Мактабдаги тарбиявий ишлар тизимида синф раҳбарининг фаолияти, ташкил этиш методикаси


II BOB. Menejment tamoyillarning amaliy jihatlari



Download 95,31 Kb.
bet7/15
Sana11.07.2022
Hajmi95,31 Kb.
#777653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
kurs ishi 2





II BOB. Menejment tamoyillarning amaliy jihatlari

2.1 Ishlab chiqarishni va ishlab chiqarish bo‘g‘inlarini

boshqarish


Korxona taraqqiyotning hamma bosqichlarida iqtisodiyotning asosiy va birlamchi bo‘gini hisoblanadi. Albatta konkret korxonani boshqarish fanlarining tuzilmasi, uni boshqarish shakli va usullari uning masshtabi va ixtisosligiga bog‘liq bo‘lada. Umumiy qilib aytganda iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar bir-birovi bilan o‘xshashlik va farqlari mavjud. O‘xshashligi shundaki har qanday korxona mahsulot, tovar, xizmatlar ishlab chiqaradi, ma‘lum faoliyatni amalga oshiradi. Aynan ana shunda uning bosh maqsadi va vazifasi o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham ularni shakl va turlaridan qat’iy nazar, korxonalarni boshqarish asosida texnologik jarayonlari boshqarish yotadi.
Umumiy o‘xshashligidan tashqari iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxonalarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu birinchi navbatda turli sohadagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil qilishdagi o‘ziga xos sharoitlardir. Masalan, ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini uzoq muddatga cho‘zilishi va jarayonlarning murakkabligi, ularni tayyorlash va xizmat qilish operatsiyalarining o‘ziga xos xususiyati va hokazolar. Korxonalar o‘rtasidagi farq, xuddi shunday ishlab chiqarishni tayyorlash jarayonining bosqichlarida ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, yangi mahsulotlarni loyihalash va uskunalash, loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblarni amalga oshirish, me’yoriy hisoblarni amalga oshirish va hokazolar.
Iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korxonalar mamlakatimiz va chet el ta’minlovchilar bilan ko‘plab aloqalarni amalga oshiradilar. Ushbu aloqalar xom ashyo bilan ta’minlovchilar va iste’molchilar bilan amalga oshiriladi. Ana shu o‘zaro aloqalarni saqlab turish va muvofiqlashtirish korxona boshqaruvining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Biron-bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonalar ishlab chiqarishning turli omillaridan foydalanadi. Bularga ishchi kuchi, jihozlar, xom ashyo, materiallar, axborot, pul mablag‘lari kiradi. Shunga qarab korxonani boshqarish bir necha yo‘nalishlarga bo‘linadi. Bular quyidagilardan iborat;
1. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularni madaniy-texnik darajasini oshirish, (personalni) kadrlarni boshqarish;
2. Korxonalami ishlab chiqarish faoliyatini texnik-iqtisodiy rejalashtirish;
3. Ishlab chiqarishni operativ boshqarish;
4. Korxonani texnik rivojlanishini va ishlab chiqarishni texnik tayyorgarligi;
5. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish;
6. Mehnatni tashkil qilish va ish haqi;
7. Ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minoti;
8. Tayyor mahsulotni sotishni tashkil qilish;
9. Moliya faoliyatini amalga oshirish;
10. Ishlab chiqarishga texnik va tashkiliy-xo‘jalik xizmatini tashkil qilish.
Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning yig‘indisini chet mamlakatlar amaliyotida korxona menejmenti deb ataladi. Administratorlar, korxona faoliyatining boshqaruvchilarini menejerlar deyish qabul qilingan. Ushbu atama hozirgi paytda bizning respublikamizda chop qilingan iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotda keng ko‘lamida ishlatilmoqda.
Hozirgi sharoitda respublikamizda bir qator korxonalarni boshqarish tuzilmasining turlari mavjud. Korxona, kompaniya, konsernlar odatda boshliq yoki prezident tomonidan boshqariladi.Kompaniya va konsernlarni prezidenti strategik rahbarlikni amalga oshiradi. Operativ boshqarish ijrochi direktorlar tomonidan olib boriladi. Direktor ko‘p holatlarda korxona faoliyatining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zining muovinlariga ega. Masalan, texnika va texnologiya, ishlab chiqarish, fan, iqtisod, moliya va hokazolar bo‘yicha.
Korxonalarni boshqarish apparatiga turlicha xizmatga oid bo‘limlar mavjud bo‘ladi. Ularni amaliyotda ma’muriy-boshqarish xodimlari deb ataladi. Odatda, korxona bo‘limlarini boshqarish ishlab chiqarish (korxonani boshqaradigan) va funksional qismlarga (moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, texnologiya, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish) bo‘linadi. Hammasini umumlashtirib rahbarlar, mutaxassislar va texnik ijrochilar deb ham atasak bo‘ladi.
Korxona tizimida bo‘linma, sex, bo‘lim, laboratoriyalar va boshqa bo‘linmalarni ko‘rsatish mumkin. Hammasida o’zining boshqarish organlari mavjud.
Korxonani boshqarish asosida chiziqli va funksional usuli yotadi. Shuni qayd qilish joizki, har qanday ishlab chiqarishni boshqarish tizimida chiziqli usul yotadi, tizimning ichida bo‘g‘in va pog‘onalarni bir-biridan farq qilish lozim. Bo‘g‘in bu alohida funksiyalarni bajaruvchi mustaqil bo‘linmadir. Boshqarish bo‘g‘ini tushunchasiga, shuningdek, bir necha tashkiliy tuzilmalarni faoliyatini amalga oshiruvchi rahbarlarni ko‘rsatish mumkin. Bularga bosh muhandis, bosh texnolog, smena boshliqlari va hokazolar kiradi.
Boshqarish pog‘onasi bu bo‘g‘inlarning yig‘indisi hisoblanadi. U boshqarish iyerarxiyasini belgilaydi (quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinishi). Boshqarish tizimidagi chiziqli bo‘limlar buyrug‘ini bajarish unga bo‘ysinadigan hamma bo‘limlar uchun shart hisoblanadi. Chiziqli boshqarish berilgan farmoyish va vazifalarni bajarilishida anglashmovchilik kelib chiqishiga imkon bermaydi. Chunki ushbu vazifalar bir rahbar tomonidan beriladi. Shu bilan rahbarlik birligi ta’minlanadi, rahbarlarning o‘zlariga berkitilgan bo‘limlar uchun mas’uliyati oshadi.
Chiziqli boshqarish tizimini joriy qilish butun boshqarish mexanizmining samarali harakatini ta’minlaydi. Shuning uchun ham chiziqli boshqarishni ratsional tashkil qilish bir qator talablarga javob berishi lozim. Birinchidan, bo‘ysinadigan pog‘onalaring soni qancha kam bo‘lsa, uni boshqarish shuncha oson bo‘ladi. Iloji boricha kam odamlar boshqarish jarayoniga aralashadi. Bu esa boshqarish obyektini holatini barqarorligini ta’minlash imkoniyatini tug‘diradi.
Ikkinchidan, chiziqli boshqarishni samarali harakat qilishi sharoitlaridan biri buyruqlarni pastki bo‘g‘inlarga uni bevosita rahbari tomonidan berilishi hisoblanadi. Masalan, zavod direktori sex boshlig‘I xabarisiz, ya’ni bevosita sex ustasiga buyruq berilishi noto‘g‘ri hisoblanadi. Amaliyotda agar bunday holatlar uchrab qolsa, demak, chiziqli boshqarish tamoyili buzilgan hisoblanadi. Uchinchidan, chiziqli boshqarish tizimi rahbarlar va bo‘ysinadigan shaxslarning ratsional nisbatini hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Rahbar va boshliqlar sonining ko‘pligi, odatda mas’uliyatsizlikni keltirib chiqaradi va boshqarish operativligini susaytiradi.
Korxonani boshqarish tizimining barpo qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ikkinchi tamoyil – bu funksional tamoyildir. Bu tamoyil chiziqli boshqarish tizimidagi rahbarlar o‘rtasidagi mehnat taqsimotidan kelib chiqadi. Buning ma’nosi, shundan iboratki, chiziqli boshqarish tizimining har bir bo‘g‘ini ma’lum funksiyani, yoki uning bir qismini bajaradi. Funksional boshqarishning zaruriyati ishlab chiqarish tizimining murakkabligi va bu jarayonning xilma-xilligidan kelib chiqadi. Ushbu xususiyatlar ma’lum darajada turli sohalar bo‘yicha maxsus bilimga ega bolishni talab qiladi. Shuning uchun ham korxonani boshqarish va bu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun ko‘p mehnat va ko‘pchilik odamlarning vaqti kerak bo‘ladi.
Funksional boshqarish bu alohida funksiyalar bo‘yicha boshqarishni amalga oshirishdir. Har bir funksional bo‘linmaning o‘zining rahbari bo‘ladi. Ular ham yakka boshchilik tamoyili asosida harakat qiladi. Funksional bo‘g‘inlarning hamma rahbarlari korxonani chiziqli boshqarish tizimi tarkibiga kiradi. Bu asosda chiziqli va funksional boshqarishning birligi ta’minlanadi.
Funksional boshqarish quyi pog‘onadagi bo‘limlar faoliyatini rahbarligini ta’minlab,bir funksiya doirasidagi masalalarni hal qiladi. Ya’ni, uni boshqarish doirasi va yechadigan masalalari chegaralangan bo‘ladi. Funksional bo‘linmaning rahbarlari pastki bo‘g‘inlarga ma’muriy farmoyishlar berish huquqiga ega emaslar. Shuni qayd qilish joizki,ushbu sertarmoq va murakkab boshqarish nisbatan katta korxonalar uchun xosdir. Uncha katta bo‘lmagan korxonalarda bu hol ancha oddiy kechadi.














Download 95,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish