M. A1imardonov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya va soliqlar kafedrasi professori, I f. d B. Hamdamov



Download 5,54 Mb.
bet9/81
Sana04.04.2022
Hajmi5,54 Mb.
#528035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t (1)

Boshqaruv nazorati ushbu resurslarning tashkilotlar

  • tomonidan maqsadli joylashtirilganligi va lshlatilganllgiga ishonch hosil qilishdan iborat.

  • Operatfv nazorat maxsus vazifalarnfng samarali amalga oshlrilganligiga ishonch hosil qilish jarayoni.

    Budjet tizimida rejalashtlrish maqsadni shakllantlrish, muqoblllarln f baholash va dasturni tasdiqlashni qamrab oladi. Boshqaruv tasdiqlangan dasturnl mavjud resurslar orqall Samarali amalga oshirishni taqazo etadi. Nazorat budjetni baholash, ajratmalar ajratish, ljro etish va audlt jarayonida namoyon bo’ladi. Hisobot, toQfqlar va boshqaruv siyosati budjet tashkilotlari bilan bog’liq for/f xil nazorat turlaridir. 4
    Davlat budjetining ahamiyatli tomoni shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarini moliyalashtirish bilangina chegaralanib qolmaydi. Balki, Budjet mablag'lari noishlab chiqarish sohalariga (ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va boshq.) ham yunaltirilishi mumkin. Ijtimoiy-madaniy sohalardagi korxona hamda tashkilotlarni moliyalashtirish Budjet va Budjetdan tashqari fond mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.
    Budjet tushunch6lSl O'rta asrlarda Qlrollik yerlaridan mablag’lar yig’ib
    o/ioishf bllan rivojlanishni boshladf. Ikki yoqlama yozuv kftobi ilk bora 1543-1588
    yillarda lshlatila boshlangan. Britanfyallklar pul ajratfshning qonunfy tlzimlTli 1688-yilda joriy etishgan. Hisobvaraq huquqi (“the Bill ofRights”öga ko’ra 1689- yilda parlamentning ruxsatiSlZ SOllQlar undirilishi mumkin bo’lmagan. Amerika mustamlakamalari tomonidan parlamentga vakll ko’rsatilmagan va ularga soliq SOllShni joriy qilish noqonuniy sanalgan. Bu Jonatan Mehyu tomonidan 1750- yilda kiritilgan “Vakilsiz soliq yo’q” degan shlorga asos solinlshiga olib kelgan. Moliya bo’yicha qonuniy asos rivojlantlrilgan va faqat bu Angliyada amalga oshirilgan. Qirol Jon boshqaruvi davrida xarajatlar o’rniga yfllik foydani nazorat qilish boshlangan. 1787-yilda buxgalteriya va hisobot tizimi o’rnatildi. 1866- yildagi audit departamenti qonuni va 1866-yllda Jamiyatlar Uyi (the House of Commonslda mah6lllf y buxgalterlar qo’mitasf konstitutsiyasf ıTlllh flüt davriy rivojlanlshga asos bo’Idi. 5
    Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan AQShda natijaviylikka yo‘na1tirilgan Budjetlashtirish amaliyotini joriy etish qariyb 50 yil oldin amalga oshirilgan. AQShning natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyoti konsepsiyasini joriy etish bosqichlarini quyidagicha taqsimlash mumkin:


    Maqsadli-dasturiy Budjet islohotlari, 1949-1962 yillar;

    «Rejalashtirish-dasturlashtirish - Budjetlashtirish» tizimi, 1962-1971 yillar;

    «Maqsadlarni boshqarish», 1972-1975 yillar;

    «Nol asosli Budjetni ishlab chiqish», 1977-1981 yillar;

    «Davlat muassasalari faoliyatini baholash haqida»gi (GPRA) AQSh qonuni 1993-yilda qabul qilindi va aynan mazkur qonun bugungi kunda natijalarni boshqarish amaliyotining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Mazkur GPRA qonuni davlat Budjet siyosatining bir necha maqsadlarini oydinlashtirdi. Qonunning asosiy bandlari AQSh natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotining maqsadlarini uyg‘unlashtiradi, rejalar va hisobotlar tizimini tartiblashtiradi, natija larga eltuvchi resurslarning samara doirasini belgilab beradi.
    Rossiya Federatsiyasining NYBni joriy etish borasida to‘plangan tajribasi o‘tish davriga xos davlatlar uchun diqqatga sazovor. Mamlakat hukumati «2004- 2006 yilda Rossiya Federatsiyasida Budjet jarayonini qayta qurish Konsepsiyasi»ni qabul qilishi bu boradagi dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi. Bu konsepsiya Budjet amaliyoti uchun yangi bo‘lgan natijaviylikka yo‘na1tirilgan Budjetlashtirishni keng doirada tatbiq etish imkonini yaratadigan quyidagi asosiy jihatlarda, ya'ni:
    H davlat Budjetining rejalashtirish natijalarida va federal sub’ektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan yig‘ma bayonnomada;
    S federal va mahalliy (har bir bo‘g‘inga bo‘ysunuvchi muassasalar) maqsadli Budjet dasturlarida;
    S o‘rta muddatga mo‘ljallangan istiqbolli moliyaviy rejada;
    H Rossiya Federatsiyasining xarajat majburiyatlari Reyestrida namoyon bo‘ladi.
    Hisobotlar doirasida maqsadli Budjet dasturlari davlat hokimiyat organlari faoliyati strategiyalarini aniqlab olib, ishlar borishini muvofiqlashtiradi. Muvofıqlashtirilgan hisobotlar va dasturlar orqali NYB tizimidagi makro va mikrodarajadagi xarajatlar hamda ularning natijalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liq1ik shakllantiriladi. Istiqbolli moliyaviy reja tuzish orqali Budjet xarajatlarining hajmi va tarkibining rejalashtirilishiga erishiladi.
    Bozor munosabatlari rivojlangan Budjet tizimini boshqarish hamda ularning natijalarini ta'minlash natijaviylikka yo‘naltiri1gan Budjetlashtirish tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat Budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy etish bugungi kunda Budjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Budjet tizimini samarali boshqarish zaruriyati Budjetmab1ag‘laridan
    to‘g‘ri foydalanishda bosh mezonga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Budjettizimidagi o‘tkazilayotgan tub islohotlar davlat Budjeti ijrosini natijaviyligini ta'minlash hisoblanadi.
    Bugungi kunda mamlakatda davlat Budjeti ijrosining natijaviyligini ta'minlash maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijaviylikka yo‘na1tiri1gan Budjetlashtirish amaliyotini joriy etish ham olib borilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi.
    O‘rta muddatli Budjetni rejalashtirishga o‘tish keyingi yillarda rivojlangan davlatlar va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida olib borilayotgan Budjet islohotlarining muhim elementlaridan hisoblanadi. O‘rta muddatli Budjet strategiyasiga o‘tish quyidagi zaruriyat bilan belgilanadi:
    bir yildan ortiq davrga mo‘lja1langan davlat dasturlarini moliyalashtirish va amalga oshirish davlat dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan bog‘lanishni talab qiladi;
    ichki va tashqi resurslarning, jumladan investitsion resurslarning konsolidatsiyalanishi;
    davlat moliyasini rejalashtirish va boshqarish tartibini takomillashtirish orqali investitsion xarajatlarning bo‘1ajak joriy xarajatlar bilan bog‘lash imkoniyati yaratiladi;
    davlat xarajatlari samaradorligini oshirish;
    Budjet jarayonining prognozi va shaffofligini ta'min1ash.
    O‘rta muddatli Budjet strategiyasi doirasida Budjet siyosatining yo‘nalishlari va chora-tadbirlari moliyalashtirish vositasiga aylanadi va o‘rta muddatli ustuvorliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Navbatdagi moliyaviy yil uchun Budjet har yili yangilanadigan va bir yil oldinga suriladigan o‘rta muddatli (odatda 3 yilga mo‘ljallangan) moliyaviy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu Budjet siyosatining uzluksizligini, Budjet mablag'1ari taqsimlanishining prognozini ta'minlaydi va shu bilan birga, davlat siyosati maqsadlari hamda ularga erishish sharoitlariga muvofıq tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Bunda o‘rta
    muddatli Budjet ijro hokimiyati organlarining prognoz tahliliy hujjati maqomini olishi mumkin.
    Bizning fıkrimizcha, O‘zbekistonda o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tish shart sharoitlarini quyidagilar bilan izohlash mumkin:

    Natijaviylikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish budjet xarajatlarini optimallashtirishga, ularni davlat siyosatining ustuvorliklariga bo‘ysundirishga, iqtisodiyotning davlat sektori samaradorligini oshirishga qaratilgan. Natijaviylikka yo‘na1tiri1gan Budjetlashtirish elementlarini nisbatan tez (5-10 yil) va keng miqyosda asosan, Jahon banki, shuningdek, boshqa donorlar ko‘magida joriy etishga urinishlar va uning Budjet islohotlarining boshqa yo‘nalishlari bilan birga borishi yoki ulardan ilgarilab ketishi so‘nggi yillarda qator rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatildi.


    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham moliyaviy yilga mo‘1jallangan natijaviylikka yo‘na1tiri1gan Budjetlashtirish amaliyotini keng joriy etishning istiqbol rejalari ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda bir necha milliy dasturlar va hukumat qarorlari mavjud bo‘lib, ularni natijaviylikka yo‘na1tirilgan Budjetlashtirish amaliyotiga muvofıqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘zlangan uzoq muddatli strategik rejalar hamda hukumat qarorlarini to‘laqonlik bilan amalga oshirish kelajak ustuvor yo‘nalish1ardan hisoblanadi.
    Quyidagi 3-rasmda milliy dasturlarni natijaviylikka yo‘na1tirilgan Budjetlashtirish amaliyotiga moslashtirishning namunaviy shakli keltirilgan.

    Mamlakatning turli yillarda qabul qilingan va yakunlanishi turli davrlar uchun mo‘ljal1angan milliy dasturlari


    Bir necha yillik rejalashtirish sabablari Makroiqtisodiy istiqbolni belgilash va hukumat maqsadlari


    O‘rta muddatli moliyaviy reja va NYB


    Yillik byudjet loyihasi


    Audit, monitoring va baholash


    Budjet ijrosi




    5-rasm. Bir necha yillik rejalashtirish integratsiyasi

    O‘zbekistonda Budjetni o‘rta muddatni rejalashtirishni joriy etish shartlari sifatida quyidagilar belgilandi:


    H Budjetni o‘rta muddatli rejalashtirish jarayonini tashkil etishning bosh sharti milliy darajada makroiqtisodiy barqarorlikka erishishdir.
    H Iqtisodiy o‘sish davlat tomonidan izchil iqtisodiy siyosat olib borish yo‘li bilan rag‘batlantirilishi lozimligini tushunish va u insonni rivojlantirish manfaatlariga qarab mo‘1jal olishini ta'min1ash. Shu nuqtai nazardan, Budjet-soliqsiyosati iqtisodiy o‘sish natijalarini Budjet yili doirasidan tashqarisida erishilishi mumkin bo‘lgan qo‘yilgan aniq maqsadlarga erishishga yo‘naltirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaraladi.
    S Iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirishning yuqori darajadagi sur'atlarini ta'minlash uchun hukumat real sektor va ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida bir qancha maqsadli dasturlar ishlab chiqqan va ular
    amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar o‘zaro bog‘liq va har yili Davlat Budjetini shakllantirish va taqsimlash parametrlari bilan muvofıqlashtiriladi. Ammo, Budjetni har yillik asosda shakllantirish qo‘yi1gan maqsadlarga erishish uchun Budjet resurslarini taqsimlash dinamikasi va tendensiyalarini oldindan ko‘rish imkoniyatini bermaydi. Bu eng avvalobir yil mobaynida olib boriladigan Budjet-soliq siyosatining torligi bilan bog‘liq. Mazkur siyosat Budjetning bir yil doirasidan tashqaridagi imkoniyatlariga baho berish imkonini bermaydi, bu esa Budjet istiqbolda aniq mo‘ljal olishiga monelik qilishi mumkin.
    BMTTD loyihasi doirasida 2007-2009 yillarda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasi urg‘uni xarajatlarni boshqarishdan natijalarni boshqarishga ko‘chirishni nazarda tutadi. Ushbu loyiha doirasida Moliya vazirligi 2008-2010 yillarga mo‘ljallangan bosh1ang‘ich eksperimental o‘rta muddatli Budjet strategiyasidan foydalandi. Mazkur strategiya Moliya vazirligiga bo‘1g‘usi davrlar uchun fiskal siyosat choralarining oqibatlarini va xarajatlarning bazaviy darajalariga siyosat yangichoralarining ta'sirini aniqlashga yordam berdi. O‘rta muddatli Budjet strategiyasidan foydalanish borasidagi ishlardan keyingi Budjetlarni tayyorlash jarayonida foydalanish va uni to‘laqonli loyiha darajasiga yetkazish nazarda tutildi. Bundan ko‘zlangan maqsad — barqaror yillik Budjetni ta'min1ash, Budjetning kapital va joriy xarajatlari hisobini yuritishni yaxshilash, yillik Budjetni tuzish bo‘yicha takliflar uchun moliyaviy xarajatlarning limitlarini belgilashdan iborat.
    Bunda tarmoq vazirliklari o‘rta muddatli Budjet strategiyasini keyingi yillarga mo‘lja1langan Budjetni tayyorlashga yuqoridan quyiga tushiriladigan eksperimental dasturlar asosida kiritadilar. Bu ish Moliya vazirligi va tanlangan tarmoq vazirliklarida amalga oshirilgan bosh1ang‘ich eksperimental loyiha natijalariga asoslanishi lozim. Bunda Budjet takliflarida siyosat choralarining maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari va natijalariga ko‘proq e'tibor berilmog‘i, xarajatlar me'yorlaridan foydalanishning ahamiyati pasaytirilmog‘i darkor.
    Dasturiy Budjetlashtirish to‘liq eksperimental loyiha samarali amalga oshirilganidan, axborot tizimini o‘z ichiga olgan Budjetni ijro etish g‘aznachilik tizimini to‘liq joriy etish yakunlanganidan (hozirgi vaqtda rejalarda 2011-yil 1- yanvarga belgilangan) keyingina rejalashtirilishi mumkin.
    H O‘zbekiston Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM)ga erishish bo‘yicha majburiyatlar olgan, chunki MRM Hukumat aholi farovonligini oshirish masalalarini yechish doirasida islohotlarning dastlabki davridayoq o‘z oldiga qo‘ygan va Budjet strategiyasini ishlab chiqishda hisobga olgan rivojlanish maqsad va vazifalari bilan mushtarakdir. Bunda Budjet strategiyasini amalga oshirish MRMga erishishda 2010 yilgacha jiddiy yuksalish yuz berishiga va 2015 yilga borib Maqsadlarning aksariyatiga erishilishiga ko‘mak1ashishi lozim. Bu davlat Budjeti xarajatlari o‘lchash mumkin bo‘lgan aniq natijalarga bog‘lab uch yil muddatga rejalashtirilishi lozimligini anglatadi. Budjet siyosati va ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi Budjet sohasi xodimlari va pensionerlarning real daromadlari o‘sishiga, shuningdek sog‘liqni saqlash va ta'limning sifati oshishiga olib kelishi lozim.
    O‘zbekistonda 2007 yildan boshlab BMTTDning «Davlat moliyasi islohoti» loyihasi doirasida davlat moliya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilga va o‘rta muddatli kelajakka mo‘ljallangan Budjet strategiyasining asosiy yo‘nalish1ari ishlab chiqildi, shuningdek Budjetni rejalashtirishda yangicha yondashuvlarni qo‘llashning Konseptual va metodologik jihatlari tayyorlandi. Ushbu tadqiqotlarning maqsadi sifatida 2008 yilga va o‘rta muddatli kelajakka (2009-2010 yillarga) mo‘ljal1angan Budjet strategiyasi yo‘nalishlarini va jamlangan Budjet prognozini ishlab chiqish belgilandi.
    Shunday qilib, Budjetni o‘rta muddatli rejalashtirishni amalga joriy etishga:


    Hukumat iqtisodiy siyosatining o‘rta muddatli ustuvor vazifalaridan kelib chiqib Budjet mablag‘larini sarflash strategiyasini ishlab chiqish;
    S Budjet mablag‘larini sarflashning unumdorlik darajasini oshirish (barcha darajadagi Budjetlarning xarajatlari pirovard natijaga eng samarali yo‘l bilan erishishga qaratilishi lozim);
    H bosh taqsimlovchilarning mustaqilligi va javobgarligini kuchaytirish (idoraviy darajada moliyaviy menejment sifatiga baho berish usullari va tartib-taomillarini ishlab chiqish va joriy etish, Budjet dasturlarini ishlab chiqish, ichki auditni rivojlantirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash) yo‘1i bilan erishish nazarda tutilgan.
    O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish tizimiga quyidagicha sharh berish mumkin.

    1. Oliy Majlis (parlament nazorati). Natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotining me'yoriy-huquqiy hujjatlarining o‘rta muddatli strategiyasini belgilaydi.

    2. Vazirlar Mahkamasi (hukumat nazorati). O‘z vakolatlari doirasidagi vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar va boshqarmalar ko‘lamida Budjet loyihalarining umumiy andozasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirilgan holda hukumat nazoratini o‘rnatadi.

    3. Moliya vazirligi. O‘z vakolati doirasida umummilliy moliyaviy siyosatni yuritish, Budjet loyihasini ishlab chiqish, ularning tasdiqqacha bo‘1gan normativ hujjatlarini ishlab chiqish, ijrosini tashkillashtirish, yakuniy Budjet ijrosi yuzasidan hisobotni taqdim etish.

    O‘rta muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rejalashtiruvchi Davlat maxsus komissiyasi. Mazkur komissiya makroiqtisodiy ko‘1amda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan innovatsion loyihalar, ratsionalizatorlik takliflarini rejalarda belgilashda, umumiy loyihalarni ishlab chiqishda, muvofıqlashtirish va tashkiliy tuzilmasini tuzishda ishtirok etadi.
    O‘rta muddatli Budjetlashtirish Davlat dasturi loyihasi. O‘rta muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rejalashtiruvchi Davlat maxsus komissiyasi taqdim
    etgan loyihalar asosida davlat strategik rejalashtirish, ularni moliyaviy dastaklar bilan ta'minlash rejalarini ishlab chiqish va boshqalar.

    Download 5,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish