Mahsulot – buyum, mashina va ularning asosiy elementlari Reja: Umumiy tushunchalar. Mashinalar va ularning tasnifi


Umumiy va qismlari bо’yicha yig’uv texnologik sxemalarni tuzish (prof.V.M.Кovan) uslubi



Download 86,23 Kb.
bet3/4
Sana20.09.2022
Hajmi86,23 Kb.
#849444
1   2   3   4
Bog'liq
Mahsulot – buyum, mashina va ularning asosiy elementlari Reja U

4. Umumiy va qismlari bо’yicha yig’uv texnologik sxemalarni tuzish (prof.V.M.Кovan) uslubi

Umumiy va qismlari bo’yicha yig’ish texnologik sxemalarini tuzishning V.M.Кovan uslubi bo’yicha, texnologik yig’ish sxemalarini tuzish uchun mashina va mexanizmlarning har bir detali va qismi shartli ravishda chizmada to’g’ri to’rtburchak bilan belgilanadi va bu to’g’ri to’rtburchak chiziqlar bilan uch bo’lak xonachalarga ajratiladi (2.1, a-rasm). Xonachalarning birinchisiga detalning nomi (korpus,bolt, vint va h.k.) yoziladi; ikkinchisiga-yig’ma chizmadagi tartib raqami yoki detal inventar raqami yoziladi; uchinchisiga yig’ma chizmada bir xil shunday detallarning soni yoziladi (2.1, b-rasm).





2.1-rasm. Umumiy va qismlari bo’yicha yig’ish texnologik sxemalarini tuzishning V.M.Кovan uslubi. 1- detal nomi, 2-yig`ma chizmadagi tartib raqami yoki detal inventar raqami, 3- yig’ma chizmada bir xil detallarning soni.




2.2-rasm. Reduktor

Umumiy texnologik yig’uv sxema tuzish. Buning uchun mashina, mexanizm yoki qismlarning konstruktor tomonidan chizilgan yig’ilma chizmasi berilgan bo’ladi.


Texnolog o’z navbatida bu berilgan chizmani sinchiklab o’rganib chiqishi kerak, qo’yilgan texnik talablariga - qism va detallarning mashina va mexanizmlardagi xizmat vazifalariga ahamiyat berishi kerak, detal va qismlarni yig’ish ketma-ketligini aniqlab, sxemada qanday tartibda joylashtirib chizishni rejalashtirishi kerak.
Sxema tuzish uchun ma’lum formatdagi chizma yoki millimetrovkali qog’oz ishlatiladi. Qog’ozning o’rtarog’i va chap chetrog’iga to’g’ri to’rtburchak (baza detalni bildiruvchi) chiziladi, buning to’g’risiga - o’ng chetiga yana to’g’ri to’rtburchak (mashina, mexanizmni yig’ilgan holatini bildiruvchi) chiziladi va shu ikkala to’g’ri to’rtburchaklar o’rtasi to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Texnologik yig’uv sxemani tuzishda baza detalga yig’ilma birliklarni ketma-ket birlashtirish tartibida sxemadagi to’g’ri chiziqning ustiga alohida detallar to’g’ri to’rtburchagi, to’g’ri chiziqning pastiga еsa birinchi tartibli yig’ilma birliklarning (uzellarning) to’g’ri to’rtburchaklari joylashtiriladi (2.2-rasm va 2.3-rasm).



2.3-rasm. Texnologik yg’ish sxemalari: a- umumiy; b, v, g- qismlari bo’yicha

Kompleks – buyumning ikki yoki unlan ortiq ihtisoslashtirilgan qisimlari bόlib, ular ushbu buyumni tayyorlovchi korhonada yiġish operasiysi orqali bir-biri bilan birlashtirilmaydi, ammo ózaro boġliq bόlgan ekspluatatsion funksiyani bajarish uchun móljallangan bóladi. Baza detal deb, barcha qolgan qism va detallarni o’ziga birlashtiruvchi detalga aytiladi. Masalan: Traktor uchun baza detal - rama; dvigatel uchun - silindrlar bloki; reduktor uchun -pastki korpusi va h.k.


Masalan: avtomatik oqim, uchastka yoki she-avtomat, sonli dastur bilan boshqariladigan (RDB) dastgoxlari va boshqalar.
Komplekt – ikki yoki undan ortiq mahsulotdan iborat bólib, ular ishlab chiqarish korhonasida yiġish amalsi orqali ózaro biriktirilmagan buyumlar tóplamidan iborat bóladi va yordamchi hususiyatga ega bólgan umumiy ekspluatatsion vazifani bajarish uchun móljallangan bóladi. Masalan: asbob-uskunalar, extiyot qismlar, ólchash vositalari tóplami va h.k.
Agregat deb óz vazifasini mahsulotda yoki mustaqil ravishda bajaraoladigan yiġma birlikka aytiladi. U tóla ózaro almashinuvchanlik hususiyatiga ega. Agregatlardan yiġilgan mahsulot agregatli yoki modulli deyiladi.
Agregatli (modulli) tamoyil asosida loyihalangan va tayyorlangan mahsulotlar, albatta, yuqori darajadagi tehnik – iqtisodiy kórsatkichlarga ega bóladi. Agregatli (modulli) mahsulotlar ekspluatatsiya va tamirlash vaqtida qulaylikka ham ega, yiġish muddati ularda ancha qisqa bóladi.
Mashinalarning asosiy kórsatkichi uning sifat kórsatkichidir. Sifat kórsatkich bir-biri bilan uzviy boġliq bólgan aniqlik, puxtalik, resurs va chidamlilik kórsatkichlarni óz ichiga oladi.
Puxtalik deb mahsulotning vaqt davomida óz ish qobiliyatini saqlash hususiyatiga aytiladi. Puxtalik buzilish va buzilishga qadar ishchanliklari bilan tavsiflanadi.
Buzilish deb mahsulotning ish qobiliyatini birdan yóqotishiga aytiladi.
Ishchanlik deb mahsulotning buzilishiga qadar ishlash qobiliyatiga (muddatiga) aytiladi.
Mahsulotning buzilishiga qadar vaqt (soat hisobida) mahsulotning ishlash muddati bólib, u tasodifiy miqdordir.
Resurs mahsulotning ruhsat etilgan hizmat muddati bólib, soat bilan aniqlanadi. Resurs tasodifiy emas, aksincha, mahsulotning ruhsat etilgan ish muddati bólib, uning chidamliligini belgilaydi.
Mahsulotning puxtaligi umumiy hossaga ega bólib, buzilmasdan ishlash va chidamlilik hususiyatlarni óz ichiga oladi.
Chidamlilik deb mahsulotning ishlashi mumkin bólgan chegarali holatiga yetishigacha óz ish qobiliyatini saqlay olish hususiyatiga aytiladi. Bunda mahsulotni ekspluatatsiya qilish davrida belgilangan tehnik hizmat va ta’mirlash tizimi asosida uning ish qobiliyati saqlab turiladi.
Mashinaning sifatini; ta’mirlashda, tayyorlashda va ekspluatatsiya davridagi tejamlilik, iqtisodiy va tehnologiyaboplik kórsatkichlar tizimi aniqlaydi. Bulardan biri ish xajmidir, ya’ni normal intensivlikda mexnat qilib mahsulotni tayyorlash vaqtini soat bóyicha aniqlanishiga aytiladi.
Mahsulotning barcha detallarini tayyorlash uchun dastgohlarning yoki boshqa jihozlarning band bólish davomiyligini dastgohlarning ishlash vaqti aniqlaydi.
Mahsulotni ta’mirlash yoki tayyorlash jarayonining boshidan ohirigacha ketgan baqt oraliġiga ishlab chiqarish sikli deb aytiladi.
Sermehnatlik deb mashinani yoki uning bironta detalini ta’mirlash yoki tayyorlash tehnologik jarayonlarini bajarish uchun sarflanuvch barcha vaqtlar yiġindisiga aytiladi. Sermexnatlilikka qarab ishchilar soni aniqlanadi.
Serstanoklik deb dastgohlarni ma’lum muddat (vaqt) ichida tayyorlagan mahsulotlar soniga aytiladi. Serstanoklik bóyicha dastgohlar soni aniqlanadi.



Download 86,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish