Mahsus xossali po’latlar Reja: Umumiy ma’lumotlar. Oddiy sifatli konstruktsion po’latlar



Download 37,87 Kb.
bet7/10
Sana07.04.2022
Hajmi37,87 Kb.
#534469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KMT Mustaqil ish - Mahsus xossali po\'latlar

5. Qiyin eruvchan metallar.

Bu metallardan 10000S yuqori temperaturalarda ishlaydigan detallar tayyorlanadi. Bu metallar W (34100S), Ta (30000S), Mo (26400S), Nb (24150S), Cr (19000S).


Qiyin eruvchan metallarni yuqori issiqbardoshligining sababi - ularni kristall panjarasidagi atomlarni kuchli bog’lanishi.
6. Zanglamas po’latlar.

Korroziya turli mashina detallari va metall konstruktsiyalarga katta ziyon yetkazadi va bu zarar yildan yilga ortib bormoqda.


Korroziya sharoitida ishlaydigan detallar korroziyabardosh metall yuqori elektrkimyoviy potentsialga ega bo’lishi va bir fazali bo’lishi kerak. Xrom elementini miqdori 12% dan ortganda po’latni elektrokimyoviy potentsiali sakrab musbat qiymatni oladi va bunday po’latni korroziyabardoshligi keskin ortadi. Zanglamas po’latlar xromli va xrom-nikelli zanglamas po’latlarga bo’linadi.
Ayrim mashina detallari (ichki yonuv dvigateli detallari, gaz trubinasi lopatkalari) yuqori temperatura ta’sirida ishlaydi. Bunday detallar o’z vazifasini bajarishlari uchun ular o’tga chidamli va issiqbardosh bo’lishlari kerak va bunday po’latlar va qotishmalar bilan tanishib chiqamiz.
Bu po’latlar xromli va xrom-nikelli zanglamas po’latlarga bo’linadi.
a) Xromli zanglamas po’latlar. Bu po’latlarni ko’pida 13...18% Cr (ayrim po’latlarda 25...30% Cr) bo’ladi. 13% xromli po’latlar (0X13, 10X13, 20X13, 30X13, 40X13) da 0,1...0,45% uglerod bor.
Ko’proq xromli po’latlar (X17, X25, X28) tarkibida uglerodni miqdori kamroq (0,1...0,15%).
Strukturasiga ko’ra 0X13, X17, X25T, X28 po’latlari ferritli po’latlar. Bu po’latlar fazasi o’zgarmaydigan po’latlar va ularni termik ishlab mustaxkamlab bo’lmaydi. Xromli po’latlarni mo’rtligi yuqori, chunki ular yirik donali. Bu po’latlar kristallitlararo korroziyaga moyil. Kuchli karbid xosil qiluvchi moddalar (Ti) po’latni korroziyabardoshligini oshiradi.
Kristallitlararo korroziya quyidagicha amalga oshadi: po’lat qizdirilsa yuqori temperatura xrom donaning chegarasiga diffuziyalanib, uglerod bilan ta’sirlashib karbid xosil qiladi, natijada dona chegarasida xromni miqdori 13% dan kamayadi va donalar chegaralari korroziyaga uchraydi. Bu kristallitlararo korroziya.
Qizdirishda xromli po’latlarda ferrit donasi yiriklashadi. Bunday xodisa po’latlarni kamchiligi. Xromli po’latlarni payvandlashda va boshqa issiq ishlov berishda rejimga jiddiy eotibor berish lozim, sovitishni tez bajarish kerak (450...5500S dagi karbidlashishini oldini olish uchun).
10X13, 20X13, 30X13, 40X13 po’latlari - martensit po’latlar. Bu po’latlar toblanadi va bo’shatiladi. 30X13, 40X13 po’latlardan kesish asboblari (xirurgiya), prujinalar, karbyurator ignasi, uy-ro’zьor buyumlari tayyorlanadi.
Ferritli po’latlarni mexanik xossalarini oshirish maqsadida po’lat tarkibiga 2...3% nikelp qo’shiladi (1X13N3, 1X17N2). Bu po’latlar toblanib (10000S) 275-3500S bo’shatilsa, po’latni oquvchanlik chegarasi 1000 MPa tashkil etadi. Bu po’latlardan agressiv muxitlarda ishlaydigan muxim, oьir yuklangan detallar tayyorlanadi.
b) Xrom-nikelli austenitli po’lat. Xromli po’latlarga nisbatan xrom-nikelli po’latlar muvozanat xolatda va nakleplangan xolatda va yuqori temperaturalarda yuqori mexanik xossalarga va kislotabardoshlikga ega.
Tarkibiga ko’ra xrom-nikelli po’latlar yuqori legirlangan po’latlar. Ko’p xollarda xrom-nikelli po’latlar tarkibiga 18% xrom va 9...10% nikelp kiritiladi. Po’latlar X18N9, 12X18N9T, 00X18N10 austenitli po’latlar. Po’latlarni arzonlashtirish maqsadida defitsit nikelp o’rniga marganets (40X14G14N3T), po’lat tarkibiga kiritiladi. SHu maqsadda azot xam qo’llaniladi (0X20N4AG1). Kristallitlararo korroziyaga qarshi po’lat tarkibiga titan kiritiladi, ikkinchi yo’li - uglerodni kamaytirish (<0,04%S). Ikkinchi yo’lni texnologik jixatdan bajarish qiyin.
Barcha zanglamas po’latlardan austenitli po’latlar keng qo’llaniladi. Ularni korroziyabardoshliligi yuqori, mexanik xossalari yaxshi (ok800 MPa; =40...50%; =50...60%), po’latlar yaxshi payvandlanadi.
Austenitli po’lat 1000...10500S dan suvda toblanadi. Qizdirishda karbidlar yemiriladi va austenitda singiydi, tez sovitishda karbidlar xosil bo’lishga ulgurmaydi va bir jinsli austenit xosil bo’ladi, bu esa po’latni kristallitlararo korroziyaga bardoshliligini oshiradi.
Austenitli po’latni plastikligi yuqori, shuning uchun po’latni plastik deformatsiyalab mustaxkamlash mumkin (ok=1000...1200 MPa; v=1200...1400 Mpa). Austenit po’latini kesib ishlanuvchanligi yomon.
Austenit po’latlari mo’rtlashmasdan juda past (-2000S) temperaturada ishlashi mumkin. Po’latni yanada korroziyabardoshligini oshirish maqsadida po’lat tarkibiga mis yoki mis bilan molibden kiritiladi, masalan, po’lat 0X23N28M3D3T.
Juda yuqori korroziyabardoshlilikka nikelp asosidagi qotishma (80% Ni+20%Mo) - xastelloy ega.
Zanglamas po’latlarni assortimenti keng. SHuning uchun po’latlardan foydalanishda spravochniklardan foydalanish kerak. Xrom-nikelli austenitli po’latlar kimyo va oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladi. Bu po’latlarni asosiy kamchiligi - narxi baland va nikelp defitsit.


Download 37,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish