M., Ermatov N. X. "Metro vagonlari elektr jihozlari va ularni boshqarish tizimlari"



Download 3,14 Mb.
bet9/22
Sana30.06.2022
Hajmi3,14 Mb.
#720280
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Metro lab uzb

4.2. Manyovrlarni amalga oshirish
Stansiya yo’llarida manyovrlar faqat bir ishchining ko’rsatmalariga binoan – manyovrlar boshlig’i: centralizaciya posti bo’yicha navbatchi, dispetcherlik centralizaciyasi bilan jihozlangan liniyalarda esa – poezd dispetcheri ko’rsatmalariga binoan amalga oshirilishi kerak. Markazlashtirilmagan strelkalarga ega bo’lgan park va boshqa yo'llarda manyovrlarni boshqarish stansiyaning texnik va ma'muriy aktida ko'rsatilgan xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Manyovr manyovrlarni boshqarish bo'yicha ishchilar orasidagi vazifalar taqsimoti stansiyaning texnik va ma'muriy aktida ko'rsatilgan.
Stansiya yo'llaridagi manyovrlar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida, svetoforning taqiqlovchi belgisida esa (qizil chiroq, o’chiq chiroqlar, svetoforning tushunarsiz ishoralari) – taklif etuvchi signalga binoan amalga oshiriladi.
Agar taklif etuvchi signal nosoz bo’lsa yoki signal ushbu yo'nalish bo'ylab umuman bo'lmasa, manyovrlar amalga quyidagicha amalga oshiriladi:
poezd dispetcherining og'zaki buyrug'i bilan;
centralizaciya posti bo’yicha navbatchining buyrug’i mashinistga poezd dispetcherining nazorati ostida poezd dispetcherlik yo’ki tonal aloqa orqali uzatilgan holda;
centralizaciya posti bo’yicha navbatchining buyrug’i asosida poezd dispetcherlik, tonal yoki strelka aloqasi orqali uzatiladigan stansiya bo’yicha navbatchining, mashinistni manyovr harakati to'g'risida ogohlantirilgandan keyin yuboriladigan signal bo’yicha.
Markazlashtirish posti bo’yicha navbatchi va stansiya bo’yicha navbatchi vazifalarini bir dam bajarganida manyovrlarni amalga oshirish uchun signal poezd dispetcheri ruxsati bilan poezd dispetcherlik yoki tonal aloqasi orqali uzatiladi.
Park va boshqa yo’llardagi manyovrlar svetoforning ruxsat etuvchi chiroqlarida, svetoforning taqiqlangan chiroqlarida esa (qizil chiroq, o’chiq chiroqlar, noaniq chiroq) taklif etuvchi signalga binoan amalga oshiriladi.
Agar taklif etuvchi signal nosoz bo’lsa yoki signal ushbu yo'nalish bo'ylab umuman bo'lmasa, manyovrlar amalga quyidagicha amalga oshiriladi:
centralizaciya posti bo’yicha navbatchining buyrug’i mashinistga manyovr radioaloqasi, poezd dispetcherlik yo’ki tonal aloqa orqali uzatilgan holda;
markazlashtirish navbatchisi signaliga binoan;
strelka posti navbatchisi, markazlashtirish posti operatorlarining, markazlashtirish posti bo’yicha navbatchining buyrug'i asosida taqdim etiladigan signali asosida.
Park va boshqa yo'llarda mashinistlarga manyovr tarkibi (lokomotiv)ni harakatga keltirishi quyidagi hollarda taqiqlanadi:
manyovrlar rahbaridan signal yoki buyruq olmasdan;
bosh kabinadan emas, boshqa joydan turib va bosh vagonning yo'nalish bo'ylab narigi chetida mashinist yordamchisi yo'q bo'lganda.
Elektr harakat tarkibning manyovrlari soatiga 35 km dan oshmagan tezlikda amalga oshiriladi.
Bosh kabinadan turib va svetofor va ALSning ruxsat etuvchi signallariga binoan boshqarilganda, yoki АЛСАРС qurilmalari bilan jihozlanmagan liniyalarda svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida:
soatiga 20 km dan ko'p bo'lmagan tezlikda;
taklif etuvchi signal, og'zaki buyruq, qo'l yoki ovozli signalga binoan bosh kabinadan boshqarilganda;
svetoforning ruxsat berilgan ko'rsatmasiga binoan bosh kabinadan emas, boshqa joydan turib boshqarilayotganda;
boshqaruv kabinasidagi ALSning "O", "ОЧ" signallari va svetoforning ruxsat beruvchi chiroqlarida:
soatiga 15 km dan ko'p bo'lmagan tezlik bilan;
park va boshqa yo’llarda bosh kabinadan boshqarilganda:
soatiga 10 km dan ko'p bo'lmagan tezlikda;
Bosh kabinadan boshqarilmayotganida: taklif etuvchi signal, og'zaki buyruq, qo'l yoki ovozli signal orqali, park va boshqa yo'llarda va svetoforning ruxsat etuvchi ishoralarida esa;
elektr depoga kiraverishda: tezlik soatiga 5 km dan oshmasligi kerak:
harakat tarkibiga, tupik upori yoki boshqa to'siqqa 10 m masofaga yaqinlashganda;
kontakt relsning harakatlanuvchi kabeli (tutqichi) bilan harakatlanayotganda.
O’tkazish qobiliyatini oshirish uchun metropoliten boshlig'ining buyrug'i bilan yo'lning to'g'ri uchastkalarida manyovrlarni soatiga 60 km dan oshmaydigan tezlikda va pastlikka tushaverishda yo'l chorrahasidan o'tilmaydigan yahshi sharoitlar bo’lgan hollarda, 40 km / soatdan ko'p bo'lmagan tezlikda amalga oshirishga yo'l qo'yiladi.
Strelkalar, signallar va marshrutlarning o'zaro bog'liqlik jadvalida ko'zda tutilmagan, asosiy yo'nalish bo'ylab stansiya chegarasiga noto'g'ri yo'nalishda, shu jumladan xavfli signal uchun elektr harakat tarkib harakati taaluqli peregon yo’li yopilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Bir yo’lda bir vaqtning o'zida ikkala tomondan manyovrlar qilish taqiqlanadi.
Svetofor oldiga yoki svetofordan o’tiladigan, asosiy va shunga taaluqli bo’lgan yo’llarni to’sib qo’yishi mumkin bo’lgan, liniyada ishlash uchun chiqadigan tarkiblar bundan istisno bo’lgan boshqa barcha hollardagi park yo’llaridagi manyovrlar, istisno tariqasida metropoliten boshlig’ining belgilagan va stanciyaning qaror aktida ko’rsatrilgan tartib asosida ruxsat etiladi.
Manyovrlarni boshlashdan avval barcha soz tormoz taqsimlagichlar, tormoz va bosim magistrallari ishga tushilirilgan bo’lishi va pnevmatik tormozlarning qisqartirilgan tekshiruvi amalga oshirilishi kerak.
Stansiya yo'llaridagi harakat tarkibi chegara reykalari yoki ustunlari bilan belgilangan hududlar chegaralarida o'rnatilishi kerak.
Manyovrlarda ishtirok etmayotgan, yo’lda shunchaki turgan harakat tarkib, to'xtab turish (qo'l) tormozlari yoki tormoz bashmaklari bilan ishonchli tarzda o’z o’zidan yurib ketishdan himoyalangan bo'lishi kerak.
Mashinist manyovrlar rahbari tomonidan band qilingan yo'lda manyovrlar olib borilayotganligi haqida ogohlantirilishi kerak.
Manyovrlarni amalga oshirishda mashinistlar (lokomotiv brigadalari) quyidagilarga majburdir:
manyovrlar xavfsizligini ta'minlash;
manyovrlar rahbarining signallari va buyruqlarini aniq va o'z vaqtida bajarish;
manyovr yo'nalishlarining chegaralarini bilish;
Signallar, yo'nalish bo'ylab joylashgan strelkalarni to’g’ri holatdaligini, yo’l bo’shligini va yo’lda turgan odamlarni diqqat bilan kuzatish.
 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish