M., Ermatov N. X. "Metro vagonlari elektr jihozlari va ularni boshqarish tizimlari"



Download 3,14 Mb.
bet11/22
Sana30.06.2022
Hajmi3,14 Mb.
#720280
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Metro lab uzb

4.3. Poezdlarning harakat tartibi
Metroda elektr poezdlarining ruxsat etilgan harakat tezligi metropoliten boshlig'ining buyrug'i bilan belgilanadi, bunga muvofiq ruxsat etilgan tezliklarni ko’rsatuvchi yo’l belgilari o'rnatilishi kerak.
Elektr poyezdlarning harkat tezligi quyidagicha bo'lishi kerak:
soatiga 35 km dan oshmasligi kerak:
poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya qilish tizimi ALS - ARS bo'lgan liniyada, poezddagi ALS - ARS qurilmalari va zaxira avtonom ARS qurilmasi o’chiq holda yurilganida, poezd avtoblokirovka signallari bo’yicha hushyorlik pedalini bosib qoyilib lokomotiv brigadasi tomonidan boshqarilgan paytda;
poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya qilish tizimi ALS - ARS bo'lgan liniyada, poezddagi ARS qurilmasi o’chiq holda, tezlikni chegarlash qurilmalari nazoratida, avtoblokirovka signallari bo’yicha hushyorlik pedalini bosib qoyilib avtoblokirovka signallari bo’yicha yurilgan paytda;
poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya qilish tizimi ALS - ARS bo'lgan liniyada, ALS - ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan poezd, avtoblokirovka signallariga muvofiq lokomotiv brigadasi tomonidan boshqarilganda;
poezdlar harakatida signal berishning asosiy vositasi avtostoplar va himoya uchastkalari bilan jihozlangan avtomatik blokirovka bo’lgan liniyada yordamchi poezd nosoz poezd bilan yurib borganda;
vagonlar orasidagi tormoz magistralining koncevoy kranlarini yopgan holda poezdning bosh vagonida pnevmatik tormozlarini 2/3 qismidan yarmigacha saqlagan holda va vagonlarda ishlovchi to’xtab turish tormozlari bo’lganida yoki poezd lokomotiv brigadasi tomonidan pnevmatik tormozlar va tortuv dvigatellar bosh kabinadan boshqarilganda;
ikki taraflama harakat tashkil etilgan peregonlarda (uchastkalarda) lokomotiv brigadasi tomonidan boshqarilib ketilayotgan poezd noto'g'ri yo'nalishda harakatlanayotgan bo’lsa;
strelka o’tkazgichi bo’ylab pastlikka qarab yoki pastlikdan tushaverishda yoki har taraflama yopiq chorrahadan o’tilib yurilayotganda;
stansiya platformasidan to'xtamasdan o’tilayotganda;
tunnel ichida relsning tagligigacha darajasida suv bosganda;
tormoz va tortuv dvigatellarini poezdning bosh kabinasidan emas, boshqa joydan turib boshqarilayotganda;
manyovr svetoforining oq rangli chirog’i yonib turganda yo'lovchi poezdini qabul qilish yoki jo'natishda;
soatiga 20 km dan ko'p bo’lmagan tezlikda yuriladi:
poezdning boshqarish kabinasidagi ALSda "O" "ОЧ" signal belgilari yonganida:
poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya qilish tizimi ALS - ARS bo'lgan liniyada, poezddagi ALS - ARS qurilmalari va zaxira avtonom ARS qurilmasi o’chiq holda hushyorlik pedalini bosib qoyib yurilganida;
poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya qilish tizimi ALS - ARS bo'lgan liniyada, poezddagi ALS – ARS va poezd tezligini cheklash qurilmalarini yoki avtoboshqarish poezd qurilmalarini o’chirib qoyib harakatlanayotganida;
nosoz ALS - ARS qurilmalarga ega, ALS – ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan poezd, shuningdek ALS – ARS qurilmalari bilan jihozlanmagan liniyalarda, ta’qiqlovchi (qizil, bir qizil va bir sariq, o’chib qolgan, tushunarsiz ishorali chiroqlar) ishorali svetofordan o’tib yurilganda;
poezdlar harakatida asosiy signalizatsiya qilish tizimi ALS - ARS bo'lgan liniyada yordamchi poezd nosoz poezd bilan yurib ketayotganda;
noto'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganda: tezlikni pasaytirish uchun ko'chma signallar bilan to’silgan joydan o’tilayotganda, metropoliten boshlig'ining yozma ogohlantirishi yoki buyrug'i bo'lmasa;
tashqi yo’l uchastkasi yo'lini relslarning pastki qismiga qadar suv bosganda;
yopiq turdagi stantsiyaga kirishda, agar bir yoki bir nechta stantsiya eshiklari ochiq holda bo'lsa;
soatiga 10 km dan ko'p bo'lmagan tezlikda yuriladi:
yo’lovchi platformasi chegarasida poezdni noto’g’ri yo’nalishda qabul qilishda yoki stansiyaning qisman egallab turilgan yo'liga to'g'ri yo'nalishda poezdni qabul qilishda;
g'ildirak juftligi tiqilib qolgan poezd (tarkib) harakatlanayotganda;
rels kallagi sathidan yuqori darajada suv bosganida;
soatiga 5 km dan ko'p bo'lmagan tezlikda yuriladi:
svetoforlar va yo'l 10 m va undan kam masofadagina ko’rinsa;
yo’l avtostopining to’suvchi holatdagi skobasini kesib o’tishda;
elektr harakat tarkibga, tupik upori yoki boshqa biron to'siqqa 10 m masofaga yaqinlashilganda.
Inventar parkidan chetlashtirilgan vagonli tarkiblarning harakat tezligi harkat tarkibi xizmati tomonidan, ushbu vagonlarning texnik holatidan kelib chiqib, xavfsizlik bo’yicha revizor bilan kelishilgan holda o'rnatiladi.
Ikki yo’lli peregonlarda, har bir asosiy yo'l, qoida tariqasida, poezdlarni o'ziga xos bir (to'g'ri) yo'nalishda harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Alohida holatlarda poezdlar harakatini nazorat qilish maqsadida poezd dispetcherining buyrug'i bilan poezdlarning noto'g'ri yo'nalishda harakatlanishiga yo'l qo'yiladi.
Ikki yo’lli uchastka (peregon)lardagi yo’lning bir tarafida yo’lovchi poezdlar yurishidagi oraliq tanaffus bo’lganida, yo’lning ikkinchi tarafi bo’ylab poezd dispetcherining buyrug’i asosida lokomotiv brigadasi boshqaruvidagi bir tarkib bilan xizmat qilinib, ikki taraflama harakatni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Poezdning to'g'ri yo'nalishda harakatlanishi svetoforlarning signal ko'rsatkichlariga, yo'lning ushbu uchastkasi (peregoni) uchun ALSning ruxsat etilgan tezligidan oshmaydigan tezlikda, noto'g'ri yo'nalishda esa - soatiga 35 km tezlikdan oshmagan holda amalga oshirilishi kerak.
Poezdlar harakatini tashkil etish va poezdlar noto'g'ri yo'nalishda ketayotganda va ikki tomonlama harakatlanishda (ikki tomonli uchastkaning) yo'llaridan biri bo'ylab harakatlanish xavfsizligini ta'minlash choralari poezdlar harakati va manyovr harakati bo'yicha Yo'riqnoma bilan belgilanadi.
Istisno holatlarda, mashinistni bu haqda ogohlantirilgandan keyin, manyovr svetoforning oq chirog’ida harakat tezligi soatiga 35 km dan oshmagan holda yo'lovchi poezdni qabul qilishga yoki jo'natishga ruxsat etiladi.
Poezd, manyovr tarkibi harakati uchun alohida sharoitlar yaratilishi kerak bo'lgan hollarda, mashinistga yozma yoki og'zaki ogohlantirish berilishi kerak.
Yozma ogohlantirishlar quyidagi holatlarda beriladi:
yo'l, kontakt rels, sun'iy va boshqa inshootlar nosozligida, shuningdek, yo'lda tezlikni pasaytirishni yoki to'xtashni talab qiladigan ta'mirlash va qurilish ishlarini olib borishda;
svetofor ishlamay qolganda, va unga taqiqlovchi ishorani o’rnatib bo'lmaydigan hollarda;
yo’l avtostopida nosozliklar bo'lsa;
svetofor belgilari, yo'llar ko'rinishining pasayishida yoki yo'lni suv bosishida;
ruxsat etilgan ortish gabaritlaridan tashqariga chiquvchi yuk ortilgan xo’jalik poezdlarini jo’natishda, shuningdek undan keyin yuruvchi xo’jalik poezdiga;
yo'llar, peregonlar yoki stantsiyalarni yuvishdan keyin;
boshqa barcha tezlikni pasaytirishni talab etadigan holatlarda, shuningdek mashinistni poezd yurishidagi maxsus sharoitlari to'g'risida ogohlantirish zarur bo'lganda.
Og'zaki ogohlantirishlar quyidagi hollarda beriladi:
ALS - ARS yo'l qurilmalarining nosozligi to'g'risida;
stansiyani to'xtamasdan o’tish haqida;
poezdning yo'lovchilarni poezdlardan tushirish va ularga chiqarish uchun yopiq bo’lgan bekatda to’xtashi to'g'risida;
to'xtash sababini ko'rsatgan holda poezdni peregonda to'xtatish to'g'risida;
poezdning oldida va orqasida kelayotgan poezdlarga elektr harakat tarkibini obkatka, peregonka qilinayotganligi haqida;
orqada kelayotgan poezdga, poezdning orqasini ko’rsatib turuvchi signallar ishlamay qolganligi to'g'risida;
elektropoyezdlar harakati paytida metropoliten ishchilari yoki begona shaxslarning peregon yoki stansiyaning yo’lida mavjudligi to’g’risida;
boshqa barcha hollarda, poezd dispetcherining buyrug'i bilan.
Yozma ogohlantirishlarni berish yoki og'zaki ogohlantirishlarni jo’natish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo'yicha Yo'riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kuchli tuman, jala, qor bo'roni, tutun bo'lganida, mashinsit poezdni ko'rinish darajasiga qarab poezd oldida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan taxminiy to'siqqa qadar poezdni to'xtatib olishga imkoniyat beradigan tezlikda haydab borishi shart.
Agar svetofor belgilarining ko'rinishi 10m dan oshmasa, ushbu uchastkada poezdlarning harakati to'xtatilishi kerak. Stansiyadan ushbu uchastkaga harakat to'xtatilishidan oldin yo’naltirilgan poezd bu joydan tezligini soatiga 5 km dan oshirmagan holda yurib o’tishi kerak.
Yo'lni relsning pastki qismi darajasida suv bosgan bo’lsa, ushbu uchastkada poezdlarning ruxsat etilgan tezligi, agar bu tunnel bo’lsa 35 km/soatdan, tashqi uchastka bo’lsa esa 20 km/soatdan ko'p bo'lmasligi kerak.
Agar yo'lni relslar kallagi sathidan yuqori darajada suv bosgan bo'lsa, ushbu uchastkada poezdlar harakati to'xtatilishi kerak. Stansiyadan ushbu uchastkaga harakat to'xtatilishidan avval jo’nagan poezd bu yerni 10 km/soat tezlikdan oshirmasdan o’tib ketishi kerak.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish