Mahsulot sifati nazorati


Namga chidamlilik sinovlari



Download 0,54 Mb.
bet40/41
Sana11.04.2022
Hajmi0,54 Mb.
#542490
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
MSN uslubiy qollanma

Namga chidamlilik sinovlari. Davomiy, qisqa va tezlashgan shudring tushish va tushmasligi bilan sinovlar farqlanadi. Namlikni uzoq vaqt mobaynida ta’sir qilishi mahsulotning parametrlarini chidamliligini va mavjud bo‘lgan kamchiliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi (korroziyalar, izolyasiyaning shkastlanganligi). Qisqa vaqtli sinovlar mahsulotning ishlab chiqarish materiallari sifatida ishlatiladigan ishlab chiqarish texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan kamchiliklarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Davriy sinovlar bevosita atmosfera omillari ta’sir qiluvchi ochiq havoda ishlatiladigan mahsulotlarga nisbatan, shuningdek, yomg‘ir va quyosh radiatsiyasiga duchor bo‘lmaydigan, ya’ni ochiq joylarda, biroq pana bo‘lgan joylarda, yopiq transport vositalarida ishlatishga mo‘ljallangan mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Davriy sinovlar odatda shudring tushishi bilan o‘tkaziladi, ya’ni namlik kondensatsiyasi rejimida o‘tkaziladi.
Uzluksiz sinovlar yopiq joylarda ishlatishga mo‘ljallangan va doimiy ravishda yomg‘ir va quyosh radiatsiyadan holi bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan ishlatiladi. Uzluksiz sinovlarda kameradagi harorat va namlikni butun sinov jarayonida o‘zgarmas holda saqlashadi. Uzluksiz sinovlar odatda shudringning tushisiz o‘tkaziladi. Sinov o‘tkazishning aniq metodikasini mahsulotning nimaga mo‘ljallanganligi va ularning ishlatish sharoitlariga qarab aniqlanadi, shuningdek, ularning konstruktiv o‘ziga xosliklari hisobga olinadi. Masalan, ko‘p obmotkali mahsulotlarni (transformatorlar, relelar) davriy rejimda sinash tavsiya etiladi. Umumiy ishlab chiqarish va uy ro‘zg‘or ishlarida ishlatishga mo‘ljallangan elektron texnikalar 93+-3 % nisbiy namlik va 25+-2 OS yoki 83+-3 % nisbiy namlik va 25+-2O S haroratdagi uzluksiz rejimda sinash tavsiya etiladi. Sinovlar davomiyligini ND har bir mahsulot turiga qarab belgilaydi, biroq u 93% namlikda 48 soatdan va 83% namlikda 96 soatdan oshmasligi kerak.
Davriy rejimdagi sinovlar (namlikni kondensatsiya qilish rejimi). Mahsulotlarni namlik kamerasiga joylashtirishadi va doimiy ravishda uzluksiz ketma ket davriyliklar ta’siriga duchor qilishadi. Davriyliklar miqdori 13.1. jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak. Har bir davriylik ikki qismdan iborat bo‘ladi. Davriylikning birinchi qismida mahsulotlar 16 soat davomida mazkur qattiqlik darajasi uchun maksimal mumkin bo‘lgan 95+-3% nisbiy namlik ta’siri ostida bo‘lishadi.
jadval

Sinovlar reglamenti

Qattiqlik darajalari uchun sinovlar

























Sinov davriyliklari miqdori
Davriylikning birinchi qismidagi havo haroratining yuqori belgisi, OS

Davo
4
40-+2

Miy
9
40-+2

21
40-+3


42
40-+3



Tez
4
55+-2

Lash
9
55+-2

gan
18
55+-2

Maksimal mumkin bo‘lgan harorat sinovlarining vaqti kamerani qo‘shgandan so‘ng hisoblay boshlashadi. Harorat va namlikni oshirish mahsulotlarda kondensatsiyani ta’minlab berish uchun ancha tez bo‘lishi kerak. Davriylikning ikkinchi qismida mahsulotlari bor kamerani 8 soat mobaynida nisbiy namlik 94-100 % bo‘lib, maksimal mumkin bo‘lgan belgidan har qanday qattiqlik uchun haroratni 5 OS ko‘proqqa tushirib sovutishadi. Sinovlarni bosim ostida yoki elektr bosimisiz o‘tkazishadi. Parametrlarni o‘lchash va boshqa tekshiruvlar oxirgi davriylikda amalga oshiriladi, ya’ni oxirgi soatda haroratning mumkin bo‘lgan belgisida mahsulotlarni namlik kamerasidan olmasdan o‘tkazishadi. Agar mahsulot parametrlarini kameradan olib chiqmasdan o‘lchash maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki texnik tomondan noqulay bo‘lsa, unda mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va o‘lchovlar o‘tkazishadi, biroq bunda vaqt 15 daqiqadan oshmasligi kerak.


Uzluksiz rejimdagi sinovlar (namlikni kondensatsiya qilmaydigan rejim). Mahsulotlarni namlik kamerasiga joylashtirishadi va u erda ularni 13.2. jadvaliga asosan ushlab turishadi va namlik 95+-3% ni tashkil qiladi. Issiqlik va namlik manbalarini o‘chirgandan so‘ng mahsulotlarni kameradan olib chiqishmaydi balki ularni toblaydilar. Toblanish vaqti sinov turi va mahsulot tavsifiga qarab belgilanadi. Toblanish vaqti tugagach mahsulotlarni kameradan olib chiqishadi va yana ma’lum bir vaqt mobaynida normal klimatik sharoitlarda toblashadi (ushlab turishadi). Uzoq vaqtli sinov bo‘ladigan bo‘lsa toblash vaqti 24 soatdan kam bo‘lmasligi kerak, agar qisqa vaqtli toblash bo‘ladigan bo‘lsa unda – 1-2 sotdan kam bo‘lmasligi kerak. Toblashdan so‘ng mahsulotlar ko‘rib chiqiladi va parametrlar o‘lchovi o‘tkaziladi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish