Mahkam Mahmud


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana30.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#105311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Darsni mustahkamlash uchun savollar

1. Shoir hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?

2. „Sumalak“ she’rining ma’nosi, tarbiyaviy ahamiyati qanday?

3. „Chig‘anoq“ she’rida qanday maqsad ko‘zlangan?




214

Kavsar Turdiyevà

    (1958 - éèëäà òó²èëãàí)

Bolalar adabiyotining yosh avlod tarbiyasiga ta’siri shak-

shubhasizdir. Ayniqsa, eng kichik yoshdagilar uchun she’riyat

janrlaridagi asarlar bolalar ongiga tez yetib borishi, tez esida qolishi,

shuningdek, ilk tarbiya samaralaridan biri sifatida yosh avlodni

barkamol  qilib tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biridir.

So‘nggi yillarda bu yo‘lda samarali ijod qilib kelayotgan o‘z-

bek bolalar shoirlari talaygina. Ular keksa avlod vakillarining eng

yaxshi an’analarini saqlagan holda o‘z yangi yo‘nalish va uslub-

larini  ham yaratmoqdalar. Shulardan biri Kavsar Òurdiyevadir.

Kavsar Òurdiyevaning har bir she’ri ma’naviy yo ma’rifiy tar-

biyaga, ko‘pincha, ikkalasiga baravar xizmat qiladi.

Kavsar Òurdiyevaning bolalarga atalgan she’rlarini mavzu

jihatdan bo‘lib chiqsak, ularda vatanparvarlik, mehnat, tabiat,

bog‘cha va maktab, ota-onaga munosabat, do‘stlik, sog‘lom tur-

mush tarzi va boshqa mavzularni uchratish mumkin.

Har qaysi she’r bolalar adabiyotining o‘ziga xos xusu-

siyatlarini hisobga olgan tarzda o‘quvchilar yoshi va bolalar

she’riyatining talabidan kelib chiqqan holda yoritiladi.

Muallif she’rlarining ma’naviy-axloqiy yuki, tasviriyligi,

musiqiyligi, ularning ko‘pchiligi kuyga solinishiga sabab bo‘ldi.

Jumladan, „Mard o‘g‘lonlar bo‘lamiz“, „Lolaqizg‘aldoq“,

„Zamonaviy qizaloq“, „Sehrli o‘lka“, „Mittivoylar qo‘shig‘i“,

„Bolalik“, „Yaxshi bola, yomon bola“ va boshqalar. Masalan,

„Yaxshi bola, yomon bola“ she’ri eng kichik yoshdagi bolalar-

ga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning yoshiga ko‘ra qilgan ishlarini

tasvirlab, yaxshi yo yomonligi ta’kidlanadi:



215

Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar,

Òabiatning go‘zalligin saqlaganlar,

Jonzotlarga kimda mehr kuchli, mo‘ldir,

Bilib qo‘ying, bunday bola yaxshi, zo‘rdir.

Kichik maktab yoshidagi  bolalarga  mo‘ljallangan „Mard

o‘g‘lonlar bo‘lamiz“ she’ri ham ota va o‘g‘ilning savol-javobi

tariqasida beriladi. Unda xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan

maqollardan unumli foydalanadi va bolalarga ommabop, sodda

tilda o‘z fikrlarini ifodalaydi. Aynan savol-javob shakli she’rda

xuddi samimiy suhbat ko‘rinishini namoyon qiladi va o‘quv-

chining ishonchini oqlaydi:

— Òog‘ni baland demangizlar,

Istasangiz yiqasiz,

Raqiblarni kuchli demang,

G‘ayrat qiling, yengasiz.

Mard bo‘linglar, botir bo‘ling,

Shu otangiz tilagi.

Ezgu ishga qodir bo‘ling,

Yigitga shu keragi.

— Ha, dadajon, qo‘rqmaymiz biz,

Mard va polvon bo‘lamiz.

Ishonchingiz oqlash uchun

Kuch-qudratga to‘lamiz.

Umuman, shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi ko‘pgina

she’rlarida Vatan uchun yosh avlodning mas’ulligi, ular shu yurt

ravnaqi uchun kuch-g‘ayratlarini ayamasliklari kerakligi, ona-

Vatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan to‘lagonli foy-

dalanishlari o‘zlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksalishiga

olib kelishi yaqqol ko‘rsatiladi. Chunki yurt farzandi — o‘sha  el-

ning bir bo‘lagi, ular bir-birini to‘ldiradi va bir-biriga kerak:

Vatanim qaydadir?

O‘lkamning quyoshi,

Qalbim so‘roqlar,

Yurtimning oyi.

Yuragim bog‘langan

Vatanim jismida

Yaqin-yiroqlar.

Men ham bir bo‘lak,

Vatan — yuragimning

Vatanim menga-yu,

Òug‘ilgan joyi.

Men unga kerak.

Yuqoridagi she’rda Vatan, uning qismlari, bo‘laklari, ya’ni

uni tashkil qiluvchilari  quyosh, oy, zamin uyg‘unligi tarannum

etiladi.



216

Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, „Vatan iqbol

kutar“ she’rining har bir misrasi go‘yo harakat uchun dasturdek

jaranglaydi:

Senda, menda, bizda,

Har bir o‘g‘il-qizda,

Yagonadir Vatan,

Asra uni har dam.

Sendan, mendan, bizdan,

Har bir o‘g‘il-qizdan

Vatan iqbol kutar,

Bizga imkon tutar.

„Bu bizning O‘zbekiston“ she’ri esa respublikamiz viloyat-

larining o‘ziga xos jihatlarini iftixor bilan tarannum etadi. Bu she’rda

ham bolalar uchun qulay savol-javob shakli tanlanadi:

— Qaysi yurtning nonlari

Kiritadi jonlarni?

— Minoralari baland

Samarqand bu, Samarqand!

Kavsar Òurdiyevaning so‘nggi yillardagi ijodida turkum she’r-

lar katta o‘rin tutadi.

Bu, eng avvalo, kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun

mo‘ljallangan „Harakatli  o‘yin“ she’rlari turkumi. Ular „Òug‘ilgan

kun“,  „Biz aqlli bolamiz“, „Òozalik — go‘zallik“, „Badantarbiya“,

„Òandirimiz“, „Oftob chiqdi olamga“, „Sichqonchalar qo‘shig‘i“

va ko‘pgina boshqa she’rlardir. „Òug‘ilgan kun“ she’ri barcha

bog‘chalarda harakatli o‘yin sifatida tarbiyalanuvchilarni tug‘ilgan

kun bilan qutlash uchun mo‘ljallangan:

Akbarshoh:

Gulshodaning bugun tug‘ilgan kuni,

Davra qurib tabriklaymiz biz uni,

Bo‘yi o‘ssin bunaqa

(Bolalar qo‘li bilan baland harakatni qilishadi).

Yigit:


Qizcha bo‘lsin bunaqa, bunaqa

(Bolalar qo‘li bilan „a’lo“ harakatini qilishadi).

Jumladan, sichqonchalar qo‘shig‘ida ham jonivorlarni jon-

lantirish orqali bolalarga axloq-odobning ilk saboqlari beriladi:




217

Cha-cha-cha,

Chiy-chiy-chiy,

Salom, sichqoncha.

Yur, o‘ynaylik-chi.

Cho‘m-cho‘m-cho‘m,

Cha-cha-cha,

Qilaylik achom.

Xayr  tonggacha.

Bu she’r ham qofiyalarning jarangdorligi, harakatlarning

tezligi, taqlidiy so‘zlarning ko‘pligi va bolalarga tanish so‘zlar

ishlatilishi bilan bolalar diqqatini o‘ziga jalb qiladi va tez yodla-

nadi.  Xuddi „Oftob chiqdi olamga“ she’ridagi kabi:

Oftob chiqdi olamga

Nuri tushdi xonamga.

Sen quvnoqsan,  men quvnoq,

Davraga tushgin, o‘rtoq.

Quvnoq qo‘shiq boshlanar,

Òaq-taq qilar poshnalar

Òaq-taq-taq, tuq-tuq-tuq,

O‘ynamagan bizda yo‘q.

Kavsar Òurdiyevaning ko‘plab turkumlari, jumladan,  ko‘cha-

larga, kasblarga, hayvonot olamiga, dorivor giyohlarga, yo‘l

harakati qoidalariga, meva va sabzavotlarga bag‘ishlangan. Yana

uning turli shakldagi alifbolari ham diqqatga sazovordir. Masa-

lan, Kavsar Òurdiyevaning qaysi she’r turkumini o‘qimang,

ularda ma’naviy barkamollikka chorlash, yurtning ravnaqini ko‘rish

istagi barq uradi. „Òoshkent ko‘chalari“ turkumiga kiritilgan

„Mehribon“, „Iltifot“, „Orzu“, „Vijdon ko‘chasi“ haqidagi

she’rlari bunga misol bo‘la oladi. Masalan, „Vijdon ko‘chasi“

she’rini olaylik:

Ko‘chamga bosganing on,

Senda uyg‘onar vijdon.

Menga tomon qadam tashlaysan,

So‘ngra o‘ylay boshlaysan.

Xafa qilgan kishingni,

Qilgan yomon ishingni.

O‘tgan bo‘lsa ayb-qusur,

Borib so‘raysan uzr.

Hatto og‘ir bo‘lsa ham,

Xatolaring olgach tan.

Vijdoningni sozlaysan,

So‘ngra nafas rostlaysan.

Bu she’rlar kichik yoshdagi o‘quvchilar ko‘z o‘ngida mehr,

iltifot, vijdon kabi mavhum tushunchalarni jonlantirishga yor-



218

dam beradi. Uning kasblar haqidagi 1—4- sinf o‘quvchilariga

mo‘ljallangan she’rlari 100 ta kasbga bag‘ishlangan va ular turli

hajmga ega: 1-sinf uchun 4 qatordan, 2- sinf uchun 6, 3-sinf

o‘quvchilari uchun 8, 4-sinf o‘quvchilari uchun 12 qatordan iborat

va turli-tuman kasblarni o‘z ichiga oladi. Masalan, „Kinolog“ yoki

„Landshaft dizayneri“, „Laborant“, „DAN xodimi“, „Ofitsiant“,

„Òelefon operatori“, „Etnolog“, „Ixtiolog“ va boshqalar.

Mana „Landshaft dizayneri“ she’rini o‘qib ko‘raylik:

Landshaft ne? O‘ylab qara,

Bir xil yer bu, manzara.

Bir xillikni bezay der

Shu sohada dizayner.

Rassom sezgisi hamda

Yuksak did bordir unda.

Binoga bo‘lsin monand,

Maydonda ko‘kat, daraxt.

Naqshdek ekilgan gullar

Go‘zal tus hosil qilar.

Eng oddiy ko‘rimsiz joy,

U bo‘lsa ochar chiroy.

„Kasblar alifbosi“ haqidagi she’rda turli kasbni orzu qil-

gan bolalar ana shu sohada eng mahoratli, eng bilimdon va yur-

tining obro‘-e’tibori uchun xizmat qilishni orzu qiladi.

Masalan, agronom oyga tarvuz-qovunlar, paxta ekib, ularni

karvon orqali yerga yuborishni orzu qiladi. Bog‘bon yangi nav

yaratishni xohlaydi.

Harflar haqida juda ko‘p she’rlari mavjud. Masalan, „Harflar

ustaxonasi“, „Bemor B“, „Harflar she’r yozishgani haqida“.

Ularda she’rlarni ma’rifiy va ma’naviy maqsadi birlashib ketadi va

o‘quvchida zavq uyg‘otadi. Bola ruhiyatining turli qirralari aks

etadi.


Kavsar Òurdiyeva bir she’rida harflarning shakli haqida

ma’lumot beradi. Masalan:



A harfi ko‘p yoshidan,

Alifbening boshida.

O‘xshar  ikki oyoqqa,

Òomga, ikki tayoqqa.

Shoira  hatto to‘rtliklarga ham quvnoqlikni, tarbiyani va

ma’rifatni joylaydi. Masalan, V harfiga yozilgan she’r:




219


Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish