M. A. Xujamberdiyev



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

 
GIPERTONIYA KASALLIGI 
38-masala.
48 yoshli bemor oxirgi xaftada ensa sohasining og‘riyotganidan shikoyat 
qilib vrachga kelgan. Shunday belgilar bir yil ilgari ham paydo bo‘lib, unda gipertoniya kasalligi 
borligi aniklangan edi. Oxirigacha davolanmay, duch kelgan dorilarni (nomini eslay olmaydi) 
ichib yurgan. Og‘riq asta-sekin yo‘qolgan. Oxirgi oyda dori ichmay qo‘ygan. Arteriya bosimi 
190/110 ga teng. Tomir urishi minutiga 56 marta, ritmik. Qon aylanishining buzilishi alomatlari 
yo‘q. EKG, qon, siydik analizlari o‘zgarmagan. 
1. Qaysi dorilar (osh tuzini kamaytirgan holda) bilan davolashni boshlash mumkin? 
a) rezerpin
b) triampur; 
v) anaprilin; 
g) klofellin; 


d) gipotiazid. 
2. To‘liq davolash rejasini bayon qilib bering? 
9-masala.
42 yoshli harakatchan, ma’muriy tashkilotda mas’uliyatli vazifada ishlovchi 
xodim 3 yil davomida bir marta shamollash kasalligi tufayli ishga kelmagan. Tekshirish vaktida 
arteriya bosimi 230/110 ga teng ekanligi aniqlangan. Pulsi minutiga 65 marta uradi, yurakning 
chap korinchasi gipertrofiyasi (EKG, va rentgenda) aniqlangan. Bir necha marta tekshirtirganda 
siydik analizida o‘zgarish aniqlanmagan. Bemor semizlikka moyil. Tuzni ko‘p iste’mol qiladi. 
Vrachning qistovi bilan 1—2 yil ilgari klofelin va gipotiazid qabul qilishni boshdagan, lekin 
ahvoli yomonlashganligi (bo‘shashish, og‘iz qurishi) sababli dori ichishni o‘zicha to‘xtatib 
qo‘ygan. Bemor shifoxonaga yotishdan butunlay bosh tortgan va ishga yaroqsizlik varaqasini 
olishga zo‘rg‘a ko‘ngan. 
1. Qaysp davelash usulini to‘gri deb hisoblaysiz? 
a) gipotenziv dorilar bilan oxirigacha davolash zarur
b) axvoli yaxshi bulganligi uchun gipotenziv dorilar berilmaydi; 
v) unga gipotenziv dorilar yoqmaganligi uchun berilmaydi; 
g) upda ensefalopatiya, yurak yetishmovchiligi asoratlari yoki stenokardiya 
bo‘lmaganligi uchun gipotenziz vositalar berilmaydi; 
2. Bemorni davolash uchun qanday maslahat berasiz?
40-masala.
50 yoshli bemor gipertoniya kasalligining II bosqichi bilan shifoxonada 
yotipti. 4 yildan beri gipertoniya kasalligi bilan og‘riydi. Gipertoniya kasalligi shiddatli kechib, 
asorat qoldirmagan. Doimiy ravishda katta miqdorda klofelin, gipotiazid, verosh-piron ichib 
yuradi. Ko‘pincha kattik boshi og‘rib turganligi uchun ishga yaroqsiz. Ikki marta kasalxonada 
yotib chiqqan. Arteriya bosimi 185/110 ga teng, tomir urishi minutiga 78 marta, 
rentgenoskopiyada yurakning chap qorinchasi kengayganligi aniqlangan. EKG da U5—U6 da 
«T» tishchasi manfiy. Oldin tayinlangan dori miqdori kam deb, vrach qo‘shimcha 12,5 mg dan 
ertalabga izobarin tayinlagan. Uch kun davomida aytarli o‘zgarish bo‘lmaganligi uchun 
davolovchi vrach izobarin miqdorini 37,5 mg ga ko‘paytirgan. Ikki kundan keyin arterial bosim 
ortostatik kamayganligi uchun izobarin berishni to‘xtatgan. 
1. Vrachning yul qo‘ygan kamchiligi nimadan iborat? 
a) izobarin miqdorini tez oshirganligi (bir mecha kun kuzatib, kutib turishi kerak 
edi); 
b) izobarin bilan klofelinni bir aaqtda (klofelinni to‘xtatishi kerak edi) 
tayinlanganligi; 
v) tayinlangan izobarinni 2—3 marta bo‘lib berish kerak edi. 
g) izobarinning boshlang‘ich mikdori kup bulganligi; 
d) izobarinni ertalab bermasdan kechqurun berish kerak edi.
2. Bemorni qanday davolash kerak? 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish