M. N. Skatkin tabiiyot metodikasi bo’yicha XX asrning 50-yillarida nashr etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o’quvchilarning tabiatshunoslikka oid bilimlarni o’zlashtirishlariga ta'sir ko’rsatuvchi boshqa metodla



Download 9,95 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi9,95 Kb.
#636228
Bog'liq
25- variant


25- v
1......O’rta Osiyoda yashab o’z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo’shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X - XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815 - 896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.AL XORAZMIY. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy jahon matematika fanining asoschilaridan bo’lgan O’rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi.Al Xorazmiy IX asr boshlarida Bag’dodda O’rta Osiyolik olimlar Al Ahmad Ibn Kasir al-Farg’oniy, Abbos ibn Javhariy bilan “Ma'mun akademiyasi” (Bayt ul hikmat)ni boshqara boshlaydi.
Bag’dod xalifasi Ma'mun al-Xorazmiyga “Yer va Osmon xaritasi”ni tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib “Yerning tasviri” nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qifalar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko’llar, o’rmonu barcha mamlakatlar, o’lkalar, u yerdagi hayvonot va o’simliklar dunyosi, boshqa tabiiy xom-ashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari, zichligi haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan.BERUNIY. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy buyuk o’zbek qomusiy olimi, o’rta asrlar va undan keyingi davrlarning yetuk mutafakkiridir.Beruniy 973- yili Xorazmning Kiyot (hozirgi Beruniy shahrida) tug’ilgan. Beruniy 1004- yilda Qobus ibn Vushmagirga bag’ishlangan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” deb nomlangan asarini yozadi.Beruniy asarlariga tabiatga oid juda ko’p ma'lumotlar kiritilgan. Masalan, O’rta Osiyo, Hindiston va Afg’onistondagi qazilma boylik (dorivor o’simliklar, hayvon)lar, ularning foydali xislatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Beruniyning ilmiy qarashlari “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya”, “Mas'ud qonuni” kabi asarlarida keng yoritilgan.

2......M.N. Skatkin tabiiyot metodikasi bo’yicha XX asrning 50-yillarida nashr etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o’quvchilarning tabiatshunoslikka oid bilimlarni o’zlashtirishlariga ta'sir ko’rsatuvchi boshqa metodlar bilan bir qatorda kuzatish metodiga alohida uig’u berdi, uning yordamida tabiat to’g’risida aniq tasavvur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil kuzatishlar o’tkazish oldidan o’qituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va metodikasini tushuntirib berishi kerak.M.N. Skatkin o’z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o’iganishga oid mashg’ulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. Tabiatda, o’quv-tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar o’tkazish zarurligi to’g’risida P.A.Zavitayevning “Boshlang’ich maktabda tabiiyot bo’yicha kuzatish va tajribalar” nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi.Unda o’rganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan material o’qish bilan to’ldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi.


Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar o’tkazish metodikasini yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi nashr qilindi, unda 1 - 4- sinflarda ob-havoni kuzatish tizimi taklif qilingan, kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya va tabiiyot darslarida, maktab o’quv-tajriba maydonidagi amaliy mashg’ulotlar jarayonida foydalanish uslublari keltirilgan.

3.....Mеtеorlar (grеkcha metеoros-tеpadagi, tеpada turgan manosida). Uncha katta bo’lmagan qattiq jismlarni atmosferaga kosmik tеzlikda kirib kеlishi natijasida atmosferada ro’y beradigan qisqa lahzali chaqnash. Zarralar yoki qattiq jismlar atmosferaga kirib kеlganda 2000-3000 daraja haroratgacha qizib kеtadi. Natijada ularning yuzasi tеz suratlar bilan bug’lana boshlaydi. Atmosferaga kirib kеlgan jismning hajmi qancha katta bo’lsa, chaqnash shuncha kuchliroq va yorug’roq bo’ladi. Eng yirik chaqnashlar olov sharga o’xshaydi, ular atmosferadan juda katta shovqin bilan o’tadi. Bunday chaqnashni Bolidlar dеb atashadi.


Mеtеoritlar (grеkcha meteora-koinot hodisasi). Fazodan Yer yuzasiga tushadigan tosh yoki tеmir holdagi osmon jismlari. Ular astYeroidlarning (kichik sayyoralarning) parchalari hisoblanadi. Ularning og’irligi bir nеcha grammdan bir nеcha tonnagacha boradi. Mеtеoritlarning Yerga tushishi juda katta chaqnash, shovqin bilan kuzatiladi. Bu paytda osmonda uchib kеlayotgan olovli shar ko’rinadi (Bolid). Mеtеorit Yerga urilganda Yer yuzasida chuqurlar va xandaklar hosil bo’ladi. Arizonaga tushgan mеtеorit diamеtri 1200 mеtr, chuqurligi 200 mеtrli botiqni hosil qilgan (11-rasm). Yer yuzasida aniqlangan eng yirik mеtеorit Afrikadagi Goba qishlog’i chеkkasiga tushgan mеtеoritdir. Uning og’irligi 60 tonna bo’lgan.
Download 9,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish