"makroiqtisodiyot"



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

 
4.Nominal va real YaIM 
Ishlab  chiqarishning  hajmini  ifodalash  uchun  ham  natural,  ham  qiymat 
ko’rsatkichlari  qo’llaniladi.  Ammo  milliy  iqtisodiyot  ishlab  chiqarish  hajmini 
natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir  – biri bilan 
solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi. 
Shuning  uchun  ham  milliy  ishlab  chiqarish  hajmini  va  tarkibini  ifodalashda 
qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida 
aniqlanadi: 

ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; 

narxlar darajasi. 


27 
 
Amaliyotda  milliy  hisobchilik  tizimida  narxlarning  ikki  ko’rinishi 
qo’llaniladi: 
-joriy yoki haqiqiy narxlar; 
- o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar. 
Shu  yildagi  joriy  yoki  amaldagi  narxlar  yil  mobaynida  mahsulot  ishlab 
chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda 
takror  ishlab  chiqarishning  moliyaviy  qiymat  jihatlarini  aks  ettiradi.  Lekin  joriy 
narxlardan  ishlab  chiqarishni  ma’lum  bir  vaqt  davomida  tahlil  qilish  uchun 
foydalanish  maqsadga  muvofiq  emas.  Chunki  ularni  xar  qanday  oshishi  yoki 
pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, 
iqtisodiyotning  haqiqiy  ahvolini  buzib  ko’rsatadi.  Milliy  iqtisodiyotning 
rivojlanishiga  haqqoniy  baho  berish  uchun  o’zgarmas  narxlardan  foydalaniladi. 
O’zgarmas  yoki  solishtirma  narxlar  asos  qilib  olingan  biror  –  bir  yildagi 
mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini 
qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini 
o’zgarishini  ilg’ash  imkonini  beradi  va  ishlab  chiqarishni  ma’lum  bir  vaqt 
davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi. 
Mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishining  joriy  va  solishtirma  narxlardagi  ifodasi 
tubdan farqlanadi. 
Bazis  yilni  xar  bir  mamlakat  rivojlanish  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda 
o’zi  belgilaydi.  Bazis  narxlardan  foydalanib  ham  o’tgan  yillar,  ham  kelgusi 
yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi. 
Joriy  narxlarda  o’lchangan  ishlab  chiqarish  hajmini  nominal,  solishtirma 
narxlarda o’lchanganini real deb ataladi. 
Narxlarning  o’sishi  bilan  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini 
o’zgarishini  ko’rsatuvchi  miqdorni  barcha  tayyor  mahsulot  va  xizmatlarning 
umumiy  narx  indeksi  yoki  deflyator  deb  ataladi.  Yalpi  ichki  mahsulot  tarkibiga 
millionlab  nomdagi  yaratilgan  ne’matlar  kiradi  va  ularni  xar  birining  narxini 
o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator 
bozor  savati  yordamida  aniqlanadi.  Bozor  savati  yalpi  ichki  mahsulot  tarkibiga 
kiruvchi,  uning  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  muhim  tovar  va  xizmatlarni  o’z 
ichiga  oladi.  Statistika  idoralari  tomonidan  bozor  savatiga  kiritilgan  tovar  va 
xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib  turiladi va shu asosda 
narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi. 
                              Joriy yildagi bozor savatiningbahosi  
                                                shuyilning narxlarida 
Joriy yil deflyatori =-----------------------------------------------------x 100 
                                  Joriy yildagi bozor savatining bahosi 
                                               bazis yili narxlarida 


28 
 
Agarda  o’tgan  davr  ichida  yalpi  ichki  mahsulotning  natural  hajmi 
o’zgarmasdan  qolgan  bo’lsa,  uning  nominal  qiymati  shuncha  oshadi.  Narxlar 
darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam 
darajagacha  tushib  ketadi.  YaIM  narxlari  indeksining  joriy  yilda  bazis  yilga 
qaraganda  ko’tarilib  borishi  inflyatsiyani  va  aksincha,  uni  kamayib  borishi 
deflyatsiyani  bildiradi.  Milliy  ishlab  chiqarish  hajmini  o’zgarishiga  narxlarning 
ta’sirini  bartaraf  etish  maqsadida  deflyator  yordamida  real  yalpi  ichki  mahsulot 
hisoblanadi. 
                         Nominal YaIM 
Real YaIM =   -------------------------- x 100 % 
                               Deflyator 
Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir 
ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi 
keng  qo’llaniladi.  Bu  ko’rsatkich  ham  deflyator  kabi  bozor  savati  yordamida 
aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini 
tashkil  etuvchi  iste’mol  mollari  va  xizmatlar  kiritiladi,  holbuki,  deflyatorni 
hisoblanayotganda  bozor  savatining  sezilarli  qismini  ishlab  chiqarish  uchun 
mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga 
qaraganda  qayd  etilgan  iste’mol  bumlari  va  xizmatlar  turkumining  qiymatini 
qanday  o’zgarayotganini  aks  ettiradi.  Boshqacha  aytganda,  bu  indeks  yordamida 
xar  bir  kishining,  oilaning  va  barcha  aholining  hayot  kechirish  qiymati  yoki 
turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. 
Demak,  iqtisodiyotda  doimiy  inflyatsiya  jarayonining  mavjudligi 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlarni  taqqoslama  baholarda  hisoblashni  zarur  etib 
qo’yadi.  Chunki,  inflyatsiya  iqtisodiyotning  real  holatini  buzib  ko’rsatadi. 
Iqtisodiyotni  tahlil  qilish,  muammolarni  aniqlash  hamda  boshqaruv  qarorlarini 
qabul  qilishni  qiyinlashtiradi.  Bu  vazifani  bajarish  uchun  joriy  baholarda 
hisoblangan  nominal  ko’rsatkichlardan  emas,  balki  taqqoslama  (bazis)  baholarda 
hisoblangan  real  ko’rsatkichlardan  foydalanish  zarur.  Baholar  indeksini  yoki 
inflyatsiya  darajasini  hisoblash  uchun:  deflyator;    iste’mol  narxlari 
indeksi(Laspeyres indeksi); sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi 
lozim. 
Deflyator ko’rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi: 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish