Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi



Download 21,6 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2022
Hajmi21,6 Kb.
#355449
  1   2   3
Bog'liq
elementar matem


maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhi bolalarida matematik

tasavvurlarni rivojlantirish samaradorligi.

3.1. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish

Maktabgacha ta’lim muassasalari matematika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan

usullarning shakllari turli-tumandir. Bu shakllarning har biri didaktik yo‘nalganligi,

bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individualma-individual ish nisbati,

pedagogik rahbarlik xususiyatlari bilan shartlangan holda o‘ziga xosligi bilan

farqlanadi. Ko‘pincha bitta mashg‘ulotni amalga oshirish bolalarning bilishga oid

faoliyatlarini tashkillashtirishning bir necha ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Masalan,

umumiy shakl guruh bilan uyg‘unlikda yetarlicha samarador va sifatli oliy natijalarni

beradi. Maktabgacha yoshdagilar bilan eksperimental ish quyidagi bosqichlar

doirasida olib borildi:

1-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki elementar matematik

bilimlar, ko‘nikma va malakalarining egallanishi;

2-bosqich – bilimlarni nazorat qilish (mustahkamlash);

3-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy faollik jarayonini

rivojlantirish va ular egallagan bilimlar asosidagi tajriba, ko‘nikmalarini

shakllantirish.

Bu jarayonda maqsadga muvofiq ravishda quyidagi uslubiy tamoyillar tadqiqot

ishining tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asos sifatida xizmat qildi:

1.Og‘zaki – ertak, hikoya, tushuntirishlar.

2.Ko‘rgazmali – illyustratsiya, tarqatma materiallar.

3.  Amaliy  –  kubiklar,  legolar,  konstruktorlar,  geometrik  shakllar  yasash  va  ulardan

amalda foydalanish.

4.Turli matematik tushunchalarni mustahkamlash.

5. Ijodiy-mustaqil–jamoaviy (guruhda tarbiyachi nazorati ostida, qurish yasash

ishlarida).

Og‘zaki, ko‘rgazmali usullarga oid uslubiy tamoyillar ta’limning birinchi

bosqichida 6-7 yoshli bolalarda qo‘llanildi. Geometrik shakllar, sanoq va miqdor,

kattalik, fazoviy tasavvurlar va vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni o‘rgatish ishlarini sekin-

asta mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha topshiriqni murakkablashtirgancha olib borish

ancha natijadorlikka olib keldi.

Har bir mashg‘ulotda bolalarda matematika bilan muloqotdan quvnoq kayfiyat

yaratishga urindik. Bolalarnikiga mehmonga ertak qahramonlaridan Zumradoyning

kelishi muammolarni hal etish uchun yordam so‘rashi bolalarga matematik

masalalarni hal etish uchun qiziqish uyg‘otdi. Bolajonlarga bu mashg‘ulot quvonch

baxsh etadi, ularni matematik tushunchalardan foydalanishga, ularni bir biridan

farqlashga  o‘rgatadi. Bunday mashg‘ulotlarga ko‘pincha ertak qahramonlari tashrif

buyuradi va bolalar bilan o‘ynashga kirishadi. Demak, tarbiyachi  bunday

mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish orqali bolalarda matematik tasavvurlarning va

tushunchalarning shakllanishi, ularni amalda qo‘llashni  o‘rganadilar.

Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan

matematik bilimlarini mustahkamlaydilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab

vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar.

Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki

amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni,

o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar.

Tajriba sinov ishlari natijasi shuni  ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim

muassasalari tarbiyalanuvchilari yoshiga mos ko‘rgazmali, og‘zaki va turli uslubiy

tamoyillarni qo‘llashni taklif qilamiz. Masalan, bolalarga soat tasviri tushirilgan

chiroyli illyustratsiyani ko‘rsatamiz. Tarbiyachi hikoya qilyapti: “Devorda qadimiy

soat osig‘liq turipti (tarbiyachi nog‘oraga bir marta uradi). Biroq soat chiqillab

yurishi kerak, tik-tak (tarbiyachi nog‘oraga bir necha bor uradi). Bolalar biz sizlar

bilan nog‘ora cholg‘usida soat qanday yurayotganini eshitdik, qutichada yomg‘ir

qanday yog‘ishini eshitish ham mumkin. Tarbiyachi  so‘zlaydi: “Zumrad sayrga

chiqdi, to‘satdan uning kaftiga yomg‘ir tomchisi tushdi (tarbiyachi qutichaga urib,

tovush chiqaradi). Bulut quyosh yuzini qopladi va Zumrad kaftiga bir necha yomg‘ir

tomchilari tushdi (tarbiyachi qutichaga bir necha marta uradi).  Avvaliga tomchilar

siyrak tushdi (tarbiyachi buni qutichada siyrak zarblar bilan tasvirlaydi), keyin esa

yanada ko‘payaverdi. Yomg‘ir kuchaydi (tarbiyachi tez-tez zarb beradi). Zumrad

soyabonini ochdi va yomg‘irning tugashini kutib turdi. Tez orada quyosh mo‘raladi

va yomg‘ir tindi”. Keyin tarbiyachi bolalardan qanday yomg‘ir bo‘lganini

aniqlashtiradi. Bolalar javob qiladilar: “Kuchli, katta, ko‘p, kam, kichik”, tarbiyachi

esa soatga e’tibor qaratadi: “Bolalar, qaranglar:  men qaysi asbob yordamida yomg‘ir

tomchilarini yetkazdim? Bu asbob soat deb nomlanadi, avvaliga necha tomchi,

ikkinchi martagachi? Eslab ko‘ramizmi?”. Shunday qilib, sanoq, miqdor, tezlik,

kattalik tushunchalarini mustahkamlaymiz, bolalarga uni ko‘rib chiqish va tovush

chiqarishini yana bir bor tinglashni taklif qilamiz.

Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga matematik topishmoqlar taklif qildik.

Tarbiyachi turli suratlarni tasvirlagancha tayoqcha bilan qutichaga urdi, bolalar esa

yomg‘irning qanday - kuchli yoki kuchsiz yog‘ayotganini aniqlashlari kerak bo‘ladi.

Bolalar bilan matematik-didaktik o‘yinlar o‘tkazish ham mumkin. Bolaning

matematik qobiliyatini rivojlantirgancha tayyorlov guruhida muayyan mazmun va

qoidalari bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni olib boramiz. Katta guruhdan yaxshi

tanish bo‘lgan matematik-didaktik o‘yinlarni yodga olamiz va bir necha

mashg‘ulotda takrorlaymiz. Keyin sekin-asta ularni murakkablashtiramiz va ular

yangi shaklni olgancha harakatli o‘yinlar bo‘ladi.

Bolalar “Ajoyib xaltacha” matematik-didaktik o‘yinida geometrik shakllarni

paypaslab, uning nomini topadilar, keyin ularga shu shakllar yordamida yaxlit

figuralar hosil qilish taklif qilinadi. Tayyorlov guruhda matematik-didaktik o‘yinlar

mazmuni birmuncha murakkablashtiriladi. Biz yangi “Shaklli domino”, “Pazl”, “10


Download 21,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish