta mahsulotini 
o'tkazish tizimi bo'lib hisoblanmagani sababli. mazkur kitobda bundan buyon ulami 
muhokama qilib o'tirmavmiz.
Sug'urta mahsulotini o'tkazish tizimlari sug'urta qiluvchining tijorat ishiga 
asos bo'lib xizmat qiladi. Sug'urta qiluvchining marketingga oid strategiyasi ishlab 
chiqilayotganda bu tizimning imkoniyatlarini, faoliyatining asosiy yo'nalishlarini va 
takomillashtirilishini ham hisobga olish zarur.
Sotuvchilar, qoidaga ko'ra, bozomi va uning talablarini yaxshi biladilar, u yoki 
bu sug'urta mahsulotining iste?molchilar uchun jozibadorlik darjasini ancha aniq 
baholay oladilar. Mijozlarga tobe’ ekanliklari sababli, mahsulotni o'tkazish
351


tarmog'ining xodimlari ko'pincha kompaniyaning bosh ofisi oldida iste’molchilar 
manfaatlarini ifodalovchi sifatidavuz ko'rsatadilar.
Shu sababli marketing strategiyasi o'tkazish tarmog‘i xodimlarining bilimi, 
fikri va istaklarini hisobga olishi lozim. Aks holda marketing strategiyasi bozordan 
uzilib qolishi va undan begonalashib ketishi ham mumkin. Shuningdek, ay rim 
mahsulotlami iste’molchilarga taqdim etishdan bosh tortayotgan sotuvchilar bilan 
bo‘Iadigan ziddiyatlami ham istisno etib bo‘lmaydi. «Zimdan qarshilik» bo'lishi ham 
mumkin, ya'ni agentlar sug’urta xizmatlarini bozorda o'tkazish uchun zarur darajada 
kuch-g'ayrat sarflamaydilar.
Sug‘urta mahsulotlari sotuvini ko;ngildagidek tashkil etish uchun kompaniya 
o'tkazish tarmog'i xodimlari bilan sherikchilik va hamkorlik munosabatlarini 
o'matishi darkor.
Sug'urta mahsulotini o'tkazish usulini tanlash - marketingning eng muhim 
masalalaridan biridir. Ommaviy marketing yondashuvida barcha mijozlarga vagona 
sug'urta mahsuloti taklif etilgani sababli sug'urta mahsulotini o'tkazishning yagona 
tizimi mos kelaverar edi.
Sug'urta bozori segmentlanishining rivojlanib borishi va alohida guruhdagi 
iste’molchilar uchun mo'ljallangan sug'urta mahsulotlarining paydo bo'lishi 
davomida agentlik tarmoqlarini yoki sug'urta mahsulotini o'tkazishning boshqa 
tizimlarini bo'lish yoki ixtisoslashtirish masalasi kun tartibiga qo'yildi. Sug'urta 
tarmoqlarining segmentatsiyasi — bu iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardagi sug'urta 
kompaniyalarida yuz berayotgan jarayon bo'lib. uning nihoyasiga yetishiga hali ancha 
vaqt bor.
Ugari sug'urta kompaniyalari sug'urta mahsulotini sotishning asosiy tizimi 
sifatida asosan o'z agentlari va brokerlariga tayangan. Ammo yangi imkoniyatlaming 
vujudga kelishi jarayonida sug'urta qiluvchilar sug'urta mahsulotlarini sotish bilan 
bevosita shug'ullanuvchi sho'ba korxonalarini yarata yoki sotib ola boshladilar. 
Shuningdek banklar bilan ulaming bo'limlari orqali mijozlarga sug'urta polislarini 
sotish xususida shartnomalar tuza boshladilar.
Bir qator sug'urta qiluvchilar o'z sug'urta agentliklari faolivat maydonini 
ko'proq mukofot yig'ib olish imkontyatini beruvchi eng at'zal (maqsadli) segmentlar 
doirasida toraytirib yubordilar. Odatga ko'ra, bu iste’molchilar guruhlariga nisbatan 
sug'urta qiluvchi muayy'an ustuvorliklarga ega bo'ladi.
Korporativ sug'urta kompaniyalari uchun muayyan tarmoq korxonalarining 
manfaatlarini va mol-mulkini sug'urtalash ana shunday bozor sifatida xizmat qilishi 
mumkin.
Hozirgi paytda o'zi uchun qat’iyy belgilangan faoliyat sohasini, masalan, 
hunarmandlar yoki erkin kasb qiluvchilami belgilab olgan sug'urta kompaniyalari 
muvaffaqiyatga erishmoqda. Aynan shunday ixtisoslashuvni sug'urta brokerlari 
faoliyatida ham ko'rish mumkin: masalan, faqat teatr tomoshalarini, kotsertlami va
352


kino ijodini sug'urtalovchi, boshqa tomonda esa faqat kosmik apparatlami 
sug'urtalovchi vositachilar mavjud.
Ayrim sug'urta kompaniyalari sug'urta mahsulotini sotib olish chog'idagi 
ise'molchilar xatti-harakatidan kelib chiqqan holda, o'zlarining o‘tkazish tarmoqlarini 
diversifikatsiyalash (kengaytirish) imkoniyatini qidiradilar. Maslahatga va yordamga 
(shartnomani tuzish va sug'urta hodisasisini tekshirish chog'ida) muhtoj bo'lgan 
mijozlar, muavyan to'xtamga kelishga qiynalayotgan mijozlar sug'urta qiluvchining 
agentlariga murojaat etadilar.
O 'z shartnomalarini muvofiqlashtirish ishlarini ham unga ishonib topshiradilar. 
O 'z puliga ko'proq foyda olishni va optimal sug'urta qoplamasiga ega bo'lishni 
istovchi mijozlar, o'z vakillari sifatida mazkur sug'urta bo'yicha ixtisoslashgan 
mutaxassis brokerlami tanlaydilar. O'zini sug'urta masalalarida ancha-muncha bilim 
va malakaga cga deb hisoblaydiganlar yoki eng arzon minimal sug'urta qoplamasini 
sotib olmoqchi bo'lganlar esa uni bevosita sotuv bilan shug'ullanadigan tizim, 
masalan telefon orqali sotib oladilar.
Ayrim mahsulotlar, masalan standart avtosug'urta yoki ko'chmas mulk 
sug'urtasi har qanday usulda — vositachilar orqali ham, ulaming ishtirokisiz ham 
sotilaverishi mumkin. Ayni chog'da, shundav sug'urta xizmatlari (korxonalar 
javobgarligi sug'urtasi. sanoat xatarlari sug'urtasi va h.k.) ham borki, ulami 
voitachilar - brokerlar yoki agentlar ishtirokisiz sotish mushkul.
353

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish