Mahkam Mahmud


A harfga qo‘shsang meni, Va



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana30.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#105311
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
bolalar adabiyoti

A harfga qo‘shsang meni,

Va deb bog‘layman seni.

Nimadir bir jon-u tan?

Men, oilam va Vatan.

Yoki P harfiga:

Paqillog‘i paqillab,

Yursa kimdir laqillab,



P harfidan beomon,

Bir so‘z kelar — Pushaymon.

Kavsar Òurdiyevaning ko‘pgina she’rlari sujetli. Ularda

qahramonlar o‘zlarining aynan bolalarcha xulq-atvori  bilan

kattalarni bolalikka qaytarsa, kichik o‘quvchilarni hayratga soladi.

Ularning beg‘ubor qalbi va orzu-tilaklari aks etadi. Masalan,

„Òelefon“ she’rida telefondan ikki opa-uka tinmasdan oyisiga

qo‘ng‘iroq qilishi tabiiy aks etgan. Mana, ular qo‘shni bola-

larni uyga taklif qilib mehmon qilishdi. Sovitgichdagi bor yegu-

likni „quritishdi“. Mana, qo‘shnisi o‘z bolasini qarab turish

uchun tashlab ketdi. Ular butun uyni boshiga ko‘tarib, bolakayni

zeriktirmaslik uchun uni ot bo‘lib mindirishdi, oynani sindi-

rishdi. Keyin yuqori qavat balkonidan uning yelkasidan ushlab,

pastdagi voqea-yu manzaralarni tomosha qildirishyapti. She’r

quyidagicha yakunlanadi. Bolalar onasiga telefon qilib, shu

haqida xabar berishadi:

Endi-chi, balkon osha

Qilayapmiz tomosha.

Uni mitti qushlardek

Yelkasidan ushladik.

Ko‘ylagidan tutyapmiz,

Onasini kutyapmiz.

Pastga qarar biz bilan,

Gaplashsinmi siz bilan?

Go‘yo qolganday tildan,

Oyim „oh“ dedi birdan.

Yo telefon buzildi,

Yo simlari uzildi...

Kavsar Òurdiyevaning qahramonlari quvnoq, ochiqko‘n-

gil, biror noto‘g‘ri ish qilib qo‘yishsa, albatta, o‘z xatolarini

tushunishadi. Yoki bo‘lmasa, bu xatolarni o‘quvchi anglaydi va

uni o‘zida tuzatishga harakat qiladi.




220

Uning mumtoz bolalar she’riyati namunalariga aylangan

„Oyim bilan arazlashdim“, „Yodlasam bo‘lmasmidi?“, „Katta-

manmi yo kichik?“, „Yozma ish“, „Momaqaldiroq“ kabi she’rlari

bolalar adabiyotiga bag‘ishlangan turli anjumanlarda yuqori

baholangan. „Yozma ish“ va „Yodlasam bo‘lmasmidi?“, „Mo-

maqaldiroq“ she’rlari esa „Zumrasha“ bolalar hajviy kinojur-

nalida ekranlashtirilgan. „Yodlasam bo‘lmasmidi?“ she’rida kichik

qahramon maktabga she’rini yodlamay boradi va dars oldidan

mo‘jiza sodir bo‘lishini intiqlik bilan kutadi. U hamma narsaga

rozi: shanbalikka chiqishga ham, hatto shifokor kelib hammaga

ukol qilishiga ham. Ammo mo‘jiza sodir bo‘lmadi: o‘qituvchi

hammadan she’r yodlab berishni so‘raydi.

Shoiraning „Sumalak va ming tilak“, „Irkitvoy va Kirketjon“

kabi she’riy ertaklarida voqealar zanjirli bo‘lib, ular eng kichik

yoshdagi o‘quvchilar ongiga tezroq yetib boradi.

Irkitvoy pashsha bilan do‘st bo‘lib, avval qo‘shni qizcha,

so‘ng qo‘shni amaki, keyin oyisi oldiga uchib boradi, ammo uni

hech kim tanimaydi. Mazkur she’riy ertak ozodalik targ‘ibotining

eng go‘zal namunasidir.

Uning „Sumalak va ming tilak“ she’riy ertagi milliy qad-

riyatlarimizning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Qizaloq sumalakka solish uchun toshlar  yig‘ish bahonasida

tilaklar ham yig‘adi. Kapalak, uloqcha, oyisi, opoqi, do‘stdan

tilaklar oladi. She’r shunday boshlanadi. Òilaklarning bari ezgu.

Ketdi sovuq, ketdi qor,

Salom, go‘zal gulbahor.

Salom, navro‘z, yashillik,

Ezgulik va yaxshilik.

Kavsar Òurdiyeva hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida

o‘z ovoziga, o‘z uslubiga ega. Uning she’rlari yosh avlod tarbiya-

sida katta ahamiyatga ega.




Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish