6-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqning bosh qismini mexanizator tayyorlagan qo‘g‘irchoqning gavda qismiga qatiriladi. Qo‘g‘irchoqning qo‘l-oyog‘i, gavdasi va bosh qismidan ip tortib qo‘g‘irchoqni boshqarish uchun tayyorlangan moslamaga qotiriladi. Ip bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning harakatlari boshqa qo‘g‘irchoqlar harakatiga nisbatan hayotiyroq yoki qiziqarliroq bo‘ladi. Bu esa tomoshabinni o‘ziga yanada jalb qiladi.
9. Aktyori ko‘rinadigan (planshetniy) qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz, har xil rangli bo‘yoqlar, yog‘och parchalari, yog‘och ustasi ishlatadigan asbob-anjomlari.
1-5 gacha bo‘lgan bosqichlar qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar kabi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |