M. Mamadazimov


MAVZU. 76-§. Kosmik apparatning mo‘ljallangan planeta ta’sir sferasidagi harakati



Download 7,58 Mb.
bet80/81
Sana03.01.2022
Hajmi7,58 Mb.
#316115
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
astronomiya 11 uzb

MAVZU. 76-§. Kosmik apparatning mo‘ljallangan planeta ta’sir sferasidagi harakati


Mo‘ljallangan planetaga borib, uning ta’sir sferasi ichida KA o‘tayotgan trayektoriyasining hisob-kitobini qilish uchun dastlab gomon trayektoriyasi bo‘ylab harakatlanayotgan KAning mo‘ljallangan planeta ta’sir sferasiga kirish geliosentrik tezligini (Vkir ) topish zarur bo‘ladi. Buning uchun planetaning ta’sir sferasiga kirish geliosentrik tezligi sifatida KAning mo‘ljallangan planetaga yaqinlashish tezligi olinadi. Tashqi planetalarga (Mars, Yupiter, Saturn va boshqalar) KAning yaqinlashish tezligi, bu planetalarning orbital tezliklaridan kichik bo‘lgani holda, ichki planetalarga (Merkuriy, Venera) KAning yaqinlashish tezligi ularning tezligidan katta bo‘ladi. Shuning uchun ham KA tashqi planetalarning ta’sir sferasiga old tomondan, ichki planetalar ta’sir sferasiga esa orqa tomondan kirib boradi. Planetalar ta’sir sferasi o‘tish orbitalarining o‘lchamlariga nisbatan juda kichikligi tufayli, KAlarning planetaning ta’sir sferasiga kirish tezliklari (Vkir), planetaning orbital tezligi yo‘nalishi bilan deyarli bir to‘g‘ri chiziqda yotadi deb qarash mumkin. U holda planetosentrik kirish tezligi υkir , geliosentrik kirish tezligi Vkir va mo‘ljallangan planetaning orbital tezligi Vpl orasida quyidagicha bog‘lanish bo‘lishini tushunish qiyin emas. Bunda tashqi planetalar uchun

υkir = VplVkir , (1)

ichki planetalar uchun esa (bunda υkir , Vkir va Vpl tezliklar o‘zaro parallel)

υkir = Vkir Vpl (2)

bo‘ladi. Umumiy holda bu kattaliklar uchun quyidagi vektorial bog‘lanish o‘rinli

bo‘ladi:



kir

Vkir Vpl . (3)

Planetosentrik kirish tezligi υkir bu planeta uchun parabolik tezlikdan katta bo‘lib, shunga ko‘ra u planeta tomon tushayotib, yo‘lida uni uchratmasa, ma’lum vaqtdan so‘ng uning bu sferasidan ta’sir sferasiga kirish tezligi kattaligiga teng tezlik bilan chiqib ketadi. KAning planeta ta’sir chegarasiga kirish tezligi vektori davomi va planeta markazidan bu vektorga parallel o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq orasidagi masofa kosmonavtikada dnish nishoniy masofa deyilib, uning kattaligi quyidagi formuladan topiladigan ref – effektiv radiusdan katta yoki kichikligiga ko‘ra, KAning ta’sir sferasi ichida planetaga nisbatan trayektoriyasi nisbiy masofasi quyidagi formuladan aniqlanadi:



r 2R

2Kpl R

(4)




ef pl

2



kir

pl


topiladigan effektiv radiusdan kichik bo‘lsa, KA albatta borib planeta sirtiga uriladi. Bordi-yu ref dan katta bo‘lsa, uning tezligini tormozlash yo‘li bilan KA planeta sirti yaqinidan o‘tayotgan joygacha tormozlab borib, bu joyning planeta sirtidan h balandligiga to‘g‘ri keladigan va ushbu ifodadan

υ = Kpl / Rpl + h (5)



topiladigan tezlikkacha kamaytirilsa, KA mo‘ljallangan bu planetaning sun’iy yo‘ldoshiga aylanadi va zarur bo‘lganda planeta sirtiga qo‘ndiriladi.





Ilovalar

Download 7,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish