M. I. Maxmutov qaysi dars tiplarini tavsiya etgan ?



Download 35,38 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2022
Hajmi35,38 Kb.
#540389
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot.


2-amaliy mashg`ulot
Pedagogika fanlarini o`qitish shakllari
1.O`qitish shakllari haqida tushuncha bering
2.Oliy ta`limdao`qitish asosan qaysi shakllarda olib boriladi.
3.Dars nima ?
4.M.I.Maxmutov qaysi dars tiplarini tavsiya etgan ?
5.Darsga qo`yiladigan talablar ?

1. Ta’lim islohoti talablariga ko‘ra oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayonning asosiy maqsadi-bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilish, ularni yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat, yuqori kasbiy mahorat egasi bo‘lishga ko‘maklashishdir. Bundan tarbiyachilik va o‘qituvchilik ixtisosligiga tayyorlanayotganlar ham istisno emas. Bu pedagogik hodisa ta’lim jarayonida axborotlar almashinuvi orqali amalga oshadi.
Psixologiya fanlari doktori, professor V.M. Karimovaning ta’kidlashicha, bunday pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi va monolog, dialog, polelog ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Monolog-ma’ruzadagii oq’ituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.
Dialog- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
Polelog- guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
2.Oliy ta’lim maktablarida ham yuqoridagi shakllar bilan o‘quv ishlari tashkil qilinmoqda.
Ma’ruza (o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda talaba uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon etiladi.
Oliy ta’limda pedagogika fanlaridan tashkil etiladigan ma’ruzalar pedagogik qonuniyatlar, g‘oyalar mazmunini nuqtai nazarlar mohiyatini ochib berishga, bilimlarni tizimlash va umumlashtirishga qaratiladi. Bunda ma’ruzani tinglay olish, asosiy g‘oyalar va muhim sanalar, fikrlarini yozib borish muhim hisoblanadi.
Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan tinglovchi-talaba o‘rtasida jonli muloqot yuzaga keladi. Shuning uchun ma’ruzachi o‘z o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur va mukammal bilishi, fandagi ma’lumotlarni qiziqarli, tushunarli, jonli qilib talabalarga yetkaza olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ma’ruzada jonli muloqot tashkillashtirilganligi sababli talabalar ilmiy nazariy bilimlar olamiga kiradilar,o‘zlari uchun mavhum bo‘lgan pedagogik tushunchalarni mohiyatini tushunib oladilar. Bu hol ma’ruzachining o‘quv dasturidagi muhim ma’lumotlar, murakkab fikrlar mazmunini aniqlab, ochib berishi, farazlar mohiyatini izohlashi, talabalar oldiga muammolar qo‘yishi ularni mustaqil fikrlashga undashi yordamida ro‘y beradi.
3. Dars—aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulotdir»-deb ta'kidlanadi Sh.Abdullayeva va boshqalarning o‘quv qo‘llanmasida.
O.Roziqov va boshqalar tomonidan yaratilgan “Didaktika” darsligida «Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o‘quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma'lum xona, tartib, jadval asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotga dars deyiladi» —deb ta'kidlanadi.
Yuqoridagi ta'riflar tahlilidan ko‘rinadiki, darsning mohiyati, darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘zaro ta'siri natijasida o‘quvchilar bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, qobiliyatlari rivojlanadi hamda darsda o‘qituvchining pedagogik mahorati shakllanadi. Dars ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning barcha komponentlari (darsning maqsadi, mazmuni, metodi) o‘zaro aloqadordir.

Odatda dars quyidagi ta'lim shakllarini va tegishli didaktik vazifalarni hal qilishni o'z ichiga oladi:
1) uy vazifasini tekshirish va o‘tgan mavzuni takrorlash;
2) yangi o'quv materialini tushuntirish;
3) yangi materialni mustahkamlash.
Ushbu didaktik muammolarni hal qilish ketma-ketligi boshqacha bo'lishi mumkin. Kombinatsion (aralash) darsning an'anaviy rejasi quyidagi fikrlarni o'z ichiga oladi:
1) tashkiliy qism;
2) uy vazifasini tekshirish;
3) ilgari o'tgan materiallarni so'rsh;
4) yangi materiallarni o'rganish;
5) yangi materialni mustahkamlash;
6) uy vazifasi.
Har qanday darsning yaratilishi uning maqsadini aniq anglashdan boshlanadi.
Darsning maqsadi.
Pedagogik faoliyat obyekti bu o‘quvchilar faoliyati hisoblanadi, natijasi esa o‘quvchilarni o‘zlashtirganlik darajasidir. Zamonaviy maktabda darsning maqsadi aniq bo‘lishi zarur.
O‘qitishning umumiy nazariyasidan kelib chiqib, ta'lim nazariyasi darsga nisbatan bir qancha talablarni ta'riflaydi:
Maqsadning aniq qo‘yilishi.
Interfaol metodlardan foydalanish.
Ta'lim prinsiplariga amal qilish.
O‘quvchilarda motivni shakllantirish.
Darsda vaqtdan ratsional foydalanish.
Dars tipologiyasi — ta'lim nazariyasining murakkab didaktik vazifalaridan biridir. Zamonaviy didaktikada darslarni tasniflash uchun bir nechta yondashuvlar mavjud, ularning har biri o'ziga xos xususiyatga ega. M.A.Danilov, B.P.Yesipov, B.A.Onishuklar dars tiplarini didaktik maqsadga ko‘ra asoslaganlar va quyidagi dars tiplarini tasviya etganlar:

  • kirish darslari;

  • o‘quv materiali bilan tanishtirish darslari;

  • qonun, qoida, tushunchalarni o‘zlashtirish darslari;

  • o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darslari;

  • malakalarni shakllantirish darslari;

  • takrorlash va umumlashtirish darslari;

  • nazorat darslari;

  • aralash darslar.

I.N.Kazansev darslarni ta'lim metodlarini qollashga kora tiplarga ajratadi.

  • ma'ruza-dars, suhbat-dars, ekskursiya-dars, kino-dars, mustaqil ishlash darsi.



Download 35,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish